Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
buyrugʻi
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2349-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 5-martdagi 5-yu-son “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2349, 2012-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 14-son, 160-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-dekabr,
262-mh-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat Palatasi Raisi D. VAXABOV
2023-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Raisi Sh. KUDBIYEV
2023-yil 18-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2024-y., 10/24/2349-1/0072-son)