18.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3503
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3503]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2023-yil 24-martdagi PQ-102-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 12-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 13-fevraldagi 56-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Davaktiv agentligi deb yuritiladi) “Davlat mulki” axborot tizimida joriy etilgan, onlayn-buyurtmanomalarni qabul qilish va ularni qayta ishlash maxsus moduli;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti — davlatga mulk huquqi asosida tegishli umumiy maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan, belgilangan muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, uch oydan ortiq muddat davomida boʻsh turgan foydalanilmayotgan yashash uchun moʻljallanmagan bino va inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari, shu jumladan umumiy maydonining 50 foizidan koʻp qismidan (bir bino yoki noturar joy xonasi konturi doirasida) tovarlar ishlab chiqarishda (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) foydalanilmayotgan obyektlar (mavsumiy tusdagi faoliyat amalga oshiriladigan obyektlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlari — davlat maktabgacha, maktab va oʻrta maxsus taʼlim, professional va oliy taʼlim muassasalari, kinoteatrlar, klublar, konsert-tomosha koʻrsatish muassasalari, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, kinolashtirish obyektlari, madaniy meros obyektlari, madaniyat va istirohat bogʻlari (ushbu sohadagi vazirliklar, idoralar, ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining maʼmuriy binolaridan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn-buyurtmanoma — jismoniy shaxslarning axborot tizimi orqali boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha yuboradigan elektron murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-auksion” elektron savdo platformasi (bundan buyon matnda elektron onlayn-auksion deb yuritiladi) — elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion va tanlovlar jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini oʻz balansida hisobga olgan davlat tashkiloti, shu jumladan, davlat muassasasi va davlat unitar korxonasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomalariga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish shartlari, agar qonunchilik hujjatlarida yoki Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining qarorlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha savdolarni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Onlayn-buyurtmanoma berish va uni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy shaxslar oʻzlari aniqlagan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun Davaktiv agentligining axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanoma yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti boʻyicha quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining toʻliq manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining fotosuratlari va aniq geolokatsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onlayn-buyurtmanomada boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining tegishli mahalla va (yoki) obyektning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, uni aynan qaysi yoʻnalishlar uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish boʻyicha jismoniy shaxslarning taklifi koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasi axborot tizimi orqali Davaktiv agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markaziga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) avtomatik ravishda kelib tushadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Onlayn-buyurtmanoma kelib tushgandan soʻng, Markaz onlayn-buyurtmanomada keltirilgan koʻchmas mulk obyektining joylashgan hududidan kelib chiqib, onlayn-buyurtmanomani oʻrganish uchun bir ish kuni ichida axborot tizimi orqali Markazning tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markazning hududiy boshqarmasi onlayn-buyurtmanomada keltirilgan koʻchmas mulkni oʻrganishda uning yer uchastkasi ekanligini aniqlagan taqdirda, bir ish kuni ichida onlayn-buyurtmanomani axborot tizimi orqali rad etadi hamda onlayn-buyurtmanoma yuborgan jismoniy shaxsni takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (yerelektron.uz) orqali yuborishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markazning hududiy boshqarmasi onlayn-buyurtmanomada keltirilgan koʻchmas mulk obyekti bino-inshoot ekanligini aniqlagan taqdirda, bir ish kunida ushbu koʻchmas mulk obyektiga tutash yer maydoni mavjudligi hamda ushbu koʻchmas mulk obyektining huquq egasi yuzasidan davlat koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi “property.davaktiv.uz” axborot tizimidan (bundan buyon matnda “property.davaktiv.uz” axborot tizimi deb yuritiladi) yoki “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan (bundan buyon matnda elektron platforma deb yuritiladi) tegishli maʼlumotlarni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “property.davaktiv.uz” axborot tizimidan yoki elektron platformadan olingan maʼlumotlarga koʻra onlayn-buyurtmanomada keltirilgan koʻchmas mulk obyekti balansda saqlovchilarga tegishli boʻlmagan taqdirda, Markazning hududiy boshqarmasi tomonidan onlayn-buyurtmanoma axborot tizimi orqali bir ish kuni ichida rad etish sababini koʻrsatgan holda rad etiladi va bu toʻgʻrisida murojaatchiga axborot tizimi orqali avtomatik ravishda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “property.davaktiv.uz” axborot tizimidan yoki elektron platformadan olingan maʼlumotlarga koʻra onlayn-buyurtmanomada keltirilgan koʻchmas mulk obyekti balansda saqlovchilarga tegishli ekanligi aniqlangan taqdirda, Markazning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan uch ish kuni ichida onlayn-buyurtmanomada keltirilgan koʻchmas mulk obyekti joyiga chiqqan holda xatlovdan oʻtkaziladi va quyidagilar oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyekti haqiqatda boʻsh turganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining ijtimoiy soha obyekti toifasiga kirishi yoki kirmasligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori mavjudligi, shuningdek obyektning qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga, shu jumladan tarmoq jadvaliga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekti xususiylashtirilmaydigan obyektlar toifasiga kirishi yoki kirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov)ning mavjud yoki mavjud emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markazning hududiy boshqarmasi xodimlari oʻrganish jarayonida balansda saqlovchidan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin. Bunda, balansda saqlovchi davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bir ish kuni ichida taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻrganish natijasiga koʻra, onlayn-buyurtmanomada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulk obyekti boʻsh turgan boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulk obyektning umumiy maydoni 2 000 metr kvadrat va undan ortiq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulk obyekti ijtimoiy soha obyekti boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulk obyekti xususiylashtirish dasturlariga va xususiylashtirilmaydigan obyektlar toifasiga kirgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov) mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Onlayn-buyurtmanomada keltirilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini oʻrganish jarayonida balansda saqlovchi yuqori turuvchi tashkilot bilan kelishilgan holda obyektdan kelgusida foydalanishga ehtiyoji mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik oʻsish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflarini Markazning hududiy boshqarmasiga taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markazning hududiy boshqarmasi uch ish kuni ichida taqdim etilgan takliflarni qabul qiladi va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Onlayn-buyurtmanomada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektini ijaraga berish zarurligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida samarali foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori mavjudligi, shuningdek obyektning qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturlariga, shu jumladan tarmoq jadvaliga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulk obyektining boʻsh turgan qismini alohida ajratgan holda xususiylashtirish imkoniyati mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi tomonidan davlat koʻchmas mulk obyektidan kelgusida foydalanishga ehtiyoj mavjudligi, shu jumladan kamida 5 yillik demografik oʻsish darajasini inobatga olgan holda aniq hisob-kitoblarga asoslangan takliflar taqdim etilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshlarida belgilangan davlat koʻchmas mulk obyektini ijaraga berish toʻgʻrisida xulosa chiqarish uchun asos boʻladigan holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, obyektni xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida xulosa qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻrganish natijasiga koʻra, Markazning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada onlayn-buyurtmanomada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarishni rad etish yoki ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish yoxud xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida xulosa nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasini oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilganidan soʻng Markazning hududiy boshqarmasi bir ish kuni ichida axborot tizimiga oʻrganish natijasi boʻyicha dalolatnomani yuklaydi va bu haqda jismoniy shaxslarga axborot tizimi orqali avtomatik ravishda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, rad etilmagan onlayn-buyurtmanoma boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnomada keltirilgan xulosadan kelib chiqib, Markazning hududiy boshqarmasi bir ish kuni ichida axborot tizimi orqali onlayn-buyurtmanomada keltirilgan koʻchmas mulk obyektini ijaraga berish yoki xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazadi hamda bu haqda balansda saqlovchiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Axborot tizimi orqali ijaraga berish yoki xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazilgan onlayn-buyurtmanoma Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasiga avtomatik ravishda kelib tushadi va u quyidagilarni amalga oshiradi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir ish kuni ichida onlayn-buyurtmanomani axborot tizimi orqali boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish uchun Markazning hududiy boshqarmasiga qaytariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish jarayonini boshlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibga muvofiq oʻn ish kun ichida davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, besh ish kuni ichida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini xususiylashtirishga tayyorlash boʻyicha komissiya tuziladi, ushbu komissiya tomonidan obyekt xatlov oʻtkazilib, dalolatnomalar rasmiylashtiriladi hamda tegishli hujjatlar Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi uch ish kuni ichida baholovchi tashkilotni jalb qilgan holda boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining baholanishini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davaktiv agentligining hududiy boshqarmasi baholash natijasiga koʻra ikki ish kuni ichida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini savdoga chiqarish toʻgʻrisida tegishli buyruq qabul qiladi va uni toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksionga chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jismoniy shaxslarga, ularning onlayn-buyurtmanomalari boʻyicha xususiylashtirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining lot raqamlari toʻgʻrisida axborot tizimi orqali avtomatik ravishda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish jarayoniga oʻtkazilgan onlayn-buyurtmanomalar boʻyicha Markazning hududiy boshqarmasi besh ish kuni ichida boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektining foydalanish sohasi, boshlangʻich narxi hamda ijaraga berish muddatini belgilangan holda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektini ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jismoniy shaxslarga ularning onlayn-buyurtmanomalari boʻyicha ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarining lot raqamlari toʻgʻrisida axborot tizimi orqali avtomatik ravishda SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2024-y., 10/24/3503/0239-son; 24.03.2025-y., 10/25/3503-1/0266-son; 20.06.2025-y., 10/25/3503-2/0526-son)