18.03.2024 yildagi 141-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlari ish haqiga qoʻshimcha ustama haqini belgilash tartibini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori bilan 2022-yil 1-oktabrdan boshlab tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasiga raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejeri (keyingi oʻrinlarda — loyihalar menejeri) lavozimi kiritilganligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligiga ushbu loyihalar menejerlarining ish haqiga Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100 foizgacha qoʻshimcha ustama haqini toʻlash huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, hududlarda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha maqsadli indikatorlar va samaradorlik koʻrsatkichlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga tuman (shahar) hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-aprelga qadar tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash boʻyicha komissiya tarkibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyulga qadar loyihalar menejeri faoliyati samaradorligini baholash tizimi va ularning faoliyatiga doir hisobotlarning yuritilishini tajriba-sinov tariqasida, 2024-yil yakuniga qadar esa toʻliq avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun hududlarda loyihalar menejeri faoliyati samaradorligi maqsadli koʻrsatkichlarining namunaviy reja jadvalini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-martdagi 141-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom hududlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari doirasida tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlari faoliyati samaradorligini baholash va ularni ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalar menejeri — tuman (shahar) hokimliklarining xodimlar shtat jadvalida asosiy ish joyi sifatida mehnat shartnomasi asosida roʻyxatga olingan va mazkur tuman (shahar) hududida raqamli iqtisodiyot loyihalarining joriy qilinishini muvofiqlashtirish, kompleks monitoringini olib borish va hisobotlarini tayyorlashga masʼul boʻlgan xodim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nis.egov.uz tizimi — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari va tuman (shahar) hokimliklarida raqamli transformatsiya holatini hamda hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash tadbirlarini avtomatlashtirishga moʻljallangan idoralararo axborot tizim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan joriy yilda kelgusi yil mobaynida loyihalar menejeri tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan, har yilda bir marta tasdiqlanuvchi, loyihalar menejerlari faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Loyihalar menejeri ish haqiga qoʻshimcha ustama haqi toʻlovlari Vazirlikning Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihalar menejerlarining ish haqiga qoʻshimcha ustama haqi Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlari ish faoliyatini samaradorligini baholash va ustamalar belgilash boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiya qarori har olti oylik davr yakuni boʻyicha qabul qilinadi va unga asosan loyihalar menejerining lavozim okladiga nisbatan 100 foizgacha miqdorda ustama belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihalar menejerining lavozim maoshiga Jamgʻarma hisobidan toʻlanadigan har oylik ustama keyingi olti oylik davr uchun Komissiya qarori qabul qilingunga qadar amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyiha menejerlariga oylik ustama haqi toʻlovlari Vazirlik tizimidagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tomonidan xarajatlar smetasi doirasida Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlar hisobidan tuman (shahar) hokimligining budjetdan tashqari hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Loyihalar menejeri lavozimi boʻyicha nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ularning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyihalar menejeri lavozimi boʻyicha nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ularning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyihalar menejeri lavozimiga nomzodlar, tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining raqamlashtirish boʻyicha maslahatchilari va Vazirlikning tegishli hududiy boʻlinmasi bilan kelishilgan tartibda lavozimga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Raqamlashtirish dasturlarida belgilangan ustuvor vazifalar va loyihalarda bir qator kamchiliklarga yoʻl qoʻyilishi hamda bu kabi kamchiliklarga muayyan davr mobaynida taʼsirchan choralar koʻrilmaganligi borasida asoslantirilgan maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining raqamlashtirish boʻyicha maslahatchilari va Vazirlikning tegishli hududiy boʻlinmasi tegishli tuman (shahar) hokimliklariga loyihalar menejerini egallab turgan lavozimdan ozod etish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari Vazirlik tomonidan namunaviy koʻrinishdagi hujjat sifatida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda idoraviy hujjat sifatida tasdiqlanib, hududlarda loyiha menejerlari tomonidan ishlashga qabul qilinishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligi foizli tizimda oʻlchanadi va 100 foiz eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Loyihalar menejerining shaxsiy maqsadli koʻrsatkichlari rejasida, ushbu reja ishlab chiqilishida kiritilishi majburiy boʻlgan, quyidagi baholash mezonlari va ularga ajratiladigan samaradorlikning nisbiy miqdorlari koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda raqamli iqtisodiyot holatini reyting baholash natijasi — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklarining raqamli rivojlanish darajasini reyting baholash natijasi — 10 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha savodxonligi test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma mavjudligi — 10 foiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻshimcha maqsadli koʻrsatkichlar Vazirlik tomonidan hududda mavjud ehtiyoj va zaruriyatlardan kelib chiqib, raqamli infratuzilma, elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish ulushini oshirish, axborot xavfsizligini taʼminlash, hududdagi IT-taʼlim koʻlamini oshirish, axborot tizimlari va raqamlashtirish loyihalarini joriy etish yoʻnalishlari boʻyicha loyihalar menejerlarining faoliyati samaradorligining namunaviy maqsadli koʻrsatkichlari rejasi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Loyihalar menejerlari ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Joriy yil uchun tasdiqlangan samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiq loyihalar menejerlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya tekshiruvi natijasiga koʻra samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilganlik darajasi foizlarda qayd etiladi va quyidagicha toifalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71 foizdan 100 foizgacha — yaxshi (“yashil”);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 foizdan 70 foizgacha — qoniqarli (“sariq”);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55 foizdan past — qoniqarsiz (“qizil”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari Komissiya tomonidan yaxshi bajarilgan deb qayd etilishi hamda “yashil” roʻyxatga kiritilishi ushbu hududning loyihalar menejeri ish haqiga qoʻshimcha ustama haq belgilanishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ustama haq miqdori loyiha menejeri tomonidan samaradorlikning maqsadli koʻrsatkichlari bajarilganlik foiziga teng miqdorda belgilanadi va loyihalar menejerining lavozim okladiga nisbatan koʻpi bilan 100 foizgacha boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash, maqsadli koʻrsatkichlar asosida bajarilgan ishlar hisobotlarini topshirish, hisobotlarni qabul qilish, tekshirish, baholash va ustama haq belgilanishi yoki ustama haq belgilanishida rad etilishi bosqichlari nis.egov.uz idoralararo reyting baholash tizimida ushbu Nizomning ilovasida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ragʻbatlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida loyihalar menejerlarining ilgʻor tajribasini va faoliyati samaradorligi ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlik zarurat boʻlganda, baholash koʻrsatkichlari roʻyxati hamda ularni hisoblash usullariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolatiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) hokimliklarining raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlarining ish faoliyati samaradorligini baholash va ularni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalar menejeri faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlash, maqsadli koʻrsatkich asosida bajarilgan ishlar hisobotlarini topshirish, hisobotlarni qabul qilish, tekshirish, baholash va ustama haq belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Keyingi yil davomida loyihalar menejerlari faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlarining namunaviy reja jadvali tasdiqlanadi va ishlash uchun nis.egov.uz tizimiga kiritilgan holda eʼlon qilinadi

har yili 1-dekabrga kadar

2-bosqich

Loyihalar menejerlari

Namunaviy reja jadval asosida shaxsiy maqsadli koʻrsatkichlar rejasi nis.egov.uz tizimida ishlab chiqiladi va tegishliligi boʻyicha Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boʻlinmasi va raqamlashtirish boʻyicha maslahatchi bilan kelishish uchun taqdim etadi

namunaviy reja jadval tasdiqlangan kundan 10 ish kuni ichida

3-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy boʻlinmasi

1. Shaxsiy maqsadli koʻrsatkichlar rejasini nis.egov.uz tizimida kelishadi va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanishi uchun yuboriladi.

10 ish kunida

2. Shaxsiy maqsadli koʻrsatkichlar rejasini qayta ishlab, takroriy kelishuvga kiritilishi talab etiladi.

3 ish kunida

4-bosqich

Raqamli texnologiyalar vazirligi

1. Shaxsiy maqsadli koʻrsatkichlar rejasi tasdiqlanadi va nis.egov.uz tizimida alohida bandlar koʻrinishida tegishli loyihalar menejeri uchun ijroga qaratiladi.

10 ish kunida

2. Shaxsiy maqsadli koʻrsatkichlar rejasi qayta ishlab, tasdiqlash uchun takroran kiritilishi talab etiladi.

3 ish kunida

5-bosqich

Loyihalar menejerlari

Maqsadli koʻrsatkichlar rejasiga asosan ijroga qaratilgan vazifalar bajarilishi yuzasidan hisobotlar nis.egov.uz tizimiga kiritib boriladi

Doimiy

6-bosqich

Loyihalar menejeri ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash boʻyicha komissiya

Loyihalar menejerlari tomonidan shaxsiy maqsadli koʻrsatkichlar bajarilganlik darajasi tahlil qilinadi va baholanadi

Har yarim yillik yakunidan keyingi oyning 25 sanasiga qadar

7-bosqich

Loyihalar menejeri ish faoliyati samaradorligini baholash va ustamalar belgilash boʻyicha komissiya

Loyihalar menejerlari reytingi hamda ustama haq belgilanishiga tavsiyalangan loyihalar menejerlari roʻyxati nis.egov.uz tizimida eʼlon qilinishi

Har yarim yillik yakunidan keyingi oyning 30 sanasiga qadar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2024-y., 09/24/141/0222-son)