Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3496]
Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-son “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-fevral,
7-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2007-yil 17-iyuldagi 18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1703, 2007-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 33-34-son, 350-modda) bilan tasdiqlangan Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish boʻyicha yoʻriqnomaning 1-bandi sakkizinchi xatboshisidan “davlat qoʻmitasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-fevraldagi 7-mh-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3779, 19.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 24-noyabrdagi 110-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1941, 2009-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 206-modda) bilan tasdiqlangan Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomning 32-bandi uchinchi xatboshisidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarning 9-bandi birinchi xatboshisidan “, davlat qoʻmitalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-ilovadagi “vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora” degan soʻzlar “vazirlik va idora” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 11-ilovadagi “Vazirlik, davlat qoʻmitasi va idorasi” hamda “vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining” degan soʻzlar tegishli ravishda “Vazirlik va idora” hamda “vazirliklar va idoralarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligining 2020-yil 30-iyundagi 54, 1-son qarori (roʻyxat raqami 3273, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3273/1152-son) bilan tasdiqlangan Xalqaro shartnoma loyihasini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining koʻp tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani ishlab chiqish haqidagi uslubiy koʻrsatmalarning 3-bandi sakkizinchi xatboshisidan “davlat qoʻmitasi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son; 20.02.2026-y., 10/26/3779/0156-son)