Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013 10.07.1996 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 261
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayesatining Nizomi, 10.07.1996 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 261
Кучга кириш санаси
10.07.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013
Hujjat 10.07.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oliy attestatsiya komissiyasi

Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi

34/2-son qarori bilan

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILMIY DARAJALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 10-iyulda 261-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2441, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi. Ilmiy darajalar fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ixtisoslashgan kengashning, (bundan buyon — kengash) oliy maʼlumotga ega boʻlgan talabgor dissertatsiyani jamoat oldida himoya qilgandan keyin qabul qilgan iltimosnomasi asosida va OAK tegishli ekspert kengashining xulosasini inobatga olgan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiya ilmiy asar hisoblanib, u dissertantning eʼlon qilgan ilmiy ishlari asosida maxsus tayyorlagan qoʻlyozma shaklida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyani tayyorlash, uni himoya qilish, OAKga taqdim etish uchun rasmiylashtirish qaysi tilda boʻlishi lozimligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq belgilanadi. Talabgor dissertatsiyani oʻz xohishiga qarab uch tilda: oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan birida yozishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. OAK Fan va texnikani rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshadigan kashfiyot yoki eng katta ixtiro muallifiga, istisno tariqasida dissertatsiya himoyasisiz fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasini berishi mumkin. Bu holda talabgorga ilmiy daraja berish tartibini OAK belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoya qilishni tashkil etish va ilmiy darajalar berish tartiboti OAKning maxsus qoʻshimcha Nizomida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan doktori va nomzodiga diplomlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NOMZODLIK IMTIHONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fan nomzodi ilmiy darajasiga talabgor tegishli nomzodlik imtihonlarini topshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon qabul qiladigan tashkilot nomzodlik imtihonlari olinishidan bir oy oldin imtihon topshiruvchilar roʻyxatini, imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibiga doir maʼlumotlar bilan birga OAKga yuborishi zarur. OAK nomzodlik imtihonlarida qatnashish va uni nazorat qilish uchun oʻz vakillarini yuborishi mumkin. Nomzodlik imtihonlari noxolis oʻtkazilgan taqdirda OAK imtihon natijalarini bekor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari falsafa va fanning metodologik muammolari, chet tili hamda dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari fuqarolaridan boshqa) talabgorlar uchun nomzodlik imtihonlari oʻzbek yoki rus tili va dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nomzodlik imtihonlarining mazmunini va ularni topshirish tartibini OAK Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi bilan kelishib belgilaydi. Imtihon komissiyasining hamma aʼzolari hozir boʻlgan taqdirdagina imtihon olinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DISSERTATSIYALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muallif oʻtkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim xalq xoʻjalik, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik ilmiy muammo hal qilingan yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirishda ulkan yutuq deb baholash mumkin boʻlgan nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan yoxud joriy etilishi texnikani rivojlantirishga katta hissa qoʻshadigan ilmiy asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya fanning tegishli sohasi uchun katta ahamiyatga molik masala yangicha hal qilingan yoki muallifning muhim amaliy masalalarni hal etishni taʼminlovchi ilmiy jihatdan asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik tavsiyalari oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dissertatsiya muallif oshkora himoya uchun jamoat muhokamasiga qoʻygan yangi ilmiy natijalar va qoidalar majmuiga ega mazmunan yaxlit, muallifning fanga qoʻshgan hissasini aks ettiruvchan shaxsan yozilgan yuqori malakali ilmiy ish boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada aniq muammoning yechimi va muallif erishgan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar, nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa ilmiy xulosalardan foydalanishga doir tavsiyalar berilishi lozim. Dissertatsiya ilmiy jurnal maqolalariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy maʼruza shaklida faqat doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy maʼruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasi talabgor muntazam bajargan va uning asarlarida eʼlon qilingan fan va texnika uchun katta ahamiyatga molik natijalarning umumiy qisqacha bayonidan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor ilmiy ishining ahamiyati hamda ilmiy maʼruza shaklida dissertatsiya himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani uning asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan va ishlanmalar bajarilgan tashkilot beradi. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilish uchun OAK hayʼati (kollegiya)ning ruxsati boʻlishi zarur. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasini taqdim etish va himoya qilish tartibini OAK belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dissertatsiya mavzui dolzarb va respublika ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy prioritet yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlishi va shaxsan har bir talabgor uchun tashkilot ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashi tomonidan (doktorlik dissertatsiyasi uchun OAK bilan kelishgan holda) tasdiqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Doktorlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari respublikada va xorijda chop etiladigan davriy ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari bosma yoki koʻpaytirgich moslama usulida chop etiladigan ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kashfiyot haqidagi diplomlar, ixtiro va sanoat namunalari toʻgʻrisidagi mualliflik guvohnomalari va patentlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va qayd qilingan algoritmlar davlat ilmiy-texnikaviy axborot tizimi muassasalariga saqlashga berilgan va ilmiy jurnallarda qisqacha bayon etilgan ishlarning qoʻlyozmalari. ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan maʼruzalarning bosilib chiqqan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari, davlat maʼlumotlar bankiga qoʻshilgan yangi materiallarning axborot kartalari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ishlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertantning chop etilgan ilmiy ishlari roʻyxati doktorlik dissertatsiyasining avtoreferatida uch boʻlimdan iborat holda keltiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi boʻlimda monografiyalar hamda ilmiy jurnal va toʻplamlarda chop etilgan maqolalar roʻyxati beriladi. Bu boʻlimda keltirilgan maqolalarning kamida oʻntasi ilmiy jurnallarda nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan soʻng nashr qilingan boʻlishi kerak; Dissertantning ilmiy jurnallarda chop etilgan oʻnta maqolasi boʻlmagan hollarda, doktorlik dissertatsiyasining himoyasi masalasini istisno tariqasida OAK Hayʼati hal qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi boʻlimda ixtirolarga patent va mualliflik guvohnomalarining roʻyxati keltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi boʻlimda tezislar, deponent qilingan ilmiy ishlar (ularning referati ilmiy jurnallarda nashr etilgan boʻlishi kerak), ilmiy jurnallarda chop qilingan referat, axborot va annotatsiyalar roʻyxati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferatda keltirilgan ilmiy ishlar roʻyxati dissertatsiya mavzuiga qatʼiyan muvofiq boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferat va dissertatsiyada koʻrsatilgan ilmiy ishlar nashriga oid maʼlumotlar mavjud talablarga batamom mos ravishda keltirilishi (mualliflar hamda maqolalar chop etilgan jurnal yoki toʻplam betlari aniq koʻrsatilishi) zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dissertantning maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalaridan oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun asosiy hammualliflarning yozma roziligini olishi zarur. Ana shu yozma rozilik OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammualliflikdagi ilmiy ish natijalari faqat birgina muallifning doktorlik dissertatsiyasiga toʻla-toʻkis kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorlik ilmiy darajasiga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari va nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning barcha ilmiy ishlari nusxalari OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning ilmiy jurnal yoki toʻplamlarda nashr qilingan kamida ikkita maqolasi boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor oʻz dissertatsiyasida foydalangan materiallar yoki ayrim natijalar manbaini, ularning muallifi va nomini toʻla koʻrsatishi zarur, Ilmiy ish yozishda qatnashgan hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan dissertatsiyada foydalanganda talabgor buni dissertatsiya va avtoreferatda qayd etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya, u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qatʼiy nazar, muhokamadan olib tashlanadi va qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. DISSERTATSIYANI HIMOYAGA TAQDIM ETISh VA YoQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dissertatsiya bajarilgan yoki talabgor biriktirib qoʻyilgan tashkilot topshirilgan dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi va dissertatsiya yuzasidan xulosa (ilmiy seminar protokolidan kengaytirilgan, batafsil koʻchirma shaklida) beradi. Xulosada dissertatsiyada bayon etilgan natijalarni olishda muallifning aniq shaxsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining nechogʻlik toʻgʻriligi, ularning qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati; dissertatsiya mavzuiga mos ixtisos, dissertatsiya materiallarining muallif eʼlon qilgan ilmiy ishlarda nechogʻlik toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosaning sifati, xolisligi va tayyorlash muddati uchun tashkilot rahbari masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kunidan eʼtiboran nomzodlik dissertatsiyasi uchun ikki oydan va doktorlik dissertatsiyasi uchun uch oydan kechiktirmasdan xulosa talabgor qoʻliga berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya dastlabki ekspertizaga dissertantning tashkilot rahbariga yozgan arizasiga qoʻshib topshiriladi. Tashkilot rahbari topshirilgan dissertatsiyani koʻrish tartibini belgilaydi va koʻrib chiqish muddatini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash OAK belgilagan roʻyxatdagi hujjatlar, shuningdek, dissertatsiya ixtisosiga mos boshqa ilmiy muassasalarning muammoviy kengashlari, seminar va ilmiy kengashlarida dissertatsiya muhokama qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, dissertatsiyani dastlabki muhokamadan oʻtkazish uchun qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorlik dissertatsiyasi himoya uchun qabul qilinadigan soʻng, uning avtoreferati chop etilishidan avval belgilangan tartibda bir oy davomida OAKda texnik ekspertizadan oʻtkaziladi. Xolis sabablar mavjud boʻlgan taqdirda texnik ekspertiza muddati OAK tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashda dissertatsiyani dastlabki koʻrib chiqish tartibi “Ixtisoslashgan kengashlar toʻgʻrisidagi Nizom”da belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy oʻquv yurtlarining rektor va prorektorlari, tashkilot rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari ishlayotgan joydagi, boshqaruv mahkamasi rahbar xodimlari oʻz idoralariga qarashli tashkilotlardagi kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. OAK xodimlari boshqa tashkilotga ishga oʻtganlaridan keyingina dissertatsiya himoya qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Dissertatsiya mavzui turli ixtisosliklarga tutash boʻlib, kengashga ularning biridan dissertatsiya himoyasini oʻtkazish huquqi berilmagan hollarda kengash bir martalik himoya oʻtkazadi. Bir martalik himoya oʻtkazuvchi kengash tarkibini tuzish tartibini OAK belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash nomzodlik dissertatsiyasini talabgor barcha zarur hujjatlarni topshirgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay, doktorlik dissertatsiyasini esa uch oydan kechiktirmay himoya uchun qabul qilib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengashning ruxsati bilan doktorlik dissertatsiyasi uchun ikki bosma taboq va nomzodlik dissertatsiyasi uchun bir bosma taboq hajmda dissertatsiyaning qoʻlyozma huquqidagi avtoreferati chop etilgan boʻlishi kerak. Avtoreferatmashinkada bir yarim intervalda eziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi, koʻpi bilan, 30 foizga oshirilishi mumkin. Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy gʻoyasi yangi ilmiy yoʻnalish yoki yirik xalq xoʻjaligi muammosi yechimi va xulosalari bayon qilingan, oʻtkazilgan tadqiqot, muallif qoʻshgan hissa, tadqiqot natijalarining qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ekspertizadan oʻtkazish va ilmiy yutuqlarni targʻib qilish maqsadida avtorreferat rus tilidabosilishi, unga uzbek va ingliztillaridagi qisqacha mazmuni ilova qilinishi shart. Uzbek va qoraqalpoq adabiyotshunosligi va tilshunosligi boʻyicha dissertatsiyalarning avtoreferatlari bundan mustasno. Bunday xollarda qisqacha mazmun rus va ingliz tillarida keltiriladi. Qisqacha mazmun hajmi mashinka yozuvida doktorlik dissertatsiyasi uchun toʻrt sahifadan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun ikki sahifadan oshmasligi lozim. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki koʻpaytirgich uskunada kengash belgilagan nusxada bosiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferat kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga dissertatsiya himoyasidan kamida bir oy avval yuboriladi. Avtreferat yuborilishi kerak boʻlgan oluvchilarning qoʻshimcha roʻyxatini dissertatsiyani himoyaga qabul qilib olgan kengash belgilaydi. Ushbu roʻyxatga dissertatsiya ixtisosiga mos kengashlar, manfaatdor tashkilotlar hamda yetakchi olim-mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferat tarqatilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatini OAK tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doktorlik dissertatsiyasining matni mashinkada ikki intervalda yozilgan 250 sahifadan, nomzodlik dissertatsiyasi esa 120 sahifadan oshmasligi kerak. Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dissertatsiyaning bir nusxasi va avtoreferatning ikki nusxasi dissertatsiyani himoya uchun qabul qilib olgan kengashga qarashli tashkilotning kutubxonasiga himoyadan kamida bir oy avval topshiriladi, bu yerda u qoʻlyozma huquqida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kengash dissertatsiya boʻyicha fanning shu sohasidan xabardor olimlardan rasmiy opponentlar tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha Fan doktorlaridan uchta rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ulardan faqat bittasi himoya oʻtayotgan kengashning aʼzosi boʻlishi mumkin. Zarur hollarda, istisno tariqasida, kengashning ikkita aʼzosi (turli tashkilotlardan) rasmiy opponent boʻlishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha ikkita opponent tayinlanib, ulardan biri albatta fan doktori boʻlishi kerak, ikkinchisi esa fan doktori yoki fan nomzodi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda rasmiy opponentlarni OAK tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. OAK Ilmiy kengashi va Rayosati (Prezidium) aʼzolari, devon xodimlari, OAK ekspert kengashlarining rahbarlari, dissertatsiya koʻrib chiqilayotgan kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi, himoya qiluvchining ilmiy rahbari, dissertatsiya mavzuida eʼlon qilingan ishlar boʻyicha himoya qiluvchining hammualliflari, dissertatsiya bajarilgan yoki himoya qiluvchi ishlayotgan, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha himoya qiluvchi buyurtmachi yoki ijrochi sherik ijrochi) boʻlgan oliy oʻquv yurtlarining rektori va prorektorlari, ilmiy tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, kafedra, laboratoriya, sektor, boʻlim xodimlari rasmiy opponent boʻla olmaydilar. Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda kengash raisining oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi OAKning ijozati bilan rasmiy opponent qilib tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Rasmiy opponent dissertatsiyani va dissertatsiya mavzui boʻyicha eʼlon qilingan bosma ishlarni oʻrganib chiqib, kengashga oʻz fikrini taqdim etadi. Unda tanlangan mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, xulosa va amaliy hamda nazariy tavsiyalar nechogʻlik asoslanganligi, toʻgʻriligi va yangiligi aniqlab beriladi hamda dissertatsiyaning ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponentlar oʻz taqrizlari nusxasini talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun oldin topshirishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash rasmiy opponent taqrizi talabga javob bermagan taqdirda qayta ishlash uchun qaytarib berishga yoki rasmiy opponentni almashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponent oʻzi tayyorlagan taqrizning xolisona va sifatli boʻlishiga hamda kengash belgilagan muddatda taqdim etilishiga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengash dissertatsiya yuzasidan tegishli fan sohalari yoki xalq xoʻjaligida oʻz yutuqlari bilan tanilgan tashkilotlarni (korxonalarni) yetakchi tashkilot sifatida tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilotning taqrizida dissertatsiya muallifi erishgan natijalarning fan va ishlab chiqarish uchun ahamiyati aks ettirilishi, shuningdek, dissertatsiya natijalari va xulosalaridan foydalanishga doir aniq tavsiyalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilot taqrizi ilmiy seminar dalolatnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida yozilib, seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda uni ana shu tashkilot rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tasdiqlaydi. Ular taqrizning sifati va xolisligi uchun shaxsan masʼuldir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilot taqrizining nusxasi talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun avval topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqriz talabga javob bermagan taqdirda kengash uni yetakchi tashkilotga qaytarish yoki yetakchi tashkilotni boshqasi bilan almashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash, zarur hollarda, tegishli ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish muassasasi hamda oʻquv yurtlarini, xorijiy mamlakatlarning taniqli olim-mutaxassislarini yetakchi tashkilot va dissertatsiya himoyasi yuzasidan opponent etib tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kengash salbiy taqriz va xulosalar olingan taqdirda ham, talabgorning istagiga binoan, dissertatsiya himoyasini tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi dissertantning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi ishlari eʼlon qilingandan ikki oy oʻtgach, nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi esa bir oydan soʻng oʻtkazilishi mumkin. Nashrga topshirilgan boʻlsada, lekin hali chop etilmagan ishlar dissertatsiyada va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kengash majlisi, agar uning ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha kamida uch fan doktori, himoya qilinayotgan nomzodlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha esa, kamida ikki fan doktori qatnashsagina haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning ilmiy daraja berish masalasi yuzasidan qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirdagina maʼqul deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dissertatsiyani jamoa oldida himoya qilish ilmiy bahs tusini olishi va yuksak talabchanlik, qatʼiylik hamda ilmiy axloq-odobga rioya etish vaziyatida oʻtishi, unda dissertatsiyadagi barcha ilmiy va amaliy xulosa hamda tavsiyalarning nechogʻlik toʻgʻriligi va asoslanganligi sinchiklab tahlil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponentlar dissertatsiya himoyasida hozir boʻlishlari shart. Dissertatsiyaga ijobiy taqriz bergan rasmiy opponentlardan faqat bittasi uzrli sabab bilan ishtirok etolmagan taqdirda dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. Bunday hollarda kelolmagan opponentning taqrizi kengash majlisida toʻliq oʻqib eshittiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Dissertatsiya himoyasi tugaganidan soʻng kengash ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi masalani yashirin ovoz berish yoʻli bilan hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob komissiyasining bayonnomasi yashirin ovoz berishda qatnashayotgan kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish yoʻsinida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyasi boʻyicha kengash majlisini oʻtkazish, shu jumladan yashirin ovoz berish tartibi hamda hisob komissiyasining ishi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yashirin ovoz berilganidan keyin, dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha ijobiy qarorga kelingan taqdirda, kengash ochiq ovoz berish yoʻli bilan dissertatsiya yuzasidan xulosa qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosada talabgor shaxsan erishgan eng muhim ilmiy natijalar, ularning nechogʻlik toʻgʻriligi va yangiligiga berilgan baho, dissertatsiyaning nazariya va amaliyot uchun ahamiyati, dissertatsiya tadqiqotlarining natijalaridan foydalanishga oid tavsiyalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kengash doktorlik yoki nomzodlik dissertatsiyasining birinchi va ikkinchi nusxalarini hamda talabgorning attestatsiyasiga oid hujjatlarni himoyadan keyin bir oy muddat ichida OAKga yuboradi. Himoya qiluvchining attestatsiyasiga oid hujjatlarning ikkinchi nusxasi kengashda oʻn yil saqlanadi. Talabgorning attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish OAK belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha kengash salbiy qarorga kelgan taqdirda, oliy maʼlumot haqidagi diplom nusxasi, nomzodlik imtihonlarini topshirganlik haqidagi guvohnoma, xodimlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi, dissertatsiya yozilgan yoki talabgor biriktirilgan tashkilotning xulosasi, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya himoya qiluvchiga qaytarib beriladi. Dissertatsiyaning kutubxona fondidan olib qoʻyiladigan va kengashga yuborilib, u yerda oʻn yil saqlanadigan bir nusxasi esa himoya qiluvchiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaga berilgan taqrizlar, avtoreferat, majlis stenogrammasi hamda ovoz berish natijasi toʻgʻrisidagi qaror kengashda qoladi va takroriy himoya oʻtadigan joyga talabnoma asosida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻzining salbiy qarori haqida himoya kunidan eʼtiboran bir oy muddat ichida OAKga xabar qiladi. Ayni vaqtda OAKga avtoreferat va kengash majlisining stenogrammasi ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Himoya natijalari yuzasidan kengash salbiy qaror chiqargan dissertatsiya, qaror chiqarilganidan kamida bir yil oʻtgach, qayta ishlangan holda takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Salbiy qarorni OAK chiqargan boʻlsa ham dissertatsiyani xuddi shu shartlar bilan takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Takroriy himoya uchun OAK ruxsati boʻlishi shart emas. Takroriy himoyada ilgarigi opponentlar butunlay almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgorga ham doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ijozat beriladi. Bunday holda talabgor, belgilab qoʻyilgan tartibga binoan, nomzodlik imtihonlarini topshirishi lozim. Bordiyu, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgor fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ushbu Nizomning 8-bandi talablariga javob bermay, balki 9-bandi talablariga mos kelsa, kengash himoya qiluvchiga fan nomzodi ilmiy darajasini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ilmiy daraja berilgan talabgorning dissertatsiyasi avtoreferat va dissertatsiya hisob varaqasining bir nusxasi bilan birga belgilangan tartibda Respublika kutubxona fondiga topshiriladi va u yerda doim saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar kutubxonalaridagi dissertatsiya nusxalari belgilangan tartibda mintaqa depozitariyalariga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. OAKDA DISSERTATSIYANI KOʻRIB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasini, uning ilmiy va amaliy qimmatini, kengashlar ishini nazorat qilib borishni OAK ilmiy-attestatsiya boʻlinmalari ekspert kengashlari bilan birgalikda taʼminlaydi. Ilmiy-attestatsiya boʻlinma va ekspert kengashi dissertatsiya yuzasidan oʻz xulosalarining sifati va xolisligi uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Hayʼati attestatsiyadan oʻtkazish va OAK Rayosatiga tavsiyalarni tayyorlashda yagona talablarni amalga oshirishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-attestatsiya boʻlinma kengashda dissertatsiya himoyasi paytida va ekspert kengashida, ekspertiza sifatsiz oʻtgan deb topsa, OAK Hayʼati ruxsati bilan dissertatsiya ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida qoʻshimcha xulosa (jamoaviy taqriz) olish uchun attestatsiya hujjatlari bilan birga dissertatsiyani boshqa kengashga yuborishi mumkin. Qoʻshimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyani koʻrib chiqish yuzasidan kengash majlisini oʻtkazish tartibi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mabodo kengash ushbu Nizomning 32-bandiga binoan qabul qilgan xulosa yetarli dalillar bilan asoslanmagan boʻlsa, ilmiy-attestatsiya boʻlinma ekspert kengashi bilan birgalikda uni qayta ishlash uchun kengashga qaytarishi mumkin. Bunda himoya qiluvchi kengash majlisida ishtirok etishi shart emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ilmiy-attestatsiya boʻlinma ekspert kengashi majlisiga talabgorni, himoya oʻtgan yoki uning jamoaviy taqrizi amalga oshirilgan kengash rahbarini, rasmiy opponentlarni, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarni, shuningdek, yetakchi tashkilot vakillarini taklif qiladi yoki dissertatsiyani koʻrib chiqadigan kengash majlisiga oʻz vakilini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor uzrli sabablarsiz kelmay qolganda ekspert kengash usiz ham dissertatsiyani koʻrib chiqaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mabodo kengash himoya oʻtkazishda oʻrnatilgan tartib-qoidani buzgan boʻlsa, OAK Hayʼati attestatsiya ishi koʻrilishini toʻxtatib, OAK Rayosatiga dissertatsiya ishiga rad javobi berishi tavsiya etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi bilan dissertatsiya himoyasi oʻtgan yoki u jamoaviy taqriz qilingan kengashning fikrlari bir-biriga toʻgʻri kelmay qolsa, OAK Rahbariyati OAK Ilmiy kengashi aʼzolariga, fanning tegishli sohasi mutaxassislariga qaror qabul qilish uchun OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlashni topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining ish tartibi OAK tasdiqlagan “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Fan doktori ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini OAKda koʻrib chiqish muddati olti oydan oshmasligi, fan nomzodi ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini koʻrib chiqish muddati esa toʻrt oydan oshmasligi kerak. Dissertatsiyaga hamda attestatsiya hujjatlariga berilgan baho xususidagi fuqarolar takliflari va arizalari ham xuddi shu muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazish uzoqroq muddat talab etadigan alohida hollarda ana shu muddatni uzaytirish masalasini OAK hayʼati hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Dissertatsiya va attestatsiya hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida kengash yoki OAK aniqlagan kamchiliklarni OAKning ruxsatsiz tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Talabgor oʻz dissertatsiyasini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida: kengashda — yashirin ovoz berishdan avval, OAKda esa — fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini berish haqidagi yechim yoxud qaror qabul qilinishidan oldin uni muhokamadan olishga haqli, oʻzga materiallardan ularning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanganligini kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning yozma arizasiga binoan kengash yoki OAKning dissertatsiyani muhokamadan olish toʻgʻrisidagi qarori uzil-kesil hisoblanadi. Dissertatsiya muhokamadan olinganidan keyin kamida bir yil oʻtgach, umumiy asoslarida takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. QAYTA ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISh VA TENGLAShTIRISh (NOSTRIFIKATSIYA)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Talabgor ishlab turgan tashkilotning iltimosnomasiga binoan OAK Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni yoki boshqa mamlakatlarda ilmiy daraja berilgan chet el fuqarolarini oʻz qarori asosida qayta attestatsiyadan oʻtkazadi. Bunda OAK belgilagan roʻyxatdagi hujjatlar topshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Boshqa mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yoxud chet el fuqarolariga berilgan nomzodlik va doktorlik diplomlari OAKda joriy etilgan tartib boʻyicha talabgor ishlab turgan tashkilotning iltimosnomasiga binoan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiya asosida tenglashtiriladi). Bunda OAK belgilagan roʻyxatdagi hujjatlar topshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boshqa davlatlarda dissertatsiya himoya qilishlari uchun belgilangan tartibda OAK ruxsatnomasi va yoʻllanmasini olishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. DIPLOMLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. OAKning Fan nomzodi va doktor ilmiy darajasini berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Fan doktori yoki nomzodi diplomini yoʻqotgan shaxsga yangi tartib raqami qoʻyilgan dublikat ilgari topshirilgan diplomga batamom muvofiq ravishda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda diplom yangisi bilan almashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Diplomni, shuningdek, uning dublikatini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. ILMIY DARAJADAN MAHRUM QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Dissertatsiya himoyasi oʻtgan ixtisoslashgan kengashning tavsiyasi asosida OAK ilmiy darajadan mahrum etishi mumkin. Mabodo mazkur kengashning faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum qilish haqidagi iltimosnomani OAK topshirigʻiga muvofiq boshqa kengash koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisi ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirdagina majlis vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy darajadan mahrum etish haqidagi iltimosi yashirin ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qaror oʻn yil avval qabul qilingan boʻlsa, uning nechogʻlik asoslanganligi masalasini attestatsiya organlari koʻrib chiqmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. ShIKOYAT VA ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasi yuzasidan qarori xususida muassasalar, tashkilotlar, talabgorlar va boshqa shaxslar qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oy muddat ichida dissertatsiya himoya qilingan kengashga va OAKga shikoyat arizasi berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning shikoyat arizasini koʻrib chiqishga doir xulosasi va boshqa materiallar kengash majlisidan keyin oʻn kunlik muddat mobaynida OAKga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasiga doir qarori xususida tushgan shikoyat arizasi yuzasidan OAK Hayʼati qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning fan nomzodi va doktori ilmiy darajalarini berish (ulardan mahrum etish) masalalariga doir qarori yuzasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi qarorlari yuzasidan shikoyat arizasi qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ilmiy daraja berish (undan mahrum etish; masalasi yuzasidan OAK Rayosati xulosasi va qarori boʻyicha shikoyat arizasi yechim yoki qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Rayosati xulosalari va qarorlari yuzasidan tushgan shikoyat arizasi boʻyicha OAK Hayʼati OAK Ilmiy kengashi seksiyasi guruhi aʼzolarining xulosalarini hisobga olib, OAK Rayosatiga tasdiqlash uchun xulosalar va qarorlar loyihasini tavsiya etadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosati qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishda oshkoralikni kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “Axborot”ida yoritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.