20.03.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3506
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3506]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 8-moddasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va eʼlon etilishi kerakligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 46-moddasiga asosan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozimligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qoʻllashga taʼsir etmaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar sonini maqbullashtirish ishlarini davom ettirish vazifasi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) 111-bandiga asosan qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻlishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan ilovaga muvofiq chiqarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir A. TAShKULOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-martdagi 8-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining 1999-yil 7-maydagi 834-son “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 746, 1999-yil 14-iyun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 2-sentabrdagi 163-B-son “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 746-1, 2010-yil 21-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 335-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 26-fevraldagi 6-2019/B-son “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 746-2, 2019-yil 6-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 2019-y., 10/19/746-2/2721-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2006-yil 10-fevraldagi 85-son “Sport-jismoniy tarbiya klublari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1559, 2006-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 121-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 11-noyabrdagi 22-son “Sport-jismoniy tarbiya klublari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1559-1, 2015-yil 11-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 616-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2006-yil 15-martdagi 29-son “Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1561, 2006-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 15-son, 130-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2013-yil 7-yanvardagi 11-m/h-son “Nashrlarni chop etish qoidalarining 29-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1561-1, 2013-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 38-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining 2013-yil 4-iyuldagi 14-m/h-son “Nashrlarni chop etish qoidalarining 9-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1561-2, 2013-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 402-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2005-yil 14-martdagi 33, 01/06-18/02-son “Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1473, 2005-yil 27-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 132-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 14-fevraldagi 21, 01/12-18/04-son “Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1473-1, 2007-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 93-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 45-1, 01/09-26/39-1-son “Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1473-2, 2016-yil 1-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 380-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2017-yil 22-noyabrdagi 166, 01/29-10/30-son “Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1473-3, 2017-yil 30-noyabr) (Qonunchilik hujjatlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., № 10/17/1473-3/0342).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 10/24/3506/0236-son)