04.03.2024 yildagi 110-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga muvofiq hamda Davlat budjeti mablag‘laridan samarali va oqilona foydalangan holda, ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari manzilliligini ta’minlash, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini izchil qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy to‘lovlar, shu jumladan, nafaqalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn etish uchun nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 110-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-son qarori bilan tasdiqlangan Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Farzand tugilganda beriladigan nafaqani tayinlash yuzasidan murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Farzand tug‘ilganda beriladigan nafaqani tayinlash uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda murojaat qiladi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi va so‘rovnoma shaklini to‘ldiradi.

Bola tug‘ilgandan boshlab olti oy muddatda

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. So‘rovnomani to‘ldirib, elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng besh daqiqada

2. YIDXP

2. So‘rovnom�ni Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuboradi.

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. Farzand tugilganda nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida tegishli qaror qabul qiladi.

2. Nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli Davlat xizmatlar markaziga yoki YIDXPga elektron shaklda yuboradi.

So‘rovnoma olinganidan so‘ng besh daqiqada

3. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari ko‘rsatilgan ma’lumotni tegishli Davlat xizmatlar markaziga yoki YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

4. Har oyning boshida o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni AT “Xalq banki” filialining hisobvarag‘i orqali moliyalashtiradi.

Har oyning 5 kunigacha

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi.

2. Nafaqa puli tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish mumkinligi to‘g‘risida ariza beruvchini xabardor qiladi.

Bola tug‘ilgandan boshlab 6 oy muddatda

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida” 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27, 31 va 122-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limining” so‘zlari “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j” kichik banddagi “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-banddagi “Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tugilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS-xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan barcha holatlarda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari har oyning boshida o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqalarning umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni AT “Xalq banki” filialining hisobvarag‘i orqali moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, bola tug‘ilgandan boshlab 1 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g” kichik banddagi “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Pensiya jamg‘armasining hududiy” so‘zlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqich “Tadbirlar” ustunining 4-bandidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Pensiya jamg‘armasi bo‘limi” so‘zlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Pensiya jamg‘armasiga” so‘zlari “Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Davlat xizmatini ko‘rsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tibbiyot muassasalari, mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar va tibbiy-ijtimoiy muassasalar (keyingi o‘rinlarda — tibbiyot muassasalari) vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni o‘lim haqidagi elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankka kiritadi va avtomatik ravishda o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun tibbiyot muassasasi joylashgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — FXDYo bo‘limi) “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — avtomatlashtirilgan axborot tizimi) orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) FHDY bo‘limi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasasidan o‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va o‘lim haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimlariga elektron shaklda yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining (ular bo‘lmaganda dafn etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslarning) istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi. Pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.O., vafot etgan shaxsga qarindoshlik darajasi yoki merosxo‘rligi) “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga maxsus elektron blankka kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlari bo‘lmagan shaxslar o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani olish uchun murojaat etganda, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlari bo‘lmaganligi va ariza beruvchi dafn etish majburiyatini o‘z zimmasiga olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta aloqasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov miqdori pochta xizmati tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tibbiyot muassasasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda olingan va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga qabristonga taqdim etish uchun chop etib beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot (keyingi o‘rinlarda — tijorat banki) hisobvarag‘i orqali moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining elektron so‘rovida ko‘rsatilgan nafaqa olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini FHDY bo‘limi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani olgan fuqaro haqida maxsus elektron blankka kiritilgan ma’lumotlar hamda elektron shaklda yuborilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma bilan taqqoslagan holda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tijorat banki dafn etish uchun nafaqa to‘lovini FHDY bo‘limi tomonidan berilgan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma hamda murojaat etgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini tasdiqlagan holda amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning birinchi xatboshisi “Pensiya jamg‘armasi” so‘zlaridan keyin “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “hamda Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga” so‘zlari “, Pensiya jamg‘armasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining (ular bo‘lmaganda, dafn etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslarning) istalgan vaqtdagi talabiga asosan ularga o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-banddagi “ikki nusxada, shu jumladan” so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Pensiya jamg‘armasi “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya to‘lovini axborot tizimida avtomatik ravishda to‘xtatadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan nafaqa to‘lovini axborot tizimida avtomatik ravishda to‘xtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat bankining elektron ma’lumotiga asosan axborot tizimida dafn etish uchun to‘langan nafaqalar ro‘yxatini shakllantiradi va hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni tijorat bankining hisobvarag‘i orqali moliyalashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda moliyalashtirishning so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni bo‘lmagan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hollarda, keyingi ish kuni muddatning so‘nggi kuni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rsatgan holda, o‘lim holati qayd qilingandan boshlab 60 kun ichida dafn etish uchun nafaqa pulini olish maqsadida tijorat bankining istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Tijorat banki dafn etish uchun nafaqa to‘lovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “yoki tibbiyot muassasasi tomonidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar va tijorat banki xodimlari tomonidan dafn etish uchun nafaqani o‘zining nomiga rasmiylashtirib, murojaat qilgan fuqaroga olib berishi qat’iy taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

O‘lim holati belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni elektron tibbiy ma’lumotnomani shakllantirish uchun maxsus elektron blankka kiritish va avtomatik ravishda o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini qayd qilish uchun FHDY bo‘limiga “Tug‘ilish va o‘limni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron ro‘yxatga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.

O‘lim holati belgilangan tartibda (patologoanatomik sud-tibbiy ekspertiza va boshqa) tasdiqlangandan so‘ng bir soat ichida

2-bosqich

FHDY bo‘limi

1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etish va bu haqdagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) elektron shaklda yuboradi.

Ma’lumotlar kelib tushgandan so‘ng avtomatik ravishda

2. Vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining (ular bo‘lmaganda, dafn etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslarning) istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib berish yoki pochta aloqasi orqali arizada ko‘rsatilgan manzilga yuboradi.

Ariza beruvchilar, vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari yoki merosxo‘rlari (ular bo‘lmaganda, dafn etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan boshqa shaxslar) tomonidan murojaat qilinganda

3-bosqich

Tibbiyot muassasasi xodimi

QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga chop etib beradi.

Ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng darhol

4-bosqich

Pensiya jamg‘armasi bo‘limi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa to‘lovini axborot tizimida avtomatik ravishda to‘xtatadi.

Avtomatik ravishda

2. Har oyning 5-sanasiga qadar o‘tgan oyda ushbu hududda to‘langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larni tijorat bankining hisobvarag‘i orqali moliyalashtiradi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmasi

3. Tijorat bankining elektron so‘rovida ko‘rsatilgan nafaqa olish uchun murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini FXDYo bo‘limi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali o‘lim haqidagi gerbli guvohnomani olgan fuqaro to‘g‘risida maxsus elektron blankka kiritilgan ma’lumotlar hamda elektron shaklda yuborilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma bilan taqqoslagan holda tasdiqlaydi

Har oyning 5 sanasiga qadar

5-bosqich

Tijorat banki

Dafn etish uchun nafaqa to‘lovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini FHDY bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma hamda murojaat etgan fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi.

Murojaat qilgan vaqtda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaning III-bo‘limi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.03.2024-y., 09/24/110/0184-son)