27.11.2023 yildagi 626-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun qoʻyilgan taqiqlarni (xatlovlarni) bekor qilish jarayonlarining soddalashtirilishi munosabati bilan Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda notariat institutining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifat darajasini oshirish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, notarial xizmatlar koʻrsatishning tezkorligini oshirish, fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, jumladan, xususiy mulk egalari oʻz mulkini erkin tasarruf etishi va undan foydalanish borasidagi ortiqcha byurokratik toʻsiq va gʻovlarni olib tashlash hamda sohani raqamlashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilash talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiqlarni (xatlovlarni) bekor qilish jarayonlarini soddalashtirish, xususan, bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan majburiyat toʻliq bajarilganligi hamda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun qoʻyilgan taqiq bekor qilinishi lozimligi haqidagi maʼlumotlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, elektron shaklda yuborish amaliyotini joriy etish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 468-son qarori bilan tasdiqlangan Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy notarial arxivlar saqlovida boʻlgan hujjatlar bilan bogʻliq taqiqni (xatlovni) notarius tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan garov (ipoteka) shartnomalari boʻyicha tegishli bank va boshqa kredit tashkilotlarining mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun qoʻyilgan taqiq bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlarini, agar taqiq 2019-yil 1-yanvarga qadar qoʻyilgan boʻlsa, istalgan notarius yoki tegishli notarial arxiv mudiri tomonidan, shuningdek, taqiq 2019-yil 1-yanvar va undan keyin qoʻyilgan boʻlsa, tegishli bank yoki kredit tashkiloti tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankiga (keyingi oʻrinlarda — elektron maʼlumotlar banki) kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank va boshqa kredit tashkilotlarining notarial tasdiqlangan bitimlar boʻyicha majburiyat toʻliq bajarilganligi hamda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq bekor qilinishi lozimligi haqidagi maʼlumotlarini elektron maʼlumotlar bankiga elektron shaklda yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Banklar va boshqa kredit tashkilotlariga majburiyat toʻliq bajarilganligi hamda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun 2019-yil 1-yanvarga qadar qoʻyilgan taqiq bekor qilinishi lozimligi haqidagi maʼlumotlarni elektron maʼlumotlar bankiga elektron shaklda yuborish amaliyotini joriy etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial tasdiqlangan garov (ipoteka) shartnomalari asosida mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun 2019-yil 1-yanvar va undan keyin qoʻyilgan taqiqlar boʻyicha mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish uchun qoʻyilgan taqiq bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlarni tegishli bank yoki kredit tashkiloti tomonidan elektron maʼlumotlar bankiga kiritish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
626-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 626-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Notarius qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda, shuningdek, taraflarning kelishuviga asosan mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyadi va taqiqni bekor qiladi. Bunda notariusning mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab qoʻyishi va taqiqni bekor qilishi elektron maʼlumotlar banki orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius notarial arxiv saqlovida boʻlgan hujjatlar bilan bogʻliq taqiqni (xatlovni) bekor qilishi mumkin.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Bank va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kredit yoki qarz qaytarilishini taʼminlash maqsadida notarial tasdiqlangan garov (ipoteka) shartnomasi boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan taqdirda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvarga qadar qoʻyilgan boʻlsa, mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlar istalgan notarius yoki tegishli notarial arxiv mudiri tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvar va undan keyin qoʻyilgan boʻlsa, mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlar tegishli bank yoki kredit tashkiloti tomonidan elektron maʼlumotlar bankiga kiritiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101. Mazkur Nizomning 10-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda bank va boshqa kredit tashkilotlarining notarial tasdiqlangan garov (ipoteka) shartnomasi boʻyicha majburiyat toʻliq bajarilganligi hamda mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga qoʻyilgan taqiq bekor qilinishi lozimligi haqidagi xabarnomasi elektron maʼlumotlar bankiga elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu xabarnomada mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq qoʻyilishiga asos boʻlgan notarial tasdiqlangan bitimning reyestr raqami va sanasi, taqiq bekor qilinishi lozim boʻlgan mol-mulk haqidagi maʼlumotlar (identifikator) hamda bank yoki boshqa kredit tashkilotining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilishi zarur.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishni taqiqlab yoki xatlab qoʻyish, shuningdek, uni bekor qilishda toʻlov undirilmaydi, notarius tomonidan taqiq (xatlov) bekor qilinadigan hollar bundan mustasno.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 18-banddagi “yoki” soʻzi “va” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/626/0901-son)