O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2005-2006-YILLARDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida belgilab berilgan xususiy sektorning jadal rivojlanishini, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishi sifatida ushbu sektorning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi ko‘payishini ta’minlash, shuningdek xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armalarida davlat ulushini tubdan qisqartirish, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qimmatli qog‘ozlar, eng avvalo ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli Qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 264-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1—3 ilovalarida ko‘rsatilgan korxonalar, obyektlar hamda davlatga qarashli boshqa aktivlarni baholash, savdoga qo‘yish va sotish jadvallarini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
6. Davlat tender komissiyasi (R.S. Azimov) uch oy muddatda bolalar sog‘lomlashtirish lagerlarining texnikaviy holatini tekshirib, ro‘yxat qilib chiqsin hamda ulardan maqsadli, shu jumladan O‘zbekiston Bolalar sporti jamg‘armasiga topshirish yo‘li bilan foydalanish to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi qanday bajarilayotganligini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 31-avgustdagi 119-1-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda xususiylashtirilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarini qisqartirish nazarda tutilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4 va 5-ilovalarga* muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ba’zilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* 4-5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 14-mart,
PQ-29-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 10-11-son, 73-modda; 51-son, 378-modda; 2006-y., 16-son, 132-modda; 23-son, 205-modda; 25-26-son, 231-modda; 28-29-son, 264-modda; 30-son, 289-modda; 2010-y., 1-2-son, 5-modda; 2015-y., 17(1)-son, 216-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 22.04.2025-y., 06/25/70/0375-son)