16.03.2023 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turkiy davlatlar tashkilotining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimi

Turkiy investitsiya jamgʻarmasini taʼsis etish toʻgʻrisida Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozarbayjon Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi (“Taʼsischi aʼzolar”) 2009-yil 3-oktabrdagi Naxichevan bitimi bilan tuzilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashining (keyingi oʻrinlarda 2021-yil 12-noyabrda Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Davlat rahbarlari kengashi qarori asosida tashkil etilgan “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb yuritiladi) aʼzosi sifatida kuyidagi qoidalar bilan tartibga solinadigan Turkiy Investitsiya Jamgʻarmasini tashkil etishga kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. TAʼRIFLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda qoʻllanilgan har bir joyda quyidagi atamalar, agar kontekst boshqacha koʻrsatmasa yoki talab qilmasa, quyidagi maʼnolarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Qoʻshimcha badal” Jamgʻarma mablagʻlariga 5-moddaning V boʻlimiga muvofiq shartlar va qoidalari asosida Boshqaruvchilar kengashining qaroriga binoan aʼzolar tomonidan kiritiladigan qoʻshimcha badallarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Benefitsiar” loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi va bevosita Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) “Kalendar yili” Grigoriy kalendariga asoslangan 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan yil davrini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Markaziy bank” davlatning valyuta va pul-kredit siyosatini yoki rasmiy valyuta ittifoqini boshqaruvchi muassasani anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Jamgʻarma” ushbu Bitim bilan taʼsis etilgan Turkiy Investitsiya Jamgʻarmasini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) “Boshqaruvchi” ushbu Bitimning 9-moddasiga muvofiq tuzilgan Jamgʻarma Boshqaruvchilar kengashining har bir aʼzosi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Aʼzo(lar)” Taʼsischi Aʼzolar, boshqa TDT ishtirokchi-davlatlari hamda ushbu Bitimning 4-moddasida nazarda tutilgan aʼzolik tartib-qoidalari orqali Jamgʻarma ishtirokchilariga aylangan uchinchi davlatlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) “Mikro, kichik va oʻrta korxonalar” tegishli loyiha amalga oshirilishi kerak boʻlgan davlatning milliy qonunchiligida belgilangan mikro, kichik va oʻrta korxonalarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “Xodimlar” Jamgʻarma tomonidan ishga qabul qilingan professional va/yoki maʼmuriy xodimlar tushuniladi. Prezident, Boshqaruvchilar, Boshqaruvchilarning oʻrinbosarlari, Direktorlar, Direktorlarning oʻrinbosarlari hamda Bosh Direktor xodim sifatida hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Davlat” ushbu Bitimning 4-moddasiga muvofiq Jamgʻarmaga aʼzo boʻlish huquqiga ega boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining har qanday aʼzo-davlatini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) “TDT” Turkiy Davlatlar Tashkilotini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) “TDT ishtirokchi-davlat(lar)i” Jamgʻarmaga aʼzo va/yoki kuzatuvchi davlatlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. MAQSAD, VAZIFALAR, VAKOLATLAR VA AʼZOLIK
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Maqsad
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning maqsadi mintaqalararo savdoni kengaytirish va iqtisodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash orqali TDT ishtirokchi-davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Vazifalar va vakolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻz maqsadini amalga oshirish uchun investitsiya faoliyati orqali quyidagi vazifalar va vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mintaqalararo savdoni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mikro, kichik va oʻrta korxonalar loyihalarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) xalqaro va milliy moliya va rivojlanish institutlari, savdo-sanoat palatalari va xususiy shaxslar bilan hamkorlik qilish va birgalikda moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) transport va logistika zanjirlarini, saqlash va ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jismoniy va raqamli infratuzilmani yaratish va modernizatsiya qilishni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) jumladan sanoat ishlab chiqarishi, infratuzilma, transport, qishloq xoʻjaligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va turizmni oʻz ichiga olgan oʻzaro manfaatli sohalardagi rivojlanish loyihalarini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari va atrof-muhitni muhofaza qilishga sarmoya kiritish orqali yashil iqtisodiyotga hissa qoʻshadigan loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) zarur deb topilgan holda investitsiya loyihalarini tayyorlashga yordam va moliyaviy koʻmak koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) oʻz maqsadiga erishishni targʻib qilishi mumkin boʻlgan boshqa faoliyatni amalga oshirish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Aʼzolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsischi aʼzolar boʻlmagan TDT ishtirokchi-davlatlari ushbu Bitimga qoʻshilish orqali Jamgʻarmaning aʼzosi boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlar 38-moddaga muvofiq Boshqaruvchilar kengashi tomonidan belgilanadigan shartlar asosida Jamgʻarmaga aʼzo boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. MOLIYA RESURSLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Jamgʻarma mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda foydalanilganda, Jamgʻarmaning “Resurslari” atamasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarmaning ustav kapitali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻshimcha badallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Kapital fondi va obuna
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ustav kapitali fondi besh yuz million AQSh dollarini (500 000 000,00 AQSh dollari) tashkil etadi. Ustav kapitali fondi har birining nominal qiymati ellik ming AQSh dollari (50 000 AQSh dollari) boʻlgan oʻn ming (10 000) ta aksiyaga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav kapitali fondi toʻlangan aksiyalar va chaqiruv huquqiga ega boʻlgan aksiyalarga boʻlinadi. Uch yuz ellik million dollar (350,000,000 AQSh dollari) jami nominal qiymatiga ega boʻlgan aksiyalar toʻlangan va bir yuz ellik million dollar (150,000,000 AQSh dollari) jami nominal qiymatiga ega boʻlgan aksiyalar chaqiruv huquqiga ega boʻlgan aksiyalar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim imzolangandan soʻng Taʼsischi aʼzolar Jamgʻarmaning ustav kapitali ulushlariga 1-ilovada koʻrsatilgan jadvalga muvofiq teng ravishda obuna boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Aʼzo oʻzining toʻlangan aksiyalari bilan bogʻliq dastlabki toʻlovni birinchi yigʻilishdan keyin 90 kun ichida 2-ilovaga muvofiq (“Dastlabki toʻlov”) toʻlaydi. Bunday mablagʻlar Jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Qolgan obuna miqdori 3 (uch) yillik toʻlovlarda, dastlabki toʻlov sanasining keyingi har bir yilligi boʻyicha 2-jadvaliga muvofiq toʻlanadi. Toʻlovlar AQSh dollarida amalga oshiriladi. Ushbu Bitim boʻyicha toʻlovlarni bajarmaslik Jamgʻarma oldidagi majburiyatning bajarilmasligi deb hisoblanadi va ushbu Bitimning 23-moddasida nazarda tutilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chaqiruv huquqiga ega boʻlgan aksiyalarning toʻlanishi oxirgi toʻlovni toʻlash sanasidan oldin talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim kuchga kirgandan keyin har qanday aʼzo qoʻshilgan taqdirda, yangi aʼzo kamida bitta Taʼsischi aʼzo aksiyalarini soniga teng miqdorda obuna boʻlishi kerak. Yuqoridagilardan qatʼi nazar, har qanday yangi aʼzo Taʼsischi aʼzodan koʻra koʻproq ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Qoʻshimcha Badallar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatining uzluksizligini taʼminlash maqsadida Boshqaruvchilar kengashi vaqti-vaqti bilan, oʻzi zarur deb hisoblagan vaqt oraligʻida Jamgʻarmada mavjud boʻlgan mablagʻlarning yetarliligini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Boshqaruvchilar kengashi bunday koʻrib chiqish natijasida zarur yoki kerakli deb topsa, u aʼzolarni Jamgʻarma resurslariga qoʻshimcha badallar kiritishi haqida qaror qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Kapital fondi va javobgarlikni cheklash bilan bogʻliq shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning aksiyalari hech qanday tarzda biriktirilmaydi, garovga qoʻyilmaydi yoki yuklanmaydi va ular ushbu Bitimning VII va VIII-boblariga muvofiq Jamgʻarmadan tashqari oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aʼzoning aksiyalar boʻyicha javobgarligi uning kapital obunasining toʻlanmagan qismi bilan cheklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech bir aʼzo, faqat aʼzoligi sababli, Jamgʻarmaning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. TAShKIL ETISh VA BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Tarkib
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmada Jamgʻarma Prezidenti, Boshqaruvchilar kengashi, Direktorlar kengashi, Bosh direktori va xodimlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Jamgʻarmaning Prezidenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmada Boshqaruvchilar kengashi tomonidan toʻrt (4) yil muddatga rotatsiya asosda uzaytirilmasdan va qayta tayinlanmasdan tayinlanadigan Jamgʻarma Prezidenti boʻladi. Biroq, Boshqaruvchilar kengashi qarori bilan Prezident oʻz vazifasini bajarishni toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rotatsiya Boshqaruvchilar kengashi tomonidan belgilanadi va unga Jamgʻarmaning birinchi Prezidenti ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning birinchi Prezidenti TDT Davlat rahbarlari kengashi tomonidan uzaytirilmasdan va qayta tayinlanmasdan 4 yil muddatga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident Direktorlar kengashi Raisi hisoblanadi, lekin ovoz berish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident lavozimiga ikkinchi Prezidentdan boshlab quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy masalalarda kamida oʻn besh (15) yil tajribaga yoki oʻn (10) yil boshqaruvchi darajasida yuqori darajadagi tajribaga yoki xalqaro moliya tashkilotlarida oʻn (10) yillik tajribaga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ingliz tilini bilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident quyidagilarga javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashi majlislarida raislik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi qarorlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro maydonda Jamgʻarmaning vakili boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aʼzo davlatlarning davlat va hukumat rahbarlari bilan muloqot qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani birgalikda moliyalashtirish va resurslarni safarbar qilish imkoniyatlarini izlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaga badallarni jalb qilish boʻyicha ish olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik mexanizmlarini osonlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xizmat qiladi, mukofot esa Boshqaruvchilar kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Boshqaruvchilar kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi Jamgʻarmaning oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Tarkib

Har bir aʼzo Boshqaruvchilar kengashida vakillik qiladi va boshlangʻich toʻlovni amalga oshirgandan soʻng bitta Boshqaruvchi va bitta Boshqaruvchi oʻrinbosari tayinlaydi. Boshqaruvchilar va boshqaruvchi oʻrinbosarlari TDT ishtirokchi-davlatlarining fuqarolari boʻlishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashining har bir Boshqaruvchisi va Boshqaruvchilar kengashining har bir Boshqaruvchi oʻrinbosari tayinlagan aʼzoning koʻrsatmalariga muvofiq ishlaydi. Boshqaruvchilar kengashining Boshqaruvchi oʻrinbosaridan birortasi ovoz berishda ishtirok eta olmaydi, oʻsha aʼzo tomonidan tayinlangan Boshqaruvchilar kengashi Boshqaruvchisi yoʻq boʻlgan holatdan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi oʻzining har bir yillik yigʻilishida keyingi rais saylangunga qadar oʻz vazifasini bajaruvchi boshqaruvchilardan birini rais etib saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashida (i) oʻlim, (ii) jismoniy qobiliyatsizlik, (iii) mehnatga layoqatsizlik yoki ruhiy kasallik yoki (iv) isteʼfoga chiqish yoki ishdan boʻshatish natijasida yuzaga kelgan har qanday boʻsh oʻrin boʻlgan taqdirda (Boshqaruvchilar faqat ularni tayinlagan aʼzo tomonidan ishdan boʻshatilishi mumkin), bunday boʻsh oʻringa sabab boʻlgan Boshqaruvchini tayinlagan aʼzo yangi Boshqaruvchini va/yoki Boshqaruvchi oʻrinbosari tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar va Boshqaruvchilarning oʻrinbosarlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan haq toʻlanmasdan ishlaydilar, biroq ularning choʻntagidan tashqari xarajatlari (turar joy va yoʻlkira) va kunlik xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Boshqaruvchilar kengashining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi Jamgʻarma bilan bogʻliq barcha masalalarda aʼzolarning manfaatlarini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi quyidagi vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarmaga yangi aʼzolarni qabul qilishga ruxsat beradi va ularni kapitalga obuna boʻlish shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarmaga qoʻshimcha badallarni kiritishga ruxsat beradi, shartlar va tartibotlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Ustav kapitalini oʻzgartiradi, chaqiriladigan kapitalni toʻlashni talab qiladi va zarur deb topilgan kapitalni toʻlash shartlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Direktorlar kengashini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Direktorlar kengashining yillik hisobotlarini, auditorlik hisobotlarini, buxgalteriya balansini va Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) aʼzolar faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ishtirokchi Jamgʻarmadan chiqqan taqdirda uni aktivlarini qaytarish maqsadida Jamgʻarma aʼzolarning ulushini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) Jamgʻarma faoliyatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Jamgʻarma faoliyatini tugatish va uning aktivlarini taqsimlash tartibi, muddatlari va shartlarini belgilaydi hamda Jamgʻarma faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ushbu Bitimga oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Bosh Direktorni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Jamgʻarma hisoblarini tekshirish, buxgalteriya balansi va Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash uchun tashqi auditorlarni tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) ushbu Bitimni talqin qilish yoki qoʻllash boʻyicha Direktorlar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyatlarni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi yakdillik bilan qabul qilingan qarorga koʻra, Direktorlar kengashiga oʻzining barcha vakolatlarini topshirishi mumkin, quyidagilardan tashqari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarmaga yangi aʼzolarni qabul qilishga ruxsat berish va ularni kapitalga obuna boʻlish shartlarini belgilash;

b) ustav kapitalini oʻzgartirish, chaqiriladigan kapitalni toʻlashni talab qilish va zarur deb topilgan kapitalni toʻlash shartlarini belgilash;

c) aʼzolarning faoliyatini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Jamgʻarma faoliyatini tugatish va uning aktivlarini taqsimlash tartibi, muddatlari va shartlarini belgilash hamda Jamgʻarma faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ushbu Bitimga oʻzgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi istalgan vaqtda har qanday masalani Direktorlar kengashiga topshirishni bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S. Uchrashuvlar, tartibot va ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi yillik yigʻilish oʻtkazadi va Boshqaruvchilar kengashi tomonidan yoki ikki Direktorlar kengashining aʼzolari tavsiyasiga binoan navbatdan tashqari yigʻilishlarga chaqirilishi mumkin. Boshqaruvchilar kengashi oʻz vazifalarini va majburiyatlarini qisqa muddatda va tezkorlik bilan bajarishga imkon beradigan ish uslublarini qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir aʼzoning ovoz berish huquqi, agar ushbu Bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, uning Jamgʻarma kapitalidagi obuna boʻlgan ulushlari soniga teng boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilarning uchdan ikki qismi Boshqaruvchilar kengashining har qanday majlisi uchun kvorumni tashkil etadi, agar bunday koʻpchilik kamida uchta taʼsischi aʼzoni oʻz ichiga olsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashining qarorlari, agar ushbu Bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ovoz berish huquqining kamida toʻrtdan uch qismini talab qiladi, agar bunday koʻpchilik kamida toʻrtta Taʼsischi aʼzoning ijobiy ovozlarini oʻz ichiga olgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashining quyidagi qarorlari barcha Taʼsischi aʼzolarning ijobiy ovozini talab qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarmaga yangi aʼzolarni qabul qilishga ruxsat berish va ularni kapitalga obuna boʻlish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ustav kapitalini oʻzgartirish, chaqiriladigan kapitalni toʻlashni talab qilish va zarur deb topilgan kapitalni toʻlash shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) ushbu Bitimga oʻzgartirishlar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Direktorlar kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Tarkib
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashi har bir aʼzodan va Jamgʻarma investoridan bittadan (1) direktordan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar Boshqaruvchilar kengashi aʼzosi boʻlishi mumkin emas va quyidagi malakalarga ega boʻlishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bakalavriat bitiruvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy masalalarda kamida 10 yillik ish tajribasiga ega yoki kamida direktorlik darajasida 5 yillik yuqori ish tajribasi boʻlgan va/yoki xalqaro moliya tashkilotlarida 5 yil ish tajribasiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) tayinlangan paytda oʻttiz besh (35) yoshdan kichik boʻlmagan va oltmish (60) yoshdan katta boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ingliz tilini biluvchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashining har bir Boshqaruvchisi yuqorida koʻrsatilgan talablarga ega boʻlgan Direktor va u boʻlmagan taqdirda uning oʻrniga toʻliq vakolatlarga ega boʻlgan direktor oʻrinbosarini tayinlaydi. Direktorlar oʻrinbosarlari Direktorlar kengashi yigʻilishlarida ishtirok etishlari mumkin, lekin ular oʻz direktorlari oʻrnini bosgan taqdirdagina ovoz berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar uch (3) yil muddatga oʻz lavozimlarini egallaydilar va qayta tayinlanishi mumkin. Direktor ushbu moddaga muvofiq uning vorisi tayinlanmaguncha oʻz vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar va direktor oʻrinbosarlari Jamgʻarmaning shtab-kvartirasi joylashgan joyda doimiy yashashlari shart emas va Jamgʻarmaning toʻliq shtatdagi xodimlari hisoblanmaydi, lekin ularning choʻntagidan tashqari xarajatlari (turar joy va yoʻlkira) va ular ishtirok etadigan har bir Direktorlar kengashi yigʻilishi uchun kunlik xarajatlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Direktorlar va direktor oʻrinbosarlariga boshqa toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Vakolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashi Jamgʻarmaning umumiy faoliyatini yoʻnaltirish uchun javobgardir va shu maqsadda unga ushbu Bitimda aniq yuklangan vakolatlardan tashqari, Boshqaruvchilar kengashi tomonidan unga berilgan barcha vakolatlarni amalga oshiradi; va xususan quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma faoliyatiga doir siyosatni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu Bitim boʻyicha Jamgʻarma tomonidan taqdim etiladigan moliyalashtirish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Boshqaruvchilar kengashining umumiy yoʻnalishlariga muvofiq Jamgʻarma faoliyati va uning faoliyatiga doir qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) har bir moliyaviy yil uchun yillik hisobotlarni tayyorlaydi va har bir yillik yigʻilishda Boshqaruvchilar kengashining tasdiqlashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Jamgʻarmaga eng samarali va tejamkor tarzda xizmat koʻrsatishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) ushbu maqsadlar uchun mavjud boʻlgan resurslar va (yoki) boʻsh pul mablagʻlariga muvofiq Jamgʻarmaning budjetini va umumiy moliyalashtirish dasturini va siyosatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Bosh Direktorni lavozimga tayinlaydi va uni ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
h) Boshqaruvchilar kengashining navbatdan tashqari yigʻilishlari uchun tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Jamgʻarma faoliyati uchun zarur deb hisoblaydigan qoʻmitalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ushbu Bitimda Direktorlar kengashiga aniq yuklangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S. Uchrashuvlar, tartib va ovoz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashi Jamgʻarma ishi talab qiladigan darajada tez-tez uchrashadi, lekin yiliga kamida ikki marta. Direktorlar kengashi oʻz vazifalari va majburiyatlarini qisqa muddatda va tezkorlik bilan bajarishga imkon beradigan ish usullarini qabul qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashining yigʻilishlari Direktorlarning koʻpchiligi ishtirokida oʻtkaziladi va qarorlar Direktorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, Direktorlar kengashi Jamgʻarmaning investitsiya siyosati tamoyillarini bir ovozdan qaror bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Bosh Direktor
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh Direktor TDT ishtirokchi-davlatlaridan birining fuqarosi boʻlishi kerak. TDT ishtirokchi-davlatlari Boshqaruvchilari rotatsiya asosida Bosh Direktor lavozimiga nomzodni taklif qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh Direktor lavozimiga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tegishli yoʻnalishlar boʻyicha magistratura bitiruvchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tayinlangan paytda 35 yoshdan kichik boʻlmagan va 60 yoshdan katta boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy masalalarda kamida 15 yillik ish tajribasiga ega yoki kamida rahbarlik darajasida 10 yillik yuqori ish tajribasi boʻlgan va/yoki xalqaro moliya tashkilotlarida 10 yil ishlagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ingliz tilini bilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh Direktor Direktorlar kengashining nazorati ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor Direktorlar kengashi tomonidan belgilangan yoʻriqnomalar, tartib va qoidalarga muvofiq Jamgʻarma faoliyati va ishlarini boshqarish boʻyicha toʻliq ijro etuvchi vakolatlarga ega boʻladi. Bosh direktor Direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan reja, siyosat va budjetga muvofiq xodimlarni lavozimga tayinlaydi, lavozimini oshiradi va lavozimidan ozod qiladi va mablagʻlarni taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xodimlarini tayinlashda samaradorlik va texnik malakaning eng yuqori standartlari hamda TDT ishtirokchi davlatlari aʼzolari fuqarolaridan mutanosib geografik taqsimot boʻyicha xodimlarni yollash taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor Direktorlar kengashiga Direktorlar kengashining roziligi bilan TDT ishtirokchi-davlatlari aʼzolari hududida joylashgan kompaniyalardan maslahat xizmatlarini yollashni tavsiya qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh Direktor Direktorlar kengashi yigʻilishlarida qatnashadi, lekin ovoz berish huquqiga ega emas. Bosh Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) operatsion va maʼmuriy budjetlarni taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) umumiy moliyalashtirish dasturini taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Jamgʻarma tomonidan moliyalashtirish uchun loyiha va dasturlarni oʻrganish va baholashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) toʻgʻri tashkil etish, xodimlar va xizmat koʻrsatishni taʼminlash va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) texnik maslahat va yordam koʻrsatish boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) Direktorlar kengashi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan ishlaydi, mukofot esa Direktorlar kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Jamgʻarmaning xalqaro xarakteri va siyosiy faoliyatni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻzining maqsadi yoki funksiyalariga biron-bir tarzda zarar yetkazishi, cheklashi, chalgʻitishi yoki boshqacha tarzda oʻzgartirishi mumkin boʻlgan har qanday qoʻshimcha resurslar yoki yordamni qabul qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma, uning Prezidenti, Bosh Direktor, Xodimlar oʻz qarorlarida faqat ushbu Bitimda koʻrsatilgan Jamgʻarmaning maqsadi, funksiyalari va faoliyatiga tegishli fikrlarni hisobga olishlari kerak. Jamgʻarmaning maqsadi va vazifalariga erishish va amalga oshirish uchun bunday mulohazalar xolisona koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident, Bosh Direktor, Xodimlar oʻz vazifalarini bajarishda oʻz majburiyatlarini butunlay Jamgʻarma maqsadlariga bogʻlashlari kerak va boshqa hech qanday vakolatga ega emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir aʼzo ushbu majburiyatning xalqaro va siyosiy boʻlmagan xususiyatini hurmat qiladi va oʻz majburiyatlarini bajarishda ularning har qandayiga taʼsir oʻtkazishga urinishlardan saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Shtab-kvartira va idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma shtab-kvartirasi Istanbulda joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi har qanday boshqa Aʼzo davlat hududida vakolatxonalar ochish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning shtab-kvartirasi joylashgan aʼzo davlat tegishli shartlar, imtiyozlar va immunitetlar koʻrsatilgan Qabul qiluvchi davlat shartnomasini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Moliyaviy yil
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning moliyaviy yili Kalendar yili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Aloqa kanali, depozitariylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir aʼzo Jamgʻarma ushbu Bitim boʻyicha yuzaga keladigan har qanday masala boʻyicha muloqot qilishi mumkin boʻlgan tegishli rasmiy organni tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir aʼzo oʻzining Markaziy bankini yoki Jamgʻarma bilan kelishilgan boshqa davlat moliya institutini depozitariy sifatida belgilaydi, bunda Jamgʻarma bunday aʼzo davlat valyutasini, shuningdek, Jamgʻarmaning boshqa aktivlarini saqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Auditorlar va hisobotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashining tavsiyalari va Boshqaruvchilar kengashining roziligi bilan Jamgʻarma ishlarini ketma-ket uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga tekshirish uchun TDT ishtirokchi-davlatlaridan birida roʻyxatdan oʻtgan xalqaro obroʻga ega boʻlgan malakali tashqi auditorlar tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor oʻz hisobvaraqlari boʻyicha tekshirilgan hisobotni oʻz ichiga olgan yillik hisobotni eʼlon qiladi va har chorakda Jamgʻarma aʼzolariga Jamgʻarmaning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni hamda uning faoliyati natijalarini aks ettiruvchi daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh direktor oʻz maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblagan boshqa hisobotlarni Direktorlar kengashining roziligi bilan eʼlon qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi Jamgʻarma mablagʻlaridan toʻgʻri foydalanish va uning faoliyatini tekshirish uchun davlat auditorlarini tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Sof daromadni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ustav kapitali yigirma besh (25) foizga yetgunga qadar Jamgʻarmaning yillik sof daromadining kamida oʻn (10) foizi umumiy zaxiralarga yoʻnaltiriladi. Jamgʻarma umumiy zaxiralari ustav kapitali yigirma besh (25) foiziga yetgunga qadar Jamgʻarma sof daromadining hech bir qismi Aʼzolarga foyda shaklida taqsimlanmasligi sharti bilan, Boshqaruvchilar kengashi qoʻshimcha zaxira yaratish yoki aʼzolarga tarqatish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. OPERATSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Jamgʻarma resurslaridan foydalanish, investitsiya va moliyaviy tamoyillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning mablagʻlari va resurslaridan faqat ushbu Bitimning 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan maqsadlarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyatining investitsion va moliyaviy siyosati va tamoyillari Direktorlar kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻz investitsiyalarining TDT ishtirokchi-davlatlari aʼzolari oʻrtasida adolatli taqsimlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Moliyalashtirishga oid mulohazalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻz faoliyatini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uni moliyalashtirish boʻyicha oʻz manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish va daromadli bandlik imkoniyatlarini kengaytirish orqali TDT ishtirokchi-davlatlarida odamlar farovonligini oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qilish orqali mamlakat qonunchiligini va uning tartibini hurmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yashil iqtisodiyotga oʻtishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga ustuvor ahamiyat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) kamida ikkita TDT ishtirokchi-davlatlaridan Benefitsiarlarni jalb qiladigan loyihalarga ustuvorlik beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
f) erkin bozor iqtisodiyoti va halol raqobat tamoyillariga rioya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mintaqaviy loyihalarga, shuningdek, TDT ishtirokchi-davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni ragʻbatlantirish va mustahkamlashga qaratilgan loyihalarga alohida eʼtibor beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Mahalliy qoidalar va tartiblarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning mintaqaviy xususiyatini va aʼzolarda turli xil qonunlar va meʼyoriy hujjatlar va huquqiy tartiblarning mavjudligini hisobga olgan holda, Jamgʻarma ushbu mamlakatlarning har qandayida har qanday shaklda berilgan barcha moliyaviy imkoniyatlar ichki qonunlar bilan qoplanishi va himoya qilinishini taʼminlaydi, shunda toʻlovlar va yigʻimlar toʻlanadi Jamgʻarma daʼvolari toʻsqinlik qilinmaydi. Shu bilan birga, barcha moliyaviy imkoniyatlar Jamgʻarma tomonidan tasdiqlangan qoidalar va nizomlarga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Koʻrib chiqish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan tugallangan loyihalar, dasturlar va tadbirlarni har tomonlama va doimiy koʻrib chiqish Jamgʻarmaning maqsadlarini amalga oshirishda uning samaradorligini aniqlashda Direktorlar kengashi va Bosh Direktorga yordam berish uchun amalga oshiriladi. Bosh Direktor ushbu tekshiruvni oʻtkazadi va uning natijalari Boshqaruvchilar kengashiga xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. ChIQISh, OPERATSIYALARNI TUGATISh VA JAMGʻARMA MUDDATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Aʼzolar chiqishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday aʼzo istalgan vaqtda Jamgʻarma shtab-kvartirasiga yozma ravishda bildirishnoma yuborish orqali Jamgʻarma aʼzoligidan chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aʼzolardan birining Jamgʻarmadan chiqishi va uning aʼzoligi bildirishnomada koʻrsatilgan sanada tugaydi, biroq Jamgʻarma bunday bildirishnomani olgandan keyin (6) olti oydan kechiktirmay kuchga kiradi. Biroq, chiqish yakuniy kuchga kirgunga qadar istalgan vaqtda, aʼzo Jamgʻarmani oʻzining chiqish niyati toʻgʻrisidagi bildirishnomasini bekor qilganligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Aʼzolikni toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aʼzo Jamgʻarma oldidagi majburiyatlaridan birini bajarmasa, Jamgʻarma uning aʼzoligini toʻxtatib qoʻyishi mumkin. Aʼzolikni toʻxtatib turish Boshqaruvchilar kengashining qarori bilan amalga oshiriladi. Aʼzolik toʻxtatilgandan keyin bir yil ichida Boshqaruvchilar kengashi oʻz qarorini qayta koʻrib chiqadi va aʼzolikni tiklaydi yoki bunday aʼzoning faoliyatini toʻxtatib turish muddatini uzaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aʼzo, toʻxtatib turilgan holda, ushbu Bitim boʻyicha hech qanday huquqlardan foydalanishga haqli emas, chiqish huquqidan tashqari, lekin oʻzining barcha majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlishda davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Aʼzolikni tugatish boʻyicha hisob-kitoblar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aʼzo aʼzolikdan chiqqan sanadan keyin (“Aʼzolikni tugatish”), u oʻsha kungacha Jamgʻarma oldidagi bevosita majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻladi. Shuningdek, u aʼzo boʻlishni tugatmasdan oldin hisoblangan bunday majburiyat bekor qilinmaguncha, uning mablagʻlarga boʻlgan shartli majburiyatlari uchun javobgar boʻlib qoladi. Aʼzolikni tugatish vaqtida Jamgʻarma ushbu moddaning qoidalariga muvofiq bunday Aʼzo bilan hisob-kitoblarning bir qismi sifatida Jamgʻarma tomonidan bunday Aʼzo aksiyalarini qayta sotib olishni tashkil qiladi. Shu maqsadda aksiyalarni qayta sotib olish narxi Jamgʻarma kitoblarida aʼzolik tugatilgan sanada koʻrsatilgan qiymat boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq Jamgʻarma tomonidan sotib olingan aksiyalar uchun toʻlov quyidagi shartlar bilan tartibga solinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Aʼzoga oʻz ulushlari uchun toʻlanishi kerak boʻlgan har qanday summa, agar aʼzo Jamgʻarma oldida toʻlanmagan majburiyatlarga ega boʻlsa, ushlab qolinadi. Bunday Aʼzoga toʻlanadigan har qanday summa, Jamgʻarma ixtiyoriga koʻra, uning muddati tugashi bilan har qanday bunday majburiyatga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Aksiyalar uchun qayta sotib olish narxining Jamgʻarmaga tegishli aʼzoning majburiyatlarining umumiy miqdoridan ortiqcha miqdoriga teng boʻlgan sof summa tegishli aksiyalar topshirilgandan soʻng Direktorlar kengashi tomonidan belgilanadigan muddat ichida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Toʻlovlar Jamgʻarma tomonidan 2 yildan ortiq boʻlmagan muddatda AQSh dollarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Agar aʼzolik tugatilgan sanada toʻlanmagan har qanday majburiyat boʻyicha Jamgʻarma tomonidan zararlar qoplansa va bunday yoʻqotishlar miqdori yoʻqotishlar uchun berilgan zaxira miqdoridan oshsa manfaatdor aʼzo talab qilib, agar qayta sotib olish narxi aniqlanganda yoʻqotishlar hisobga olingan boʻlsa, uning aksiyalarini qayta sotib olish narxi kamaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Jamgʻarma ushbu Bitimning25-moddasiga muvofiq oʻz faoliyatini Aʼzolik tugatilgan kundan boshlab olti (6) oy ichida toʻxtatsa, tegishli aʼzoning barcha huquqlari 27 va 28-moddalar qoidalariga muvofiq belgilanadi. Bunday aʼzo ushbu moddalarning maqsadlari uchun hali ham aʼzo sifatida koʻrib chiqiladi, lekin ovoz berish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Operatsiyani vaqtincha toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashi favqulodda vaziyatlarda barcha investitsiyalar boʻyicha Jamgʻarma faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turishni taklif qilishi mumkin. Bu masalani koʻrib chiqish va shu munosabat bilan qaror qabul qilish uchun Boshqaruvchilar kengashini navbatdan tashqari yigʻilishga chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aʼzo Jamgʻarmaga ustav kapitali toʻlovlarni amalga oshirmasa, Jamgʻarma aʼzoni toʻlash muddati tugaganidan keyin 15 (oʻn besh) kundan kechiktirmay xabardor qiladi. Agar aʼzo bunday toʻlov boʻyicha xabardor qilinganidan keyin 90 (toʻqson) kun ichida uni amalga oshirmasa, bunday toʻlov amalga oshirilgunga qadar Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bunday aʼzoning hududida yangi investitsiya kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Jamgʻarmaning faoliyat yuritish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma taʼsis majlisi oʻtkazilgan kundan boshlab 20 (yigirma) yil muddatda faoliyat koʻrsatadi. Boshqaruvchilar kengashi istalgan vaqtda Jamgʻarma faoliyatini tugatish yoki uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruvchilar kengashi Jamgʻarma faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, Jamgʻarma barcha faoliyatini darhol toʻxtatadi, oʻz aktivlarini tartibga solish, saqlash va majburiyatlarini tartibga solish bilan bogʻliq boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday majburiyatlar yakuniy hal etilgunga qadar va aktivlar taqsimlangunga qadar Jamgʻarma mavjud boʻlib qoladi va uning aʼzolarining barcha oʻzaro huquq va majburiyatlari buzilmagan holda saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Aʼzolarning javobgarligi va daʼvolar boʻyicha toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma faoliyati toʻxtatilgan taqdirda, Jamgʻarma ustav kapitalining toʻlanmagan qismi boʻyicha Aʼzolarning javobgarligi kreditorlarning barcha talablari, shu jumladan barcha shartli talablar qondirilgunga qadar davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri talablarga ega boʻlgan barcha kreditorlar birinchi navbatda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan, keyin esa Jamgʻarmaga toʻlanmagan obunalar hisobidan toʻlanadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri talablarga ega boʻlgan kreditorlarga har qanday toʻlovlarni amalga oshirishdan oldin, Direktorlar kengashi toʻgʻridan-toʻgʻri va shartli talablar egalari oʻrtasida mutanosib ravishda taqsimlanishini taʼminlash uchun oʻz qaroriga koʻra zarur boʻlgan choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Aktivlarni taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditorlar oldidagi barcha majburiyatlar bajarilmaguncha yoki taʼminlanmaguncha Jamgʻarma kapitaliga obuna boʻlganligi sababli Aʼzolarga aktivlarni taqsimlash amalga oshirilmaydi. Bunday taqsimot Boshqaruvchilar kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma aktivlari Aʼzolarga har qanday taqsimlash har bir Aʼzoga tegishli ustav kapitaliga mutanosib ravishda va Jamgʻarma adolatli va teng huquqli deb hisoblagan vaqt va shartlarda, omonatchilarga ustunlik bergan holda amalga oshiriladi. Hech bir aʼzo Jamgʻarma oldidagi barcha majburiyatlarini toʻlamaguncha aktivlarni bunday taqsimlashda oʻz ulushini olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq taqsimlangan aktivlarni oladigan har qanday aʼzo Jamgʻarma taqsimlashdan oldin foydalanilgan aktivlarga nisbatan bir xil huquqlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. MAQOM, IMMUNITETLAR VA IMTIYOZLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Huquqiy maqom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma xalqaro moliya tashkiloti maqomiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma toʻliq yuridik shaxs hisoblanadi va quyidagi toʻliq huquq layoqatiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a. shartnoma tuzish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b. milliy qonun hujjatlariga muvofiq koʻchmas va koʻchar mulkni sotib olish, ijaraga olish va tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c. moddiy va nomoddiy mulkni sotib olish va ularni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d. sud ishlarini qoʻzgʻatish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e. Jamgʻarma maqsadlari doirasida har qanday operatsiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Immunitetlar, imtiyozlar va soliqlardan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va uning aktivlari ushbu Bitim aʼzolari hududida barcha musodara qilish choralaridan, shuningdek, sekvestr, moratoriya yoki qonunchilik harakatlari bilan olib qoʻyishning har qanday shakllaridan immunitetga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va uning mol-mulki, daromadlari va ular bilan bogʻliq operatsiyalari, shu jumladan rasmiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlar va transport vositalari saqlash va shunga oʻxshash xizmatlar uchun yigʻimlardan tashqari barcha toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlariga nisbatan bunday imtiyozlar aʼzo davlatlarning xalqaro majburiyatlariga muvofiq taqdim etiladi, ular yuqorida koʻrsatilgan imtiyozlarga toʻsqinlik qilmaydi yoki istisno qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aʼzo davlatlar valyutani konvertatsiya qilish va Jamgʻarma yoki uning boshqa benefitsiarlari tomonidan pulni olish, saqlash, foydalanish yoki oʻtkazish bilan bogʻliq operatsiyalarga hech qanday cheklovlar qoʻymaydi. Bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishga qoʻyiladigan odatiy talablar cheklashlar deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan qatʼi nazar, ushbu moddada koʻrsatilgan imtiyozlar Jamgʻarma tomonidan investitsiya qilingan har qanday yuridik shaxs yoki korxonaga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma har qanday sud jarayonlaridan immunitetga ega, Jamgʻarmani shtab-kvartirasi joylashgan davlatni yoki xizmatni qabul qilish yoki jarayon toʻgʻrisida xabar berish maqsadida Jamgʻarma tayinlagan agent yoki qimmatli qogʻozlarni chiqargan yoki kafolatlagan har qanday davlatning vakolatli sudida oʻz vakolatlarini amalga oshirish, majburiyatlarni kafolatlash, qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishni taʼminlashdan kelib chiqadigan holatlarda Jamgʻarmaga qarshi daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident, barcha Boshqaruvchilar va direktorlar va ularning oʻrinbosarlari, Bosh direktor, professional xodimlar, shu jumladan Jamgʻarmaning missiyasini bajaruvchi ekspertlar barcha Aʼzo davlatlarda oʻzlarining rasmiy maqomida qilgan xatti-harakatlari boʻyicha sud jarayonidan immunitetga ega, oʻz davlatida va Jamgʻarma immunitetdan voz kechgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻz ixtiyoriga koʻra, ushbu moddaga muvofiq berilgan imtiyozlar, immunitetlardan va istisnolar har qanday holatda yoki xollarda, Jamgʻarma manfaatlariga mos keladigan tarzda va shartlarda voz kechishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Arxivlar daxlsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma arxivlari va umuman, unga tegishli yoki tasarrufidagi barcha hujjatlar qayerda joylashgan boʻlishidan qatʼi nazar daxlsiz boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. OʻZGARTIRIShLAR VA ARBITRAJ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga Boshqaruvchilar kengashining bir ovozdan qarori bilan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi har qanday taklif, xoh aʼzo yoki Direktorlar kengashidan kelib chiqadigan boʻlsin, Boshqaruvchilar kengashi raisiga yuboriladi, u taklifni Boshqaruvchilar kengashiga kiritadi. Agar oʻzgartirish qabul qilingan boʻlsa, Jamgʻarma buni barcha aʼzolarga yoʻllangan rasmiy xabarda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan oʻzgartirishlar barcha aʼzolar uchun rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch (3) oy oʻtgach kuchga kiradi, agar Boshqaruvchilar kengashi boshqa muddatni belgilamasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Til
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning ish tili ingliz tilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Talqin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq Aʼzolar, investorlar va Jamgʻarma oʻrtasida yuzaga keladigan har qanday savollar Direktorlar kengashiga qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktorlar kengashi 1-xatboshiga muvofiq qaror qabul qilgan har qanday holatda, har qanday manfaatdor tomon bu masalani Boshqaruvchilar kengashiga yuborishni soʻrashi mumkin, uning qarori yakuniy hisoblanadi. Boshqaruvchilar kengashi qarori qabul qilingunga qadar Jamgʻarma oʻzi zarur deb hisoblagancha, Direktorlar kengashi qarori asosida ish olib borishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Arbitraj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va Jamgʻarmaning aʼzolari va/yoki sobiq aʼzolari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar, iloji boʻlsa, manfaatdor tomonlar tomonidan muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinadi. Soliq solishga oid masalalar boʻyicha nizolar Boshqaruvchilar kengashi tomonidan hal qilinadi. Boshqaruvchilar kengashining soliqqa tortish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha qarorlari yakuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq bilan bogʻliq boʻlgan nizolardan tashqari nizolar ular yuzaga kelgan kundan boshlab kamida uch (3) oy ichida muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etilmagan boʻlsa, uchta (3) hakamdan iborat arbitraj sudiga taqdim etiladi, uchta (3) hakamdan biri Jamgʻarma tomonidan, ikkinchisi Jamgʻarmaning tegishli aʼzosi yoki sobiq aʼzosi tomonidan va uchinchisi, Tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlsa, Xalqaro Sud raisi tomonidan tayinlanadi. Uchinchi hakamni tayinlashda saylangan hakamlar nizoda ishtirok etuvchi davlat fuqarosi boʻlmasligi kerakligi haqidagi qoidaga amal qiladilar. Nizoni hal qilishda hakamlar nizoning ommaviy huquqiy xususiyatini hisobga olgan holda UNSITRAL arbitraj qoidalariga amal qiladilar. Arbitraj tili ingliz tilidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlarning qarori yakuniy va nizo taraflari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. YAKUNIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Depozitariy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning asl nusxasi oʻzbek, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turk va ingliz tillarida bir nusxada TDT Kotibiyatiga (“Depozitariy”) saqlash uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Taʼsis yigʻilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim kuchga kirishi bilanoq har bir aʼzo oʻz Boshqaruvchisini tayinlaydi va Jamgʻarma Prezidenti Boshqaruvchilar kengashining taʼsis yigʻilishini chaqiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy yigʻilishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Jamgʻarmaning Direktorlar kengashi aʼzolari 9-moddaga muvofiq tayinlanadi va saylanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarma faoliyatini boshlash sanasini belgilash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Birinchi Bosh direktor 11-moddaga muvofiq tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma barcha aʼzolarni oʻz faoliyatini boshlash sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ratifikatsiya qilish, qabul qilish, amal qilishi, kuchga kirishi va boshqa qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Jamgʻarma aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-qoidalarini Taʼsischi aʼzolar bajarganligi toʻgʻrisida Depozitariy tomonidan oxirgi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan kundan boshlab oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim aʼzo-taʼsischi boʻlmagan har qanday TDT ishtirokchi-davlatiga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni Depozitariyga taqdim etish orqali qoʻshilishi uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Boshqaruvchilar kengashi tomonidan uning aʼzoligi tasdiqlaganidan keyin Depozitariyga qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish orqali boshqa har qanday davlatning qoʻshilishi uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan davlatga nisbatan ushbu Bitim Depozitariy diplomatik kanallar orqali qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni olgan kundan boshlab oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ratifikatsiya yorligʻi, qabul qilish, tasdiqlash yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjat, ushbu bilan nazarda tutilgan tarzda saqlash uchun topshirilganda, ushbu Bitimning 5-moddasida koʻrsatilganidek, bunday aʼzo obuna boʻlgan Jamgʻarmaning boshlangʻich kapitalidagi ulushlarning sonini koʻrsatishi kerak. Depozitariy barcha Tomonlarni har bir depozit, uning sanasi va obuna boʻlgan aksiyalar soni toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning guvohi sifatida tegishli ravishda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar ushbu Bitimni imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 16-martda Anqara shahrida bir asl nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turk va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim matnlari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Ingliz tilidagi matn ustunlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)

1-jadval

Jamgʻarma kapitali

Davlat

Boshlangʻich aksiyalar yigʻindisi

Toʻlayotgan aksiyalarning umumiy nominal qiymati

Chaqirilishi mumkin boʻlgan aksiyalarning umumiy nominal qiymati

Ozarbayjon Respublikasi

2,000

70,000,000 AQSh dollari

30,000,000 AQSh dollari

Qozogʻiston Respublikasi

2,000

70,000,000 AQSh dollari

30,000,000 AQSh dollari

Qirgʻiziston Respublikasi

2,000

70,000,000 AQSh dollari

30,000,000 AQSh dollari

Turkiya Respublikasi

2,000

70,000,000 AQSh dollari

30,000,000 AQSh dollari

Oʻzbekiston Respublikasi

2,000

70,000,000 AQSh dollari

30,000,000 AQSh dollari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-jadval

Obuna

Davlat

Boshlangʻich toʻlov

(AQSh dollari)

Muddat

Birinchi toʻlov

(AQSh dollari)

Ikkinchi toʻlov

(AQSh dollari)

Uchinchi toʻlov

(AQSh dollari)

Ozarbayjon Respublikasi

5,000,000

Taʼsis yigʻilishidan keyin 90 kun ichida

18,000,000

23,000,000

24,000,000