Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026 02.02.2024 yildagi PQ-54-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, ta’lim tashkilotlari faoliyatini ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tashkil etish, pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ta’lim sohasidagi kadrlar salohiyatini oshirish, ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonlari va xizmatlar ko‘rsatishni yangi tamoyillar asosida tashkil etish, ta’lim xizmatlari sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida davlat muassasasi shaklida “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyiha ofisi 2024-yilda quyidagilarni amalga oshirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish, o‘qituvchilarning bilimi va qiziqishiga mos bo‘lgan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlarini joriy qilish, mazkur jarayonga nodavlat va xalqaro tashkilotlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning ta’lim dasturlarini umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quv dasturlari bilan uyg‘unlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ta’limdan so‘ng oliy ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, uch yillik ta’lim dasturlari asosida amaliy bakalavriat bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashxis qo‘yish, ularning qobiliyati va moyilliklarini aniqlash bo‘yicha zamonaviy usullarini joriy qilish hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining ayrim funksiyalarini (ta’lim tashkilotlari reytingini aniqlash, ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va boshqalar) nodavlat, shu jumladan xalqaro tashkilotlarga autsorsingga berish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan uni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi direktoriga tegishincha maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi direktori ikki nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi shtat birliklari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisi har oyda ta’lim sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, ular huzuridagi tashkilotlar hamda boshqa davlat organlari Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari rahbarlari Loyiha ofisiga har tomonlama ko‘maklashadi, shu jumladan uning so‘roviga ko‘ra o‘z xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni saqlab qolgan holda ekspert sifatida yuborilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limga oid masalalarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda Loyiha ofisi bilan kelishilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Loyiha ofisi faoliyatini muvofiqlashtirib, uning samarali faoliyatini ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyiha ofisini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, 2025-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 5 milliard so‘m hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 5 milliard so‘m miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha ofisining asoslangan takliflariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bir oy muddatda Loyiha ofisining nizomini, shuningdek, uning tuzilmasi, shtat birliklari soni, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va ularni moddiy rag‘batlantirish shartlarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi Loyiha ofisi, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-sentabrga qadar o‘quvchilar (talabalar)ning egallagan bilimini va pedagoglarning malakalarini baholash tizimini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil yakuniga qadar 3-ilovada belgilangan muassasalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqsin va ulardagi ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024-2025-yillarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatorini — Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga, ta’lim dasturlarini esa — yangilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga moslashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 14 ta professional ta’lim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida xalqaro ta’lim dasturlarini, kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga — zamonaviy boshqaruv usullari va ta’lim sifatining yuqori standartlarini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagogika, qishloq va suv xo‘jaligi, texnika, axborot texnologiyalari hamda iqtisodiyot sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlarining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyiha ofisiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar, ularning tizimidagi muassasalar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining tajribali mutaxassislarini shartnoma asosida Loyiha ofisi faoliyatiga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilgan loyihalarni ta’lim tashkiloti, tuman (shahar) yoki hudud misolida tajriba-sinovdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarining elektron axborot tizimlaridan bepul foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyiha ofisi direktoriga xorijiy mutaxassislar, ekspert, konsultant va maslahatchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb etish, ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy yoki chet el valyutasida, shu jumladan mablag‘larni ularning xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali to‘lash, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ularning tarkibiy tuzilmalari mutaxassislarini islohotlarni amalga oshirish jarayonlariga jalb qilish, ular ishtirokida ekspert komissiyalari va ishchi guruhlarni tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Loyiha ofisi faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uni jihozlash, zarur moddiy-texnik vositalar va aloqa turlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova hamda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-54-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisining asosiy faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ta’lim sohasini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar va istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, konsalting kompaniyalari va mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarning samarali implementatsiya qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yetakchi ekspertlar, konsultantlar, maslahatchilar va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ta’lim turlari va darajalari o‘rtasida uzviylikni va uzluksizlikni ta’minlash, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamjihatlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati madaniyatini shakllantirish, o‘quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishda vazirlik va idoralarga har tomonlama ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ta’lim sifatini nazorat qilish yo‘nalishida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy va xalqaro baholash tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yo‘l xaritasi”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Maktabgacha va maktab ta’limi sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

1.

Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish.

1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2024-yil iyun

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

2.

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash.

1. Pedagog kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv reja va o‘quv dasturlarini tahlil etish.

2024-yil avgust

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlarning grant mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

2. Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv reja va o‘quv dasturlarini hamda ulardagi ta’lim jarayonini umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari dasturlari asosida qayta ishlab chiqish.

Bunda, pedagogika ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarida talabalarning metodik tayyorgarligi bo‘yicha ajratilgan fanlar ulushini kamida 50 foizga yetkazishni ta’minlash.

2025-yil yanvar

3. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini tahlil qilish va uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil yanvar

3.

O‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari faoliyatini, professor o‘qituvchilar tarkibini, o‘quv reja va dasturlarini tahlil qilish.

2. Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlarini transformatsiya qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

4.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini joriy etish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, o‘quvchilar tarbiyasi va odob-axloqi hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalashning vertikal tizimini ishlab chiqish.

2. O‘quvchilarni tarbiyalash va ularning davomatini yaxshilash bo‘yicha “mahalla yettiligi” bilan birgalikda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.

2024-yil davomida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi

(K. Kuranbayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘z hayot yo‘llarini tanlashiga ko‘maklashuvchi tizim yaratish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologlar faoliyatini tahlil etish.

2024-yil iyul

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

2. Psixologlarning sifat tarkibini yaxshilash bo‘yicha treninglar tashkil etish.

2024-yil davomida

3. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazini transformatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining qobiliyati va moyilliklarini aniqlash, ularning rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashxis qo‘yish hamda ularni kelajakda dolzarb bo‘ladigan kasblarga yo‘naltirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2024-yil sentabr

6.

Nodavlat ta’lim sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy qilish.

1. Nodavlat ta’lim sohasida ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Nodavlat ta’lim sohasida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

3. Tavsiya va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova),

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi

(V. Xamidov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi

II. Professional va oliy ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari

7.

Professional ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim dasturlari (curriculum) asosida ishlab chiqilgan dasturlarni joriy qilish.

1. Xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va bitim imzolash.

2024-yil sentabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

2. Xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadigan kasb va mutaxassisliklarni tanlab olish.

2024-yil noyabr

3. Ijodiy guruhlarni shakllantirish va xalqaro ta’lim dasturlarini tarjima qilish.

2025-yil fevral

4. Tarjima qilingan xalqaro ta’lim dasturlari asosida mazmuniga milliy segmentni singdirgan holda yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

5. Xalqaro ta’lim dasturlari talablaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarining o‘quv yuklamalarini qayta ko‘rib chiqish va optimallashtirish.

2025-yil may

6. O‘quvchilarga beriladigan malakalar asosida Professional ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatoriga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

2025-yil iyun

7. Ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini professional ta’lim muassasalarida joriy etish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

8.

Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarining o‘z ta’limini oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

1. Kasb-hunar ta’limining oliy ta’lim bilan integratsiyasini kuchaytirish, jumladan ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashni “2+2”, “1+3” va boshqa sxemalar asosida tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2024-yil 1-sentabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

oliy va professional ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va huzuridagi professional ta’lim muassasalarida TESOL, TEFL o‘quv kurslari va Milliy malakalar ramkasining 3 — 5-darajadagi malakalarni berishga yo‘naltirilgan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyasini ta’minlash.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

3. Toshkent arxitektura va qurilish universitetida va huzuridagi professional ta’lim muassasalarida Milliy malakalar ramkasining 3 — 5-darajalariga mos bo‘lgan qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy qilish va ularning tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bilan integratsiyasini ta’minlash.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

9.

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish tartibini belgilash.

Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistonda faoliyat yuritish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, qaror loyihasida:

ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni;

ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tishi va faoliyat yuritishi tartibini nazarda tutish.

2024-yil avgust

-

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(X. Umarova)

10.

Milliy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik ro‘yxatiga kirgan oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida takomillashtirish.

1. Ta’lim dasturlari takomillashtiriladigan ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil may

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Ta’lim dasturlarini takomillashtirish va tasdiqlanishini ta’minlash.

2024-yil avgust

3. Takomillashtirilgan ta’lim dasturlarini oliy ta’lim muassasalari amaliyotiga joriy etish.

2024-yil sentabr

11.

Oliy ta’limdagi o‘quv jarayoni va baholash tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish.

1. Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish.

2024/2025 o‘quv yili davomida

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Mustaqil ta’limni tashkil etishning ilg‘or tajribalarini joriy etish.

2025-yil sentabr

3. Barcha oliy ta’lim tashkilotlarida antiplagiat dasturlarini joriy etish.

2025-yil sentabr oyidan boshlab

4. Oliy ta’limdagi o‘quv jarayoni va baholash tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

2025-yil avgust

12.

Oliy ta’limda ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari eksportini oshirish maqsadida xalqaro mehnat bozori talablari asosida kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

1. Xalqaro mehnat bozorlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish.

2024-yil dekabr

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. O‘rganish natijalari asosida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil aprel

3. Xalqaro mehnat bozorlaridagi ehtiyoj va talablardan kelib chiqib kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

13.

Oliy ta’limda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish.

1. Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha dunyodagi yetakchi universitetlar tajribasini o‘rganish va natijasi bo‘yicha amaldagi tartibni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantirish.

2024-yil iyun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Takliflarni oliy ta’lim tashkilotlari mutaxassislari va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokamadan o‘tkazish.

2024-yil dekabr

3. Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha yangi tartibni joriy etish.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab

14.

Oliy ta’lim tizimining mehnat bozori talablariga muvofiqligi ta’minlash.

1. Kadrlar tayyorlash jarayoniga ish beruvchilarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.

2024-yil iyul

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi,oliy ta’lim tashkilotlari, tegishli vazirlik va idoralar

2. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ish beruvchilarning ishtirokini kengaytirish, manfaatdorligini oshirish va javobgarligini belgilash yuzasidan takliflarni tayyorlash.

2024-yil dekabr

3. Talabalar amaliyotini tashkil etish hamda ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilari mas’uliyatining aniq chegaralarini belgilash.

2025-yil may

15.

Muhandislik-texnika yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish.

1. Muhandislik-texnika yo‘nalishidagi 33 ta davlat oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini kompleks tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruhini tashkil etish.

2024-yil may

Tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, tarmoq ishlab chiqarish korxonalari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Transport vazirligi

(I. Maxkamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, tarmoq ishlab chiqarish korxonalari

2. Muhandislik-texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida:

kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va qabul parametrlarining soha tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlariga muvofiqligini;

moddiy-texnik baza (zamonaviy laboratoriyalar va asbob-uskunalarning mavjudligi) holatini;

amaldagi o‘quv dasturlarining ishlab chiqarish texnologiyalari va ish beruvchilarning talablariga muvofiqligini;

talabalarning sohadagi ishlab-chiqarish tashkilotlarida amaliy bilim olishini;

professor-o‘qituvchilarning bilim darajasi va o‘quv adabiyotlarining amaliyotga yo‘naltirilganligini o‘rganish.

2024-yil iyun — avgust

3. O‘rganish natijalari bo‘yicha asoslangan amaliy takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil sentabr

16.

Oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

1. Nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlash.

2024-yil may

Tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari

2. Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Xalqaro tashkilotlar bilan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzish va akkreditatsiyani belgilangan tartibda amalga oshirish.

2024-yil iyuldan boshlab

4. Ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayonlarining monitoringini yuritishni yo‘lga qo‘yish.

2024-yil sentabr

17.

Oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilarining xorijiy davlatlarda malaka oshirishi va stajirovkadan o‘tishini tashkil qilish.

1. Oliy ta’lim tashkilotlarining 40 yoshgacha bo‘lgan professor-o‘qituvchilarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish yoki stajirovkaga yuborish uchun saralab olish.

2024-yil iyun

Tegishli oliy ta’lim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi, oliy ta’lim tashkilotlari

2. Saralab olingan professor-o‘qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

2024-yil iyul — sentabr

3. Malaka oshirish yoki stajirovka o‘tash davomida o‘rganilgan ilg‘or xorijiy tajribani oliy ta’lim tashkilotida amalda joriy etilishini ta’minlash.

2024-yil sentabr — dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-54-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tomonidan birinchi bosqichda faoliyati takomillashtiriladigan muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Muassasa nomi

Vazirlik (idora)dan biriktirilgan mas’ul xodim

I. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalar

1.

Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim muassasasi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari U. Sharifxodjayev

2.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari F. Boqiyev

3.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari T. Komilov

4.

Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari S. Radjabov

5.

Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 129-son umumiy o‘rta ta’lim muassasasi

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori V. Xamidov

II. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi muassasalar

6.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari K. Karimov

7.

Toshkent gidrometeorologiya texnikumi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari S. Buzrukxonov

8.

Toshkent moliya instituti huzuridagi akademik litsey

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sh. Turdikulova

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tomonidan birinchi bosqichda faoliyati takomillashtiriladigan muassasalar ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 07/24/54/0092-son)