19.02.2024 yildagi PQ-76-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkman xalqining ulugʻ farzandi Maxtumquli Firogʻiy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida oʻrin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hassos soʻz sanʼatkorining chuqur gumanizm bilan sugʻorilgan asarlari mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu qadriyatlari va olijanob fazilatlarini tarannum etishi, hamisha xalq bilan hamdard boʻlishga, turli millat va elatlar oʻrtasida oʻzaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan mazmun-mohiyati bilan barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun ibrat namunasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu yil nufuzli xalqaro tashkilot — YUNESKO rahnamoligida Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yillik qutlugʻ yubiley sanasi dunyo miqyosida keng nishonlanayotgani ham shoir adabiy merosi jahon soʻz sanʼatining bebaho xazinasiga aylanib, insoniyatning maʼnaviy olamini yuksaltirishga xizmat qilib kelayotganidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston dunyoda Maxtumquli asarlari eng koʻp nashr qilinadigan va oʻqiladigan mamlakatlardan biri sifatida eʼtirof etilishi, albatta bejiz emas. Yurtimizda mumtoz shoirning sheʼrlari va ular asosida yaratilgan qoʻshiqlar kirib bormagan biror-bir xonadon, uning nomini bilmaydigan biror-bir oʻzbek topilmaydi. Maxtumquli asrlar mobaynida xalqimizning oʻz shoiriga aylangan. Uning sheʼrlari oʻzining teran falsafiy maʼnosi, xalqona ruhi, yuksak badiiyati bilan baxshi va hofizlarimiz, shoirlarimizga ilhom bagʻishlab, hamisha davralarda yangrab, el-yurtimiz qalbida yashab keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxtumqulining oʻz davrida Xivadagi mashhur Shergʻozixon madrasasida tahsil olgani, Alisher Navoiydek buyuk soʻz sanʼatkorini oʻziga ustoz deb bilgani xalqlarimiz oʻrtasidagi chinakam doʻstlikning ajoyib namunasidir. Maxtumquli Xivada juda koʻp ustoz va maslakdoshlar, doʻst-yor va muxlislar orttirgan, bu erda kechirgan yillarini minnatdorlik bilan eslab, goʻzal sheʼrlar bitganini oʻzbek kitobxonlari yaxshi biladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik hamda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari tarixida yangi davr boshlangan hozirgi paytda Maxtumquli Firogʻiyning oʻlmas badiiy merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ikki qardosh el uchun birdek ardoqli boʻlgan shoirning barkamol asarlari mamlakatimizda muntazam ravishda, yirik adadlarda nashr etilmoqda. Toshkent va Xiva shaharlarida shoir xotirasiga bagʻishlab bunyod etilgan yodgorlik majmualari tabarruk ziyoratgohlarga aylangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek xalqining Maxtumquli Firogʻiy siymosida qardosh Turkmaniston xalqiga, uning boy tarixi va madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga hurmat-ehtiromining yorqin namunasi sifatida hamda shoir tavalludining 300 yilligini munosib nishonlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Madaniyat vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda jamoatchilik vakillarining buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita (A.N. Aripov) ikki hafta muddatda Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chora-tadbirlar dasturida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxtumquli Firogʻiyning “Tanlangan asarlar”i hamda uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy maqolalar toʻplamini nashrga tayyorlash va chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi asosida Oʻzbekiston va Turkmaniston kino ustalari hamkorligida Maxtumquli Firogʻiyga bagʻishlangan badiiy film yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida spektakl sahnalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh xonandalar oʻrtasida “Maxtumquli sheʼrlari bilan aytiladigan eng yaxshi qoʻshiqlar ijrochisi” respublika tanlovini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy akademiyaning markaziy koʻrgazmalar zalida oʻzbek va turkman xalqlarining doʻstlik va qardoshlik aloqalarini tarannum etuvchi tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xiva shahrida Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Maxtumquli ijodining oʻzbek adabiyoti va sanʼatida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari hamda mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil oktyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida Maxtumquli Firogʻiy xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazish tadbirlari koʻzda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga ajratilgan budjet mablagʻlari, ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 19-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-76-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-76-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita rahbari

2.

O.Q. Abdurahmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari, Tashkiliy qoʻmita rahbari oʻrinbosari

3.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

4.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

5.

Q.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

6.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

7.

B.O. Saidov

tashqi ishlar vaziri

8.

O.R. Fozilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

9.

B.S. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

10.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

11.

O.A. Hasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

12.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi

13.

R.J. Qurbonov

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

14.

F.F. Abduxoliqov

Kinematografiya agentligi direktori

15.

J.R. Raximov

Xorazm viloyati hokimi

16.

B.O. Onorboyev

Vazirlar Mahkamasi boʻlimi boshligʻi, Tashkiliy qoʻmita kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2024-y., 07/24/76/0138-son)