13.02.2024 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 13.02.2024 yildagi 6-son
Кучга кириш санаси
11.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablarni (0067-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-martda hisobga olindi, hisob raqami 239]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablar (0067-24-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2015-yil 22-sentabrda tasdiqlangan “Pestitsidlarning zaharliligi va xavfliligi boʻyicha gigiyenik tasnifi (0321-15-son SanQvaN)” oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais B. YuSUPALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 26-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 9-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 6-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablar (0067-24-son SanQvaN)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur sanitariya qoidalari mikrobiologik preparatlar (murakkab biologik komplekslar, bakteriyalar va mikroorganizmlar) uchun tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlar — zararli organizmlarga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning havodagi oʻrtacha oʻlim konsentratsiyasi — ikki soatdan toʻrt soatgacha ingalatsion taʼsir qilganda tajriba hayvonlarining ellik foizi nobud boʻlishiga olib keluvchi pestitsidlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning teriga yuboriladigan oʻrtacha oʻlim dozasi — teriga bir marotaba yuborilganda tajriba hayvonlarining ellik foizi nobud boʻlishiga olib keluvchi pestitsidlar miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning kumulatsiya koeffitsiyenti — pestitsidni tajriba hayvonlariga koʻp marta yuborilishi natijasida aniqlanadigan oʻrtacha oʻlim dozasiga (2 oy davomida haftasiga besh marotaba yuboriladigan oʻrtacha oʻlim dozasini (0,1 mg/kg) pestitsidni tajriba hayvonlariga bir marotaba yuborilgan holatdagi oʻrtacha oʻlim dozasiga nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchli allergen — pestitsidni tajriba hayvonlarining terisi ostiga 1:2000 mg/kg dan ortiq konsentratsiyada suyultirilgan holda yuborilganida, tajriba hayvonlarida sensibilizatsiya (yuqori darajadagi sezuvchanlik) jarayoni yuzaga kelishi natijasida allergen reaksiya chaqirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchsiz allergen — 1:100 mg/kg nisbatidan kam boʻlmagan suyultirilgan pestitsidni tajriba hayvonlari terisi osti va ustiga yuborilganida, tajriba hayvonlarida sensiblizatsiya jarayoni yuzaga kelganida, shuningdek ellik foiz va undan yuqoriroq konsentratsiyali pestitsidni tajriba hayvonlari terisi ustiga applikatsiya (yopishtirish) qilinganda 20 kundan soʻng oʻttiz foiz tajriba hayvonlarida yuzaga keluvchi reaksiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutagenlik — pestitsidlarning xavflilik guruhiga mansub boʻlgan minimal taʼsir darajasini va mutatsiya chastotasi oshishining qisqaligini aks ettiradigan koeffitsiyentlarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanuvchi pestitsidlar darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchsiz terotogen — tajriba hayvonlarining homila organlarida kamdan-kam uchraydigan oʻzgarishlarni chaqiruvchi pestitsid miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reproduktiv zaharlilik — tajriba hayvonlarining reproduktiv funksiyasini bir yoki bir necha koʻrsatkichlar boʻyicha oʻzgarishi, shuningdek gonadalarning funksional yoki morfologik holatining buzilishiga olib keluvchi zaharlilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanserogenlik — pestitsid taʼsiri natijasida tirik mavjudotlar organizmida onkologik (xavfli oʻsma) kasalliklarning paydo boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning tuproqdagi barqarorligi — pestitsidlarning biotik va abiotik omillar taʼsiri sharoitida tuproqda uzoq vaqt saqlanish davomiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning tuproq-oʻsimlik tizimidagi migratsiya koeffitsiyenti — oʻsimliklardagi pestitsid konsentratsiyalarining (mg/kg) tuproqdagi dastlabki konsentratsiyasiga (mg/kg) nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning tuproqning chuqur qatlamlariga migratsiyasi — pestitsidlarni tuproqning chuqur qatlamlariga kirib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning suv ekosistemasida (suv va baliqlar) toʻplanish koeffitsiyenti — baliq organizmidagi pestitsid miqdorining (mg/kg) suvdagi pestitsid konsentratsiyasiga nisbati (mg/l) boʻlib, bunda pestitsidlarning suvda toʻplanish darajasi 1, 5, 15 va 30 kundan soʻng aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlardan ingalatsion zaharlanish ehtimoli koeffitsiyenti — 20 °C havoda pestitsid miqdori maksimal konsentratsiyaga yetganda pestitsidni oʻrtacha oʻlim konsentratsiyasiga nisbati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarni qishloq xoʻjalik vegetativ ekinlaridagi barqarorligi — tabiiy sharoitda bir qancha vegetativ ekinlarda, shu jumladan donli (bugʻdoy oʻsimligida), yogʻ olinadigan (makkajoʻxori oʻsimligi, kungaboqar toʻpguli) oʻsimliklarda, shuningdek sabzavotlarda (karam oʻsimligida), mevali daraxtlarda (olma) har 1, 5, 15 va 30 sutkadan soʻng ularning tarkibidagi pestitsidlarning miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarni sut bilan ekskretsiyasi (ajralib chiqishi) — pestitsidni sut bilan ajralib chiqishini aniqlash uchun 3 kunlik kalamush bolalari meʼdasidan 24 soatdan soʻng sinamalar olinishi va mazkur sinamaga reagentlar qoʻshilishi natijasida pestitsidlarni aniqlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning kun davomida suvdagi turgʻunligi — suvdagi pestitsid miqdorining idish hajmi kamida 40 litr boʻlgan, dexlorlangan suvdan (3-4 kun davomida turgan vodoprovod suvi) foydalaniladi, bunda suvning harorati 18 — 20 °C, pN 7,4 — 8, erigan kislorod miqdori — 6 — 8 mg/l boʻlgan sinamalarda aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning ishchi hudud havosida ruxsat etilgan konsentratsiyasi (REK) — pestitsidlarni ishlab chiqarish va qoʻllashda rioya etilishi shart boʻlgan sanitariya qoidalarida keltirib oʻtilgan miqdor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratish va zaharlanish ehtimoli koeffitsiyentini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratish ularning zaharlilik va xavflilik darajasining eng yuqori mezonlari boʻyicha amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Pestitsidlar va ular tarkibidagi taʼsir etuvchi moddalarning zaharliligi va xavfliligini baholashda quyidagi asosiy mezonlarni inobatga olish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaharlilik xususiyatlari (ogʻiz orqali, teri orqali va ingalatsion zaharlanish ehtimoli (IZE) koeffitsiyenti);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning kumulatsiya koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsidlarning tuproq-oʻsimlik tizimidagi migratsiya koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tananing biror qismida yuzaga keluvchi va oʻziga xos boʻlgan reaksiyalar (teri va shilliq pardalarda qizarishi hamda allergen xususiyatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organizmga uzoq muddatli taʼsir koʻrsatishi (teratogenlik, embriotoksiklik, mutagenlik, kanserogenlik va reproduktiv zaharlilik).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ingalatsion zaharlanish ehtimoli (IZE) koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kize = Ctoʻyintirilgan/CL50
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ctoʻyintirilgan — 20˚C havodagi pestitsidning maksimal konsentratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CL50 — havodagi oʻrtacha oʻlim konsentratsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Pestitsidlarning kumulatsiya koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kkum = LDn50 (mg/kg)/ LD150 (mg/kg yoki Kkum=∑LD50/ LD50
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kkum — pestitsidning kumulatsiya koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LD50 — meʼdaga yuboriladigan oʻrtacha oʻlim dozasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
∑ — pestitsidning meʼdaga yuboriladigan oʻrtacha oʻlim dozasi miqdorini bir necha marta yuborilgandagi yigʻindisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pestitsidlarning tuproq-oʻsimlik tizimidagi migratsiya koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kkoyef = Coʻsimlik(mg/kg)/Ctuproq(mg/kg)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Coʻsimlik — oʻsimliklarda pestitsid konsentratsiyasi (mg/kg);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ctuproq — tuproqdagi dastlabki pestitsid konsentratsiyasi (mg/kg);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Pestitsidning suv ekosistemasida (suv va baliqlar) toʻplanish koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kkoyef = REDbaliq (mg/kg)/ Csuv (mg/kg)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REDbaliq — baliq organizmidagi pestitsid miqdorining ruxsat etilgan dozasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Csuv — suvdagi pestitsidning konsentratsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasnifi mazkur sanitariya qoidalarining 1-ilovasida keltirilgan koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Pestitsidlar bilan ishlovchi xodimlar uchun sanitariya va gigiyena talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pestitsidlar bilan ishlovchi xodimlar Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Pestitsidlar bilan ishlov berilgan oʻsimliklarni parvarish qilish bilan bogʻliq vazifalarda ishlovchi xodimlarning terisiga xavfli pestitsid zarar yetkazgan holatda, mazkur xodimlar ikki haftagacha ushbu ish faoliyatlarini davom ettirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Pestitsiddan zaharlanishda zararli moddaning turidan qatʼiy nazar quyidagicha birinchi tibbiy yordam koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsiddan zaharlanganda ish joyidagi pestitsidni qayta teriga yoki nafas organlariga tushishini oldini olish maqsadida pestitsiddan holi hududga bemor olib chiqiladi hamda individual himoya kiyimi va respirator yechiladi, shuningdek bemorni erkin nafas olib oʻzini tiklab olishi uchun tanani siqib turuvchi kiyimlardan boʻshatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsid teri orqali taʼsir koʻrsatganda uning teri orqali taʼsir qilgan joyi oqar suvda sovun bilan yuvib tashlanadi, agar koʻzga tushsa 2 foizli ichimlik sodasi (yoki bor kislotasi) bilan suvda yuvib tashlash tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pestitsid oshqozon-ichak trakti orqali taʼsir koʻrsatganda ichish uchun bir necha stakan iliq suv beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pestitsidlar bilan ishlaydigan xodimlar uchun alohida ovqatlanish xonalari ajratilishi, xona qoʻl yuvish uchun rakovina va zarur mebellar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. I va II xavf guruhidagi pestitsidlar va pestitsid eritmalari bilan ishlaganda maxsus matodan tayyorlangan kiyimlar hamda teri qoplamalari uchun qoʻshimcha himoya vositalaridan (fartuklar, plyonkali materiallardan tayyorlangan yengchalar) foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shaxsiy himoya vositalari maxsus ajratilgan, toza, quruq xonada alohida shkaflarda saqlanishi kerak. Pestitsidlar saqlanadigan xonada shaxsiy himoya vositalarini saqlash taqiqlanadi. Ishdan keyin maxsus shaxsiy himoya vositalari va xavfsizlik poyabzalini kiyib yurish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Aerozollar koʻrinishidagi oʻrtacha xavfli kam uchuvchan pestitsidlar bilan ishlashda aerozolga qarshi respiratorlardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Nafas olish tizimini uchuvchan birikmalar yoki I va II xavf guruhidagi pestitsidlardan himoya qilish uchun universal respiratorlar yoki almashtiriladigan qutilarga ega sanoat gaziga qarshi niqoblardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Fosforli, xlorli va boshqa organik pestitsidlardan himoya qilish uchun “A” toifali gazga qarshi germetik koʻzoynakli himoya vositasidan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Pestitsid eritmalari bilan ishlaganda qoʻllarni himoya qilish uchun rezina qoʻlqoplardan, oyoqlar himoyasi uchun esa pestitsidlar va dezinfeksiyalash vositalariga chidamliligi yuqori boʻlgan rezina etiklardan foydalanish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Har bir ish jadvalining (smenaning) oxirida shaxsiy himoya vositalari zararsizlantirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shaxsiy himoya vositalarini yechish tartibi quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezina qoʻlqoplarni yechmay turib neytrallashtiruvchi eritmada (3 — 5 foizli sodali suv eritmasi, ohak suti) yuvib olinadi, soʻng toza suvda yuvilib, himoya kiyimlaridan etik, kombinezon, himoya koʻzoynagi va respirator olib tashlanadi, shundan soʻng qoʻlqoplar qayta dezinfeksiyali eritma va suvda yuvilganidan soʻng yechiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Gazga qarshi niqoblarning rezinali old qismi yuzasi sovun-soda eritmasi (1 litr suv uchun 25 g sovun + 5 g natriy karbonat) yordamida zararsizlantirilib, soʻng toza suvda yuviladi va quritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, gazga qarshi niqob va respiratorning old qismlari kaliy permanganat yoki spirtning 0,5 foizli eritmasiga namlangan paxta tampon yordamida dezinfeksiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati 2-ilovada keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablar (0067-27-son SanQvaN)ga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pestitsidlarning zaharliligi va xavfliligi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASNIFI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Pestitsidlarning zaharlilik va xavflilik mezonlari

Zaharlilik va xavflilik guruhi

Oʻta zaharli va xavfli

Zaharli va xavfli

Oʻrtacha zaharli va xavfli

Kam zaharli va xavfli

I

II

III

IV

Pestitsidlarning meʼdaga yuboriladigan oʻrtacha oʻlim dozasi (mg/kg):

preparatning qattiq shakli

10 mg/kg va undan kam

11 mg/kg dan 100 mg/kg gacha

101 mg/kg dan 1000 mg/kg gacha

1000 mg/kg va undan koʻp

preparatning suyuq shakli

30 mg/kg va undan kam

31 mg/kg dan 300 mg/kg gacha

301 mg/kg dan 3000 mg/kg gacha

3000 mg/kg va undan koʻp

Pestitsidlarning teriga yuboriladigan oʻrtacha oʻlim dozasi (mg/kg):

preparatning qattiq shakli

100 mg/kg va undan kam

101 mg/kg dan 500 mg/kg gacha

501 mg/kg dan 2500 mg/kg gacha

2500 mg/kg va undan koʻp

preparatning suyuq shakli

200 mg/kg va undan kam

201 mg/kg dan 1000 mg/kg gacha

1001 mg/kg dan 5000 mg/kg gacha

5000 mg/kg va undan koʻp

Pestitsidlarning havodagi oʻrtacha oʻlim konsentratsiyasi (mg/m3)

500 mg/m3 va undan kam

501 mg/m3 dan 5000 mg/m3 gacha

5001 mg/m3 dan 50000 mg/m3 gacha

50000 mg/m3 va undan koʻp

Pestitsidlardan ingalatsion zaharlanishni keltirib chiqaruvchi koeffitsiyent

300 va undan koʻp

299 dan 30 gacha

29 dan 3 gacha

3 dan kam

Pestitsidlarning kumulatsiya koeffitsiyenti

1 dan kam

1 dan 3 gacha

3,1 dan 5 gacha

5 dan koʻproq

Pestitsidlarning qoʻzgʻatuvchi taʼsiri

Kuchli qoʻzgʻatuvchi taʼsir kuzatilishi, oʻtkir toksik dermatitlar, ishchi eritmalar va konsentrlangan preparatlardan koʻz shox pardasi va shilliq qavatining kuyishlari.

Qoʻzgʻatuvchi taʼsir kuzatilishi, ishchi eritmalarning qayta taʼsiridan va konsentrlangan preparatlardan toksik dermatitlarning yuzaga kelishi.

Ishchi eritmaning qayta taʼsiri natijasida qoʻzgʻatuvchi taʼsir yuzaga kelmaydi. Konsentrlangan preparatlar taʼsirida toksik dermatitlarning yuzaga kelishi kuzatiladi.

Qoʻzgʻatuvchi taʼsir amalda mavjud emas.

Allergenlik

Foydalanishda insonlarda allergen taʼsir yuzaga keladi.

Tajriba hayvonlari uchun esa kuchli allergen taʼsir yuzaga keladi.

Foydalanishda insonlarga allergenlik taʼsiri yetarli isbotlanmagan.

Tajriba hayvonlari uchun oʻrtacha allergen hisoblanadi.

Tajriba hayvonlari uchun kuchsiz allergen hisoblanadi.

Insonlar va tajriba hayvonlarida allergenlik taʼsiri aniqlanmagan.

Tanlab (maʼlum bir organga) taʼsir koʻrsatadigan organotoksik xususiyat (neyrotoksik, gonadotoksik, nefrotrop, gepatotrop, pulmonotrop va boshqalar)

Insonlarga organotrop taʼsiri mavjud.

Yaqqol namoyon boʻluvchi tanlab taʼsir koʻrsatadigan organotrop xususiyat mavjud. Bu holat tajriba hayvonlarida surunkali taʼsir dozasini tajriba yoʻli bilan yuborish orqali aniqlanadi.

Tajriba hayvonlarida organotrop taʼsir koʻrsatadi (surunkali taʼsir boʻsagʻasi dozasidan yuqori miqdorda funksional oʻzgarishlar chaqiradi).

Tajriba hayvonlarida organotrop taʼsir aniqlanmagan.

Mutagenlik

Xromosoma va gen mutatsiyalarini yuzaga keltiradi hamda mutagen samara berish xususiyatiga ega.

Mutagen faollik va samara koeffitsiyentlari yigʻindisi 7-8 ni tashkil etadi.

Xromosoma va gen mutatsiyalarini yuzaga keltiradi hamda mutagen samara berish xususiyatiga ega.

Mutagen faollik va samara koeffitsiyentlari yigʻindisi 5-6 ni tashkil etadi.

Sut emizuvchilardan tashqari barcha tajriba hayvonlarida xromosoma yoki gen mutatsiyalarini yuzaga keltiradi.

Mutagen faollik va samara koeffitsiyentlari yigʻindisi 3-4 ni tashkil etadi.

Xromosoma va genlarda mutatsiya keltirib chiqarmaydi.

Kanserogenlik

Insonlar uchun kanserogenlik va chegara-kanserogenlik xususiyati isbotlangan.

Bir nechta turdagi tajriba hayvonlari uchun kanserogenlik xususiyati mavjud.

Insonlar uchun kanserogenlik xususiyatini keltirib chiqarmaydi.

Tajriba hayvonlari uchun kanserogenlik xususiyatini keltirib chiqaradi.

Insonlar uchun kanserogenlik xususiyatini keltirib chiqarmaydi.

Tajriba hayvonlari uchun chegara-kanserogenlik xususiyatini keltirib chiqaradi.

Insonlar va tajriba hayvonlari uchun kanserogenlik xususiyatini keltirib chiqarmaydi.

Teratogenlik

Insonlar uchun teratogenlik taʼsiri isbotlangan.

Tajriba hayvonlari uchun kuchli teratogen taʼsirga ega.

Dozaning taʼsiri natijasida preparatning taʼsir kuchi xam oʻz-oʻzidan ortib boradi.

Bu miqdor insonlar uchun oʻtkir zaharli boʻsagʻa hisoblanadi.

Bir necha turdagi tajriba hayvonlari uchun esa yetarli doza hisoblanadi.

Tajriba hayvonlariga (homilador kalamushlarga) eng yuqori doza taʼsir ettirilganda kuchsiz teratogen taʼsir namoyon boʻladi.

Ekperimental tadqiqotlarda samaradorlik darajasi oʻz-oʻzidan oshadi.

Ekperimental tadqiqotlarda samaradorlik darajasi oʻz-oʻzidan oshmaydi.

Pestitsidlarning embriotoksik taʼsiri

Eksperimental tadqiqotlarda doza taʼsirining ortishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan darajaning ortishiga olib keladi.

Homilador boʻlgan tajriba kalamushlari organizmiga eng yuqori doza yuborilganda boshqa zaharli taʼsirlar bilan birga namoyon boʻladi.

Eksperimental tadqiqotlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan darajaning ortishi kuzatiladi.

Eksperimental tadqiqotlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan darajaning ortishi kuzatilmaydi.

Reproduktiv zaharlilik

Surunkali zaharli taʼsir boʻsagʻasidan past boʻlgan doza taʼsir ettirilganda tajriba hayvonlarida samarasi namoyon boʻladi.

Oʻzgarishlar oʻtkir surunkali boʻsagʻa dozasidan oʻtkir zahar taʼsir boʻsagʻasigacha boʻlgan diapazonda yuzaga chiqadi.

Oʻtkir zaharli boʻsagʻa taʼsiri natijasida yuzaga chiqadi.

Organizmga eng yuqori doza taʼsir ettirilganda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan darajaning oʻzgarishi kuzatilmaydi.

Pestitsidlarning kun davomida suvdagi turgʻunligi (kun)

30 kundan koʻp

30 kundan 11 kungacha

5 kundan 10 kungacha

5 kundan kam

Pestitsidlarning kun davomida tuproqdagi barqarorligi (kun)

60 kundan koʻp

60 kundan 21 kungacha

20 kundan 7 kungacha

7 kundan kam

Pestitsidlarning tuproq-oʻsimlik tizimidagi migratsiya koeffitsiyenti

0,5 dan koʻp

0,5 dan 0,11 gacha

0,10 dan 0,02 gacha

0,02 dan kam

Pestitsidlarning tuproqning chuqur qatlamlariga migratsiyasi (sm)

80 sm dan ortiq

80 sm dan 51 sm gacha

50 sm dan 15 sm gacha

15 sm dan kam

Pestitsidlarning suv ekosistemasida (suv va baliqlar) toʻplanish koeffitsiyenti

500 dan koʻp

500 dan 50 gacha

49 dan 5 gacha

5 dan kam

Qishloq xoʻjalik vegetativ ekinlaridagi pestitsidlarning kun davomidagi barqarorligi (kun)

30 kun dan koʻp

30 kundan 15 kungacha

14 kundan 5 kungacha

5 kundan kam

Anʼanaviy qayta ishlov berilgan qishloq xoʻjalik ekinlarining xomashyosidagi pestitsidlar qoldiq miqdorining barqarorligi

Qoldiq miqdor ruxsat etilgan kunlik miqdor bilan solishtirilganda yoki eng yuqori ruxsat etilgan darajadan yuqori boʻlganda buziladi

Qoldiq miqdor eng yuqori ruxsat etilgan daraja bilan solishtirilgan darajaga yetganda buziladi

Qoldiq miqdor ruxsat etilgan darajadan kam boʻlganda yoki mavjud boʻlmaganda buziladi

Pestitsidlarning sut bilan ekskretsiyasi (soat)

Sut bilan 24 soat vaqt davomida ajralib chiqadi

Sut bilan 2 soat davomida ajralib chiqadi

Sut bilan ajralib chiqmaydi

Sut bilan ajralib chiqmaydi

Pestitsidlarning ruxsat etilgan kunlik miqdori (mg/kg)

0,001 mg/kg dan kam

0,001 mg/kg dan 0,005 mg/kg gacha

0,006 mg/kg dan 0,03 mg/kg gacha

0,03 mg/kg dan koʻp

Pestitsidlarning ishchi hudud havosida ruxsat etilgan konsentratsiyasi (mg/m3)

0,1 mg/m3 dan kam

0,1 mg/m3 dan 1,0 mg/m3 gacha

1,1 mg/m3 dan 10,0 mg/m3 gacha

10 mg/m3 dan koʻp

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Pestitsidlar qoʻllanilishi (teratogenlik, pestitsidlarning embriotoksik taʼsiri, reproduktiv zaharlilik) natijasida insonlar va tajriba hayvonlari organizmida oʻzgarishlar va kam uchraydigan anomaliyalar yuzaga kelganda, ular bir xavflilik guruhidan boshqa xavflilik guruhiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pestitsidlarni zaharliligi va xavfliligiga koʻra tasniflarga ajratishga doir gigiyenik talablar (0067-24-son SanQvaN)ga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

T.I. Iskandarov

—

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining Pestitsidlarning gigiyenasi, toksikologiyasi va mineral oʻgʻitlar laboratoriyasi mudiri, t.f.d., professor, OʻzR FA akademigi;

L.X. Romanova

—

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining Pestitsidlarning gigiyenasi, toksikologiyasi va mineral oʻgʻitlar laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, t.f.n.;

G.T. Iskandarova

—

Toshkent tibbiyot akademiyasi Kommunal va mehnat gigiyenasi kafedra mudiri, t.f.d., professor;

A.K. Kucharov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Taqrizchilar roʻyxati:

D.A. Zaredinov

—

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining Gigiyena kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

M.A. Xamrakulova

—

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Kasb kasalliklarini tashxislash, davolash va profilaktikasi laboratoriyasi mudiri, t.f.d.;

N.O. Axmadaliyeva

—

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Atrof-muhit gigiyenasi kafedrasi dotsenti, t.f.d.