10.11.2023 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Italiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat reyestrida 2023-yil 14-noyabrda 4535-IT-2023-H tartib raqami bilan roʻyxatga olindi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasida mavjud doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga boʻlgan qiziqish hamda bir Tomonning diplomatik pasportga ega boʻlgan fuqarolarini boshqa Tomon hududiga safar qilishiga koʻmaklashish maqsadida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bilan quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning amaldagi diplomatik pasportga ega boʻlgan va boshqa Tomon hududida akkreditatsiyadan oʻtmagan fuqarolari boshqa Tomon hududiga kirishi, undan chiqishi, tranzit oʻtishi va boshqa Tomon hududida toʻqson (90) kundan oshmaydigan muddatga viza rasmiylashtirmagan holda boʻlib turishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu imtiyoz qabul qiluvchi Tomon davlati hududiga kelgan kundan boshlab bir yuz sakson (180) kunlik muddat ichida toʻqson (90) kunlik davomiy va davomiy boʻlmagan muddatga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tomoni fuqarolari uchun toʻqson (90) kunlik muddat Shengen hududiga birinchi marta kirgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim bir Tomon hududida joylashgan diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari va xalqaro tashkilotlarning xodimlari va ularning diplomatik pasportga ega boʻlgan oila aʼzolarini qabul qiluvchi Tomon akkreditatsiyadan oʻtish uchun viza olishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan shaxslar akkreditatsiyadan oʻtgandan soʻng, xizmat muddati davomida qabul qiluvchi Tomon hududiga vizasiz kirishi, tranzit oʻtishi, boʻlib turishi yoki uni tark etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan diplomatik pasportga ega boʻlgan Tomonlarning fuqarolari boshqa Tomon hududiga barcha xalqaro chegara oʻtish punktlari orqali kirishlari yoki ulardan chiqib ketishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarda koʻrsatilgan pasport egalari boʻlgan Tomonlardan birining fuqarolari qabul qiluvchi davlatning milliy qonunchiligiga rioya qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlardan biri vakolatli organlarining nomaqbul deb eʼlon qilingan shaxslarni qabul qiluvchi davlat hududiga kirish yoki boʻlib turishini rad etish huquqiga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon milliy xavfsizlik va jamoat tartibini taʼminlash maqsadida mazkur Bitimning bajarilishini toʻliq yoki qisman ravishda toʻxtatib turish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning bajarilishini toʻxtatib turish boʻyicha qaror toʻgʻrisida boshqa Tomon diplomatik kanallar orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning amal qilishini toʻxtatib turish boshqa Tomon hududida boʻlib turgan mazkur Bitimning 1 va 2-moddalarida koʻrsatilgan fuqarolarning huquqlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tarafidan berilgan diplomatik pasportlarning namunalari mazkur Bitimning Texnik Ilovalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Texnik Ilovalarga javob notasi qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradigan notalar almashinuvi shaklidagi kelishuv orqali oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga muvofiq, Tomonlarning qisqa muddatli viza majburiyatlaridan ozod qilingan fuqarolarining diplomatik pasportlari boshqa Tomon hududiga kirgan sanadan boshlab kamida olti (6) oyga qadar amal qilish muddatiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan mazkur Bitimga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan oʻzgartirishlar 11-modda qoidalariga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish va (yoki) qoʻllash bilan bogʻliq har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri maslahatlashuvlar yoki muzokaralar orqali tinch yoʻl bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Oʻzbekiston va Italiya qonunchiligiga, shuningdek, qoʻllaniladigan xalqaro huquq hamda Italiya tomoni uchun Yevropa Ittifoqiga aʼzoligidan kelib chiqadigan majburiyatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganliklari toʻgʻrisidagi ikkita yozma xabarnomaning ikkinchisi olingandan soʻng, oʻttizinchi (30) kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq tugatilgunga qadar nomuayyan muddat davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Tomon istalgan vaqtda diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonni oʻz niyati toʻgʻrisida xabardor qilish orqali mazkur Bitimni tugatishi mumkin. Mazkur Bitimni tugatish toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan sanadan boshlab toʻqson (90) kun oʻtgach tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalari, basharti, Tomonlar boshqacha tarzda kelushuvga erishmagan boʻlsalar, uning doirasidagi qulayliklardan foydalanadigan shaxslarga ularning boʻlib turish muddati yoki tranziti oʻtish muddati tugagunga qadar qoʻllanilishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlagan holda, tegishli ravishda vakolatlanganlar mazkur Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2023-yil 10-noyabrda, ikki asl nusxada, har biri Italyan va Ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talqin qilishda tafovut yuzaga kelgan hollarda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)