Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 27-fevraldagi KQ-697-IV-sonli qaroriga
1-ILOVA
|
1. |
Choʻlliyev Shuxrat Askarovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari |
|
2. |
Marufova Gulnora Maxmudovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
3. |
Raxmatov Sattor Neʼmatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili kotibiyati Bola huquqlari taʼminlanishini monitoring qilish boʻyicha yetakchi mutaxassisi |
|
4. |
Axmedova Zamira Nazarovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi |
|
5. |
Abdullayeva Nilufar Ulugovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Sogʻlom oilani shakllantirish va oilalarni mustahkamligini taʼminlash, milliy axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi bosh mutaxassisi |
|
6. |
Axatova Shaxnoza Muzaffarovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti bosh konsultanti |
|
7. |
Abdullayeva Bibimaryam Kayrullayevna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boʻlimi prokurori |
|
8. |
Abdullayeva Umida Hazratovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻi oʻrinbosari — xotin-qizlar va ijtimoiy masalalar boshqarmasi boshligʻi |
|
9. |
Sultanova Madina Maxkamovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti katta tergovchisi |
|
10. |
Suyunova Xurshida Axadilla qizi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi |
|
11. |
Hasanova Dilfuza Abduxamidovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi dotsenti |
|
12. |
Sodikova Muattar Muratovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti |
|
13. |
Umarova Shoira Oqbutayevna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Yuridik taʼminlash boʻlimi bosh yuriskonsulti |
|
14. |
Aminov Ulugʻbek Zakirdjanovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasining Yuridik taʼminlash boʻyicha bosh mutaxassisi |
|
15. |
Minavarova Nigora Shaazizovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari qoʻmitasining Xotin-qizlar bilan ishlash va targʻibot guruhlarini muvofiqlashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi |
|
16. |
Matkarimova Nilufar Boqijonovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Bolalar, xotin-qizlar, taʼlimdagi yoshlarni va volontyorlik faoli�tini qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassisi |
|
17. |
Axmedov Mirjalol Axmedovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi kotibiyati yetakchi maslahatchisi, Ishchi guruh kotibi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 27-fevraldagi KQ-697-IV-sonli qaroriga
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Masʼullar |
|
1. |
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish hamda muammolarni aniqlash. |
1. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2. Normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud boʻshliqlar va ular oʻrtasidagi oʻzaro nomuvofiqliklarni oʻrganish. 3. Xatlov natijalari boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlash. |
2024-yil 20-mart |
Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
|
2. |
Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga toʻsqinlik qilish holatlariga barham berish. |
1. Xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga toʻsqinlik qilish holatlari, xususan diskriminatsiya va boshqa holatlarni oʻrganish. 2. Mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. |
2024-yil 5-aprel |
Vazirlar Mahkamasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura |
|
3. |
Xotin-qizlarning erkinliklariga daxl qiladigan harakatlarni tahlil qilish. |
1. Xotin-qizlarning erkinliklariga daxl qiladigan harakatlar, shu jumladan erta nikoh hamda yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganish. 2. Ushbu harakatlarning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish va bunday harakatlarning oldini olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Natijalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma tayyorlash. |
2024-yil 10-aprel |
Vazirlar Mahkamasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Oliy sud, Adliya vazirligi |
|
4. |
Xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga toʻsqinlik qilish holatlariga nisbatan qoʻllaniladigan choralar boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. |
1. Mavjud muammolarni hal etish boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish. 2. Muammolarni hal etish boʻyicha xalqaro mexanizmlarni mamlakatda joriy etish masalalarini muhokama qilish. 3. Natijasi boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil 15-aprel |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Oliy sud, Adliya vazirligi |
|
5. |
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilikni takomillashtirish. |
1. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqish. Bunda quyidagi masalalarni aks ettirish: voyaga yetmaganlar orasidagi erta nikohga barham berish; yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning oldini olish; xotin-qizlarning ishga joylashishida diskriminatsiyaga yoʻl qoʻymaslik. 2. Qonun loyihasi yuzasidan tushuntirish xati, taqqoslama jadval va boshqa materiallar tayyorlash. |
2024-yil 25-aprel |
Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Oliy sud |