25.01.2024 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga muvofiq, shuningdek, respublika va mahalliy budjetlarning likvidligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarning samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 13-bandida budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi xarajatlarni qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona gʻazna hisobvaragʻi, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti va mahalliy budjetlar likvidligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi xarajatlarni qoplash uchun saqlangan mablagʻlarning eng kam miqdoridan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tushumlari va xarajatlarining qisqa va uzoq muddatli prognozlarini tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi yagona gʻazna hisobvaragʻi va Davlat budjeti likvidligini taʼminlash, shu jumladan, budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 47-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom budjetning birlamchi xarajatlarini qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻida saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi xarajatlar — ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar (ish haqi boʻyicha boʻnak toʻlovlaridan tashqari), ijtimoiy soliq, oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal toʻlovlar va yoqilgʻi-moylash mahsulotlari boʻyicha xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy iqtisodiyot va moliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining iqtisodiyot va moliya boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti va mahalliy budjetlarning likvidligi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti va mahalliy budjetlarda birlamchi xarajatlarni qoplash uchun saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchi organlar — bojxona boji, soliqlar, yigʻimlar, maʼmuriy jarimalar va moliyaviy sanksiyalarni undiradigan organlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻRIMV” AT — budjet tizimi budjetlarining budjet jarayonini toʻliq avtomatlashtirish, shu jumladan, budjet tizimi budjetlari ijrosi bilan bogʻliq operatsiyalarni aks ettirish uchun moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona gʻazna hisobvaragʻi — Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladigan milliy yoki chet el valyutasidagi maxsus bank hisobvaragʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona gʻazna hisobvaragʻi likvidligi — yagona gʻazna hisobvaragʻidagi daromadlar va xarajatlarning chegarasi hamda xarajatlarni qoplash uchun saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yagona gʻazna hisobvaragʻi, respublika budjeti va mahalliy budjetlar likvidligini taʼminlash maqsadida birlamchi xarajatlarning eng kam miqdorini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik qoʻmitasi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yagona gʻazna hisobvaragʻi likvidligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oylik tahlil natijalariga koʻra (har bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan bir oy oldin amalga oshirilgan xarajatlar tahlili) budjet tizimi budjetlarining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida amalga oshirilayotgan xarajatlarning boʻlishi mumkin boʻlgan eng koʻp miqdorini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oylik tahlil natijalariga koʻra (har bir shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga bir oy oldin kelib tushgan tushumlar tahlili) budjet tizimi budjetlariga kelgusi oy uchun kelib tushishi kutilayotgan tushumlarning eng kam miqdorini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tizimi budjetlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan eng koʻp xarajatlar miqdori va eng kam daromadlar tushumini tahlil qiladi va tegishli choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublika budjeti va mahalliy budjetlar likvidligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi oydagi birlamchi xarajatlarni moliyalashtirish uchun “OʻRIMV” ATga kiritilgan xarajatlar smetalarining oylik yoyilmalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi xarajatlarni moliyalashtirish uchun “OʻRIMV” ATga kelib tushishi kutilayotgan buyurtmanomalar va toʻlov hujjatlarini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar smetalarining oylik yoyilmalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlarni oʻrganib chiqqandan soʻng kelib tushishi kutilayotgan buyurtmanomalar va toʻlov hujjatlari bilan taqqoslaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi xarajatlardan boshqa barcha xarajatlarni (favqulodda holatlarda vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadigan tabiat hodisalari, epidemiyalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar bundan mustasno) moliyalashtirishni toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi xarajatlarni moliyalashtirish uchun “OʻRIMV” ATga kelib tushishi kutilayotgan buyurtmanomalar va toʻlov hujjatlaridagi mablagʻ miqdori xarajatlar smetalarining oylik yoyilmalarida rejalashtirilgan mablagʻdan koʻp boʻlmagan taqdirda, ushbu mablagʻlarni saqlab qolish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “OʻRIMV” AT dasturiga kelib tushishi kutilayotgan buyurtmanomalar va toʻlov hujjatlari summasi xarajatlar smetalarining oylik yoyilmalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlardan koʻp boʻlgan taqdirda, tegishli xarajatlar smetalarining oylik yoyilmalariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha talabnomalar “OʻRIMV” AT orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlariga elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari kelib tushgan talabnomalarni bir ish kuni ichida belgilangan tartibda koʻrib chiqib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamchiliklar boʻlmagan taqdirda, xarajatlar smetalarining oylik yoyilmalariga oʻzgartirish kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ularning aniq sabablarini koʻrsatgan holda, xarajatlar smetalarining oylik yoyilmalariga oʻzgartirish kiritishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Respublika budjeti va mahalliy budjetlarning likvidligini taʼminlash maqsadida budjet tushumlari va xarajatlarining qisqa va uzoq muddatli prognozlarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Respublika budjeti va mahalliy budjetlarning likvidligini taʼminlash maqsadida budjet tushumlari va xarajatlarning qisqa va uzoq muddatli prognozlari elektron shaklda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti boʻyicha — Gʻaznachilik qoʻmitasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi, viloyatlar, Toshkent shahar Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika budjeti va mahalliy budjetlarning joriy moliya yili uchun daromadlar tushumi va xarajatlar prognozi integratsiyalashgan elektron maʼlumot almashish yoki “OʻRIMV” ATga kiritish orqali elektron shakllantiriladi va quyidagi maʼlumotlar asosida oʻn kunlik hamda oylik tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar va xarajatlarning yillik yoyilmalarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undiruvchi organlar tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan qayd etiladigan daromadlar tushumini joriy moliya yili uchun oyma-oy taqsimlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliya yili uchun respublika budjeti va mahalliy budjetlarning xarajatlari boʻyicha toʻlovlar prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliya yilidagi tushumlar prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliya yilida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilinishi rejalashtirilgan mablagʻlar (oyma-oy) prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliya yilida muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan davlat qimmatli qogʻozlari tushumlari yoki ularning soʻndirilishi boʻyicha xarajatlar (oyma-oy) prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan ajratilgan budjet ssudalari, depozitlar va kredit liniyalarining joriy yilda qaytarilishi rejalashtirilgan asosiy qarzi va foizlar boʻyicha tushumlar (oyma-oy) prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliya yilida ajratilishi rejalashtirilgan budjet ssudalari, subsidiyalar, depozitlar va kredit liniyalarining prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy moliya yilida respublika budjetidan ajratiladigan budjetlararo transfertlar boʻyicha (oyma-oy) prognoz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili mobaynida budjetlar parametrlari oʻzgarganda, yuqori va quyi turuvchi budjetlar oʻrtasida yuzaga keladigan budjetlararo oʻzaro hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari rejasi oshirib bajarilishi prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar prognozi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu maʼlumotlarni toʻliq elektronlashtirish boʻyicha texnik jarayonlar yakuniga qadar qogʻoz shaklda yuritilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yagona gʻazna hisobvaragʻi hamda respublika budjeti va mahalliy budjetlar likvidligini taʼminlash maqsadida birlamchi xarajatlarning eng kam miqdoridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomning 3-bandi “a” kichik bandiga asosan yagona gʻazna hisobvaragʻi likvidligini taʼminlash uchun eng kam mablagʻ miqdori aniqlangandan soʻng Gʻaznachilik qoʻmitasi ushbu mablagʻlardan quyidagi tartibda foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yagona gʻazna hisobvaragʻi likvidligini taʼminlash va uni saqlab qolish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yagona gʻazna hisobvaragʻi likvidligi taʼminlanmay, aniqlangan mablagʻlarni kamayish ehtimoli yuzaga kelganda, yagona gʻazna hisobvaragʻining vaqtincha boʻsh mablagʻlari hisobidan tijorat banklari depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlarni, shuningdek, respublika budjetining likvidligini taʼminlash maqsadida ajratilgan ssudalarni muddatidan avval qaytarish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yagona gʻazna hisobvaragʻi likvidligini taʼminlash uchun mablagʻlar yetarli boʻlgan taqdirda, yagona gʻazna hisobvaragʻi likvidligini taʼminlagan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va mahalliy budjetlarning likvidligini taʼminlash maqsadida respublika budjetiga vaqtincha qisqa muddatli mablagʻlar ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chet el valyutasidagi vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hamda yuqori likvidli qimmatli qogʻozlarga investitsiya kiritishdan olingan daromadlar Gʻaznachilik qoʻmitasi huzuridagi Davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha kafolat jamgʻarmasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Nizomning 3-bandi “b” kichik bandiga asosan respublika va mahalliy budjetlarning likvidligini taʼminlash uchun eng kam mablagʻ miqdori aniqlangandan soʻng Gʻaznachilik qoʻmitasi ushbu mablagʻlardan quyidagi tartibda foydalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi xarajatlar boʻyicha “OʻRIMV” ATga budjet tashkilotlari tomonidan yuborilgan buyurtmanomalar va toʻlov hujjatlarini moliyalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda hududiy iqtisodiyot va moliya organlari tomonidan “OʻRIMV” ATga kiritilgan toʻlov hujjatlari ijrosini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika va mahalliy budjetlarning likvidligini taʼminlash uchun aniqlangan mablagʻlar toʻliq moliyalashtirilgandan soʻng yoki ularni moliyalashtirish uchun mablagʻlar yetarli boʻlgan taqdirda, boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Gʻaznachilik qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Gʻaznachilik xizmati boshqarmalari birlamchi xarajatlarni qoplash uchun yagona gʻazna hisobvaragʻi, respublika budjeti va mahalliy budjetlarda saqlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarning eng kam miqdorini aniqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Undiruvchi organlar respublika budjeti va mahalliy budjetlarning tegishli budjetlarida nazarda tutilgan soliqlar va yigʻimlar toʻliq undirilishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Gʻaznachilik qoʻmitasi mazkur Nizomda nazarda tutilgan yagona gʻazna hisobvaragʻi, respublika budjeti va mahalliy budjetlarning daromadlari hamda xarajatlari prognozini tuzish va boshqarish boʻyicha talablarning toʻgʻri bajarilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Undiruvchi organlar respublika budjeti va mahalliy budjetlar likvidligini taʼminlash maqsadida daromadlar tushumi hamda xarajatlarning qisqa va uzoq muddatli prognozlarini tuzishda Gʻaznachilik qoʻmitasiga maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/47/0071-son)