02.02.2024 yildagi PQ-53-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining xorijiy tillar va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ushbu jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish hamda mehnat bozori talablariga mos malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-son Farmonida 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1 — 4-sinflarida o‘quvchilarga boshlang‘ich, 5 — 9-sinflarida tayanch hamda 10-11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan bilimlarni berishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari joriy etilishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich tajriba-sinov tariqasida quyidagi tartibni joriy qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflarida tayanch o‘quv rejasi asosida o‘qitish bilan bir qatorda “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” hamda “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha ham ta’lim dasturlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida — o‘quv jarayonini tashkil etishda asosiy e’tiborni aniq, tabiiy yoki xorijiy til fanlariga qaratish, “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi doirasida esa — o‘quvchilarni ishchi yoki raqamli texnologiyalarga oid kasblarga o‘qitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — 9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so‘zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10-11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-mayga qadar mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni takomillashtirsin. Bunda, o‘quvchilar tomonidan 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida xorijiy tilni o‘qitish bo‘yicha xalqaro nashriyotlar darsliklarini xarid qilish va mahalliylashtirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil yakuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘qitish samaradorligini oshirish maqsadida ingliz, koreys, nemis, fransuz, xitoy va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xorijiy til o‘qituvchilari bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazsin hamda zamonaviy ta’lim metodikalar asosida ularning malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-sentabrga qadar xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirib, ularni umumiy o‘rta ta’limning xorijiy tilni o‘qitish dasturiga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik amaliyotini yo‘lga qo‘ysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglarni tayyorlaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham pedagogik faoliyatni amalga oshirish imkonini beruvchi moslashuvchan dars jadvalini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘quvchilar Milliy malakalar ramkasining 2-darajasiga mos bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) o‘quvchilarni kasblarga o‘qitish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ustaxonalar tashkil etiladi va oylik ish haqi oliy ma’lumotli umumta’lim maktabi o‘qituvchisiga tenglashtirilgan “Kasbiy ta’lim ustasi” lavozimi joriy qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) o‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlarning biri bo‘yicha kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi yo‘nalish — tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb qilish orqali o‘quvchilarni ishchi kasblarga o‘qitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi yo‘nalish — umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kurslarda o‘quvchilarni axborot texnologiyalariga oid zamonaviy kasblarga o‘qitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining bo‘sh binolarini “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchilariga amaliy monomarkazni tashkil qilish va keyinchalik o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida tekin foydalanishga berishga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) quyidagi xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustaxonalarni yirik jihozlar (kompyuter texnikasi, elektron doska, tikuv mashinasi va hokazo) bilan ta’minlash hamda kasbiy ta’lim ustalari mehnatiga haq to‘lash — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qo‘shimcha ajratiladigan mablag‘lar hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud ustaxonalarni joriy ta’mirlash, zarur hollarda yengil tipdagi ustaxonalarni qurish hamda ular uchun kichik asbob-uskunalarni xarid qilish — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hamda Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunarga o‘qitishda talab etiladigan zarur xomashyo materiallarini xarid qilish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-aprelga qadar o‘quv jarayoni “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun amaldagi tayanch o‘quv rejasi doirasida moslashuvchan o‘quv rejani tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-iyulga qadar tajriba-sinov natijalaridan kelib chiqib, “Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yoki “Biznes va kasb-hunarga o‘qitish” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish amaliyotini boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘quvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga o‘qitish amaliyotini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga o‘qitish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X. Umarovaga — umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga o‘qitish ishlarini samarali tashkil etish hamda umumiy muvofiqlashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga — umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga o‘rgatiladigan kasb-hunarlarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini kasbiy ta’lim ustalari bilan ta’minlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vahobovga — umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik subyektlari hamkorligini tartibga solish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vahobov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 2-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-53-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilarni xorijiy til va kasb-hunarga o‘qitish amaliyotini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni ikkita xorijiy tilga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish

1.

O‘quvchilarga ikkinchi xorijiy tilni o‘qitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlash.

1. Hududlar kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash.

2024-yil mart

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Aniqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tillar kesimida ikkinchi xorijiy til o‘qituvchilariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va ularning tarkibini shakllantirish.

2024-yil avgust

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining salohiyati va kadrlar ta’minotidan kelib chiqib, o‘quvchilarni ikkinchi xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2024-yil iyun

2.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ikkinchi xorijiy til o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha xorijiy va mahalliy mutaxassislardan iborat ishchi guruhni tuzish, bunda, xorijiy va mahalliy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish.

2024-yil mart

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova)

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ikkinchi xorijiy tilni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab

3.

Tanlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini ikkinchi xorijiy til bo‘yicha darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlar va nashriyotlar bilan muzokaralar o‘tkazish, darslikni saralab olish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil aprel

Davlat budjetidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova)

2. Tanlab olingan darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni xarid qilish.

2024-yil iyul

4.

Ikkinchi xorijiy til bo‘yicha o‘qituvchilarni qayta tayyorlash bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish.

1. Ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida qayta tayyorlov kurslari dasturini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova)

2. Ikkinchi xorijiy tildan dars beradigan o‘qituvchilarga yangi o‘quv dasturlari va metodikalarga o‘rgatish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslarini yo‘l�a qo‘yish.

2024-yil avgust

II. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘qitish ishlarini tashkil etish

5.

O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxatini tasdiqlash.

1. 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish amaliyotini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hududlarda o‘rganishlarni tashkil etish.

2024-yil mart

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining salohiyati va kadrlar ta’minotidan kelib chiqib, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy etiladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil aprel

6.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari 9-sinf o‘quvchilarining kasbga bo‘lgan qiziqishlari va moyilligini aniqlash mexanizmlarini joriy etish.

1. O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan kasb.maktab.uz platformani takomillashtirish.

2024-yil may

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim islohotlariga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova)

2. O‘quvchilarning qiziqishlari va kasbiy layoqatini aniqlaydigan so‘rovnomalar to‘plamini ishlab chiqish.

2024-yil iyun

3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish va natijalari asosida o‘quvchining kasbiy layoqati bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

2024-yil oktyabr

7.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan kasblarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

1. 2024/2025 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan kasb-hunarlar ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil mart

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan kasblarning o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil iyul

8.

Kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tadbirkorlarni jalb qilish uchun me’yoriy-huquqiy bazani yaratish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tadbirkorlik subyektlari hamkorligini tartibga solish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil may

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Tadbirkorlik subyektlari uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish imkoniyatlari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish.

2024-yil avgust

9.

Bitiruvchilarga o‘rgangan kasb-hunari to‘g‘risida davlat namunasidagi elektron hujjat berish tartibini ishlab chiqish.

1. Bitiruvchilarga o‘rgangan kasb-hunari to‘g‘risida beriladigan davlat namunasidagi elektron hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil aprel

-

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Musayev)

2. Bitiruvchilarga o‘rgangan kasb-hunari to‘g‘risida davlat namunasidagi elektron hujjat berish tartibini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

10.

O‘quvchilarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish uchun zarur sharoitlar yaratib berish.

1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga o‘qitish o‘quv dasturlarini amalga oshirishda har bir yo‘nalish bo‘yicha talab etiladigan xomashyo materiallari ro‘yxatini shakllantirish.

2024-yil may

Mahalliy budjet mablag‘lari

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

(Umarova),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish o‘quv dasturlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan xomashyo materiallari me’yorini tasdiqlash.

2024-yil may

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2024-y., 07/24/53/0091-son)