Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining
Qarori
XOʻJALIK JAMIYATLARI USTAV JAMGʻARMASIDAGI DAVLAT AKSIYALARI PAKETLARI (ULUShLARI)NI BOShQARISh BOʻYIChA FAOLIYATNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDAGI QARORGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-martda 1473-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3506, 20.03.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli qaroriga muvofiq hamda xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi davlat ulushlaridan samarali boshqarilishini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining “Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” (2005-yil 27-aprel, roʻyxat raqami 1473 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 132-modda) 2005-yil 14-martdagi 33, 01/06-18/02-sonli qaroriga ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-fevral,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 14-fevral,
01/12-18/04-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 93-modda)