23.01.2024 yildagi PQ-39-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning 2024-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini (keyingi oʻrinlarda — reyting) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori barqarorlik reytingi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VVV”, “VV” va “V” toifalar — oʻrta barqarorlik reytingi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SSS”, “SS” va “S” toifalar — qoniqarli barqarorlik reytingi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“D” toifa — quyi barqarorlik reytingi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) reyting Soliq qoʻmitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — platforma) idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi) taklifiga asosan har yili 20-avgust — Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoniga tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Savdo-sanoat palatasi Soliq qoʻmitasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda reyting koʻrsatkichlari mezonlari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqib, uning soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi ragʻbatlantirish choralari joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi. Mazkur tartib tadbirkorlik subyektini qayta tashkil etish natijasida huquqiy vorisda hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari boʻyicha dastlabki toʻlov summasi 35 foizdan kam boʻlgan hollarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda boʻlib-boʻlib toʻlash muddati miqdoridan qatʼi nazar, 7 yil (teng ulushlarda) etib belgilanadi;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga soliqlar boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshiriladi;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “BBB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan “g” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning 4-bandida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish choralari davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi, bundan soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, soliq toʻlovchiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish mustasno.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim qilishning yangilangan tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Platformaning 2024-yil 1-fevraldan toʻliq ishga tushirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud oʻzining axborot tizimlari platformaga integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasiga platformadan foydalanish huquqini bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi reyting maʼlumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib borsin va maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamoatchilik kengashining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi aʼzolarini hududlar va sohalarga biriktirgan holda, 2024-yilning I choragida tadbirkorlik subyektlariga reyting tizimi va uning imkoniyatlarini oʻrgatish boʻyicha seminarlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har hafta mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, brifinglar, savol-javoblar, videoroliklar va boshqa targʻibot tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting natijalarini hududlar, sohalar va toifalar kesimida har chorakda Jamoatchilik kengashida muhokama qilish va aniqlangan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha takliflarni kiritib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yuritish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yoritish va uni joriy etishning tashkiliy masalalarini hal etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Savdo-sanoat palatasi Soliq qoʻmitasi va Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har hafta tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, oʻrta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha ularga tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har chorakda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati toʻgʻrisida videoroliklar va tashviqot materiallarini tayyorlab, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borsin va mahallalarda targʻibot tadbirlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida umumiy, oʻrta maxsus va oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun oʻquv kurslari va mahorat darslarini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) har yili reyting koʻrsatkichlari mezonlari va ularni baholash metodikasini reyting natijalarining xolisligini taʼminlash nuqtai nazaridan Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarida tahlil qilib, ularni takomillashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-39-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yoritish va uni joriy etishning tashkiliy masalalarini hal etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirish

1.

Targʻibot materiallari toʻplamini yaratish, tizimdagi va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish.

1. Axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash.

2. Targʻibot materiallari toʻplamini Savdo-sanoat palatasi va Soliq qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari va manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 25-yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

3. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan materiallar matnini, zaruratga koʻra rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilish, keng foydalanuvchilar eʼtiboriga havola qilish maqsadida “Dunyo” axborot agentligiga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 15-fevral

2.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumanini oʻtkazish.

1. Matbuot anjumani haqida rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 28-yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

2. Matbuot anjumanini oʻtkazish va ommaviy axborot vositalariga tayyorlangan targʻibot materiallari toʻplamini taqdim etish.

3. Matbuot anjumanini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-fevral

3.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha manfaatdor tashkilotlar xodimlarini oʻqitish.

1. Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishning choraklik grafiklarini tasdiqlash.

Reja-grafik

2024-yil 1-fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Malakali mutaxassislar, olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda Savdo-sanoat palatasi, Soliq qoʻmitasi, Biznes-ombudsman va boshqa manfaatdor idoralar xodimlari uchun grafikka asosan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Grafikka asosan

4.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirishni tashkil etish.

1. Hududiy va respublika targʻibot guruhlarini shakllantirish va ularning tarkibini tasdiqlash.

2. Targʻibot guruhlarini targʻibot materiallari toʻplami bilan taʼminlash.

3. Targʻibot tadbirlarining konsepsiyasi, dasturi va ularni oʻtkazish grafigini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Manzilli va predmetli targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Grafikka asosan

5.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali yoritish.

1. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan maqola, materiallarni veb-saytlarda joylashtirish.

2. Mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda boshqa zamonaviy shakllar nazarda tutilgan media-rejani tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-fevral

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

3. Media-rejaga asosan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Rejaga asosan

6.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka yetkazish.

1. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha savol-javoblar, animatsion roliklar va boshqa usullardan foydalangan holda huquqiy axborot kontentini yaratish.

2. Ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy targʻibot materiallarini tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 28-yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

7.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy savodxonligini aniqlash maqsadida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish.

1. Soʻrovnoma savolnomasini tuzish.

2. Soʻrovnoma oʻtkaziladigan tadbirkorlar toifalari va hududlarni belgilab olish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-mart

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

3. Soʻrovnomani oʻtkazish.

4. Soʻrovnoma natijalarini umumlashtirish, takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

8.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi natijalari boʻyicha aniqlangan tizimli masalalarni hal qilish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashida tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi natijalarini hudud, soha va toifalar kesimida tizimli ravishda muhokama qilish.

2. Muhokama natijalari asosida aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har chorak

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

manfaatdor idoralar

II. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etishning tashkiliy masalalarini hal etish

9.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yuritish tartibini belgilash.

1. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini yuritish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni tasdiqlash:

tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirish tartibi;

tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini baholash mezonlari, davriyligi va metodikasi;

tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini eʼlon qilish tartibi.

2. Tadbirkorlik subyektlarini reyting doirasida quyidagi toifalarga ajratish:

“AAA”, “AA” va “A” toifalar — yuqori;

“VVV”, “VV” va “V” toifalar — oʻrta;

“SSS”, “SS” va “S” toifalar — qoniqarli;

“D” toifa — quyi barqarorlik reytingi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

10.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish.

1. “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatida soliq tekshiruvlarini oʻtkazmaslik (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno), shuningdek, ushbu tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashni (qaytarishni) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshirish.

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2. 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki toʻlov bir yoʻla amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlarni hisoblamaslik hamda boʻlib-boʻlib toʻlash muddatini 5 yilgacha uzaytirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2024-yil mart

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortikov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

3. “A” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga:

soliqlar boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno) mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarishni uch kun muddatda amalga oshirish;

Qonun loyihasi

2024-yil mart

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini tatbiq etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

11.

“Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasini joriy etish.

1. Idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladigan “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Oliy sud axborot tizimlarini platformaga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Oliy sud

(Islamov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

3. Savdo-sanoat palatasiga “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasidan foydalanish huquqini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

4. Reyting natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

5. Reyting maʼlumotlarini hamda kelib tushayotgan murojaatlarga tezkor javob berilishini monitoring qilib borish va maʼlumotlarning ochiqligini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

12.

Tadbirkorlik subyektlariga qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishni takomillashtirish.

Tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda, joriy etish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

13.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha biznes vakillari oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

1. Reyting koʻrsatkichlari mezonlari boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Kasimov)

2. Reyting tizimi boʻyicha tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkillashtirish, maxsus videorolik tayyorlash va uni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish, shuningdek, uslubiy qoʻllanmani Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari orqali biznes vakillariga tarqatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

3. Ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanmalarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali tadbirkorlik subyektlariga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

14.

Tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingini yaxshilashda amaliy yordam koʻrsatib borish.

Tarmoqlar kesimida oʻrta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilib, ularning reyting koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha tavsiya va takliflar berib borish.

Bunda, yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida mahorat darslarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har hafta

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

15.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini takomillashtirib borish.

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mezonlarini va ularni baholash metodikasini reyting natijalarining xolisligini taʼminlash nuqtai nazaridan tahlil qilib borish, zarur hollarda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har yili

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Biznes-ombudsman

(Kasimov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2024-y., 07/24/39/0062-son, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son; 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son; 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)