Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024 yil 1-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3235-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-martdagi 156-son “Nodavlat notarial faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda 2023-yil 27-noyabrdagi 626-son “Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun qoʻyilgan taqiqlarni (xatlovlarni) bekor qilish jarayonlarining soddalashtirilishi munosabati bilan Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TAShKULOV
Toshkent sh.,
2024-yil 1-fevral,
5-mh-son
Kelishildi:
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari A. QAYuMOV
2024-yil 29-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 1-fevraldagi 5-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 21-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
21. |
Notarial harakatni masofadan turib rasmiylashtirishda videokonferensaloqa xizmatini koʻrsatish |
30% |
|
”. |
2. Quyidagi mazmundagi 28-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
|
“ |
||
|
28. |
Mol-mulkka qoʻyilgan taqiqni (xatlovni) bekor qilish yoki bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankiga kiritish (har bir mulk uchun) |
5% |
|
”. |
3. Izohning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“*** Mazkur haq miqdorlarining 27-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorining 50 foizi hamda 21-bandida nazarda tutilgan maksimal haq miqdorining 10 foizi “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi hisob raqamiga vazirlik axborot tizimlarini rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2024-y., 10/24/3235-4/0083-son)