Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2005 01.02.1994 yildagi 48-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XODIMLARGA ULARNING MEHNAT VAZIFALARINI BAJARISh BILAN BOGʻLIQ HOLDA JAROHATLANIShI, KASB KASALLIKLARIGA ChALINIShI YOKI SALOMATLIKNING BOShQA XIL ShIKASTLANIShI TUFAYLI ETKAZILGAN ZARARNI ISh BERUVChILAR TOMONIDAN TOʻLASh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 60-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 6-maydagi 840-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan toʻlash Qoidalari tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SSSR Ministrlar Sovetining “Ishchi va xizmatchilarga ularning mehnat burchlarini oʻtash bilan bogʻliq holda mayiblanish yoki salomatlikka boshqa xil shikastlanish orqali yetkazilgan zararni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan toʻlash Qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1984-yil 3-iyuldagi 690-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1984-yil 19-iyuldagi 370-son qarori (OʻzSSR QT, 1984-y., 7-son, 34-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil fevraldagi 48-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q O I D A L A RI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi* tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan toʻlash bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Kengashning boshqa qarorlari, boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bundan keyin mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda olingan jarohatlar, kasb kasalliklariga chalinish yoki salomatlikka yetkazilgan boshqa shikastlar “mehnat jarohati” deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ish beruvchi* uning aybi bilan ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek, ish beruvchining transportida ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimlarning salomatligiga yetkazilgan mehnat jarohati uchun moddiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Ish beruvchi” atamasi mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish beruvchi, mehnat burchlarini bajarish davomida xavf darajasi yuqori boʻlgan manba tomonidan xodim salomatligiga yetkazilgan zararni, agar u yetkazilgan zarar yengib boʻlmaydigan kuch yoki jabrlanuvchining qasdi oqibatida sodir boʻlganini isbotlab berolmagan taqdirda, xodimga yetkazilgan zararni toʻla miqdorda toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi yetkazilgan zarar uchun oʻzining aybdor emasligini isbotlab bergan taqdirda, zarar toʻlovini toʻlashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi tomonidan qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari (mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, sanoat sanitariyasi va shu kabi qoidalarga rioya qilmaslik) yaratib berilmaganligi oqibatida olingan mehnat jarohati uning aybi bilan sodir etilgan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hujjatlar va guvohlarning koʻrsatmalari ish beruvchining yetkazilgan zarar uchun aybdorligini va javobgarligini isbotlovchi dalil boʻlishi mumkin, chunonchi: ishlab chiqarishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa haqida dalolatnoma, sud hukmi va qarori, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organining qarori, mehnatni muhofaza qilish va mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini, salomatlikka yetkazilgan zarar sabablarini nazorat qilishni amalga oshiruvchi mehnat-texnika inspektorining yoki boshqa mansabdor shaxslar (organlar)ning xulosasi; kasb kasalligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa aybdor shaxslarga maʼmuriy yoki intizomiy jazo berish toʻgʻrisidagi qaror; mehnat jarohati tufayli xodimga vaqtincha mehnatga layoqatni yoʻqotganlik uchun nafaqa toʻlovi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ish beruvchi tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurta budjetiga pul oʻtkazish toʻgʻrisidagi kasaba uyushma qoʻmitasining, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari qarorlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi zararning kelib chiqishiga yoki uning koʻpayishiga sabab boʻlgan taqdirda, zararning toʻlov miqdori jabrlanuvchining aybi darajasiga qarab tegishli ravishda kamayib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi tufayli hamda ish beruvchining aybi boʻlmagan holda, ham zararni toʻlash miqdori tegishli ravishda kamayib boradi. Bunday holda zararni toʻlashdan bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining aybi darajasini aniqlashda korxona, muassasa, tashkilot* kasaba uyushmasi qoʻmitasining yoki boshqa vakil qilingan vakolatli organning mazkur masala boʻyicha xulosasi koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bundan keyin korxona, muassasa, tashkilot korxona deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararni toʻlashning qoʻshimcha turlariga, bir yoʻla nafaqa toʻlashga, shuningdek, boquvchisining vafoti tufayli yetkazilgan zarar toʻlovlariga nisbatan aralash javobgarlik qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zararni toʻlash mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasiga qarab ish haqi (yoki uning tegishli qismi) miqdorida jabrlanuvchiga pul toʻlashdan; salomatlikning yomonlashuvi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni qoplashdan; belgilangan hollarda bir yoʻla nafaqa toʻlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jabrlanuvchilarning mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasi Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb boʻyicha mehnatga layoqatsizlik darajasini belgilash bilan bir vaqtda, asoslar mavjud boʻlganda, nogironlikning tegishli guruhi belgilanadi hamda jabrlanuvchining yordamning qoʻshimcha turlariga boʻlgan muhtojligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qoidalarga muvofiq zararni toʻlash uchun zarur boʻlgan pullar, qoʻshimcha xarajatlarni qoplash hamda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa miqdori tomonlarning kelishuviga koʻra yoki jamoa shartnomasi (bitimlari) asosida oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zararni qoplash uchun toʻlanadigan summa turmush darajasining oshib borishi munosabati bilan qonunda belgilangan tartibda indeksatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam ish haqi markazlashtirilgan tartibda oshirilganda zararni qoplashning barcha summalari mutanosib ravishda koʻpaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Zararning jabrlanuvchiga toʻlanadigan miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻrilgan zararni toʻlash miqdori jabrlanuvchining mehnat jarohati olguniga qadar oladigan ish haqiga nisbatan foizlarda, ularning kasb boʻyicha mehnatga layoqatsizlik darajasiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi yoki uning bir qismi toʻlanayotganda, jarohat olish tufayli tayinlangan nogironlik pensiyalari, shuningdek, mehnat jarohati olgunga qadar va undan keyin tayinlangan pensiyalarning boshqa turlari yetkazilgan zararni toʻlashda hisobga olinmaydi. Shuningdek, jabrlanuvchining jarohat olgandan keyingi ish haqi ham zararni toʻlashda hisobga olinmaydi. Bunda jabrlanuvchilarga — mehnat jarohati boʻyicha nogironlarga zararni qoplash uchun toʻlanadigan pul Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 50 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Zararni qoplash miqdori hisoblab chiqariladigan ish haqi tarkibida (turli koʻrinishdagi bir yoʻla toʻlovlardan tashqari) ish (xizmat), shu jumladan, ish vaqtidan ortiqcha, bayram va dam olish kunlarida hamda oʻrindosh sifatida ishlaganlik uchun barcha toʻlovlar hisobga olinadi (foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiyalar, ishdan boʻshatish vaqtidagi yordam puli va boshqalar bundan mustasno). Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish munosabati bilan beriladigan taʼtil davri uchun toʻlanadigan nafaqa hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik haqi ham boshqa ishlar uchun toʻlanadigan mehnat haqlari bilan bir qatorda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish davrida toʻlanadigan stipendiya (zararni qoplash toʻgʻrisida murojaat qiluvchining xohishiga koʻra) ish haqiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻrtacha oylik ish haqi mehnat jarohati olish yoki mehnat jarohati tufayli mehnatga layoqatsizlik, yoxud mehnatga layoqat darajasi pasayishidan (fuqaroning tanlovi boʻyicha) oldingi 12 oy mobaynidagi ish (xizmat, muddatli harbiy xizmatdan tashqari) yakuni boʻyicha aniqlanadi. Kasb kasalligiga chalingan taqdirda oʻrtacha oylik ish haqi ham bunday kasallikka sabab boʻlgan ishni toʻxtatishdan oldingi 12 oy boʻyicha belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrtacha oylik ish haqi hisoblab chiqariladigan oylar sonidan (fuqaroning xohishiga koʻra) ish oyning birinchi kunidan boshlanmaganligi yoki toʻxtatilmaganligi munosabati bilan toʻliqsiz ish oylari hamda uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish munosabati bilan beriladigan taʼtil oylari (shu jumladan, toʻliq boʻlmagan oylar), shuningdek, fuqaro nogiron hisoblangan yoki mehnat jarohati tufayli yetkazilgan zarar toʻlovini olib kelgan, 1 guruh nogironni, 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani yoki davolash muassasasining oʻzganing parvarishiga muhtojlik haqidagi xulosasiga koʻra qariyalarni parvarish qilish mobaynidagi ish vaqti chiqarib tashlanadi. Bunda chiqarib tashlangan oylar bevosita oldingi oylar bilan almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Qoidalarning 12-bandida koʻrsatilgan davr uchun, shuningdek, ish 12 oydan kam vaqt davom etganda, oʻrtacha oylik ish haqi oʻrtacha oylik ish haqini aniqlash boʻyicha amaldagi yoʻriqnomalar asosida hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish davri toʻliq bir kalendar oydan kam vaqtni tashkil qilgan taqdirda, zararni toʻlash miqdori shartli oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. U quyidagi tartibda aniqlanadi: butun ishlangan vaqt davomida olingan ish haqi ishlangan kunlar soniga boʻlinadi, hosil boʻlgan summa bir yil uchun oʻrta hisobda hisoblab chiqilgan bir oydagi ish kunlari soniga koʻpaytiriladi. Bu holda zararni toʻlash uchun hisoblab chiqilgan ish haqi miqdori eng kam ish haqining uch baravar miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqiy ish haqi miqdori toʻgʻrisidagi hujjatlarni olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda zararni toʻlash miqdori zararni toʻlash toʻgʻrisida murojaat qilingan vaqtda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchining oʻrtacha oylik ish haqi eng kam ish haqi miqdoridan koʻp boʻlmagan hollarda ham yetkazilgan zararni toʻlash miqdori xuddi shu tartibda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar bir ish beruvchida ishlangan davrda mehnat jarohati takroran olingan taqdirda oʻrtacha oylik ish haqi jabrlanuvchining xohishiga koʻra birinchi yoki takroriy mehnat jarohati olingandan ilgarigi tegishli davrlar boʻyicha hisoblab chiqiladi. Zararni toʻlash miqdori birinchi va takroran jarohatlanish yigʻindisi boʻyicha kasbga doir mehnatga layoqatsizlikning umumiy foiziga qarab hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mehnat jarohatlari turli ish beruvchilarda ishlashda olingan boʻlsa, u holda zararning toʻlov miqdorini aniqlash har bir ish beruvchi tomonidan, tegishli mehnat jarohati boʻyicha kasbga doir mehnatga layoqatsizlik foiziga qarab alohida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chet ellarda ishlagan fuqarolarning oʻrtacha oylik ish haqi chet elda ishlaganlik uchun toʻlovlarni qoʻshmagan va 9-bandni hisobga olgan holda umumiy asoslarda hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Amaliy ishlab chiqarish taʼlimini (amaliy mashgʻulotni) oʻtash davrida mehnat jarohati olgan fuqarolarning oʻrtacha oylik ish haqi jabrlanuvchining qaysi kasb (mutaxassislik) boʻyicha oʻqiganligiga qarab, shu kasb (mutaxassislik) stavkasi (maosh)dan kelib chiqqan holda (ammo 2-razryaddan past emas) hisoblab chiqiladi. Oʻqish (amaliy mashgʻulot) davomida ish haqi olgan shaxslarga, ularning xohishiga koʻra, oʻrtacha oylik ish haqi shu davr uchun hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchilarning xohishiga koʻra, oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davrida toʻlangan stipendiya boʻyicha ham hisoblab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mehnat jarohati tufayli oʻzining roziligi bilan vaqtincha yengilroq, xam haq toʻlanadigan ishga oʻtkazilgan jabrlanuvchiga ish haqi mehnatga layoqati tiklangunga yoki kasb boʻyicha mehnatga layoqati uzoq muddatga yoki doimiy yoʻqotilganligi aniqlangunga qadar mehnat jarohati olgandan avvalgi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa ishga oʻtkazish zarurligi, uning davom etish muddati (bir yil doirasida) va tavsiya etiladigan ish turi toʻgʻrisidagi xulosa Davolash-mehnat ekspertiza komissiyasi (DMEK) tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan davr mobaynida ish beruvchi tomonidan tegishli ish berilmagan taqdirda jabrlanuvchiga uning mehnat jarohati olgungacha olgan oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda, shuningdek, Qoidalarning 8-bandida koʻrsatilgan holda oldingi ishi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi mehnat jarohati boshlangandan oldingi ikki oy boʻyicha amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agar jabrlanuvchi mehnat jarohati tufayli avvalgi ishini bajara olmagan taqdirda ish beruvchi jabrlanuvchini uning roziligi bilan, DMEK xulosasiga muvofiq, oʻz hisobidan yangi kasbga oʻqitishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi kasbga oʻqitish davrida unga avvalgi ishida olgan oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi. Mazkur davr mobaynida zararni qoplash summasini toʻlash umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mehnat jarohatlari tufayli qilingan qoʻshimcha xarajatlarni jabrlanuvchiga toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Etkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan ish beruvchi jabrlanuvchiga, oʻrtacha oylik ish haqidan tashqari, mehnat jarohati tufayli qilingan qoʻshimcha xarajatlarni ham toʻlashga majburdir. Toʻlanadigan bunday xarajatlarga protezlash, jabrlanuvchini parvarish qilish, sanatoriy-kurortda davolanish, shu jumladan, davolanish joyiga borish va kelish yoʻl xarajatlari, zarur hollarda esa jabrlanuvchini kuzatib boruvchi shaxsning ham yoʻlkira xarajatlari, maxsus transport vositalari va boshqalarni sotib olish, (agar u DMEK tomonidan yordamning ushbu turlariga muhtoj deb topilgan va ularni tegishli tashkilotlardan bepul olmagan taqdirda), shuningdek, jabrlanuvchi bilan ish beruvchi oʻrtasida zararni toʻlash boʻyicha baxs paydo boʻlganda hamda baxs jabrlanuvchi foydasiga hal boʻlgan hollarda advokat yollash uchun davlat baholari boʻyicha qilingan xarajatlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 guruh nogironlari uchun DMEKning oʻzganing parvarishiga muhtojlik haqidagi xulosasi talab qilinmaydi (ular maxsus tibbiy parvarishga muhtoj boʻlgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamning bir nechta turlariga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchiga yordamning har bir turini olish bilan bogʻliq xarajatlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qoʻshimcha xarajatlar miqdori tegishli tashkilotlarning schyotlari va boshqa hujjatlar asosida yoxud jabrlanuvchi tomonidan ushbu xarajatlar qilingan vaqtdagi narxlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus tibbiy parvarishga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchilar uchun qoʻshimcha xarajatlar eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy sharoitida parvarish qilish bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ham maxsus tibbiy, ham uy sharoitidagi parvarishga muhtoj boʻlgan jabrlanuvchiga uy sharoitidagi parvarish bilan bogʻliq xarajatlar maxsus tibbiy parvarish xarajatlariga qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchini parvarish qilish uchun qoʻshimcha xarajatlar, ularning kim tomonidan amalga oshirilishidan qatʼi nazar, toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus transport vositalarini sotib olish va ularni asosli tuzatish uchun xarajatlar ularning qiymati doirasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jabrlanuvchining sanatoriy-kurortda davolanishga muhtojligi haqida DMEK xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda unga, har yilgi mehnat taʼtilidan tashqari, davolanish uchun qoʻshimcha taʼtil beriladi. Davolanish uchun berilgan taʼtil vaqti uchun toʻlov har yilgi taʼtil toʻlovi uchun belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Davolanish davridagi zararni toʻlash umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi, shuningdek, uni kuzatib boruvchi shaxsning yoʻlkira xarajatlarini toʻlash miqdori xizmat safari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yoʻqotilgan ish haqini toʻlashdan, zararni toʻlashning boshqa turlaridan tashqari, ish beruvchi jabrlanuvchiga bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoʻla beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va u jabrlanuvchining bir yillik ish haqidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Boquvchining vafoti sababli zararni toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlib kelgan mehnatga layoqatsiz yoki boquvchining vafot etgan kunigacha undan nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar, marhumning vafotidan soʻng tugʻilgan farzand, shuningdek, ota-onalaridan biri, umr yoʻldoshi yoki oilaning ishlamaydigan va vafot etganning 3 yoshga toʻlmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nabiralari parvarishi bilan band boʻlgan boshqa aʼzosi zarar toʻlovini olish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarning boqimandaligi nazarda tutiladi va buning uchun dalil talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar mehnatga layoqatsiz hisoblanadilar: 16 ga toʻlmagan balogʻatga yetmaganlar yoki 16 yoshga toʻlgunga qadar nogiron boʻlib qolgan mazkur yoshdan oshgan fuqarolar; 60 yoshga toʻlgan erkaklar, 55 yoshga toʻlgan ayollar, yoxud belgilangan tartibda nogiron deb eʼtirof etilganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila aʼzosining mehnatga layoqatsizligi boshlangan vaqt (boquvchining vafotigacha yoki vafotidan keyin) uning zarar toʻlovini olish huquqiga taʼsir etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 va undan katta yoshdagi oʻquvchilar oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqishni tugatgunlariga qadar, ammo koʻpi bilan 18 yoshgacha zarar toʻlovini olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan mehnatga layoqatsiz fuqarolar uchun zarar miqdori vafot etgan shaxsning oʻrtacha oylik ish haqi miqdoridan uning oʻziga va qaramogʻidagi mehnatga layoqatli, ammo zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlmagan fuqarolarga toʻgʻri keladigan ulushni chegirib tashlagan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning har biriga beriladigan zarar toʻlovlari miqdorini aniqlash uchun boquvchi ish haqining koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning hammasiga toʻgʻri keladigan ulush ularning soniga taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga layoqatsiz, vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlgan, ammo zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlganlar uchun zarar toʻlovi miqdori quyidagi tartibda belgilanadi: agar nafaqa mablagʻlari sud orqali undirilgan boʻlsa, u holda zarar toʻlovlari sud tomonidan tayinlangan summa miqdorida belgilanadi; boshqa hollarda zarar toʻlovi ishga layoqatsiz fuqarolarning moddiy ahvolini hamda vafot etgan shaxsning hayot vaqtidagi ularga yordam koʻrsatish imkoniyatini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlgan va boʻlmagan mehnatga layoqatsiz fuqarolar ayni bir vaqtda zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlishgan taqdirda zarar toʻlovlari miqdori eng avvalo, vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlmagan fuqarolar uchun belgilanadi. Ular uchun belgilangan zarar toʻlovi summasi boquvchining ish haqidan chegirib tashlanadi, soʻng ish haqining qolgan miqdoriga qarab vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlgan fuqarolar uchun zarar toʻlovi miqdori mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchini yoʻqotganlik tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar uchun ularga boquvchi vafoti tufayli tayinlangan pensiya, shuningdek, boshqa pensiyalar, ish haqi, stipendiyalar va boshqa daromadlar zarar toʻlovi hisobiga kiritilmaydi. Bunda qaramogʻda boʻlgan har bir shaxs hisobiga beriladigan zarar toʻlovi miqdori Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 50 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ish haqining Qoidalarning 24-bandiga muvofiq hisoblab chiqilgan, boquvchi vafot etgan vaqtda koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning har biriga toʻgʻri keladigan qismi keyinchalik qayta hisob-kitob qilinmaydi. Boquvchining vafotidan soʻng tugʻilgan bola va vafot etgan boquvchining ota-onalaridan biriga, umr yoʻldoshiga yoki farzandlarini, ukalarini, singillarini, nevaralarini uch yoshga qadar parvarish qilish bilan band boʻlgan marhumning boshqa oila aʼzosiga zarar toʻlovlari belgilangach (toʻxtatilgan) hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hollarda boquvchi ish haqining zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan oila aʼzosining har biriga toʻgʻri keladigan qismi bunday oilaning aʼzolari sonining koʻpayishi yoki kamayishini hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga ish beruvchi vafot etgan shaxsning 6 ta oʻrtacha yillik ish haqi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Zararni toʻlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Zararni undirish haqidagi ariza olingan mehnat jarohati tufayli koʻrilgan zarar uchun javobgar boʻlgan ish beruvchi (korxona maʼmuriyati)ga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Korxona tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan (qoʻshilgan, birlashgan, boʻlingan, ajralib chiqqan qaytadan tuzilgan) taqdirda ariza uning huquqiy vorisiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilgan korxonaning huquqlari va majburiyatlari huquqiy vorisiga oʻtmagan taqdirda korxona oʻzining toʻlovga qurbi yetmasligi toʻgʻrisida maʼlum qilishi hamda zarar toʻlovlariga tegishli boʻlgan summani Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazishga majburdir. Tugatish hisoboti kelgusida zararni toʻlash uchun zarur boʻlgan summa Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgandan keyingina tasdiqlanadi. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi jabrlanganlarga zarar toʻlovini, jamgʻarmaga oʻtkazilgan summa doirasida, qonunchilikda belgilangan miqdorda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari orqali toʻlaydi.
(28-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 32-modda;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona tugatilgan taqdirda zararni qoplash summasini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar korxona tugatilganda zararni qoplash toʻlovlari summasi yetkazilmagan taqdirda zararni undirish boʻyicha daʼvo tugatilgan korxonaning huquqiy vorisiga yoki uning yuqori xoʻjalik organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Chet elda ishlagan davrda mehnat jarohati olgan xodimlar va ularning oila aʼzolari tomonidan zarar toʻlovini olish toʻgʻrisidagi ariza chet elga ishga yuborgan vazirlikka, idoraga, tashkilotga, korxonaga, chet elda ishlashga qabul qilinganlar tomonidan esa tuzilgan kontraktga binoan, jarohat yetkazgan korxona egasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Zararni undirish toʻgʻrisidagi arizaga DMEKning kasb boʻyicha mehnatga layoqatsizlik darajasi toʻgʻrisidagi hamda tegishli hollarda jabrlanuvchining qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligi haqidagi xulosasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar toʻlovlarini olish muddatini uzaytirish uchun ham yuqorida qayd etilgan hujjatlar taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. DMEKda sogʻliqni tekshiruvdan oʻtkazish ish Beruvchining, baxtsiz hodisa yuz bergan korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasining yoxud xodimlar tomonidan vakil qilingan vakolatli organning, sudning yoʻllanmasi boʻyicha yoki jabrlanuvchining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa haqidagi dalolatnoma yoxud mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisa haqida boshqa hujjatlar taqdim etilgan holda bergan arizasi hamda davolash-profilaktika muassasasining yoʻllanmasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni qayta tekshiruvdan oʻtkazishning belgilangan muddati kelgach DMEK tomonidan qayta tekshiruvidan oʻtkazish jabrlanuvchining yoki boshqa manfaatdor shaxslarning arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Boquvchisini yoʻqotganlik tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga zararni toʻlash haqidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nikohni qayd qilib, nikoh xati beruvchi hamda oʻlgan va tugʻilganlarni roʻyxat qiluvchi idora (ZAGS) tomonidan boquvchining vafoti toʻgʻrisida berilgan guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turar joydan foydalanish organining yoki fuqarolar yigʻini raisining yoxud mahalla qoʻmitasi raisining vafot etgan shaxsning oila aʼzolari tarkibi, shu jumladan, uning qaramogʻida boʻlganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (yoki boshqa hujjatlar) yoki sudning tegishli qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) turar joydan foydalanish organining yoki fuqarolar yigʻini raisining yoxud mahalla qoʻmitasi raisining vafot etgan shaxsning 3 yoshga toʻlmagan bolalari, ukalari, singillari yoki nevaralarini parvarish qilish bilan band boʻlgan ota-onasi, umr yoʻldoshi yoki boshqa sila aʼzosining ishlamayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻquv muassasasining zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan, yoshi 16 dan 18 gacha boʻlgan fuqarolarning oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovni olish muddatini uzaytirish uchun zarar toʻlovlarini kelgusida ham olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (oʻqishi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar va boshqalar) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Turar joydan foydalanish tegishli organining yoki fuqarolar yigʻini raisining yoxud mahalla qoʻmitasi raisining boquvchining oila aʼzolari tartibi, shu jumladan, vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlganlar haqidagi maʼlumotnomasida (yoki boshqa hujjatlarda) oila har bir aʼzosining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili va oyi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan, mulk huquqi bilan oʻziga tegishli boʻlgan uylarda istiqomat qiluvchi shaharlik fuqarolarga tegishli maʼlumotnoma mahalla qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hujjatlar boʻlmagan hamda ularni tiklash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, shuningdek, manfaatdor fuqaro maʼlumotnomadan norozi boʻlgan taqdirda qaramogʻida boʻlganlik fakti sud tomonidan aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ish beruvchi arizachiga zararni undirish toʻgʻrisida talablar qoʻyish uchun kerakli hujjatlarni olishda koʻmaklashishga, tegishli hollarda esa ularni boshqa tashkilotlardan talab qilib olishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jabrlanuvchining yoki boshqa manfaatdor fuqarolarning iltimosiga koʻra korxona kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlar tomonidan vakil qilingan boshqa vakolatli organ ish beruvchi bilan muzokaralarda jabrlanuvchi tomonidan qatnashish uchun oʻz vakilini ajratadi yoxud jabrlanuvchi ish beruvchi hisobidan advokat yollashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ish beruvchi zararni undirish toʻgʻrisidagi arizani oʻn kun muddatda koʻrib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror korxona maʼmuriyatining buyrugʻi (farmoyishi) bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq asoslangan boʻlishi kerak, unda zarar toʻlashi kerak boʻlgan fuqarolar, uning har bir oila aʼzosi hisobiga toʻgʻri keladigan miqdorlari va toʻlov muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining zararni toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻining nusxasi yoki asoslangan yozma ravishdagi rad javobi manfaatdor fuqarolarga barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza topshirilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda arizani koʻrib chiqmaslik yoki buyruq nusxasini topshirmaslik zararni toʻlashni rad etish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Manfaatdor shaxs ish beruvchining qaroridan norozi boʻlgan yoki belgilangan muddatda javob olinmagan taqdirda daʼvo sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Korxonaning kasaba uyushmasi yoki xodimlar tomonidan vakil qilingan boshqa vakolatli organ manfaatdor fuqarolarning roziligiga koʻra ariza bilan sudga murojaat qilishi va sud ishida qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararni undirish haqidagi ariza, arizachining xohishiga koʻra, ish beruvchi joylashgan yerdagi yoki oʻzining turar joyidagi yoxud jarohat olingan joydagi sudga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish vaqtida ularga yetkazilgan shikastlar yoki boquvchining vafoti tufayli zararni undirish haqidagi talablariga daʼvo qoʻzgʻatish muddati tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Zarar summasini toʻlash tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Zarar toʻlovlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jabrlanuvchilarga — ular mehnat jarohati oqibatida kasb boʻyicha mehnatga layoqatini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga — boquvchining vafot etgan kunidan, ammo faqat zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlingan vaqtdan boshlab toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zararni undirish toʻgʻrisida ariza jabrlanuvchining mehnat jarohati tufayli kasb boʻyicha mehnatga layoqati yoʻqotilgandan yoki boquvchining vafotidan 3 yildan keyin berilgan taqdirda zararni toʻlash bu haqda murojaat qilingan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza berilgan kun zararni toʻlash toʻgʻrisida murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Zarar toʻlovlarini olish muddatini uzaytirish, jabrlanuvchi va boshqa manfaatdor shaxslarning ish beruvchiga murojaat qilgan vaqtidan qatʼi nazar, avvalgi toʻlovlar muddati tugagan kundan boshlab amalga oshiriladi. Bunda oʻtgan vaqt uchun zarar toʻlovlari summasi jabrlanuvchining shu davr mobaynidagi mehnatga layoqatsizligi tasdiqlangan, shuningdek, zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda beriladi. Salomatlikka yetkazilgan zarar tufayli qoʻshimcha xarajatlar toʻlovlari ham xuddi shunday shartlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ish haqining yoʻqotilgan qismi boʻyicha zararni toʻlash mehnat jarohati tufayli jabrlanuvchi kasb boʻyicha mehnat layoqatini yoʻqotganlik belgilangan muddat uchun, qoʻshimcha xarajatlarni toʻlash esa ularga muhtojlik belgilangan muddat davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga toʻlov mazkur qoidalarning 23-bandiga muvofiq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchiga, shuningdek, boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga zarar toʻlovlari, ularning daromadlaridan qatʼi nazar, toʻlanaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Jabrlanuvchining kasb boʻyicha mehnatga layoqatsizlik darajasi yoki zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar soni oʻzgargan taqdirda toʻlovlarning miqdori qayta hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar toʻlovini oluvchi zarar toʻlovi miqdorini qayta hisoblashga taʼsir etishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar haqida korxonaga yozma ravishda maʼlum qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Joriy oy uchun zarar toʻlovlari ushbu oy tugashidan kechikmay toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar toʻlovlari summasini oluvchiga yetkazib berish va joʻnatish xarajatlari yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan ish beruvchi hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu summalar, oluvchilarning xohishiga koʻra, ularning bankdagi schyotiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tayinlangan zarar toʻlovlari quyidagi muddatlardan boshlab qayta hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar toʻlovlari miqdorini oshirish huquqi vujudga kelganda — jabrlanuvchi zarar toʻlovi miqdorini qayta hisoblab chiqish haqida barcha zarur hujjatlar bilan murojaat qilgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov miqdorining kamaytirilishiga sabab boʻluvchi holatlar yuzaga kelganda — tegishli holatlar yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Zarar toʻlovlarini berish tayinlangan (fuqaro qariyalar yoki nogironlar uyiga joylashtirilgan taqdirda unga zarar toʻlovi miqdori bilan u yerdagi parvarish qilish qiymati oʻrtasidagi farq toʻlanadi, ammo u zarar toʻlovlari summasining 25 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarning qaramogʻida boʻlgan mehnatga layoqatsiz kishilarga zarar toʻlovi quyidagi tartibda toʻlanadi: qaramogʻidagi mehnatga layoqatsiz bir kishi hisobiga — belgilangan toʻlov summasining chorak qismi, ikki kishi hisobiga — uchdan bir qismi, uch va undan koʻp kishi hisobiga yarmi toʻlanadi. Toʻlovning qolgan qismi qariyalar va nogironlar uyida parvarish qilish qiymatini chegirib tashlagan holda, ammo zarar toʻlovi miqdorining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, jabrlanuvchining oʻziga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilib, jazo muddatini oʻtash davrida zarar toʻlovining toʻlanishi kerak boʻlgan summasi oluvchining maxsus schyotiga oʻtkaziladi va unga ozodlikdan mahrum etilgan joydan chiqqandan keyin toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Zarar toʻlovi tayinlangan, ammo jabrlanuvchi yoki zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan oʻz vaqtida olinmagan toʻlov uni olish haqida murojaat qilingan oldingi 3 yildan koʻp boʻlmagan vaqt uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar uchun javobgar boʻlgan ish beruvchining aybi bilan oʻz vaqtida olinmagan zarar toʻlov summasi biron-bir muddat bilan chegaralanmagan holda oʻtgan davr uchun toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Jabrlanuvchiga yoki boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga tegishli boʻlgan va vafot etish tufayli ular tomonidan toʻliq olinmay qolgan zarar toʻlovi summasi umumiy asoslarda ularning merosxoʻrlariga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etgan shaxsning dafn etish marosimini amalga oshirayotgan oila aʼzolariga ushbu summalar merosxoʻrlik huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma olingungacha ham toʻlanaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Jabrlanuvchi yoki boquvchining vafoti tufayli zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar tomonidan zarar toʻlovlari hisobidan olingan summalar faqat ularni toʻlash manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim qilingan qalbaki hujjatlarga yoki ular bergan soxta maʼlumotlarga asoslangan, shuningdek, hisoblashda xatoga yoʻl qoʻyilgan yoki zarar toʻlovi miqdorini aniqlashga taʼsir etuvchi maʼlumotlar yashirilgan hollardagina ish beruvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notoʻgʻri olingan zarar toʻlovlari summasini ish beruvchi tomonidan qaytarib olish mehnatga haq toʻlash summasidan chegirib qolishda qonunchilik bilan belgilangan kafolatlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar summasini toʻlash toʻxtatilgan taqdirda qarzning qolgan qismi sud orqali undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Zarar toʻlovlarini tayinlash toʻgʻrisida ish beruvchi buyrugʻining (xalq sudi qarorining) nusxasi, jabrlanuvchining va boshqa manfaatdor fuqarolarning zarar toʻlovlarini tayinlash toʻgʻrisidagi arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ish beruvchi tomonidan har qaysi oluvchi uchun yuritilgan alohida hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi. Ish beruvchi ushbu hujjatlarning saqlanishini taʼminlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar summasini toʻlash davrida jabrlanganlarning ularga toʻlovni tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlari yigʻmajildi ish beruvchining buxgalteriyasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar summasini toʻlash toʻxtatilgandan ikki yil keyin koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar yigʻmajildlari ish beruvchining arxiviga doimiy saqlash uchun topshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1994-y., 2-son, 7-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 20-modda; 7-son, 36-modda; 2005-y., 5-6-son, 32-modda)