1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.13.00 Yer egalari, foydalanuvchilar va yerni ijaraga olganlarning huquqini himoyalash va kafolatlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz hududlarida dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida yer maydonlari ajratilishi aholi daromadlarining oshishiga va turmush tarzini sezilarli darajada yaxshilash imkonini bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda yangi tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyiliga amal qilinmasligi, sifatli urugʻlik materiallari, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi-moylash materiallari, kimyoviy vositalar va suv yetkazib berish hamda agronom xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishda barqaror bozor yaratish va eksport bozoriga kirib borish uchun bilim va koʻnikmalarning yetarli emasligi ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.06 Boshqa maqsadlarda suvdan foydalanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda aholiga ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlarida mahsulot yetishtirishdan boshlab uni sotishgacha boʻlgan zanjirni yaratishni nazarda tutuvchi “kooperativ” va “agregator” tizimiga asoslangan kamida bittadan loyihani tajriba tariqasida Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) orqali amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari va yuridik shaxslarning birlashib egalik qiladigan, pay usuliga asoslangan hamda aʼzolarining moddiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun qishloq xoʻjaligida faoliyat yurituvchi “kooperativ” va ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi “agregator” tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarda “agregator” tizimi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek, mahsulot yetishtirish, yigʻish va sotish hamda “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida ekin maydonining biznes rejasi va loyihasini ishlab chiqish, sugʻorish tizimini modernizatsiya qilish va suvdan samarali foydalanish boʻyicha oʻqitishni tashkil qilish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlarni, xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning koʻmagida malakali amaliyotchi mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB (keyingi oʻrinlarda — Biznesni rivojlantirish banki) va markazlar tomonidan meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ajratilayotgan yer maydonlari konturlarida qishloq xoʻjaligi kooperativlari va agregatorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda AT “Xalq banki”, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBni hamkor banklar etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “kooperativ” va “agregator” tizimiga asoslangan loyihalarni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil qilish va faoliyatini rivojlantirish, dehqon xoʻjaliklarining mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi agregatorlar bilan hamkorligini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativiga birlashgan dehqon xoʻjaliklari bilan agregatorlar oʻrtasida “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish orqali shartnoma institutini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalariga urugʻlik materiallari, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy vositalarni yetkazib berish hamda agronom xizmatlarini koʻrsatishning yaxlit tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarining yer maydonlarida xalqaro sifat va standartlarga javob beradigan mahsulotlarni yetishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mahalliy ekspertlarni keng jalb etgan holda, qishloq xoʻjaligi kooperativi aʼzolari va dehqonlarning malakasini doimiy oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agronom maslahati va xizmatlarini koʻrsatish markazlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarning barqaror bozorini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni xalqaro sertifikatlashdan oʻtkazuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va agregatorlarga xalqaro sertifikatlar (Global G.A.P, organic va boshqalar) olishi uchun har tomonlama koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Biznesni rivojlantirish banki va hamkor banklar bilan birgalikda 2024-yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda, keyinchalik respublikaning barcha hududlarda aholiga ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlarida “kooperativ” va “agregator” tizimiga asoslangan kamida bittadan loyihani tajriba tariqasida markazlar orqali amaliyotga joriy etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda dehqon xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish loyihasini ishlab chiqsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kooperativ” va “agregator” tizimi joriy qilinadigan yer maydonlari hajmini konturlar kesimida aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin maydonining holati, urugʻlarning unib chiqishi, ekinlarni himoya qilish, oziqlantirish va boshqa agrotexnik tadbirlarning oʻtkazilishi, hosildorlik va tabiat omillarining taʼsiri hamda mahalliy hokimliklar tomonidan zarur infratuzilma bilan taʼminlanganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminotini yaxshilash, jumladan, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish, vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish ishlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning ixtisoslashuvi, yer egalarining xohishlari va mavjud tajribalaridan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarining “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida ekilishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hamkor banklar bilan birgalikda dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlarida biznes loyihalarni amalga oshirsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi kooperativlariga birlashishiga har tomonlama koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda faoliyat koʻrsatayotgan mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi tashkilotlar bilan qishloq xoʻjaligi kooperativlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish va agregatorlik faoliyatiga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“agregator” tizimi joriy qilinadigan yer maydonlarining konturlarida qishloq xoʻjaligi kooperativlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun har bir konturga hokim yordamchilarini masʼul etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimliklar va hokim yordamchilari bilan birgalikda aholi va agregatorlar oʻrtasida munosabatlarni oʻrnatish uchun uchrashuv va targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda organik mahsulot yetishtirish imkoniyatlarini oʻrganish, organik mahsulotlar yetishtirish va ularning barqaror bozorini topish orqali “organik mahallalar”ni shakllantirish choralarini koʻrsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativini tashkil etish maqsadida yaxlit konturlar asosida yer maydonlarining yer tuzish loyihalari ishlab chiqiladi va elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjaligi kooperativini tashkil etish uchun yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasida alohida toifa (kategoriya) ochiladi. Bunda yer maydoni hajmi kamida 5 gektar boʻlgan yaxlit konturlar tanlab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur tizim asosida yer maydonlarini ijaraga olgan yerdan foydalanuvchilarni ixtiyoriy ravishda dehqon xoʻjaliklari tomonidan tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativlarining aʼzolari sifatida roʻyxatdan oʻtkazish tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativi shartnomasida belgilangan shartlarning dehqon xoʻjaliklari tomonidan bajarilmasligi, ularga nisbatan yer va suv soliqlari stavkalarining ikki koeffitsiyentga oshirilgan holda qoʻllanilishiga yoki qishloq xoʻjaligi kooperativi ustavida belgilangan tartibda kooperativ xulosalariga asosan qishloq xoʻjaligi kooperativ aʼzoligidan chiqarilishiga asos boʻladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda elektron onlayn auksion savdolari orqali ajratilgan yer maydonlarida dehqon xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish va ularga yerdan foydalanuvchilarni aʼzolikka qabul qilish, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va agregatorlar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda tomonlarning majburiyatlarini belgilash tartiblarini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqilishini hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari va agregatorlar oʻrtasida tuziladigan namunaviy shartnoma loyihasini ishlab chiqib, hududlarga yetkazilishini hamda oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.04.00 Qishloq joylarida ijtimoiy sohani rivojlantirish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik;
5.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi hamda Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tanlovda turgan va talabgor chiqmagan yer maydonlarini aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi boʻlgan yerlarga almashtirib, shuningdek, eksportbop sabzavot ekinlari eksa boʻladigan yerlarni 1 gektargacha boʻlgan lotlarga ajratgan holda, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish uchun yer maydoni hajmi kamida 5 gektar boʻlgan yaxlit konturlarni elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlasin. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun talab yuqori boʻlgan tumanlarda boʻsh turgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xoʻjaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qoʻlga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib, yer uchastkasining ijara muddatiga hisoblanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirmagan dehqon xoʻjaliklaridan yer maydonlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuman hokimligining davlat zaxirasiga qaytarish va elektron onlayn auksion savdolarga chiqarish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida boʻsh turgan lalmi yerlardan samarali foydalanish orqali yuqori qiymatli mahsulot yetishtirish maqsadida, istisno tariqasida, ikki gektargacha boʻlgan oʻlchamdagi yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali dehqon xoʻjaliklariga ijaraga berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini oʻtkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qishloq xoʻjaligi kooperativlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasida alohida toifa (kategoriya) ochilishini va belgilangan tartibda elektron onlayn auksion savdolari oʻtkazilishini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq qishloq xoʻjaligi kooperativlariga birlashgan dehqon xoʻjaliklari va agregatorlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga3-ilovada belgilangan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlash vositalari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qishloq xoʻjaligi texnikalari va asbob-uskunalarini xarid qilish, kichik hajmdagi sovitkichli omborxonalarni qurish uchun 100 mln soʻmgacha kreditlarni garovsiz, 150 mln soʻmgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi. Bunda loyihalar Biznesni rivojlantirish banki va hamkor banklarning resurs mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlarida pakana va yarim pakana usulda bogʻlar, uzumzorlar, koʻchatxonalar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida tashkil etishga ruxsat beriladi. Bunda ushbu tartiblarni joriy etish boʻyicha mezon va talablar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilanadi va uning xulosalariga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti ogʻir hamda lalmi yerlarda tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi kooperativi ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun ijarachilarga hokim yordamchisining xulosasiga asosan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiya ajratiladi. Bunda qishloq xoʻjaligi kooperativi ustav fondiga kiritilgan mablagʻlar suv quduqlarini burgʻilash, nasos agregatlarini sotib olish, elektr tarmoqlarini tortish va boshqa agrotexnik tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrgacha Shahrisabz tumani “Navroʻz” MFY hududidagi Miraki nasos stansiyasini tiklash va 13 km uzunlikda metall quvur tortish orqali foydalanishga kiritiladigan 500 gektar yer maydonida “kooperativ” va “agregator” tizimini joriy etish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tajriba-sinov loyihasini amalga oshirishga Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) grant mablagʻlari jalb etilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijaraga berilgan yer maydonlari hisobi va monitoringini yuritish uchun tegishli axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlari konturlariga hokim yordamchilarini biriktirib, “Online mahalla” elektron platformasi orqali ushbu yer maydonlarida ekilgan ekinlarning holatini monitoring qilish va ulardan kutilayotgan hosil hisobini yuritish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklari va agregatorlarning qishloq xoʻjaligi kooperativiga ixtiyoriylik asosida aʼzo boʻlishda hamda qishloq xoʻjaligi kooperativida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, ichki bozorga yetkazib berish va eksport qilish ishlarida hokim yordamchilari va markazlar tomonidan yordam koʻrsatish tizimini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini elektron savdolar orqali sotish va xizmatlar koʻrsatish tajribasidan kelib chiqqan holda 2024-yil 1-sentabrga qadar “E-agrosavdo” elektron agrosanoat bozori portali ishga tushirilishini taʼminlasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqon, fermer va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlarida, shuningdek, mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarda “E-agrosavdo” elektron agrosanoat bozori portalidan foydalanish boʻyicha tushuntirish va targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar bilan mahsulotni sotib oluvchi, qayta ishlovchi va eksportga chiqaruvchi agregatorlar oʻrtasida onlayn shartnoma tuzish, tomonlarning majburiyatlarini belgilash hamda mahsulotlar sotuvini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli elektron platformalarni integratsiya qilish orqali elektron maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, jumladan “Online mahalla” elektron platformasida hokim yordamchilariga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijaraga berilgan yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish boʻyicha takliflar kiritish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-agrosavdo” elektron agrosanoat bozori portalini ishga tushirish uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish va undan samarali foydalanish choralarini koʻrsin.
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.01 Oʻsimlikshunoslik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Agrobank” ATB hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda xalqaro sifat va standartlarga javob beradigan mahsulotlarni yetishtirish boʻyicha aholi va dehqonlarning malakasini oshirish maqsadida hududlar kesimida oʻquv dasturlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” olimlari ishtirokida hududlarning ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan va eksportbop ekinlarni intensiv usulda ekish va yetishtirish boʻyicha davriy ravishda grafik asosida oʻquv-seminarlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlarini rivojlantirish maqsadida dehqon xoʻjaliklari va agregatorlarni oʻqitish hamda malakasini oshirish uchun “Agrobank” ATBning “Fermerlar maktabi”ni jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida ilmiy yondashuvlar asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va hosildorlikni oshirish maqsadida Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti filiali ochilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida berilgan yer maydonlarining elektron hisobini yuritish va monitoring qilish, mahsulotni yetishtirishdan boshlab uni tashqi bozorda sotishgacha boʻlgan jarayonni oʻz ichiga olgan “kooperativ” va “agregator” tizimini joriy etish boʻyicha respublika Ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda 2022-2023-yillarda dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarida “kooperativ” va “agregator” tizimiga asoslangan loyihalarni joriy qilishning prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari hamda “mahallabay” ishlash boʻyicha hududlarga biriktirilgan ishchi guruh aʼzolariga hududlarda “kooperativ” va “agregator” tizimini samarali joriy etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminoti ogʻir hududlarda katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarni bir qismini qoplash uchun dehqon xoʻjaliklariga Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarorida belgilangan tartibda subsidiyalar ajratiladi. Bunda subsidiya ajratish boʻyicha manzilli roʻyxat har yarim yilda shakllantiriladi hamda subsidiyalar Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta konturda joylashgan kamida uchta dehqon xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bitta katta hajmdagi vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish uchun Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.08.00 Yerga nisbatan mulk va boshqa huquqlar / 11.03.08.06 Yer uchastkalarining ijara huquqi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.05.00 Suvdan foydalanish turlari / 11.05.05.03 Suvdan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlarini suv bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon xoʻjaliklariga va ular tomonidan suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan maydonlarga vegetatsiya davrida suvni kafolatli yetkazib berish maqsadida suv limitlari belgilanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Kadastr agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda 3-ilovaga muvofiq dastlabki bosqichda dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarini ijaraga berish shartnomalariga ijara muddatini 10 yildan 30 yil muddatga uzaytirish boʻyicha oʻzgartirish kiritgan holda ularni qayta rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tasarrufidagi boʻsh turgan yaylovlar chorva mollarini almashlab boqish va mahsuldorlikni oshirish sharti bilan chorva mollari mavjud boʻlgan aholiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda 10 gektargacha oʻlchamda elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga berilishini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ikki oy muddatda respublika hududlari boʻyicha dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun qoʻshimcha yer maydonlarini ajratish hamda ushbu yer maydonlarida yuqori daromadli ekinlarni yetishtirish orqali samaradorlikni oshirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari oʻn kun muddatda dehqon xoʻjaliklariga dehqon bozorlarining qulay joylarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish uchun alohida rastalar tashkil etib, sharoitlar yaratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-fevraldagi 62-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida berilgan yer maydonlarining elektron hisobini yuritish va monitoring qilish, mahsulotni yetishtirishdan boshlab uni tashqi bozorda sotishgacha boʻlgan jarayonni oʻz ichiga olgan “kooperativ” va “agregator” tizimini joriy etish boʻyicha respublika Ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
M. Ubaydullev
—
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori, Ishchi guruh rahbari
2.
Sh. Ataboyev
—
AT “Xalqbank” raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
S. Annaklichev
—
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB raisi
4.
R. Mamatqulov
—
“Agrobank” ATB raisi
5.
O. Butayev
—
“Mikrokreditbank” ATB raisi
6.
I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vaziri birinchi oʻrinbosari
7.
A. Shukurov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
8.
Q. Yuldashev
—
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
9.
R. Qarshiyev
—
suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
10.
N. Xusanov
—
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari
11.
M. Mirmaqsudov
—
Kadastr agentligi direktorining oʻrinbosari
12.
T. Rapiqov
—
Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri
13.
Z. Mustafoqulov
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari
14.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari
15.
Lavozimiga koʻra
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
16.
Lavozimiga koʻra
—
“Mahallabay” ishlash boʻyicha hududlarga biriktirilgan, Ishchi guruh aʼzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda, zarur hollarda, boshqa tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddi rahbar va masʼul xodimlarini jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-fevraldagi 62-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda 2022-2023-yillarda dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ajratilgan yer maydonlarida “kooperativ” va “agregator” tizimiga asoslangan loyihalarni joriy qilishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Hududlar nomi
Tumanlar nomi
Aholiga ijaraga berilgan yer maydoni,
gektar
Jami:
57 319
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Beruniy
1 470
2.
Nukus
871
3.
Ellikqalʼa
838
4.
Toʻrtkoʻl
980
5.
Andijon viloyati
Andijon
975
6.
Asaka
910
7.
Buloqboshi
457
8.
Xoʻjaobod
392
9.
Buxoro viloyati
Buxoro
1 376
10.
Buxoro sh.
31
11.
Jizzax viloyati
Baxmal
962
12.
Gʻallaorol
1 260
13.
Zomin
1 465
14.
Yangiobod
752
15.
Qashqadaryo viloyati
Kitob
1 567
16.
Shaxrisabz
885
17.
Yakkabogʻ
1 589
18.
Qamashi
1 288
19.
Chiroqchi
1 037
20.
Navoiy viloyati
Xatirchi
2 789
21.
Namangan viloyati
Kosonsoy
973
22.
Chortoq
665
23.
Yangiqoʻrgʻon
999
24.
Toʻraqoʻrgʻon
1 046
25.
Samarqand viloyati
Bulungʻur
1 553
26.
Jomboy
634
27.
Samarqand
506
28.
Toyloq
625
29.
Urgut
1 808
30.
Surxondaryo viloyati
Angor
910
31.
Denov
1 185
32.
Oltinsoy
961
33.
Sariosiyo
1 313
34.
Termiz
533
35.
Sirdaryo viloyati
Mirzaobod
3 939
36.
Xovos
2 734
37.
Toshkent viloyati
Zangiota
448
38.
Ohangaron
1 328
39.
Parkent
771
40.
Toshkent
391
41.
Yangiyoʻl
1 141
42.
Qibray
635
43.
Fargʻona viloyati
Quvasoy sh.
785
44.
Oʻzbekiston
1 142
45.
Oltiariq
2 664
46.
Rishton
745
47.
Fargʻona
1 372
48.
Fargʻona sh.
177
49.
Xorazm viloyati
Bogʻot
1 275
50.
Urganch
1 288
51.
Xiva
880
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-fevraldagi 62-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon xoʻjaligini tashkil etish uchun ajratilgan va ijara muddati 10 yildan 30 yil muddatga uzaytiriladigan yer maydonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Hududlar nomi
Dehqon xoʻjaliklari (lotlar) soni
Yer maydoni hajmi,
gektar
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
14 118
5 192
2.
Andijon viloyati
43 675
4 418
3.
Buxoro viloyati
36 781
5 600
4.
Jizzax viloyati
13 908
7 102
5.
Qashqadaryo viloyati
19 054
8 692
6.
Navoiy viloyati
15 517
4 922
7.
Namangan viloyati
48 092
5 801
8.
Samarqand viloyati
29 657
6 183
9.
Surxondaryo viloyati
27 965
5 614
10.
Sirdaryo viloyati
9 541
4 732
11.
Toshkent viloyati
19 332
5 510
12.
Fargʻona viloyati
35 624
4 989
13.
Xorazm viloyati
29 875
4 667
Jami:
343 139
73 422
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2024-y., 09/24/62/0087-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)