1-ILOVA
|
1. |
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika shtabi rahbari |
|
2. |
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika shtabi rahbari oʻrinbosari |
|
3. |
Lavozimiga koʻra |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari |
|
4. |
A.M. Boboyev |
— |
Hisob palatasi raisi |
|
5. |
S.I. Samadov |
— |
Bosh prokuror oʻrinbosari |
|
6. |
Sh.S. Hidoyatov |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.v.b. |
|
7. |
X.U. Umarova |
— |
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
|
8. |
Sh.X. Shermatov |
— |
raqamli texnologiyalar vaziri |
|
9. |
I.R. Mahkamov |
— |
transport vaziri |
|
10. |
J.T. Mirzamahmudov |
— |
energetika vaziri |
|
11. |
A.D. Tashkulov |
— |
adliya vaziri |
|
12. |
A.J. Ortikov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
|
13. |
I.I. Norqulov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
14. |
F.J. Pulatov |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori |
|
15. |
M.B. Jumaniyazov |
— |
Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri, Respublika shtabi kotibi |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
“Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) rahbarlik lavozimlariga sohada yuqori tajriba va zamonaviy bilimlarga ega nomzodlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2024-yil 20-fevral |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
2. |
Kompaniyaning tuzilmasi, xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali, ustavi va hududlarda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2024-yil 1-mart |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
3. |
Kompaniyani toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari binolarida zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan xonalarga vaqtinchalik tekin foydalanish huquqi bilan joylashtirish. |
2024-yil 1-mart |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
4. |
Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh pudrat tashkiloti bilan tuziladigan namunaviy pudrat shartnomasi loyihasini ishlab chiqish. |
2024-yil 1-aprel |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
|
5. |
Kompaniya obyektlarida texnik nazoratni olib borishga shaharsozlik faoliyati sohasida kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislar (texnik nazoratchilar)ni jalb qilish. |
2024-yil 1-aprel |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi |
|
6. |
Kompaniyaning obyektlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari qisqa muddatlarda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash. Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga qatʼiy rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish. |
Doimiy ravishda |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi |
|
7. |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti” DUKni jalb etgan holda yangi barpo etiladigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarining amaldagi loyihalarini qayta koʻrib chiqish, energiya tejamkor qurilish materiallarini qoʻllagan holda namunaviy loyiha yechimlarini ishlab chiqish. Bunda, bino va inshootlarga qoʻyiladigan minimal funksional va ekspluatatsiya talablarini, shu jumladan zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish va obyektlardan foydalanish xarajatlarini optimallashtirishga alohida eʼtibor qaratish. |
2024-yil 1-aprel |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
|
8. |
Obyektlar qurilishini moliyalashtirishda Kompaniya tomonidan yetkazib beriladigan qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar xaridi xarajatlari va pudrat tashkilotlarining qurilish-montaj ishlari proporsional ravishda moliyalashtirilishini tashkil etish. |
Har oyda |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
|
9. |
Dastur doirasida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim sohasida ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismini yangi va qoʻshimcha 330 oʻrinli umumtaʼlim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish. |
2024-yil davomida, har oyda |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
10. |
Qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalar ishlab chiqaruvchilar tomonidan Kompaniya talabi asosida zarur mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish boʻyicha tasdiqlangan balanslarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. |
2024-yil 1-mart |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzmetkombinat” AJ |
|
11. |
Yangi obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkalarini Kompaniyaga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish choralarini koʻrish. |
2024-yil 1-mart |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Kadastr agentligi |
|
Tegishlicha “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan obyektlarni loyiha-qidiruv va loyihalashtirish bilan bogʻliq barcha hujjatlar toʻplamining belgilangan tarti�da Kompaniyaga topshirilishini taʼminlash. |
2024-yil 1-aprel |