Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayesatining Nizomi, 10.07.1996 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 261
Кучга кириш санаси
10.07.1996
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 08.02.2004 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan “TASDIQLANGAN” | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan “TASDIQLANGAN” |
ILMIY DARAJALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA | ILMIY DARAJALAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA |
Nizom | Nizom |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 10-iyulda 261-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 10-iyulda 261-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan] |
I. UMUMIY QOIDALAR | I. UMUMIY QOIDALAR |
1. Ushbu Nizom fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi. Ilmiy darajalar fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga, oliy maʼlumotga yoki magistr darajasiga ega boʻlgan shaxslarga beriladi. | 1. Ushbu Nizom fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini berish tartibini belgilaydi. Ilmiy darajalar fanning muayyan sohasida chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga hamda magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarga beriladi. |
Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga, yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — huquq (yurisprudensiya) sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga ruxsat etiladi. | Tibbiyot fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — tibbiyot sohasi boʻyicha magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot darajasi boʻyicha akademik darajalar joriy etilgunga qadar olingan oliy maʼlumotga ega shaxslarga, veterinariya fanlari boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — veterinariya sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga, yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiya himoya qilish — huquq (yurisprudensiya) sohasi boʻyicha oliy maʼlumotga ega shaxslarga ruxsat etiladi. |
2. Fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ixtisoslashgan kengashning, (bundan buyon — kengash) oliy maʼlumotga ega boʻlgan talabgor dissertatsiyani jamoat oldida himoya qilgandan keyin qabul qilgan iltimosnomasi asosida va OAK tegishli ekspert kengashining xulosasini inobatga olgan holda beradi. | 2. Fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ixtisoslashgan kengashning, (bundan buyon — kengash) oliy maʼlumotga ega boʻlgan talabgor dissertatsiyani jamoat oldida himoya qilgandan keyin qabul qilgan iltimosnomasi asosida va OAK tegishli ekspert kengashining xulosasini inobatga olgan holda beradi. |
Ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiya ilmiy asar hisoblanib, u dissertantning eʼlon qilgan ilmiy ishlari asosida maxsus tayyorlagan qoʻlyozma shaklida boʻlishi mumkin. | Ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiya ilmiy asar hisoblanib, u dissertantning eʼlon qilgan ilmiy ishlari asosida maxsus tayyorlagan qoʻlyozma shaklida boʻlishi mumkin. |
Dissertatsiyani tayyorlash, uni himoya qilish, OAKga taqdim etish uchun rasmiylashtirish qaysi tilda boʻlishi lozimligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq belgilanadi. Talabgor dissertatsiyani oʻz xohishiga qarab uch tilda: oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan birida yozishi mumkin. | Dissertatsiyani tayyorlash, uni himoya qilish, OAKga taqdim etish uchun rasmiylashtirish qaysi tilda boʻlishi lozimligi Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda) muvofiq belgilanadi. Talabgor dissertatsiyani oʻz xohishiga qarab uch tilda: oʻzbek, rus yoki ingliz tillaridan birida yozishi mumkin. |
Qoraqalpoq adabiyotshunosligi va tilshunosligi boʻyicha dissertatsiyalar talabgorning xohishiga qarab, qoraqalpoq tilida yozilishi mumkin. | Qoraqalpoq adabiyotshunosligi va tilshunosligi boʻyicha dissertatsiyalar talabgorning xohishiga qarab, qoraqalpoq tilida yozilishi mumkin. |
3. OAK Fan va texnikani rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshadigan kashfiyot yoki eng katta ixtiro muallifiga, istisno tariqasida dissertatsiya himoyasisiz fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasini berishi mumkin. Bu holda talabgorga ilmiy daraja berish tartibini OAK belgilaydi. | 3. OAK Fan va texnikani rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshadigan kashfiyot yoki eng katta ixtiro muallifiga, istisno tariqasida dissertatsiya himoyasisiz fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasini berishi mumkin. Bu holda talabgorga ilmiy daraja berish tartibini OAK belgilaydi. |
4. Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoya qilishni tashkil etish va ilmiy darajalar berish tartiboti OAKning maxsus qoʻshimcha Nizomida belgilanadi. | 4. Yopiq mavzular boʻyicha dissertatsiya himoya qilishni tashkil etish va ilmiy darajalar berish tartiboti OAKning maxsus qoʻshimcha Nizomida belgilanadi. |
Fan doktori va nomzodiga diplomlar beriladi. | Fan doktori va nomzodiga belgilangan namunadagi diplomlar beriladi. |
II. NOMZODLIK IMTIHONLARI | II. NOMZODLIK IMTIHONLARI |
5. Fan nomzodi ilmiy darajasiga talabgor tegishli nomzodlik imtihonlarini topshirishi kerak. | 5. Fan nomzodi ilmiy darajasiga talabgor tegishli nomzodlik imtihonlarini topshirishi kerak. |
Imtihon qabul qiladigan tashkilot nomzodlik imtihonlari olinishidan besh kun oldin imtihon topshiruvchilar roʻyxatini, imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibiga doir maʼlumotlar bilan birga OAKga yuborishi zarur. OAK nomzodlik imtihonlarida qatnashish va uni nazorat qilish uchun oʻz vakillarini yuborishi mumkin. Nomzodlik imtihonlari noxolis oʻtkazilgan taqdirda OAK imtihon natijalarini bekor qiladi. | Imtihon qabul qiladigan tashkilot nomzodlik imtihonlari olinishidan besh kun oldin imtihon topshiruvchilar roʻyxatini, imtihon qabul qilish vaqti, joyi va komissiyaning tarkibiga doir maʼlumotlar bilan birga OAKga yuborishi zarur. OAK nomzodlik imtihonlarida qatnashish va uni nazorat qilish uchun oʻz vakillarini yuborishi mumkin. Nomzodlik imtihonlari noxolis oʻtkazilgan taqdirda OAK imtihon natijalarini bekor qiladi. |
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol gʻoyasi va fan metodologiyasi, chet tili, informatsion texnologiyalar asoslari hamda dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi. | 6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari falsafa, milliy istiqlol gʻoyasi va fan metodologiyasi, chet tili, informatsion texnologiyalar asoslari hamda dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi. |
Chet el fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari oʻzbek yoki rus tili, informatsion texnologiyalar asoslari va dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi. | Chet el fuqarolari uchun nomzodlik imtihonlari oʻzbek, rus yoki ingliz tilida, informatsion texnologiyalar asoslari va dissertatsiya mavzuiga muvofiq ixtisoslik fanidan oʻtkaziladi. |
7. Nomzodlik imtihonlarining mazmunini va ularni topshirish tartibini OAK Rayosati belgilaydi. | 7. Nomzodlik imtihonlarining mazmunini va ularni topshirish tartibini OAK Rayosati belgilaydi. |
III. DISSERTATSIYALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR | III. DISSERTATSIYALARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR |
8. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muallif oʻtkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim xalq xoʻjalik, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik ilmiy muammo hal qilingan yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirishda ulkan yutuq deb baholash mumkin boʻlgan nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan yoxud joriy etilishi texnikani rivojlantirishga katta hissa qoʻshadigan ilmiy asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak. | 8. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muallif oʻtkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim xalq xoʻjalik, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik ilmiy muammo hal qilingan yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirishda ulkan yutuq deb baholash mumkin boʻlgan nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan yoxud joriy etilishi texnikani rivojlantirishga katta hissa qoʻshadigan ilmiy asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak. |
9. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya fanning tegishli sohasi uchun katta ahamiyatga molik masala yangicha hal qilingan yoki muallifning muhim amaliy masalalarni hal etishni taʼminlovchi ilmiy jihatdan asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik tavsiyalari oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak. | 9. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya fanning tegishli sohasi uchun katta ahamiyatga molik masala yangicha hal qilingan yoki muallifning muhim amaliy masalalarni hal etishni taʼminlovchi ilmiy jihatdan asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik tavsiyalari oʻz ifodasini topgan ilmiy asar boʻlishi kerak. |
10. Dissertatsiya muallif oshkora himoya uchun jamoat muhokamasiga qoʻygan yangi ilmiy natijalar va qoidalar majmuiga ega mazmunan yaxlit, muallifning fanga qoʻshgan hissasini aks ettiruvchan shaxsan yozilgan yuqori malakali ilmiy ish boʻlishi kerak. | 10. Dissertatsiya muallif oshkora himoya uchun jamoat muhokamasiga qoʻygan yangi ilmiy natijalar va qoidalar majmuiga ega mazmunan yaxlit, muallifning fanga qoʻshgan hissasini aks ettiruvchan shaxsan yozilgan yuqori malakali ilmiy ish boʻlishi kerak. |
Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada aniq muammoning yechimi va muallif erishgan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar, nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa ilmiy xulosalardan foydalanishga doir tavsiyalar berilishi lozim. | Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada aniq muammoning yechimi va muallif erishgan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar, nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa ilmiy xulosalardan foydalanishga doir tavsiyalar berilishi lozim. |
Dissertatsiya ishi kirish qismi, kamida uchta boʻlim, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. | Dissertatsiya ishi kirish qismi, kamida uchta boʻlim, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi. |
Dissertatsiya ishining amaliyotga tadbiqi yuzasidan maxsus ishlab chiqilgan tavsiyalar ixtisoslashgan kengashda tasdiqlanib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. | Dissertatsiya ishining amaliyotga tadbiqi yuzasidan maxsus ishlab chiqilgan tavsiyalar ixtisoslashgan kengashda tasdiqlanib, attestatsiya ishiga ilova qilinadi. |
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi oʻn-oʻn besh yil ichida nashr etilgan boʻlishi tavsiya etiladi. | Dissertatsiya mavzusi boʻyicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi oʻn-oʻn besh yil ichida nashr etilgan boʻlishi tavsiya etiladi. |
Ilmiy maʼruza shaklida faqat doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga ruxsat beriladi. | Ilmiy maʼruza shaklida faqat doktorlik dissertatsiyasini yoqlashga ruxsat beriladi. |
Ilmiy maʼruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasi talabgor muntazam bajargan va uning asarlarida eʼlon qilingan fan va texnika uchun katta ahamiyatga molik natijalarning umumiy qisqacha bayonidan iborat boʻladi. | Ilmiy maʼruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasi talabgor muntazam bajargan va uning asarlarida eʼlon qilingan fan va texnika uchun katta ahamiyatga molik natijalarning umumiy qisqacha bayonidan iborat boʻladi. |
Talabgor ilmiy ishining ahamiyati hamda ilmiy maʼruza shaklida dissertatsiya himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani uning asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan va ishlanmalar bajarilgan tashkilot beradi. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati boʻlishi zarur. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasini taqdim etish va himoya qilish tartibini OAK belgilaydi. | Talabgor ilmiy ishining ahamiyati hamda ilmiy maʼruza shaklida dissertatsiya himoya qilishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani uning asosiy tadqiqotlari oʻtkazilgan va ishlanmalar bajarilgan tashkilot beradi. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasi himoya qilish uchun OAK Rayosatining ruxsati boʻlishi zarur. Ilmiy maʼruza shaklida doktorlik dissertatsiyasini taqdim etish va himoya qilish tartibini OAK belgilaydi. |
11. Dissertatsiya mavzui dolzarb va respublika ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy prioritet yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlishi va shaxsan har bir talabgor uchun tashkilot ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashi tomonidan tasdiqlanishi shart. | 11. Dissertatsiya mavzui dolzarb va respublika ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy prioritet yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlishi va shaxsan har bir talabgor uchun tashkilot ilmiy (ilmiy-texnikaviy) kengashi tomonidan tasdiqlanishi shart. |
Dissertatsiya mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangandan soʻng, “OAK Byulleteni” jurnalida nashr etilishi uchun oʻrnatilgan tartibdagi hujjatlar bilan OAKga yuboriladi. | Dissertatsiya mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangandan soʻng, “OAK Byulleteni” jurnalida nashr etilishi uchun oʻrnatilgan tartibdagi hujjatlar bilan OAKga yuboriladi. |
12. Doktorlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari respublikada va xorijda chop etiladigan OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda, davriy ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi lozim. | 12. Doktorlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari respublikada va xorijda chop etiladigan OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda, davriy ilmiy nashrlarda eʼlon qilinishi lozim. |
Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha dissertantning umumiy ilmiy ishlari soni 20 tadan (shundan 10 tasi yakka mualliflikda) kam boʻlmasligi kerak. | Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha dissertantning umumiy ilmiy ishlari soni 20 tadan kam boʻlmasligi kerak. |
Kashfiyot haqidagi diplomlar, ixtiro va sanoat namunalari toʻgʻrisidagi mualliflik guvohnomalari va patentlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va qayd qilingan algoritmlar davlat ilmiy-texnikaviy axborot tizimi muassasalariga saqlashga berilgan va ilmiy jurnallarda qisqacha bayon etilgan ishlarning qoʻlyozmalari. ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan maʼruzalarning bosilib chiqqan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari, davlat maʼlumotlar bankiga qoʻshilgan yangi materiallarning axborot kartalari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ishlar jumlasiga kiradi. | Kashfiyot haqidagi diplomlar, ixtiro va sanoat namunalari toʻgʻrisidagi mualliflik guvohnomalari va patentlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va qayd qilingan algoritmlar davlat ilmiy-texnikaviy axborot tizimi muassasalariga saqlashga berilgan va ilmiy jurnallarda qisqacha bayon etilgan ishlarning qoʻlyozmalari. ilmiy anjuman, konferensiya, simpozium va seminarlarda qilingan maʼruzalarning bosilib chiqqan tezislari, korxonalar qurish, ularni kengaytirish, qayta qurish va texnikaviy qayta jihozlash loyihalarining texnologik qismlari, davlat maʼlumotlar bankiga qoʻshilgan yangi materiallarning axborot kartalari ham dissertatsiyaning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi eʼlon qilingan ishlar jumlasiga kiradi. |
Dissertantning chop etilgan ilmiy ishlari roʻyxati doktorlik dissertatsiyasining avtoreferatida uch boʻlimdan iborat holda keltiriladi: | Dissertantning chop etilgan ilmiy ishlari roʻyxati doktorlik dissertatsiyasining avtoreferatida uch boʻlimdan iborat holda keltiriladi: |
birinchi boʻlimda monografiyalar hamda ilmiy jurnallar va toʻplamlarda chop etilgan maqolalar roʻyxati beriladi. Bu boʻlimda keltirilgan maqolalarning kamida oʻntasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan soʻng nashr qilingan boʻlishi kerak. Dissertantning ilmiy jurnallarda chop etilgan oʻnta maqolasi boʻlmagan hollarda, doktorlik dissertatsiyasining himoyasi masalasini istisno tariqasida OAK Rayosati hal qiladi. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan monografiya nashr etilgan boʻlishi, boshqa fanlar sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan esa, ushbu fan sohasi yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilmiy jurnallarida kamida ikkita maqola nashr etilgan boʻlishi shartdir; | birinchi boʻlimda monografiyalar hamda ilmiy jurnallar va toʻplamlarda chop etilgan maqolalar roʻyxati beriladi. Bu boʻlimda keltirilgan maqolalarning kamida oʻntasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan soʻng nashr qilingan boʻlishi kerak. Dissertantning ilmiy jurnallarda chop etilgan oʻnta maqolasi boʻlmagan hollarda, doktorlik dissertatsiyasining himoyasi masalasini istisno tariqasida OAK Rayosati hal qiladi. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan monografiya nashr etilgan boʻlishi kerak. Boshqa fanlar, shuningdek pedagogika, psixologiya, falsafa, iqtisod fanlari va xorijiy filologiya sohalari boʻyicha ushbu fan sohasi yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida kamida ikkita maqola, tibbiyot fanlari boʻyicha esa kamida toʻrtta maqola nashr etilgan boʻlishi shart. Fan doktori ilmiy darajasiga talabgorlar tomonidan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilishi shart boʻlgan maqolalarning 50 foizi Yevropa mamlakatlari hamda AQSh, Kanada, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Janubiy Koreya mamlakatlarining ingliz tilida nashr etiladigan nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida chop etilishi shart; |
ikkinchi boʻlimda ixtirolarga patent va mualliflik guvohnomalarining roʻyxati keltiriladi; | ikkinchi boʻlimda ixtirolarga patent va mualliflik guvohnomalarining roʻyxati keltiriladi; |
uchinchi boʻlimda tezislar, deponent qilingan ilmiy ishlar (ularning referati ilmiy jurnallarda nashr etilgan boʻlishi kerak), ilmiy jurnallarda chop qilingan referat, axborot va annotatsiyalar roʻyxati beriladi. | uchinchi boʻlimda tezislar, deponent qilingan ilmiy ishlar (ularning referati ilmiy jurnallarda nashr etilgan boʻlishi kerak), ilmiy jurnallarda chop qilingan referat, axborot va annotatsiyalar roʻyxati beriladi. |
Avtoreferatda keltirilgan ilmiy ishlar roʻyxati dissertatsiya mavzuiga qatʼiyan muvofiq boʻlishi shart. | Avtoreferatda keltirilgan ilmiy ishlar roʻyxati dissertatsiya mavzuiga qatʼiyan muvofiq boʻlishi shart. Nomzodlik dissertatsiyasining avtoreferatida ilmiy ishlar roʻyxati xronologik tartibda keltiriladi. |
Avtoreferat va dissertatsiyada koʻrsatilgan ilmiy ishlar nashriga oid maʼlumotlar mavjud talablarga batamom mos ravishda keltirilishi (mualliflar hamda maqolalar chop etilgan jurnal yoki toʻplam betlari aniq koʻrsatilishi) zarur. | Avtoreferat va dissertatsiyada koʻrsatilgan ilmiy ishlar nashriga oid maʼlumotlar mavjud talablarga batamom mos ravishda keltirilishi (mualliflar hamda maqolalar chop etilgan jurnal yoki toʻplam betlari aniq koʻrsatilishi) zarur. |
Agar dissertantning maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalaridan oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun asosiy hammualliflarning yozma roziligini olishi zarur. Ana shu yozma rozilik OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi. | Agar dissertantning maqolalari hammualliflikda yozilgan boʻlsa, u har bir hammuallifning hissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalaridan oʻz dissertatsiyasida qisman yoki toʻla foydalanish uchun asosiy hammualliflarning yozma roziligini olishi zarur. Ana shu yozma rozilik OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi. |
Hammualliflikdagi ilmiy ish natijalari faqat birgina muallifning doktorlik dissertatsiyasiga toʻla-toʻkis kiritilishi mumkin. | Hammualliflikdagi ilmiy ish natijalari faqat birgina muallifning doktorlik dissertatsiyasiga toʻla-toʻkis kiritilishi mumkin. |
Doktorlik ilmiy darajasiga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari va nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning barcha ilmiy ishlari nusxalari OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi. | Doktorlik ilmiy darajasiga talabgorning asosiy ilmiy ishlari nusxalari va nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning barcha ilmiy ishlari nusxalari OAKga yuboriladigan attestatsiya hujjatlariga ilova qilinadi. |
Nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning OAK roʻyxatidagi gazeta, ilmiy jurnal yoki toʻplamlarda nashr qilingan kamida ikkita maqolasi boʻlishi kerak. | Nomzodlik ilmiy darajasiga talabgorning ishlari qatorida OAK roʻyxatidagi davriy ilmiy jurnallarda nashr qilingan kamida ikkita maqolasi boʻlishi kerak. Tibbiyot fanlari hamda xorijiy filologiya sohalari boʻyicha nomzodlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan ushbu fan sohalari yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida bitta maqola nashr etilgan boʻlishi kerak. |
Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha talabgorning umumiy ilmiy ishlari soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak. | Nomzodlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari bosma ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha talabgorlarning nashr qilingan ilmiy ishlari umumiy soni beshtadan kam boʻlmasligi kerak. |
13. Talabgor oʻz dissertatsiyasida foydalangan materiallar yoki ayrim natijalar manbaini, ularning muallifi va nomini toʻla koʻrsatishi zarur, Ilmiy ish yozishda qatnashgan hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan dissertatsiyada foydalanganda talabgor buni dissertatsiya va avtoreferatda qayd etishi shart. | 13. Talabgor oʻz dissertatsiyasida foydalangan materiallar yoki ayrim natijalar manbaini, ularning muallifi va nomini toʻla koʻrsatishi zarur, Ilmiy ish yozishda qatnashgan hammualliflarning gʻoya yoki ishlanmalaridan dissertatsiyada foydalanganda talabgor buni dissertatsiya va avtoreferatda qayd etishi shart. |
Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya, u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qatʼiy nazar, muhokamadan olib tashlanadi va qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi. | Oʻzganing materialidan uning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanilgan taqdirda, dissertatsiya, u qaysi bosqichda koʻrilayotgan boʻlishidan qatʼiy nazar, muhokamadan olib tashlanadi va qayta himoya qilish huquqidan mahrum etiladi. |
IV. DISSERTATSIYANI HIMOYAGA TAQDIM ETISh VA YoQLASh | IV. DISSERTATSIYANI HIMOYAGA TAQDIM ETISh VA YoQLASh |
14. Dissertatsiya bajarilgan yoki talabgor biriktirib qoʻyilgan tashkilot topshirilgan dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi va dissertatsiya yuzasidan xulosa (ilmiy seminar protokolidan kengaytirilgan, batafsil koʻchirma shaklida) beradi. Xulosada dissertatsiyada bayon etilgan natijalarni olishda muallifning aniq shaxsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining nechogʻlik toʻgʻriligi, ularning qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati; dissertatsiya mavzuiga mos ixtisos, dissertatsiya materiallarining muallif eʼlon qilgan ilmiy ishlarda nechogʻlik toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim. | 14. Dissertatsiya bajarilgan yoki talabgor biriktirib qoʻyilgan tashkilot topshirilgan dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi va dissertatsiya yuzasidan xulosa (ilmiy seminar protokolidan kengaytirilgan, batafsil koʻchirma shaklida) beradi. Xulosada dissertatsiyada bayon etilgan natijalarni olishda muallifning aniq shaxsiy ishtiroki, oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining nechogʻlik toʻgʻriligi, ularning qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati; dissertatsiya mavzuiga mos ixtisos, dissertatsiya materiallarining muallif eʼlon qilgan ilmiy ishlarda nechogʻlik toʻliq bayon etilganligi oʻz ifodasini topishi lozim. |
Xulosaning sifati, xolisligi va tayyorlash muddati uchun tashkilot rahbari masʼuldir. | Xulosaning sifati, xolisligi va tayyorlash muddati uchun tashkilot rahbari masʼuldir. |
Dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kunidan eʼtiboran nomzodlik dissertatsiyasi uchun ikki oydan va doktorlik dissertatsiyasi uchun uch oydan kechiktirmasdan xulosa talabgor qoʻliga berilishi kerak. | Dissertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kunidan eʼtiboran nomzodlik dissertatsiyasi uchun ikki oydan va doktorlik dissertatsiyasi uchun uch oydan kechiktirmasdan xulosa talabgor qoʻliga berilishi kerak. |
Dissertatsiya dastlabki ekspertizaga dissertantning tashkilot rahbariga yozgan arizasiga qoʻshib topshiriladi. Tashkilot rahbari topshirilgan dissertatsiyani koʻrish tartibini belgilaydi va koʻrib chiqish muddatini nazorat qiladi. | Dissertatsiya dastlabki ekspertizaga dissertantning tashkilot rahbariga yozgan arizasiga qoʻshib topshiriladi. Tashkilot rahbari topshirilgan dissertatsiyani koʻrish tartibini belgilaydi va koʻrib chiqish muddatini nazorat qiladi. |
Ilmiy daraja talabgorlari dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻz xohishlari bilan, ixtisoslashgan kengashdan mustaqil ravishda oʻtkazishlari mumkin. Ixtisoslashgan kengash dastlabki ekspertizalar natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuboradilar. | Ilmiy daraja talabgorlari dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan oʻz xohishlari bilan, ixtisoslashgan kengashdan mustaqil ravishda oʻtkazishlari mumkin. Ixtisoslashgan kengash dastlabki ekspertizalar natijalaridan qoniqmagan taqdirda, dissertatsiyani qoʻshimcha ravishda ekspertizaga yuboradilar. |
15. Kengash OAK belgilagan roʻyxatdagi hujjatlar, shuningdek, dissertatsiya ixtisosiga mos boshqa ilmiy muassasalarning muammoviy kengashlari, seminar va ilmiy kengashlarida dissertatsiya muhokama qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, dissertatsiyani dastlabki muhokamadan oʻtkazish uchun qabul qilib oladi. | 15. Kengash OAK belgilagan roʻyxatdagi hujjatlar, shuningdek, dissertatsiya ixtisosiga mos boshqa ilmiy muassasalarning muammoviy kengashlari, seminar va ilmiy kengashlarida dissertatsiya muhokama qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, dissertatsiyani dastlabki muhokamadan oʻtkazish uchun qabul qilib oladi. |
Kengash, dissertatsiya himoya uchun qabul qilingandan soʻng, uning avtoreferati chop etilishidan avval belgilangan tartibda “OAK Byulleteni” jurnalida himoya toʻgʻrisida eʼlon beradi. | Kengash, dissertatsiya himoya uchun qabul qilingandan soʻng, uning avtoreferati chop etilishidan avval belgilangan tartibda OAK veb-saytida va “OAK Byulleteni” jurnalida himoya toʻgʻrisida eʼlon beradi. Kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan soʻng, dissertatsiyaga va uning avtoreferatiga oʻzgartirishlar kiritish mumkin emas. |
Kengashda dissertatsiyani dastlabki koʻrib chiqish tartibi “Ixtisoslashgan kengashlar toʻgʻrisidagi Nizom”da belgilanadi. | Kengashda dissertatsiyani dastlabki koʻrib chiqish tartibi “Ixtisoslashgan kengashlar toʻgʻrisidagi Nizom”da belgilanadi. |
16. Oliy oʻquv yurtlarining rektor va prorektorlari, tashkilot rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari ishlayotgan joydagi, boshqaruv mahkamasi rahbar xodimlari oʻz idoralariga qarashli tashkilotlardagi kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. OAK xodimlari boshqa tashkilotga ishga oʻtganlaridan keyingina dissertatsiya himoya qilishlari mumkin. | 16. Oliy oʻquv yurtlarining rektor va prorektorlari, tashkilot rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari oʻzlari ishlayotgan joydagi, boshqaruv mahkamasi rahbar xodimlari oʻz idoralariga qarashli tashkilotlardagi kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. OAK xodimlari boshqa tashkilotga ishga oʻtganlaridan keyingina dissertatsiya himoya qilishlari mumkin. |
17. Dissertatsiya mavzui turli ixtisosliklarga tutash boʻlib, kengashga ularning biridan dissertatsiya himoyasini oʻtkazish huquqi berilmagan hollarda kengash bir martalik himoya oʻtkazadi. Bir martalik himoya oʻtkazuvchi kengash tarkibini tuzish tartibini OAK belgilaydi. | 17. Dissertatsiya mavzui turli ixtisosliklarga tutash boʻlib, kengashga ularning biridan dissertatsiya himoyasini oʻtkazish huquqi berilmagan hollarda kengash bir martalik himoya oʻtkazadi. Bir martalik himoya oʻtkazuvchi kengash tarkibini tuzish tartibini OAK belgilaydi. |
18. Kengash nomzodlik dissertatsiyasini talabgor barcha zarur hujjatlarni topshirgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay, doktorlik dissertatsiyasini esa uch oydan kechiktirmay himoya uchun qabul qilib oladi. | 18. Kengash nomzodlik dissertatsiyasini talabgor barcha zarur hujjatlarni topshirgan kundan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay, doktorlik dissertatsiyasini esa uch oydan kechiktirmay himoya uchun qabul qilib oladi. |
19. Kengashning ruxsati bilan doktorlik dissertatsiyasi uchun ikki bosma taboq va nomzodlik dissertatsiyasi uchun bir bosma taboq hajmda dissertatsiyaning qoʻlyozma huquqidagi avtoreferati chop etiladi. Avtoreferat oʻzbek, rus, yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin. | 19. Kengash raisining ruxsati bilan doktorlik dissertatsiyasi uchun ikki bosma taboq va nomzodlik dissertatsiyasi uchun bir bosma taboq hajmda dissertatsiyaning qoʻlyozma huquqidagi avtoreferati chop etiladi. Avtoreferat oʻzbek, rus, yoki ingliz tillarida yozilishi mumkin. |
Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi, koʻpi bilan, 30 foizga oshirilishi mumkin. Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy gʻoyasi yangi ilmiy yoʻnalish yoki yirik xalq xoʻjaligi muammosi yechimi va xulosalari bayon qilingan, oʻtkazilgan tadqiqot, muallif qoʻshgan hissa, tadqiqot natijalarining qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati koʻrsatilishi kerak. | Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi, koʻpi bilan, 30 foizga oshirilishi mumkin. Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy gʻoyasi yangi ilmiy yoʻnalish yoki yirik xalq xoʻjaligi muammosi yechimi va xulosalari bayon qilingan, oʻtkazilgan tadqiqot, muallif qoʻshgan hissa, tadqiqot natijalarining qay darajada yangiligi va amaliy ahamiyati koʻrsatilishi kerak. |
Xalqaro ekspertizadan oʻtkazish va ilmiy yutuqlarni targʻib qilish maqsadida avtorreferatga rus, oʻzbek va ingliz tillaridagi qisqacha mazmuni ilova qilinishi tavsiya etiladi. Qisqacha mazmunning hajmi doktorlik dissertatsiyasi uchun bir sahifadan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun yarim sahifadan oshmasligi lozim. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki koʻpaytirgich uskunada kengash belgilagan nusxada bosiladi. | Xalqaro ekspertizadan oʻtkazish va ilmiy yutuqlarni targʻib qilish maqsadida avtorreferatga rus, oʻzbek va ingliz tillaridagi qisqacha mazmuni ilova qilinishi tavsiya etiladi. Qisqacha mazmunning hajmi doktorlik dissertatsiyasi uchun bir sahifadan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun yarim sahifadan oshmasligi lozim. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki koʻpaytirgich uskunada kengash belgilagan nusxada bosiladi. |
Avtoreferat kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga dissertatsiya himoyasidan kamida bir oy avval yuboriladi. Avtreferat yuborilishi kerak boʻlgan oluvchilarning qoʻshimcha roʻyxatini dissertatsiyani himoyaga qabul qilib olgan kengash belgilaydi. Ushbu roʻyxatga dissertatsiya ixtisosiga mos kengashlar, manfaatdor tashkilotlar hamda yetakchi olim-mutaxassislar kiritiladi. | Avtoreferat kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga dissertatsiya himoyasidan kamida bir oy avval yuboriladi. Avtreferat yuborilishi kerak boʻlgan oluvchilarning qoʻshimcha roʻyxatini dissertatsiyani himoyaga qabul qilib olgan kengash belgilaydi. Ushbu roʻyxatga dissertatsiya ixtisosiga mos kengashlar, manfaatdor tashkilotlar hamda yetakchi olim-mutaxassislar kiritiladi. |
Avtoreferat tarqatilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatini OAK tuzadi. | Avtoreferat tarqatilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatini OAK tuzadi. |
20. Doktorlik dissertatsiyasining matni 250 sahifadan, nomzodlik dissertatsiyasi esa 120 sahifadan oshmasligi kerak. Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Doktorlik dissertatsiya boʻyicha dissertatsiyaning va avtoreferatining muqovasida faqat birgina ilmiy maslahatchi koʻrsatilishi mumkin. Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha dissertatsiyaning va avtoreferatning muqovasida birgina ilmiy rahbar koʻrsatilish mumkin. Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi zarur hollarda, dissertatsiya va avtoreferatning titul varagʻida OAK ruxsati bilan koʻrsatilishi mumkin. Ixtisosliklar tutashligida himoyaga taqdim etilgan nomzodlik dissertatsiyalari bundan mustasno. | 20. Doktorlik dissertatsiyasining matni 250 sahifadan, nomzodlik dissertatsiyasi esa 120 sahifadan oshmasligi kerak. Gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi dissertatsiya hajmi koʻpi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Doktorlik dissertatsiyasining titul varagʻi va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy maslahatchi koʻrsatilishi mumkin. Nomzodlik dissertatsiyasining titul varagʻi va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy rahbar koʻrsatilishi mumkin. Zarur hollarda, OAK ruxsati bilan dissertatsiyaning titul varagʻi va avtoreferat muqovasining orqa tomonida ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi koʻrsatilishi mumkin. Ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar bundan mustasno. |
21. Dissertatsiyaning bir nusxasi va avtoreferatning ikki nusxasi dissertatsiyani himoya uchun qabul qilib olgan kengashga qarashli tashkilotning kutubxonasiga himoyadan kamida bir oy avval topshiriladi, bu yerda u qoʻlyozma huquqida saqlanadi. | 21. Dissertatsiyaning bir nusxasi va avtoreferatning ikki nusxasi dissertatsiyani himoya uchun qabul qilib olgan kengashga qarashli tashkilotning kutubxonasiga himoyadan kamida bir oy avval topshiriladi, bu yerda u qoʻlyozma huquqida saqlanadi. |
22. Kengash dissertatsiya boʻyicha fanning shu sohasidan xabardor olimlardan rasmiy opponentlar tayinlaydi. | 22. Kengash dissertatsiya boʻyicha fanning shu sohasidan xabardor olimlardan rasmiy opponentlar tayinlaydi. |
Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha Fan doktorlaridan uchta rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ulardan faqat bittasi himoya oʻtayotgan kengashning aʼzosi boʻlishi mumkin. Zarur hollarda, istisno tariqasida, kengashning ikkita aʼzosi (turli tashkilotlardan) rasmiy opponent boʻlishiga ruxsat etiladi. | Doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha Fan doktorlaridan uchta rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ulardan faqat bittasi himoya oʻtayotgan kengashning aʼzosi boʻlishi mumkin. Zarur hollarda, istisno tariqasida, kengashning ikkita aʼzosi (turli tashkilotlardan) rasmiy opponent boʻlishiga OAK tomonidan ruxsat etiladi. |
Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha ikkita opponent tayinlanib, ulardan biri albatta fan doktori boʻlishi kerak, ikkinchisi esa fan doktori yoki fan nomzodi boʻlishi mumkin. | Nomzodlik dissertatsiyasi boʻyicha ikkita opponent tayinlanib, ulardan biri albatta fan doktori boʻlishi kerak, ikkinchisi esa fan doktori yoki fan nomzodi boʻlishi mumkin. |
Zarur hollarda rasmiy opponentlarni OAK tayinlashi mumkin. | Zarur hollarda rasmiy opponentlarni OAK tayinlashi mumkin. |
23. OAK Ilmiy kengashi va Rayosati (Prezidium) aʼzolari, devon xodimlari, OAK ekspert kengashlarining rahbarlari, dissertatsiya koʻrib chiqilayotgan kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi, himoya qiluvchining ilmiy rahbari, dissertatsiya mavzuida eʼlon qilingan ishlar boʻyicha himoya qiluvchining hammualliflari, dissertatsiya bajarilgan yoki himoya qiluvchi ishlayotgan, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha himoya qiluvchi buyurtmachi yoki ijrochi sherik ijrochi) boʻlgan oliy oʻquv yurtlarining rektori va prorektorlari, ilmiy tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, kafedra, laboratoriya, sektor, boʻlim xodimlari rasmiy opponent boʻla olmaydilar. Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari boʻlishi lozim. | 23. OAK Rayosati aʼzolari, OAK apparati xodimlari, OAK ekspert kengashlarining rahbarlari, dissertatsiya koʻrib chiqilayotgan kengash raisi, rais oʻrinbosari va ilmiy kotibi, himoya qiluvchining ilmiy rahbari, eʼlon qilingan ishlar boʻyicha himoya qiluvchining hammualliflari, dissertatsiya ishi bajarilgan yoki huzurida ixtisoslashgan kengash faoliyat koʻrsatayotgan yoxud ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha himoya qiluvchi buyurtmachi yoki ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan oliy oʻquv yurtlarining rektorlari va prorektorlari, ilmiy tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek himoya qiluvchi ishlayotgan kafedra, laboratoriya, sektor, boʻlim xodimlari rasmiy opponent boʻla olmaydilar. Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari boʻlishi lozim. |
Zarur hollarda kengash raisining oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi OAKning ijozati bilan rasmiy opponent qilib tayinlanishi mumkin. | Zarur hollarda kengash raisining oʻrinbosari yoki ilmiy kotibi OAKning ijozati bilan rasmiy opponent qilib tayinlanishi mumkin. |
24. Rasmiy opponent dissertatsiyani va dissertatsiya mavzui boʻyicha eʼlon qilingan bosma ishlarni oʻrganib chiqib, kengashga oʻz fikrini taqdim etadi. Unda tanlangan mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, xulosa va amaliy hamda nazariy tavsiyalar nechogʻlik asoslanganligi, toʻgʻriligi va yangiligi aniqlab beriladi hamda dissertatsiyaning ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa keltiriladi. | 24. Rasmiy opponent dissertatsiyani va dissertatsiya mavzui boʻyicha eʼlon qilingan bosma ishlarni oʻrganib chiqib, kengashga oʻz fikrini taqdim etadi. Unda tanlangan mavzuning dolzarbligi, dissertatsiyada keltirilgan ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, xulosa va amaliy hamda nazariy tavsiyalar nechogʻlik asoslanganligi, toʻgʻriligi va yangiligi aniqlab beriladi hamda dissertatsiyaning ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa keltiriladi. |
Rasmiy opponentlar oʻz taqrizlari nusxasini talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun oldin topshirishlari kerak. | Rasmiy opponentlar oʻz taqrizlari nusxasini talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun oldin topshirishlari kerak. |
Kengash rasmiy opponent taqrizi talabga javob bermagan taqdirda qayta ishlash uchun qaytarib berishga yoki rasmiy opponentni almashtirishga haqli. | Kengash rasmiy opponent taqrizi talabga javob bermagan taqdirda qayta ishlash uchun qaytarib berishga yoki rasmiy opponentni almashtirishga haqli. |
Rasmiy opponent oʻzi tayyorlagan taqrizning xolisona va sifatli boʻlishiga hamda kengash belgilagan muddatda taqdim etilishiga masʼuldir. | Rasmiy opponent oʻzi tayyorlagan taqrizning xolisona va sifatli boʻlishiga hamda kengash belgilagan muddatda taqdim etilishiga masʼuldir. |
25. Kengash dissertatsiya yuzasidan tegishli fan sohalari yoki xalq xoʻjaligida oʻz yutuqlari bilan tanilgan tashkilotlarni (korxonalarni) yetakchi tashkilot sifatida tayinlaydi. | 25. Kengash dissertatsiya yuzasidan tegishli fan sohalari yoki xalq xoʻjaligida oʻz yutuqlari bilan tanilgan tashkilotlarni (korxonalarni) yetakchi tashkilot sifatida tayinlaydi. |
Dissertatsiya ishi bajarilgan yoki ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha dissertant buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan tashkilotlar, talabgor ishlayotgan muassasa, rasmiy opponentlarning, ilmiy rahbarning, ilmiy maslahatchining asosiy ish joyi boʻlgan muassasa, yetakchi tashkilot boʻla olmaydi. | Dissertatsiya ishi bajarilgan yoki ilmiy tadqiqot ishlari boʻyicha dissertant buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) boʻlgan tashkilotlar, talabgor ishlayotgan muassasa, rasmiy opponentlarning, ilmiy rahbarning, ilmiy maslahatchining asosiy ish joyi boʻlgan muassasa, yetakchi tashkilot boʻla olmaydi. |
Etakchi tashkilotning taqrizida dissertatsiya muallifi erishgan natijalarning fan va ishlab chiqarish uchun ahamiyati aks ettirilishi, shuningdek, dissertatsiya natijalari va xulosalaridan foydalanishga doir aniq tavsiyalar boʻlishi kerak. | Etakchi tashkilotning taqrizida dissertatsiya muallifi erishgan natijalarning fan va ishlab chiqarish uchun ahamiyati aks ettirilishi, shuningdek, dissertatsiya natijalari va xulosalaridan foydalanishga doir aniq tavsiyalar boʻlishi kerak. |
Etakchi tashkilot taqrizi ilmiy seminar dalolatnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida yozilib, seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda uni ana shu tashkilot rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tasdiqlaydi. Ular taqrizning sifati va xolisligi uchun shaxsan masʼuldir. | Etakchi tashkilot taqrizi ilmiy seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil koʻchirma shaklida yozilib, seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi hamda uni ana shu tashkilot rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tasdiqlaydi. Ular taqrizning sifati va xolisligi uchun shaxsan masʼuldir. |
Etakchi tashkilot taqrizining nusxasi talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun avval topshiriladi. | Etakchi tashkilot taqrizining nusxasi talabgorga dissertatsiya himoyasidan kamida oʻn kun avval topshiriladi. |
Taqriz talabga javob bermagan taqdirda kengash uni yetakchi tashkilotga qaytarish yoki yetakchi tashkilotni boshqasi bilan almashtirishga haqli. | Taqriz talabga javob bermagan taqdirda kengash uni yetakchi tashkilotga qaytarish yoki yetakchi tashkilotni boshqasi bilan almashtirishga haqli. |
26. Kengash, zarur hollarda, tegishli ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish muassasasi hamda oʻquv yurtlarini, xorijiy mamlakatlarning taniqli olim-mutaxassislarini yetakchi tashkilot va dissertatsiya himoyasi yuzasidan opponent etib tayinlashi mumkin. | 26. Kengash, zarur hollarda, tegishli ilmiy va ilmiy-ishlab chiqarish muassasasi hamda oʻquv yurtlarini, xorijiy mamlakatlarning taniqli olim-mutaxassislarini yetakchi tashkilot va dissertatsiya himoyasi yuzasidan opponent etib tayinlashi mumkin. |
27. Kengash salbiy taqriz va xulosalar olingan taqdirda ham, talabgorning istagiga binoan, dissertatsiya himoyasini tayinlaydi. | 27. Kengash tomonidan dissertatsiya boʻyicha olingan salbiy taqriz va xulosalar asosli emas deb topilganda, kengash talabgorning xohishiga koʻra dissertatsiyani himoyaga qabul qilish masalasini koʻrib chiqishi mumkin. |
28. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi dissertantning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi ishlari eʼlon qilingandan ikki oy oʻtgach, nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi esa bir oydan soʻng oʻtkazilishi mumkin. Nashrga topshirilgan boʻlsada, lekin hali chop etilmagan ishlar dissertatsiyada va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas. | 28. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi dissertantning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi ishlari eʼlon qilingandan ikki oy oʻtgach, nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi esa bir oydan soʻng oʻtkazilishi mumkin. Nashrga topshirilgan boʻlsada, lekin hali chop etilmagan ishlar dissertatsiyada va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas. |
29. Kengash majlisi, agar uning ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha kamida uch fan doktori, himoya qilinayotgan nomzodlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha esa, kamida ikki fan doktori qatnashsagina haqiqiy hisoblanadi. | 29. Kengash majlisi, agar uning ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, himoya qilinayotgan doktorlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha kamida uch fan doktori, himoya qilinayotgan nomzodlik dissertatsiyasining har bir ixtisosi boʻyicha esa, kamida ikki fan doktori qatnashsagina haqiqiy hisoblanadi. |
Kengashning ilmiy daraja berish masalasi yuzasidan qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirdagina maʼqul deb topiladi. | Kengashning ilmiy daraja berish masalasi yuzasidan qarori majlisda qatnashgan aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan taqdirdagina maʼqul deb topiladi. |
30. Dissertatsiyani jamoa oldida himoya qilish ilmiy bahs tusini olishi va yuksak talabchanlik, qatʼiylik hamda ilmiy axloq-odobga rioya etish vaziyatida oʻtishi, unda dissertatsiyadagi barcha ilmiy va amaliy xulosa hamda tavsiyalarning nechogʻlik toʻgʻriligi va asoslanganligi sinchiklab tahlil qilinishi lozim. | 30. Dissertatsiyani jamoa oldida himoya qilish ilmiy bahs tusini olishi va yuksak talabchanlik, qatʼiylik hamda ilmiy axloq-odobga rioya etish vaziyatida oʻtishi, unda dissertatsiyadagi barcha ilmiy va amaliy xulosa hamda tavsiyalarning nechogʻlik toʻgʻriligi va asoslanganligi sinchiklab tahlil qilinishi lozim. |
Rasmiy opponentlar dissertatsiya himoyasida hozir boʻlishlari shart. Doktorlik dissertatsiyasiga ijobiy taqriz bergan rasmiy opponentlardan faqat bittasi uzrli sabab bilan ishtirok etolmagan taqdirda dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. Bunday hollarda kelolmagan opponentning taqrizi kengash majlisida toʻliq oʻqib eshittiriladi. | Rasmiy opponentlar dissertatsiya himoyasida hozir boʻlishlari shart. Doktorlik dissertatsiyasiga ijobiy taqriz bergan rasmiy opponentlardan faqat bittasi uzrli sabab bilan ishtirok etolmagan taqdirda dissertatsiya himoyasiga ruxsat beriladi. Bunday hollarda kelolmagan opponentning taqrizi kengash majlisida toʻliq oʻqib eshittiriladi. |
Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasida, qoida tariqasida, rasmiy opponentlarning hammasi qatnashishi shartdir. | Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasida, qoida tariqasida, rasmiy opponentlarning hammasi qatnashishi shartdir. |
31. Dissertatsiya himoyasi tugaganidan soʻng kengash ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi masalani yashirin ovoz berish yoʻli bilan hal etadi. | 31. Dissertatsiya himoyasi tugaganidan soʻng kengash ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi masalani yashirin ovoz berish yoʻli bilan hal etadi. |
Hisob komissiyasining bayonnomasi yashirin ovoz berishda qatnashayotgan kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish yoʻsinida tasdiqlanadi. | Hisob komissiyasining bayonnomasi yashirin ovoz berishda qatnashayotgan kengash aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish yoʻsinida tasdiqlanadi. |
Dissertatsiya himoyasi boʻyicha kengash majlisini oʻtkazish, shu jumladan yashirin ovoz berish tartibi hamda hisob komissiyasining ishi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilab qoʻyiladi. | Dissertatsiya himoyasi boʻyicha kengash majlisini oʻtkazish, shu jumladan yashirin ovoz berish tartibi hamda hisob komissiyasining ishi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilab qoʻyiladi. |
32. Yashirin ovoz berilganidan keyin, dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha ijobiy qarorga kelingan taqdirda, kengash ochiq ovoz berish yoʻli bilan dissertatsiya yuzasidan xulosa qabul qiladi. | 32. Yashirin ovoz berilganidan keyin, dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha ijobiy qarorga kelingan taqdirda, kengash ochiq ovoz berish yoʻli bilan dissertatsiya yuzasidan xulosa qabul qiladi. |
Xulosada talabgor shaxsan erishgan eng muhim ilmiy natijalar, ularning nechogʻlik toʻgʻriligi va yangiligiga berilgan baho, dissertatsiyaning nazariya va amaliyot uchun ahamiyati, dissertatsiya tadqiqotlarining natijalaridan foydalanishga oid tavsiyalar aks ettiriladi. | Xulosada talabgor shaxsan erishgan eng muhim ilmiy natijalar, ularning nechogʻlik toʻgʻriligi va yangiligiga berilgan baho, dissertatsiyaning nazariya va amaliyot uchun ahamiyati, dissertatsiya tadqiqotlarining natijalaridan foydalanishga oid tavsiyalar aks ettiriladi. |
33. Kengash doktorlik yoki nomzodlik dissertatsiyasining birinchi va ikkinchi nusxalarini hamda talabgorning attestatsiyasiga oid hujjatlarni himoyadan keyin bir oy muddat ichida OAKga yuboradi. Himoya qiluvchining attestatsiyasiga oid hujjatlarning ikkinchi nusxasi kengashda oʻn yil saqlanadi. Talabgorning attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish OAK belgilagan tartibda amalga oshiriladi. | 33. Kengash doktorlik yoki nomzodlik dissertatsiyasining birinchi va ikkinchi nusxalarini hamda talabgorning attestatsiyasiga oid hujjatlarni himoyadan keyin bir oy muddat ichida OAKga yuboradi. Himoya qiluvchining attestatsiyasiga oid hujjatlarning ikkinchi nusxasi kengashda oʻn yil saqlanadi. Talabgorning attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish OAK belgilagan tartibda amalga oshiriladi. |
Shuningdek, dissertatsiya, avtoreferat hamda attestatsiya hujjatlarining elektron versiyalari oʻrnatilgan tartibda talabgorning attestatsiya ishi bilan birga OAKga topshiriladi. | Shuningdek, dissertatsiya, avtoreferat hamda attestatsiya hujjatlarining elektron versiyalari oʻrnatilgan tartibda talabgorning attestatsiya ishi bilan birga OAKga topshiriladi. |
Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha kengash salbiy qarorga kelgan taqdirda, oliy maʼlumot haqidagi diplom nusxasi, nomzodlik imtihonlarini topshirganlik haqidagi guvohnoma, xodimlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi, dissertatsiya yozilgan yoki talabgor biriktirilgan tashkilotning xulosasi, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya himoya qiluvchiga qaytarib beriladi. Dissertatsiyaning kutubxona fondidan olib qoʻyiladigan va kengashga yuborilib, u yerda oʻn yil saqlanadigan bir nusxasi esa himoya qiluvchiga qaytarilmaydi. | Dissertatsiya himoyasi natijalari boʻyicha kengash salbiy qarorga kelgan taqdirda, oliy maʼlumot haqidagi diplom nusxasi, nomzodlik imtihonlarini topshirganlik haqidagi guvohnoma, xodimlarni hisobga olish shaxsiy varaqasi, dissertatsiya yozilgan yoki talabgor biriktirilgan tashkilotning xulosasi, ilmiy ishlarning nusxalari va dissertatsiya himoya qiluvchiga qaytarib beriladi. Dissertatsiyaning kutubxona fondidan olib qoʻyiladigan va kengashga yuborilib, u yerda oʻn yil saqlanadigan bir nusxasi esa himoya qiluvchiga qaytarilmaydi. |
Dissertatsiyaga berilgan taqrizlar, avtoreferat, majlis stenogrammasi hamda ovoz berish natijasi toʻgʻrisidagi qaror kengashda qoladi va takroriy himoya oʻtadigan joyga talabnoma asosida yuborilishi mumkin. | Dissertatsiyaga berilgan taqrizlar, avtoreferat, majlis stenogrammasi hamda ovoz berish natijasi toʻgʻrisidagi qaror kengashda qoladi va takroriy himoya oʻtadigan joyga talabnoma asosida yuborilishi mumkin. |
Kengash oʻzining salbiy qarori haqida himoya kunidan eʼtiboran bir oy muddat ichida OAKga xabar qiladi. Ayni vaqtda OAKga avtoreferat va kengash majlisining stenogrammasi ham yuboriladi. | Kengash oʻzining salbiy qarori haqida himoya kunidan eʼtiboran bir oy muddat ichida OAKga xabar qiladi. Ayni vaqtda OAKga avtoreferat va kengash majlisining stenogrammasi ham yuboriladi. |
34. Himoya natijalari yuzasidan kengash salbiy qaror chiqargan dissertatsiya, qaror chiqarilganidan kamida bir yil oʻtgach, qayta ishlangan holda takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Salbiy qarorni OAK chiqargan boʻlsa ham dissertatsiyani xuddi shu shartlar bilan takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Takroriy himoya uchun OAK ruxsati boʻlishi shart emas. Takroriy himoyada ilgarigi opponentlar butunlay almashtiriladi. | 34. Himoya natijalari yuzasidan kengash salbiy qaror chiqargan dissertatsiya, qaror chiqarilganidan kamida bir yil oʻtgach, qayta ishlangan holda takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Salbiy qarorni OAK chiqargan boʻlsa ham dissertatsiyani xuddi shu shartlar bilan takroriy himoyaga taqdim etilishi mumkin. Takroriy himoya uchun OAK ruxsati boʻlishi shart emas. Takroriy himoyada ilgarigi opponentlar butunlay almashtiriladi. |
35. Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgorga ham doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ijozat beriladi. Bunday holda talabgor, belgilab qoʻyilgan tartibga binoan, nomzodlik imtihonlarini topshirishi lozim.Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgor fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ushbu Nizomning 8-bandi talablariga javob bermay, balki 9-bandi talablariga mos kelsa, kengash himoya qiluvchiga fan nomzodi ilmiy darajasini beradi. | 35. Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgorga ham doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ijozat beriladi. Bunday holda talabgor, belgilab qoʻyilgan tartibga binoan, nomzodlik imtihonlarini topshirishi lozim.Fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlmagan talabgor fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ushbu Nizomning 8-bandi talablariga javob bermay, balki 9-bandi talablariga mos kelsa, kengash himoya qiluvchiga fan nomzodi ilmiy darajasini beradi. |
36. Ilmiy daraja berilgan talabgorning dissertatsiyasi avtoreferat va dissertatsiya hisob varaqasining bir nusxasi bilan birga belgilangan tartibda Respublika kutubxona fondiga topshiriladi va u yerda doim saqlanadi. | 36. Ilmiy daraja berilgan talabgorning dissertatsiyasi avtoreferat va dissertatsiya hisob varaqasining bir nusxasi bilan birga belgilangan tartibda Respublika kutubxona fondiga topshiriladi va u yerda doim saqlanadi. |
Tashkilotlar kutubxonalaridagi dissertatsiya nusxalari belgilangan tartibda mintaqa depozitariyalariga topshirilishi mumkin. | Tashkilotlar kutubxonalaridagi dissertatsiya nusxalari belgilangan tartibda mintaqa depozitariyalariga topshirilishi mumkin. |
V. OAKDA DISSERTATSIYANI KOʻRIB ChIQISh | V. OAKDA DISSERTATSIYANI KOʻRIB ChIQISh |
37. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasini, uning ilmiy va amaliy qimmatini, kengashlar ishini nazorat qilib borishni OAK ilmiy-attestatsiya boʻlinmalari ekspert kengashlari bilan birgalikda taʼminlaydi. Ilmiy-attestatsiya boʻlinma va ekspert kengashi dissertatsiya yuzasidan oʻz xulosalarining sifati va xolisligi uchun masʼuldir. | 37. Dissertatsiyaning ilmiy saviyasini, uning ilmiy va amaliy qimmatini, kengashlar ishini nazorat qilib borishni OAK ilmiy-attestatsiya boʻlinmalari ekspert kengashlari bilan birgalikda taʼminlaydi. Ilmiy-attestatsiya boʻlinma va ekspert kengashi dissertatsiya yuzasidan oʻz xulosalarining sifati va xolisligi uchun masʼuldir. |
OAK Rahbariyati attestatsiyadan oʻtkazish va OAK Rayosatiga tavsiyalarni tayyorlashda yagona talablarni amalga oshirishni taminlaydi. | OAK Rahbariyati attestatsiyadan oʻtkazish va OAK Rayosatiga tavsiyalarni tayyorlashda yagona talablarni amalga oshirishni taminlaydi. |
Ilmiy-attestatsiya boʻlinma kengashda dissertatsiya himoyasi paytida va ekspert kengashida, ekspertiza sifatsiz oʻtgan deb topsa, OAK Rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiya ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida qoʻshimcha xulosa (jamoaviy taqriz) olish uchun attestatsiya hujjatlari bilan birga dissertatsiyani boshqa kengashga yuborishi mumkin. Qoʻshimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyani koʻrib chiqish yuzasidan kengash majlisini oʻtkazish tartibi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilangan. | Ilmiy-attestatsiya boʻlinma kengashda dissertatsiya himoyasi paytida va ekspert kengashida, ekspertiza sifatsiz oʻtgan deb topsa, OAK Rahbariyati ruxsati bilan dissertatsiya ushbu Nizom talablariga qanchalik muvofiqligi toʻgʻrisida qoʻshimcha xulosa (jamoaviy taqriz) olish uchun attestatsiya hujjatlari bilan birga dissertatsiyani boshqa kengashga yuborishi mumkin. Qoʻshimcha xulosa olish uchun yuborilgan dissertatsiyani koʻrib chiqish yuzasidan kengash majlisini oʻtkazish tartibi “Ixtisoslashgan kengash haqidagi Nizom”da belgilangan. |
Mabodo kengash ushbu Nizomning 32-bandiga binoan qabul qilgan xulosa yetarli dalillar bilan asoslanmagan boʻlsa, ilmiy-attestatsiya boʻlinma ekspert kengashi bilan birgalikda OAK Rahbariyati ruxsati bilan uni qayta ishlash uchun kengashga qaytarishi mumkin. Bunda himoya qiluvchi kengash majlisida ishtirok etishi shart emas. | Mabodo kengash ushbu Nizomning 32-bandiga binoan qabul qilgan xulosa yetarli dalillar bilan asoslanmagan boʻlsa, ilmiy-attestatsiya boʻlinma ekspert kengashi bilan birgalikda OAK Rahbariyati ruxsati bilan uni qayta ishlash uchun kengashga qaytarishi mumkin. Bunda himoya qiluvchi kengash majlisida ishtirok etishi shart emas. |
Zarur hollarda ilmiy-attestatsiya boʻlinma OAK Rahbariyati ruxsati bilan ekspert kengashi majlisiga talabgorni, himoya oʻtgan yoki uning jamoaviy taqrizi amalga oshirilgan kengash rahbarini, rasmiy opponentlarni, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarni, shuningdek, yetakchi tashkilot vakillarini taklif qiladi yoki dissertatsiyani koʻrib chiqadigan kengash majlisiga oʻz vakilini yuboradi. | Zarur hollarda ilmiy-attestatsiya boʻlinma OAK Rahbariyati ruxsati bilan ekspert kengashi majlisiga talabgorni, himoya oʻtgan yoki uning jamoaviy taqrizi amalga oshirilgan kengash rahbarini, rasmiy opponentlarni, ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchilarni, shuningdek, yetakchi tashkilot vakillarini taklif qiladi yoki dissertatsiyani koʻrib chiqadigan kengash majlisiga oʻz vakilini yuboradi. |
Talabgor uzrli sabablarsiz kelmay qolganda ekspert kengash usiz ham dissertatsiyani koʻrib chiqaveradi. | Talabgor uzrli sabablarsiz kelmay qolganda ekspert kengash usiz ham dissertatsiyani koʻrib chiqaveradi. |
Mabodo kengash himoya oʻtkazishda OAK Nizomlari talablarini va oʻrnatilgan tartib-qoidani buzgan boʻlsa, OAK Rahbariyati OAK Meʼyoriy (protsedura) komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishi koʻrilishini toʻxtatib, dissertatsiya ishiga rad javobi berishi mumkin. | Mabodo kengash himoya oʻtkazishda OAK nizomlari talablarini va oʻrnatilgan tartib-qoidani buzgan boʻlsa, OAK Rahbariyati OAK Meʼyoriy (protsedura) komissiyasining qaroriga asosan attestatsiya ishi koʻrilishini toʻxtatishi mumkin. |
Ekspert kengashi bilan dissertatsiya himoyasi oʻtgan yoki u jamoaviy taqriz qilingan kengashning fikrlari bir-biriga toʻgʻri kelmay qolsa, OAK Rahbariyati OAK Ilmiy kengashi aʼzolariga, fanning tegishli sohasi mutaxassislariga qaror qabul qilish uchun OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlashni topshiradi. | Ekspert kengashi bilan dissertatsiya himoyasi oʻtgan yoki u jamoaviy taqriz qilingan kengashning fikrlari bir-biriga toʻgʻri kelmay qolsa, OAK Rayosati fanning tegishli sohasi mutaxassislariga qaror qabul qilish uchun OAK Rayosatiga tavsiyalar tayyorlashni topshiradi. |
Ekspert kengashining ish tartibi OAK tasdiqlagan “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan belgilanadi. | Ekspert kengashining ish tartibi OAK tasdiqlagan “Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi Nizom” bilan belgilanadi. |
38. Fan doktori ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini OAKda koʻrib chiqish muddati olti oydan oshmasligi, fan nomzodi ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini koʻrib chiqish muddati esa toʻrt oydan oshmasligi kerak. Dissertatsiyaga hamda attestatsiya hujjatlariga berilgan baho xususidagi fuqarolar takliflari va arizalari ham xuddi shu muddatlarda koʻrib chiqiladi. | 38. Fan doktori ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini OAKda koʻrib chiqish muddati olti oydan oshmasligi, fan nomzodi ilmiy darajasini berish yuzasidan dissertatsiyani va attestatsiya hujjatlarini koʻrib chiqish muddati esa toʻrt oydan oshmasligi kerak. Dissertatsiyaga hamda attestatsiya hujjatlariga berilgan baho xususidagi fuqarolar takliflari va arizalari ham xuddi shu muddatlarda koʻrib chiqiladi. |
Dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazish uzoqroq muddat talab etadigan alohida hollarda ana shu muddatni uzaytirish masalasini OAK hayʼati hal qiladi. | Dissertatsiyani ekspertizadan oʻtkazish uzoqroq muddat talab etadigan alohida hollarda ana shu muddatni uzaytirish masalasini OAK hayʼati hal qiladi. |
39. Dissertatsiya himoyasidan keyin, dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklarni, xatolarni tuzatish mumkin emas. Attestatsiya ishining OAKda koʻrilish jarayonida attestatsiya ishida aniqlangan xatolar, kamchiliklar tuzatilishiga ruxsat berilmaydi. | 39. Dissertatsiya himoyasidan keyin, dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklarni, xatolarni tuzatish mumkin emas. Attestatsiya ishining OAKda koʻrilish jarayonida attestatsiya ishida aniqlangan xatolar, kamchiliklar tuzatilishiga ruxsat berilmaydi. |
Talabgor oʻz dissertatsiyasini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida: kengashda — yashirin ovoz berishdan avval, OAKda esa — fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini berish haqidagi yechim yoxud qaror qabul qilinishidan oldin uni muhokamadan olishga haqli, oʻzga materiallardan ularning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanganligini kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda dissertatsiya muhokamadan olingandan keyin umumiy asoslarda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin. | Talabgor oʻz dissertatsiyasini koʻrib chiqish jarayonining har qanday bosqichida: kengashda — yashirin ovoz berishdan avval, OAKda esa — fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajasini berish haqidagi yechim yoxud qaror qabul qilinishidan oldin uni muhokamadan olishga haqli, oʻzga materiallardan ularning muallifi va manbaini koʻrsatmasdan foydalanganligini kengash yoki OAK aniqlagan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda dissertatsiya muhokamadan olingandan keyin umumiy asoslarda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin. |
VII. DIPLOMLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh | VII. DIPLOMLARNI RASMIYLAShTIRISh VA BERISh |
42. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. | 42. OAK Rayosatining ilmiy daraja berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. |
Ilmiy daraja diplomlari qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi va beriladi. | Ilmiy daraja diplomlari qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi va beriladi. |
43. Fan doktori yoki nomzodi diplomini yoʻqotgan shaxsga yangi tartib raqami qoʻyilgan dublikat ilgari topshirilgan diplomga batamom muvofiq ravishda beriladi. | 43. Fan doktori yoki nomzodi diplomini yoʻqotgan shaxsga yangi tartib raqami qoʻyilgan dublikat ilgari topshirilgan diplomga batamom muvofiq ravishda beriladi. |
Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda diplom yangisi bilan almashtirilmaydi. | Talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan taqdirda diplom yangisi bilan almashtirilmaydi. |
44. Diplomni, shuningdek, uning dublikatini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi. | 44. Diplomni, shuningdek, uning dublikatini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi. |
VIII. ILMIY DARAJADAN MAHRUM QILISh | VIII. ILMIY DARAJADAN MAHRUM QILISh |
45. Dissertatsiya himoyasi oʻtgan ixtisoslashgan kengashning tavsiyasi asosida OAK ilmiy darajadan mahrum etishi mumkin. Mabodo mazkur kengashning faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa, ilmiy darajadan mahrum qilish haqidagi iltimosnomani OAK topshirigʻiga muvofiq boshqa kengash koʻrib chiqadi. | 45. Ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxs kengash va OAK ekspert kengashining qaroriga asosan OAK tomonidan ilmiy darajasidan mahrum etilishi mumkin. |
Kengash majlisi ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirdagina majlis vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy darajadan mahrum etish haqidagi iltimosi yashirin ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, qabul qilingan deb hisoblanadi. | Ilmiy darajadan mahrum qilish haqidagi masalani koʻrib chiqayotgan kengash majlisi ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirdagina majlis vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy darajadan mahrum etish haqidagi iltimosi yashirin ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, qabul qilingan deb hisoblanadi. |
Ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qaror oʻn yil avval qabul qilingan boʻlsa, uning nechogʻlik asoslanganligi masalasini attestatsiya organlari koʻrib chiqmaydi. | Ilmiy daraja berish toʻgʻrisidagi qaror oʻn yil avval qabul qilingan boʻlsa, uning nechogʻlik asoslanganligi masalasini attestatsiya organlari koʻrib chiqmaydi. |
IX. ShIKOYAT VA ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh | IX. ShIKOYAT VA ARIZALARNI KOʻRIB ChIQISh |
46. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasi yuzasidan qarori xususida muassasalar, tashkilotlar, talabgorlar va boshqa shaxslar qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oy muddat ichida dissertatsiya himoya qilingan kengashga va OAKga shikoyat arizasi berishi mumkin. | 46. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasi yuzasidan qarori xususida muassasalar, tashkilotlar, talabgorlar va boshqa shaxslar qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oy muddat ichida dissertatsiya himoya qilingan kengashga va OAKga shikoyat arizasi berishi mumkin. |
Kengashning shikoyat arizasini koʻrib chiqishga doir xulosasi va boshqa materiallar kengash majlisidan keyin oʻn kunlik muddat mobaynida OAKga yuboriladi. | Kengashning shikoyat arizasini koʻrib chiqishga doir xulosasi va boshqa materiallar kengash majlisidan keyin oʻn kunlik muddat mobaynida OAKga yuboriladi. |
47. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasiga doir qarori xususida tushgan shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosati qaror qabul qiladi. | 47. Kengashning ilmiy daraja berish (undan mahrum etish) masalasiga doir qarori xususida tushgan shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosati qaror qabul qiladi. |
Kengashning fan nomzodi va doktori ilmiy darajalarini berish (ulardan mahrum etish) masalalariga doir qarori yuzasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati koʻrib chiqadi. | Kengashning fan nomzodi va doktori ilmiy darajalarini berish (ulardan mahrum etish) masalalariga doir qarori yuzasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati koʻrib chiqadi. |
Ekspert kengashi qarorlari yuzasidan shikoyat arizasi qabul qilinmaydi. | Ekspert kengashi qarorlari yuzasidan shikoyat arizasi qabul qilinmaydi. |
48. Ilmiy daraja berish (undan mahrum etish; masalasi yuzasidan OAK Rayosati xulosasi va qarori boʻyicha shikoyat arizasi yechim yoki qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin. | 48. Ilmiy daraja berish (undan mahrum etish; masalasi yuzasidan OAK Rayosati xulosasi va qarori boʻyicha shikoyat arizasi yechim yoki qaror chiqqan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin. |
OAK Rayosati xulosalari va qarorlari yuzasidan tushgan shikoyat arizasi boʻyicha OAK Rayosati OAK Ilmiy kengashi seksiyasi guruhi aʼzolarining xulosalarini hisobga olib, OAK Rayosatiga tasdiqlash uchun xulosalar va qarorlar loyihasini tavsiya etadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosati qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanadi. | OAK Rayosati xulosalari va qarorlari yuzasidan tushgan shikoyat arizasi boʻyicha OAK Rayosati OAK Ilmiy kengashi seksiyasi guruhi aʼzolarining xulosalarini hisobga olib, OAK Rayosatiga tasdiqlash uchun xulosalar va qarorlar loyihasini tavsiya etadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosati qabul qilgan qaror uzil-kesil hisoblanadi. |
49. Ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishda oshkoralikni kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “Axborot”ida yoritib boriladi. | 49. Ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishda oshkoralikni kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining “Axborot”ida yoritib boriladi. |
50. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi. | 50. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi. |