TASDIQLANGAN
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochi |
|
I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish | ||||
|
1. |
Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqish. |
1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda |
Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
2. |
“Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. |
2.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 2.2. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda |
Energetika vazirligi |
|
3. |
Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida QTEM qurilmalarini oʻrnatish tartibini ishlab chiqish. |
3.1. Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida QTEM qurilmalarini oʻrnatish tartibini ishlab chiqish. 3.2. Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida QTEM qurilmalarini oʻrnatish tartibini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda |
Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi |
|
4. |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) texnologiyalari va materiallarini yaratishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini maqsadli moliyalashtirishning huquqiy bazasini ishlab chiqish. |
4.1. QTEM texnologiyalari va materiallarini yaratishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini tanlovlarsiz maqsadli moliyala�tirish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritishga oid masalani oʻrganish; 4.2. Taklif-tavsiyalar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
II. Energiya barqarorligini taʼminlash, QTEM va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani yanada qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish | ||||
|
5. |
QTEM sohasida malakali, oliy va oʻrta maʼlumotli, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
5.1. Sohada malakali, oliy va oʻrta malakali, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish hamda prognozlashtirish. 5.2. Oliy malakali, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi kadrlar tayyorlanish holatini tahlil qilish. 5.3. Tahlillar natijalariga koʻra sohada kadrlar tayyorlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda |
Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi |
|
6. |
QTEM obyektlarida foydalaniladigan qurilmalar, butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrish. |
6.1. QTEM qurilmalari, butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasini oʻrganish boʻyicha yetuk olimlar, mutaxassis va amaliyotchilardan iborat Ekspertlar guruhini tashkil etish. 6.2. QTEM qurilmalari, butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha taklif-tavsiyalarni tayyorlash. 6.3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasi va mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda |
Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
|
7. |
Mavjud ilmiy salohiyatni birlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish uchun maqsadli ilmiy dasturlar ishlab chiqish. |
7.1. Amaldagi ilmiy salohiyatni birlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini tahlil qilish; 7.2. Ilmiy salohiyatni birlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli ilmiy dasturlar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda |
Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi |
|
8. |
Energoservis korxonalarini tashkil etish choralarini koʻrish. |
8.1. Energoservis korxonal�riga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish; 8.2. Energoservis korxonalari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish; 8.3. Energoservis korxonalarini tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda |
Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
|
9. |
Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, (landshaft, yaylovlar, flora va faunaga zarar yetkazmagan holda) QTEM uskunalarini oʻrnatishning maqbul xaritasini ishlab chiqish. |
9.1. Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlarini oʻrganish; 9.2. Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, (landshaft, yaylovlar, flora va faunaga zarar yetkazmagan holda) QTEM uskunalarini oʻrnatish xaritasi talablarini ishlab chiqish; 9.3. Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, (landshaft, yaylovlar, flora va faunaga zarar yetkazmagan holda) QTEM uskunalarini oʻrnatishning maqbul xaritasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda |
Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari |
|
10. |
QTEM elektron chiqindilarini toʻplash, saralash va utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etish. |
10.1. Elektron chiqindilarni toʻplash, saralash, utilizatsiya qilish tartibini ishlab chiqish; 10.2. Tartib loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda |
Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
|
III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish | ||||
|
11. |
Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish hamda OAVlarida chiqishlar qilish. |
11.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir hafta muddatda |
Energetika vazirligi, OʻzA, MTRK, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
11.2. Reja-grafik asosida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. |
Reja-grafik asosida | |||