Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013 10.07.1996 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 261
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayesatining Nizomi, 10.07.1996 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 261
Кучга кириш санаси
10.07.1996
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013
Hujjat 08.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oliy attestatsiya komissiyasi

Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi

34/2-son qarori bilan

“TASDIQLANGAN”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ILMIY DARAJALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 10-iyulda 261-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/2-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2441, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi. Ilmiy darajalar fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, oliy maʼlumotga yoki magistr darajasiga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga, yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — huquq (yurisprudensiya) sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga ruxsat etiladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 13-noyabrdagi 98/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 261-2, 29.01.2004-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ixtisoslashgan kengashning, (bundan buyon — kengash) oliy maʼlumotga ega boʻlgan talabgor dissertatsiyani jamoat oldida himoya qilgandan keyin qabul qilgan iltimosnomasi asosida va OAK tegishli ekspert kengashining xulosasini inobatga olgan holda beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiya ilmiy asar hisoblanib, u dissertantning eʼlon qilgan ilmiy ishlari asosida maxsus tayyorlagan qoʻlyozma shaklida boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyani tayyorlash, uni himoya qilish, OAKga taqdim etish uchun rasmiylashtirish qaysi tilda boʻlishi lozimligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq belgilanadi. Talabgor dissertatsiyani oʻz xohishiga qarab uch tilda: oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan birida yozishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpoq adabiyotshunosligi va tilshunosligi boʻyicha dissertatsiyalar talabgorning xohishiga qarab, qoraqalpoq tilida yozilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. OAK Fan va texnikani rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshadigan kashfiyot yoki eng katta ixtiro muallifiga, istisno tariqasida dissertatsiya himoyasisiz fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasini berishi mumkin. Bu holda talabgorga ilmiy daraja berish tartibini OAK belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoya qilishni tashkil etish va ilmiy darajalar berish tartiboti OAKning maxsus qoʻshimcha Nizomida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan doktori va nomzodiga diplomlar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. NOMZODLIK IMTIHONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fan nomzodi ilmiy darajasiga talabgor tegishli nomzodlik imtihonlarini topshirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon qabul qiladigan tashkilot nomzodlik imtihonlari olinishidan besh kun oldin imtihon topshiruvchilar roʻyxatini, imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibiga doir maʼlumotlar bilan birga OAKga yuborishi zarur. OAK nomzodlik imtihonlarida qatnashish va uni nazorat qilish uchun oʻz vakillarini yuborishi mumkin. Nomzodlik imtihonlari noxolis oʻtkazilgan taqdirda OAK imtihon natijalarini bekor qiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol gʻoyasi va fan metodologiyasi, chet tili, informatsion texnologiyalar asoslari hamda dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari oʻzbek yoki rus tili, informatsion texnologiyalar asoslari va dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nomzodlik imtihonlarining mazmunini va ularni topshirish tartibini OAK Rayosati belgilaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DISSERTATSIYALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muallif oʻtkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim xalq xoʻjalik, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik ilmiy muammo hal qilingan yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirishda ulkan yutuq deb baholash mumkin boʻlgan nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan yoxud joriy etilishi texnikani rivojlantirishga katta hissa qoʻshadigan ilmiy asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya fanning tegishli sohasi uchun katta ahamiyatga molik masala yangicha hal qilingan yoki muallifning muhim amaliy masalalarni hal etishni taʼminlovchi ilmiy jihatdan asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik tavsiyalari oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dissertatsiya muallif oshkora himoya uchun jamoat muhokamasiga qoʻygan yangi ilmiy natijalar va qoidalar majmuiga ega mazmunan yaxlit, muallifning fanga qoʻshgan hissasini aks ettiruvchan shaxsan yozilgan yuqori malakali ilmiy ish boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada aniq muammoning yechimi va muallif erishgan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar, nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa ilmiy xulosalardan foydalanishga doir tavsiyalar berilishi lozim.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ishi kirish qismi, kamida uchta boʻlim, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ishining amaliyotga tadbiqi yuzasidan maxsus ishlab chiqilgan tavsiyalar ixtisoslashgan kengashda tasdiqlanib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi oʻn-oʻn besh yil ichida nashr etilgan boʻlishi tavsiya etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan uchinchi—beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy maʼruza shaklida faqat doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy maʼruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasi talabgor muntazam bajargan va uning asarlarida eʼlon qilingan fan va texnika uchun katta ahamiyatga molik natijalarning umumiy qisqacha bayonidan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor ilmiy ishining ahamiyati hamda ilmiy maʼruza shaklida dissertatsiya himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani uning asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan va ishlanmalar bajarilgan tashkilot beradi. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati boʻlishi zarur. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasini taqdim etish va himoya qilish tartibini OAK belgilaydi.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Dissertatsiya mavzui dolzarb va respublika ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy prioritet yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlishi va shaxsan har bir talabgor uchun tashkilot ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashi tomonidan tasdiqlanishi shart.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangandan soʻng, “OAK Byulleteni” jurnalida nashr etilishi uchun oʻrnatilgan tartibdagi hujjatlar bilan OAKga yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Doktorlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari respublikada va xorijda chop etiladigan OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda, davriy ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi lozim.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 13-noyabrdagi 98/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-2, 2004-yil 29-yanvar) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 47-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha dissertantning umumiy ilmiy ishlari soni 20 tadan (shundan 10 tasi yakka mualliflikda) kam boʻlmasligi kerak.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 13-noyabrdagi 98/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-2, 2004-yil 29-yanvar) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kashfiyot haqidagi diplomlar, ixtiro va sanoat namunalari toʻgʻrisidagi mualliflik guvohnomalari va patentlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va qayd qilingan algoritmlar davlat ilmiy-texnikaviy axborot tizimi muassasalariga saqlashga berilgan va ilmiy jurnallarda qisqacha bayon etilgan ishlarning qoʻlyozmalari. ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan maʼruzalarning bosilib chiqqan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari, davlat maʼlumotlar bankiga qoʻshilgan yangi materiallarning axborot kartalari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ishlar jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertantning chop etilgan ilmiy ishlari roʻyxati doktorlik dissertatsiyasining avtoreferatida uch boʻlimdan iborat holda keltiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi boʻlimda monografiyalar hamda ilmiy jurnallar va toʻplamlarda chop etilgan maqolalar roʻyxati beriladi. Bu boʻlimda keltirilgan maqolalarning kamida oʻntasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan soʻng nashr qilingan boʻlishi kerak. Dissertantning ilmiy jurnallarda chop etilgan oʻnta maqolasi boʻlmagan hollarda, doktorlik dissertatsiyasining himoyasi masalasini istisno tariqasida OAK Rayosati hal qiladi. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan monografiya nashr etilgan boʻlishi, boshqa fanlar sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan esa, ushbu fan sohasi yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida kamida ikkita maqola nashr etilgan boʻlishi shartdir;
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 13-noyabrdagi 98/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-2, 2004-yil 29-yanvar) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 4-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi boʻlimda ixtirolarga patent va mualliflik guvohnomalarining roʻyxati keltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi boʻlimda tezislar, deponent qilingan ilmiy ishlar (ularning referati ilmiy jurnallarda nashr etilgan boʻlishi kerak), ilmiy jurnallarda chop qilingan referat, axborot va annotatsiyalar roʻyxati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferatda keltirilgan ilmiy ishlar roʻyxati dissertatsiya mavzuiga qatʼiyan muvofiq boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferat va dissertatsiyada koʻrsatilgan ilmiy ishlar nashriga oid maʼlumotlar mavjud talablarga batamom mos ravishda keltirilishi (mualliflar hamda maqolalar chop etilgan jurnal yoki toʻplam betlari aniq koʻrsatilishi) zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dissertantning maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalaridan oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun asosiy hammualliflarning yozma roziligini olishi zarur. Ana shu yozma rozilik OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hammualliflikdagi ilmiy ish natijalari faqat birgina muallifning doktorlik dissertatsiyasiga toʻla-toʻkis kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorlik ilmiy darajasiga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari va nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning barcha ilmiy ishlari nusxalari OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning OAK roʻyxatidagi gazeta, ilmiy jurnal yoki toʻplamlarda nashr qilingan kamida ikkita maqolasi boʻlishi kerak.
(12-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha talabgorning umumiy ilmiy ishlari soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor oʻz dissertatsiyasida foydalangan materiallar yoki ayrim natijalar manbaini, ularning muallifi va nomini toʻla koʻrsatishi zarur, Ilmiy ish yozishda qatnashgan hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan dissertatsiyada foydalanganda talabgor buni dissertatsiya va avtoreferatda qayd etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya, u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qatʼiy nazar, muhokamadan olib tashlanadi va qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. DISSERTATSIYANI HIMOYAGA TAQDIM ETISh VA YoQLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Dissertatsiya bajarilgan yoki talabgor biriktirib qoʻyilgan tashkilot topshirilgan dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi va dissertatsiya yuzasidan xulosa (ilmiy seminar protokolidan kengaytirilgan, batafsil koʻchirma shaklida) beradi. Xulosada dissertatsiyada bayon etilgan natijalarni olishda muallifning aniq shaxsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining nechogʻlik toʻgʻriligi, ularning qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati; dissertatsiya mavzuiga mos ixtisos, dissertatsiya materiallarining muallif eʼlon qilgan ilmiy ishlarda nechogʻlik toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosaning sifati, xolisligi va tayyorlash muddati uchun tashkilot rahbari masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kunidan eʼtiboran nomzodlik dissertatsiyasi uchun ikki oydan va doktorlik dissertatsiyasi uchun uch oydan kechiktirmasdan xulosa talabgor qoʻliga berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya dastlabki ekspertizaga dissertantning tashkilot rahbariga yozgan arizasiga qoʻshib topshiriladi. Tashkilot rahbari topshirilgan dissertatsiyani koʻrish tartibini belgilaydi va koʻrib chiqish muddatini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja talabgorlari dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻz xohishlari bilan, ixtisoslashgan kengashdan mustaqil ravishda oʻtkazishlari mumkin. Ixtisoslashgan kengash dastlabki ekspertizalar natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuboradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash OAK belgilagan roʻyxatdagi hujjatlar, shuningdek, dissertatsiya ixtisosiga mos boshqa ilmiy muassasalarning muammoviy kengashlari, seminar va ilmiy kengashlarida dissertatsiya muhokama qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, dissertatsiyani dastlabki muhokamadan oʻtkazish uchun qabul qilib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash, dissertatsiya himoya uchun qabul qilingandan soʻng, uning avtoreferati chop etilishidan avval belgilangan tartibda “OAK Byulleteni” jurnalida himoya toʻgʻrisida eʼlon beradi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashda dissertatsiyani dastlabki koʻrib chiqish tartibi “Ixtisoslashgan kengashlar toʻgʻrisidagi Nizom”da belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oliy oʻquv yurtlarining rektor va prorektorlari, tashkilot rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari ishlayotgan joydagi, boshqaruv mahkamasi rahbar xodimlari oʻz idoralariga qarashli tashkilotlardagi kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. OAK xodimlari boshqa tashkilotga ishga oʻtganlaridan keyingina dissertatsiya himoya qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Dissertatsiya mavzui turli ixtisosliklarga tutash boʻlib, kengashga ularning biridan dissertatsiya himoyasini oʻtkazish huquqi berilmagan hollarda kengash bir martalik himoya oʻtkazadi. Bir martalik himoya oʻtkazuvchi kengash tarkibini tuzish tartibini OAK belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash nomzodlik dissertatsiyasini talabgor barcha zarur hujjatlarni topshirgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay, doktorlik dissertatsiyasini esa uch oydan kechiktirmay himoya uchun qabul qilib oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengashning ruxsati bilan doktorlik dissertatsiyasi uchun ikki bosma taboq va nomzodlik dissertatsiyasi uchun bir bosma taboq hajmda dissertatsiyaning qoʻlyozma huquqidagi avtoreferati chop etiladi. Avtoreferat oʻzbek, rus, yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi, koʻpi bilan, 30 foizga oshirilishi mumkin. Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy gʻoyasi yangi ilmiy yoʻnalish yoki yirik xalq xoʻjaligi muammosi yechimi va xulosalari bayon qilingan, oʻtkazilgan tadqiqot, muallif qoʻshgan hissa, tadqiqot natijalarining qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati koʻrsatilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro ekspertizadan oʻtkazish va ilmiy yutuqlarni targʻib qilish maqsadida avtorreferatga rus, oʻzbek va ingliz tillaridagi qisqacha mazmuni ilova qilinishi tavsiya etiladi. Qisqacha mazmunning hajmi doktorlik dissertatsiyasi uchun bir sahifadan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun yarim sahifadan oshmasligi lozim. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki koʻpaytirgich uskunada kengash belgilagan nusxada bosiladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferat kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga dissertatsiya himoyasidan kamida bir oy avval yuboriladi. Avtreferat yuborilishi kerak boʻlgan oluvchilarning qoʻshimcha roʻyxatini dissertatsiyani himoyaga qabul qilib olgan kengash belgilaydi. Ushbu roʻyxatga dissertatsiya ixtisosiga mos kengashlar, manfaatdor tashkilotlar hamda yetakchi olim-mutaxassislar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoreferat tarqatilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatini OAK tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doktorlik dissertatsiyasining matni 250 sahifadan, nomzodlik dissertatsiyasi esa 120 sahifadan oshmasligi kerak. Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorlik dissertatsiya boʻyicha dissertatsiyaning va avtoreferatining muqovasida faqat birgina ilmiy maslahatchi koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha dissertatsiyaning va avtoreferatning muqovasida birgina ilmiy rahbar koʻrsatilish mumkin. Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi zarur hollarda, dissertatsiya va avtoreferatning titul varagʻida OAK ruxsati bilan koʻrsatilishi mumkin. Ixtisosliklar tutashligida himoyaga taqdim etilgan nomzodlik dissertatsiyalari bundan mustasno.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Dissertatsiyaning bir nusxasi va avtoreferatning ikki nusxasi dissertatsiyani himoya uchun qabul qilib olgan kengashga qarashli tashkilotning kutubxonasiga himoyadan kamida bir oy avval topshiriladi, bu yerda u qoʻlyozma huquqida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kengash dissertatsiya boʻyicha fanning shu sohasidan xabardor olimlardan rasmiy opponentlar tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha Fan doktorlaridan uchta rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ulardan faqat bittasi himoya oʻtayotgan kengashning aʼzosi boʻlishi mumkin. Zarur hollarda, istisno tariqasida, kengashning ikkita aʼzosi (turli tashkilotlardan) rasmiy opponent boʻlishiga ruxsat etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha ikkita opponent tayinlanib, ulardan biri albatta fan doktori boʻlishi kerak, ikkinchisi esa fan doktori yoki fan nomzodi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda rasmiy opponentlarni OAK tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. OAK Ilmiy kengashi va Rayosati (Prezidium) aʼzolari, devon xodimlari, OAK ekspert kengashlarining rahbarlari, dissertatsiya koʻrib chiqilayotgan kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi, himoya qiluvchining ilmiy rahbari, dissertatsiya mavzuida eʼlon qilingan ishlar boʻyicha himoya qiluvchining hammualliflari, dissertatsiya bajarilgan yoki himoya qiluvchi ishlayotgan, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha himoya qiluvchi buyurtmachi yoki ijrochi sherik ijrochi) boʻlgan oliy oʻquv yurtlarining rektori va prorektorlari, ilmiy tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, kafedra, laboratoriya, sektor, boʻlim xodimlari rasmiy opponent boʻla olmaydilar. Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda kengash raisining oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi OAKning ijozati bilan rasmiy opponent qilib tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Rasmiy opponent dissertatsiyani va dissertatsiya mavzui boʻyicha eʼlon qilingan bosma ishlarni oʻrganib chiqib, kengashga oʻz fikrini taqdim etadi. Unda tanlangan mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, xulosa va amaliy hamda nazariy tavsiyalar nechogʻlik asoslanganligi, toʻgʻriligi va yangiligi aniqlab beriladi hamda dissertatsiyaning ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponentlar oʻz taqrizlari nusxasini talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun oldin topshirishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash rasmiy opponent taqrizi talabga javob bermagan taqdirda qayta ishlash uchun qaytarib berishga yoki rasmiy opponentni almashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponent oʻzi tayyorlagan taqrizning xolisona va sifatli boʻlishiga hamda kengash belgilagan muddatda taqdim etilishiga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kengash dissertatsiya yuzasidan tegishli fan sohalari yoki xalq xoʻjaligida oʻz yutuqlari bilan tanilgan tashkilotlarni (korxonalarni) yetakchi tashkilot sifatida tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya ishi bajarilgan yoki ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha dissertant buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan tashkilotlar, talabgor ishlayotgan muassasa, rasmiy opponentlarning, ilmiy rahbarning, ilmiy maslahatchining asosiy ish joyi boʻlgan muassasa, yetakchi tashkilot boʻla olmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilotning taqrizida dissertatsiya muallifi erishgan natijalarning fan va ishlab chiqarish uchun ahamiyati aks ettirilishi, shuningdek, dissertatsiya natijalari va xulosalaridan foydalanishga doir aniq tavsiyalar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilot taqrizi ilmiy seminar dalolatnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida yozilib, seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda uni ana shu tashkilot rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tasdiqlaydi. Ular taqrizning sifati va xolisligi uchun shaxsan masʼuldir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Etakchi tashkilot taqrizining nusxasi talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun avval topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqriz talabga javob bermagan taqdirda kengash uni yetakchi tashkilotga qaytarish yoki yetakchi tashkilotni boshqasi bilan almashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash, zarur hollarda, tegishli ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish muassasasi hamda oʻquv yurtlarini, xorijiy mamlakatlarning taniqli olim-mutaxassislarini yetakchi tashkilot va dissertatsiya himoyasi yuzasidan opponent etib tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kengash salbiy taqriz va xulosalar olingan taqdirda ham, talabgorning istagiga binoan, dissertatsiya himoyasini tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi dissertantning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi ishlari eʼlon qilingandan ikki oy oʻtgach, nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi esa bir oydan soʻng oʻtkazilishi mumkin. Nashrga topshirilgan boʻlsada, lekin hali chop etilmagan ishlar dissertatsiyada va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kengash majlisi, agar uning ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha kamida uch fan doktori, himoya qilinayotgan nomzodlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha esa, kamida ikki fan doktori qatnashsagina haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning ilmiy daraja berish masalasi yuzasidan qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirdagina maʼqul deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dissertatsiyani jamoa oldida himoya qilish ilmiy bahs tusini olishi va yuksak talabchanlik, qatʼiylik hamda ilmiy axloq-odobga rioya etish vaziyatida oʻtishi, unda dissertatsiyadagi barcha ilmiy va amaliy xulosa hamda tavsiyalarning nechogʻlik toʻgʻriligi va asoslanganligi sinchiklab tahlil qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy opponentlar dissertatsiya himoyasida hozir boʻlishlari shart. Doktorlik dissertatsiyasiga ijobiy taqriz bergan rasmiy opponentlardan faqat bittasi uzrli sabab bilan ishtirok etolmagan taqdirda dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. Bunday hollarda kelolmagan opponentning taqrizi kengash majlisida toʻliq oʻqib eshittiriladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasida, qoida tariqasida, rasmiy opponentlarning hammasi qatnashishi shartdir.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Dissertatsiya himoyasi tugaganidan soʻng kengash ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi masalani yashirin ovoz berish yoʻli bilan hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob komissiyasining bayonnomasi yashirin ovoz berishda qatnashayotgan kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish yoʻsinida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyasi boʻyicha kengash majlisini oʻtkazish, shu jumladan yashirin ovoz berish tartibi hamda hisob komissiyasining ishi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yashirin ovoz berilganidan keyin, dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha ijobiy qarorga kelingan taqdirda, kengash ochiq ovoz berish yoʻli bilan dissertatsiya yuzasidan xulosa qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosada talabgor shaxsan erishgan eng muhim ilmiy natijalar, ularning nechogʻlik toʻgʻriligi va yangiligiga berilgan baho, dissertatsiyaning nazariya va amaliyot uchun ahamiyati, dissertatsiya tadqiqotlarining natijalaridan foydalanishga oid tavsiyalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kengash doktorlik yoki nomzodlik dissertatsiyasining birinchi va ikkinchi nusxalarini hamda talabgorning attestatsiyasiga oid hujjatlarni himoyadan keyin bir oy muddat ichida OAKga yuboradi. Himoya qiluvchining attestatsiyasiga oid hujjatlarning ikkinchi nusxasi kengashda oʻn yil saqlanadi. Talabgorning attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish OAK belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, dissertatsiya, avtoreferat hamda attestatsiya hujjatlarining elektron versiyalari oʻrnatilgan tartibda talabgorning attestatsiya ishi bilan birga OAKga topshiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha kengash salbiy qarorga kelgan taqdirda, oliy maʼlumot haqidagi diplom nusxasi, nomzodlik imtihonlarini topshirganlik haqidagi guvohnoma, xodimlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi, dissertatsiya yozilgan yoki talabgor biriktirilgan tashkilotning xulosasi, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya himoya qiluvchiga qaytarib beriladi. Dissertatsiyaning kutubxona fondidan olib qoʻyiladigan va kengashga yuborilib, u yerda oʻn yil saqlanadigan bir nusxasi esa himoya qiluvchiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyaga berilgan taqrizlar, avtoreferat, majlis stenogrammasi hamda ovoz berish natijasi toʻgʻrisidagi qaror kengashda qoladi va takroriy himoya oʻtadigan joyga talabnoma asosida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻzining salbiy qarori haqida himoya kunidan eʼtiboran bir oy muddat ichida OAKga xabar qiladi. Ayni vaqtda OAKga avtoreferat va kengash majlisining stenogrammasi ham yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Himoya natijalari yuzasidan kengash salbiy qaror chiqargan dissertatsiya, qaror chiqarilganidan kamida bir yil oʻtgach, qayta ishlangan holda takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Salbiy qarorni OAK chiqargan boʻlsa ham dissertatsiyani xuddi shu shartlar bilan takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Takroriy himoya uchun OAK ruxsati boʻlishi shart emas. Takroriy himoyada ilgarigi opponentlar butunlay almashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgorga ham doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ijozat beriladi. Bunday holda talabgor, belgilab qoʻyilgan tartibga binoan, nomzodlik imtihonlarini topshirishi lozim.Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgor fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ushbu Nizomning 8-bandi talablariga javob bermay, balki 9-bandi talablariga mos kelsa, kengash himoya qiluvchiga fan nomzodi ilmiy darajasini beradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ilmiy daraja berilgan talabgorning dissertatsiyasi avtoreferat va dissertatsiya hisob varaqasining bir nusxasi bilan birga belgilangan tartibda Respublika kutubxona fondiga topshiriladi va u yerda doim saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar kutubxonalaridagi dissertatsiya nusxalari belgilangan tartibda mintaqa depozitariyalariga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. OAKDA DISSERTATSIYANI KOʻRIB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasini, uning ilmiy va amaliy qimmatini, kengashlar ishini nazorat qilib borishni OAK ilmiy-attestatsiya boʻlinmalari ekspert kengashlari bilan birgalikda taʼminlaydi. Ilmiy-attestatsiya boʻlinma va ekspert kengashi dissertatsiya yuzasidan oʻz xulosalarining sifati va xolisligi uchun masʼuldir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Rahbariyati attestatsiyadan oʻtkazish va OAK Rayosatiga tavsiyalarni tayyorlashda yagona talablarni amalga oshirishni taminlaydi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-attestatsiya boʻlinma kengashda dissertatsiya himoyasi paytida va ekspert kengashida, ekspertiza sifatsiz oʻtgan deb topsa, OAK Rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiya ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida qoʻshimcha xulosa (jamoaviy taqriz) olish uchun attestatsiya hujjatlari bilan birga dissertatsiyani boshqa kengashga yuborishi mumkin. Qoʻshimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyani koʻrib chiqish yuzasidan kengash majlisini oʻtkazish tartibi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilangan.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mabodo kengash ushbu Nizomning 32-bandiga binoan qabul qilgan xulosa yetarli dalillar bilan asoslanmagan boʻlsa, ilmiy-attestatsiya boʻlinma ekspert kengashi bilan birgalikda OAK Rahbariyati ruxsati bilan uni qayta ishlash uchun kengashga qaytarishi mumkin. Bunda himoya qiluvchi kengash majlisida ishtirok etishi shart emas.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda ilmiy-attestatsiya boʻlinma OAK Rahbariyati ruxsati bilan ekspert kengashi majlisiga talabgorni, himoya oʻtgan yoki uning jamoaviy taqrizi amalga oshirilgan kengash rahbarini, rasmiy opponentlarni, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarni, shuningdek, yetakchi tashkilot vakillarini taklif qiladi yoki dissertatsiyani koʻrib chiqadigan kengash majlisiga oʻz vakilini yuboradi.
(37-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor uzrli sabablarsiz kelmay qolganda ekspert kengash usiz ham dissertatsiyani koʻrib chiqaveradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mabodo kengash himoya oʻtkazishda OAK Nizomlari talablarini va oʻrnatilgan tartib-qoidani buzgan boʻlsa, OAK Rahbariyati OAK Meʼyoriy (protsedura) komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishi koʻrilishini toʻxtatib, dissertatsiya ishiga rad javobi berishi mumkin.
(37-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi bilan dissertatsiya himoyasi oʻtgan yoki u jamoaviy taqriz qilingan kengashning fikrlari bir-biriga toʻgʻri kelmay qolsa, OAK Rahbariyati OAK Ilmiy kengashi aʼzolariga, fanning tegishli sohasi mutaxassislariga qaror qabul qilish uchun OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlashni topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashining ish tartibi OAK tasdiqlagan “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Fan doktori ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini OAKda koʻrib chiqish muddati olti oydan oshmasligi, fan nomzodi ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini koʻrib chiqish muddati esa toʻrt oydan oshmasligi kerak. Dissertatsiyaga hamda attestatsiya hujjatlariga berilgan baho xususidagi fuqarolar takliflari va arizalari ham xuddi shu muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazish uzoqroq muddat talab etadigan alohida hollarda ana shu muddatni uzaytirish masalasini OAK hayʼati hal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Dissertatsiya himoyasidan keyin, dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklarni, xatolarni tuzatish mumkin emas. Attestatsiya ishining OAKda koʻrilish jarayonida attestatsiya ishida aniqlangan xatolar, kamchiliklar tuzatilishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor oʻz dissertatsiyasini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida: kengashda — yashirin ovoz berishdan avval, OAKda esa — fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini berish haqidagi yechim yoxud qaror qabul qilinishidan oldin uni muhokamadan olishga haqli, oʻzga materiallardan ularning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanganligini kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda dissertatsiya muhokamadan olingandan keyin umumiy asoslarda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. DIPLOMLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja diplomlari qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi va beriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Fan doktori yoki nomzodi diplomini yoʻqotgan shaxsga yangi tartib raqami qoʻyilgan dublikat ilgari topshirilgan diplomga batamom muvofiq ravishda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda diplom yangisi bilan almashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Diplomni, shuningdek, uning dublikatini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. ILMIY DARAJADAN MAHRUM QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Dissertatsiya himoyasi oʻtgan ixtisoslashgan kengashning tavsiyasi asosida OAK ilmiy darajadan mahrum etishi mumkin. Mabodo mazkur kengashning faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum qilish haqidagi iltimosnomani OAK topshirigʻiga muvofiq boshqa kengash koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisi ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirdagina majlis vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy darajadan mahrum etish haqidagi iltimosi yashirin ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qaror oʻn yil avval qabul qilingan boʻlsa, uning nechogʻlik asoslanganligi masalasini attestatsiya organlari koʻrib chiqmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. ShIKOYAT VA ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasi yuzasidan qarori xususida muassasalar, tashkilotlar, talabgorlar va boshqa shaxslar qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oy muddat ichida dissertatsiya himoya qilingan kengashga va OAKga shikoyat arizasi berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning shikoyat arizasini koʻrib chiqishga doir xulosasi va boshqa materiallar kengash majlisidan keyin oʻn kunlik muddat mobaynida OAKga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasiga doir qarori xususida tushgan shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosati qaror qabul qiladi.
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning fan nomzodi va doktori ilmiy darajalarini berish (ulardan mahrum etish) masalalariga doir qarori yuzasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert kengashi qarorlari yuzasidan shikoyat arizasi qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ilmiy daraja berish (undan mahrum etish; masalasi yuzasidan OAK Rayosati xulosasi va qarori boʻyicha shikoyat arizasi yechim yoki qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OAK Rayosati xulosalari va qarorlari yuzasidan tushgan shikoyat arizasi boʻyicha OAK Rayosati OAK Ilmiy kengashi seksiyasi guruhi aʼzolarining xulosalarini hisobga olib, OAK Rayosatiga tasdiqlash uchun xulosalar va qarorlar loyihasini tavsiya etadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosati qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanadi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishda oshkoralikni kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “Axborot”ida yoritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
(Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/4-son “Ilmiy darajalar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat № 261-1, 2003-yil 12-avgust)ga asosan 50-band bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)