20.01.2024 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.12.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tizimini samarali tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2024-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish boʻyicha savdo doʻkonlarini tanlab olishda mol-mulkni Internet-doʻkonlar orqali sotishni amalga oshiruvchi savdo tashkilotlariga ustunlik berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulk Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulk sotilishini taʼminlaydigan savdo tashkilotlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan savdo tashkilotlari tomonidan realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-martga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan va sotuvga chiqarilgan mol-mulkning harakatlanishini monitoring qilishning elektron tizimini ishlab chiqsin hamda savdo tashkilotlari bilan integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratsin, shuningdek, ijro hujjatlariga asosan mol-mulkni sotish boʻyicha talablarni savdo tashkilotlari eʼtiboriga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni shakllantirish va ishga tushirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-aprelga qadar Reyestr quyidagi davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilinishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi — Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi — Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi — savdo tashkilotlarining soliq qarzi mavjud emasligini tekshirish, shuningdek, savdo tashkilotlarini savdo qoidalariga rioya etganligini tekshirishga qaratilgan zarur maʼlumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi — Kadastr va roʻyxatdan oʻtkazish integratsiyalashgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati — savdo tashkilotlarining tizimda mavjud avtotransport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr elektron shaklda real vaqt rejimida yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga mol-mulkni qabul qilishdan sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy etgan yuridik shaxslar ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar Reyestrga qoʻshimcha shartlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalari rus tili matniga 2-ilovaning 5-pozitsiyasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 39-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik asosida realizatsiya qilish, shuningdek, mol-mulkni qabul qilishdan sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom ijro hujjatlari asosida xatlanib, elektron onlayn-auksion savdolari orqali yoki qonunchilikda belgilangan boshqa usulda sotilishi belgilangan mol-mulkka nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot vositachisi — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
internet-doʻkon — Internet jahon axborot tarmogʻida tashkil etilgan, mol-mulkni (ish, xizmat) sotish uchun axborot tizimi orqali sotuvchi va xaridorning oʻzaro aloqalarini taʼminlovchi elektron savdo maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimi — mol-mulkni savdo tashkiloti tomonidan qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti — shartnoma-vositachilik asosida mol-mulkni realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat — axborot tizimlaridan foydalangan holda tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestri — elektron savdo maydonchalari orqali xizmat koʻrsatish, tovarlarni yetkazib berish, elektron hujjat va xabarlarni elektron tijoratda saqlash bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar reyestri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijro hujjatlariga asosan xatlangan mol-mulkni realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — Byuro) tomonidan yuritiladigan Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulk sotilishini taʼminlaydigan savdo tashkilotlari reyestrida (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyestr elektron shaklda real vaqt rejimida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimini joriy etish majburiyatini olgan yuridik shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat ijrochisi quyidagi mol-mulklarni shartnoma-vositachilik asosida realizatsiya qilish uchun boshqa tashkilotlarga berishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallar va qimmatbaho (yarim qimmatbaho) toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, shuningdek, qoʻshimcha restavratsiya qilish talab qilinadigan qimmatbaho metallar va toshlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft mahsulotlari (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallari), bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsuldor mollar va ish mollari, asalari oilasi, yem-xashak, mineral oʻgitlar va pestitsidlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nasldor hayvonlar (qoramollar, qoʻylar, echkilar, otlar, tuyalar, choʻchqalar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, asalarilar, ipak qurti, quyonlar, yovvoyi hayvonlar) va ularning naslli mahsulotlari (materiallari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jun, boʻrdoqi mollar, parrandalar, quyonlar, don, kanop va zigʻir tolasi hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teri, momiq-moʻyna va qorakoʻl xomashyosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanib boʻlmaydigan, ishdan chiqqan qora va rangli metallar, shuningdek, ushbu metallarning parchalari va chiqindilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy qurollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pochta markalari, shu jumladan, kolleksiya qilinadigan markalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish uchun alohida ruxsatnoma yoxud litsenziya talab qilinadigan boshqa mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp yillik dov-daraxtlar (bogʻ, poliz oʻsimliklari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan hollarda mazkur bandda koʻrsatilmagan boshqa mol-mulklar ham shartnoma-vositachilik asosida realizatsiya qilish uchun boshqa tashkilotlarga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulk shartnoma-vositachilik shartlari asosida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilishga talabgor savdo tashkilotiga qoʻyilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulk shartnoma-vositachilik shartlari asosida Reyestrga kiritilgan savdo tashkilotlari tomonidan realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi savdo tashkilotlari ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilishda talabgor sifatida ishtirok etishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etish, tugatish yoki bankrotlik arafasida boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat yuritmayotgan boʻlsa yoki faoliyat yuritayotganiga olti oy boʻlmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqdan qarzdorligi mavjud boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmasiga mol-mulklar harakati monitoringi elektron tizimini joriy qilish majburiyatini olmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi ikki yil ichida ijro hujjatlari asosida xatlangan mol-mulkni sotish yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli shartnoma bekor qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligini qoplamagan yoki majburiyatini bajarmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbari yoki muassislari (jismoniy shaxs) muqaddam iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlardan birini sodir qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki ularga nisbatan ayblilik toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay jinoyat ishi tugatilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida sotish istagida boʻlgan savdo tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — talabgor) ariza bilan Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali Byuroga murojaat qiladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning savdo obyektiga nisbatan egalik huquqi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulklar harakatini monitoring qilishning elektron tizimini joriy qilish va Byuro axborot tizimiga ulanish boʻyicha tegishli talablarni bajarish uchun kafolat majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni tashish va yuklash uchun foydalaniladigan xizmat koʻrsatuvchi, texnik soz transport vositalari yoki boshqa maxsus texnika vositalarining texnik pasportlari raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida sugʻurta polisi raqami hamda sugʻurta tashkilotining soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan mazkur bandda koʻrsatilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgor mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan talablarga javob bermaganda yoki uning arizasi ushbu Nizom 11-bandiga muvofiq boʻlmaganda, ariza rad etiladi hamda bu haqda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki talabgorning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza rad etilgan taqdirda, talabgor kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish natijalari Byuro tomonidan uzogʻi bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan, Reyestrda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan boʻlsa, bunda arizada uning Milliy reyestrda roʻyxatga olingan sanasi, raqami va soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Byuroning hududiy boshqarmalari va savdo tashkiloti besh ish kuni ichida muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga mol-mulkni shartnoma-vositachilik asosida sotish uchun xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda — shartnoma) tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning markaziy apparati oʻz ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha Reyestrdagi har qanday savdo tashkiloti bilan shartnoma tuzishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mol-mulkni sotish uchun topshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat ijrochisi shartnoma imzolangan kundan boshlab besh ish kunida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan xatlangan mol-mulkni sotishga topshirish haqidagi dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — mol-mulkni topshirish haqidagi dalolatnoma) asosida mol-mulkni sotish uchun tegishli savdo tashkilotiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mol-mulkni topshirish haqidagi dalolatnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk xatlanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma yoki band solinganligi toʻgʻrisidagi qaror nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni baholash haqidagi hisobot yoki davlat ijrochisining qarori yoxud mol-mulkning baholangan qiymati koʻrsatilgan sud qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan mol-mulklar boʻyicha muvofiqlik sertifikati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijro hujjatlari boʻyicha olib qoʻyilgan mol-mulkni hisobga olish va saqlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha olib qoʻyilgan mol-mulkni qabul qilgan savdo tashkiloti mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimi yordamida maxsus identifikatsiya raqamini (QR-code yoki bar-Code) (keyingi oʻrinlarda — maxsus identifikatsiya raqami) chiqarib, har bir mol-mulkka alohida biriktiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkiloti tomonidan mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimida mol-mulk tavsifi hamda unga oid barcha maʼlumotlar (xatlagan organ nomi, sanasi, bahosi va boshqalar) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkning belgilangan tartibda savdo tashkiloti tomonidan qabul qilinganligi, shuningdek, u bilan bogʻliq boʻlgan harakat (arzonlashtirish, sotish, egasiga qaytarib berish va boshqalar) mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijro hujjatlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida mol-mulk sotish uchun bir vaqtning oʻzida uning soni, hajmi va tez sotilish imkoniyatlaridan kelib chiqib, Reyestrdagi bir nechta savdo tashkilotlariga topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijro hujjatlari boʻyicha sotish uchun topshiriladigan barcha mol-mulklar nomi, narxi, shuningdek, savdoga oid qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlarni ifodalovchi tovar yorliqlari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tovar yorliqlariga qoʻshimcha ravishda maxsus identifikatsiya raqami yopishtirilib, u ijro hujjati raqami va sanasi, mol-mulk nomlanishi, narxi, roʻyxatga olish yoki qabul qilish-topshirish dalolatnomasida nazarda tutilgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotiladigan mol-mulk yorliqlarini tayyorlash, shuningdek, sotuvdan oldin tayyorgarlik talab qiladigan (mayda taʼmirlash, tozalash, dazmollash, oʻrash, qadoqlash va boshqalar) mol-mulkni sotuvga tayyorlash uni qabul qilgan savdo tashkiloti hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mol-mulk uni baholash haqidagi hisobot yoki davlat ijrochisining qarori yoxud sud qarorida koʻrsatilgan narxda sotuvga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollardan tashqari, mol-mulk qimmatlashtirilgan yoki arzonlashtirilgan narxda sotilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo tashkiloti tomonidan xaridorga mol-mulkni uning umumiy qiymati toʻliq qoplanmagunga qadar, shuningdek, toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida topshirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Savdo tashkilotlari mol-mulkni Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq realizatsiya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet-doʻkon orqali mol-mulkni realizatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani yoki chek taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sotish uchun topshirilgan mol-mulk, shuningdek, uni internet-doʻkon orqali sotuvi Byuroning axborotlar tizimiga ulangan mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimida namoyon boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar savdo tashkilotidagi mol-mulk topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kun davomida sotilmagan boʻlsa, savdo tashkiloti mol-mulkni arzonlashtirish yoki sotuvdan chiqarish va qaytarish masalasini hal qilish yuzasidan davlat ijrochisini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk qonunda belgilangan tartibda arzonlashtirilganda, davlat ijrochisi savdo tashkilotiga mol-mulkni arzonlashtirilgan narxda sotish uchun qayta topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asosida sotish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun savdo tashkiloti vositachilik haqi oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vositachilik haqi miqdori savdo tashkiloti va Byuroning hududiy boshqarmalari oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vositachilik haqi ijro ishi yurituviga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ayrim turdagi mol-mulklar realizatsiyasining xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mol-mulklar ushbu bob qoidalariga muvofiq bir marta tuziladigan shartnoma asosida sotish uchun ixtisoslashtirilgan savdo tashkilotlariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning tashkil etilgan birjadan tashqari bozorlari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari ularni realizatsiya qilish huquqiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari orqali Byuro hududiy boshqarmasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qoʻshimcha restavratsiya qilish talab qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlaydigan ixtisoslashtirilgan davlat korxonalari tomonidan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Dori vositalari va tibbiy buyumlar tegishli farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyasi mavjud tashkilotlar tomonidan sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Neft mahsulotlari (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek, texnik moylar va moylash materiallari) ushbu mol-mulklarni realizatsiya qilish uchun litsenziyasi mavjud tashkilotlar tomonidan sotiladi, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mahsuldor va ish mollari, boʻrdoqi mollar, parranda, quyonlar va boshqa hayvonlar bozorlar orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Asalari oilasi, yem-xashak, gʻalla, kanop va zigʻir tolasi hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shuningdek, mineral oʻgʻitlar va pestitsidlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Teri, momiq-moʻyna va qorakoʻl xomashyosi ularni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga toʻlov evaziga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat daromadiga oʻtkazilgan, tarkibida qora metallar mavjud boʻlgan asbob-uskunalar, foydalanib boʻlmaydigan fizik ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan qora metallardan yasalgan buyumlar, shuningdek ushbu metallar parchalari va chiqindilari belgilangan tartibda “Oʻzmetkombinat” AJga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida shartnomaviy narxlarda sotiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Pochta markalari, shu jumladan, kolleksiya qilinadigan markalar haqi olinib, pochta aloqasi tashkilotlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Foydalanilishi yoki sotilishi mumkin boʻlmagan buyumlar, shuningdek, makulatura va ikkilamchi xomashyoning boshqa turlari ikkilamchi xomashyoni yigʻish va qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi tegishli tashkilotlar tomonidan sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Realizatsiya qilish uchun alohida ruxsatnoma yoxud litsenziya talab qilinadigan boshqa mahsulotlar tegishli mulkni realizatsiya qilish uchun litsenziya yoki ruxsatnomasi mavjud tashkilotlarga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mol-mulk birja savdosida sotiladigan taqdirda, Byuro organi va broker (investitsiya vositachisi) oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sud qaroriga koʻra mol-mulkni realizatsiya qilish muayyan savdo tashkilotiga yuklangan boʻlsa, ushbu mol-mulk aynan shu savdo tashkilotiga sotish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Savdo tashkiloti tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi, mol-mulkni realizatsiya qilish qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Savdo tashkiloti tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi, shuningdek, mol-mulkni realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishi mol-mulkni shartnoma-vositachilik asosida sotish uchun xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomani tuzgan Byuro organlari, ularning yuqori turuvchi boʻlinmalari tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Shartnoma shartlari va ushbu Nizom talablari savdo tashkiloti tomonidan buzilganda, savdo tashkiloti Byuro organi tomonidan oʻttiz kundan kechikmay ogohlantirilib, shartnoma quyidagi hollarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bir tomonlama bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti tanlovda ishtirok etish uchun yolgʻon yoki ishonchsiz maʼlumotlar, soxta hujjatlar taqdim etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimi Byuroning axborot tizimiga ulanishini taʼminlamasa, shuningdek, ushbu tizim va tegishli dasturiy taʼminot Byuro tomonidan belgilangan talablarga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti muntazam ravishda (ikki marta va undan ortiq) savdo sohasidagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalari, 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalarini buzsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti unga sotish uchun topshirilgan mol-mulkni internet-doʻkon orqali savdoga chiqarmasa (ikki marta va undan ortiq) yoki oʻz vaqtida chiqarmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarni Byuro organlari hisobvaraqlariga oʻz vaqtida muntazam (yil davomida ikki marta yoki undan ortiq) oʻtkazmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti sotish uchun topshirilgan mol-mulkni yoki sotuvdan tushgan mablagʻlarni oʻzlashtirsa, yoʻq qilsa yoki shikast yetkazsa, shuningdek, mulk muhofazasiga vijdonsiz munosabatda boʻlsa yoki mulkni saqlash boʻyicha shartnoma shartlarini buzsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo tashkiloti tanlov hujjatlarida koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini, shu jumladan, mol-mulklarni saqlash, tashish, yuklash va tushirish xizmatlarini muntazam (yil davomida ikki marta yoki undan ortiq) bajarmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan holatlar shartnoma muddatini uzaytirmaslik uchun ham asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Byuro organi mol-mulkni ushbu Nizom talablariga muvofiq tanlov asosida tanlangan boshqa savdo tashkilotiga topshirish choralarini koʻradi. Bunda savdo tashkiloti mol-mulkni boshqa savdo tashkilotiga topshirgunga qadar uni saqlash choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuro organlari bir savdo tashkilotidan boshqa savdo tashkilotiga mol-mulklarni topshirayotganda, mol-mulklar boʻyicha zarur maʼlumotlarning mol-mulklar harakati monitoringining elektron tizimida koʻrinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Byuro organlari tomonidan sotish uchun topshirilgan mol-mulklar holati, shuningdek, savdo tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan mablagʻlar davriy oʻrganib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar, mol-mulklar holati va sotilmagan mol-mulklar qoldigʻi, ularning sotilmaganligi sabablari haqidagi maʼlumotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar Byuro direktoriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari savdo tashkilotlariga mol-mulk sotilishi uchun yarmarkalar, bozorlar va savdo komplekslarida joylar tashkil etilishida koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha hududiy kengashlar ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulklarni sotish uchun tuman va shaharlardagi aholi gavjum bozorlar hamda savdo markazlarida yarmarkalar tashkil etish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Mol-mulkni sotishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlarni oʻtkazish uchun Byuro organlari tomonidan banklarda depozit hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar vositachilik haqini (sotilgan narxdan 10 foizdan koʻp boʻlmagan) ushlab qolgan holda, savdo tashkiloti tomonidan Byuro organi depozit hisobvaragʻiga uch kundan kechikmay, ijro hujjatining tartib raqami va sanasi koʻrsatilgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻni oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda, savdo tashkilotidan kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida penya undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Byuro organi depozit hisobvaragʻiga mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Mol-mulkni realizatsiya qilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi savdo tashkiloti tomonidan belgilangan savdo qoidalarini buzish holati aniqlanganda, unga nisbatan nazoratni amalga oshiruvchi organlar qonunda belgilangan choralarni qoʻllaydi va bu haqda Byuroning tegishli organini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Savdo tashkiloti

Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilishda ishtirok etish yuzasidan ariza bilan zarur maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga (keyingi oʻrinlarda — Byuro) murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Byuro

1. Arizani koʻrib chiqadi.

2. Talabgor Nizomning 10-bandi talablarga javob bermaganda yoki uning arizasi Nizom 11-bandiga muvofiq boʻlmaganda arizani rad etadi hamda bu haqda Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki talabgorning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni ichida

3. Arizani koʻrib chiqish natijalarini Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulk sotilishini taʼminlaydigan savdo tashkilotlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) joylashtiriladi.

Keyingi ish kunidan kechiktirmay

3-bosqich

Byuro (uning hududiy boshqarmalari),

Savdo tashkiloti Davlat ijrochisi

1. Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asosida realizatsiya qilish uchun xizmat koʻrsatish boʻyicha muddatini uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga shartnoma tuzadi.

5 ish kuni ichida

2. Belgilangan shakldagi xatlangan mol-mulkni sotishga topshirish haqidagi dalolatnoma asosida mol-mulkni realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotiga topshiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Byuro

Savdo tashkiloti tomonidan shartnoma shartlari bajarilishi, mol-mulkni realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Doimiy

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro hujjatlari boʻyicha xatlangan mol-mulkni shartnoma-vositachilik shartlari asosida realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xatlangan mol-mulkni sotishga topshirish haqidagi
‎DALOLATNOMA

20___ y. “___” ____________

‎‎____________ tuman (shahar)

Men, Byuroning ___________ tuman, (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi _______________ savdo tashkiloti vakili _____________________________________________________

(savdo tashkiloti vakilining F.I.O., yashash joyi haqidagi maʼlumotlar)

ishtirokida _____________________________________________________ga muvofiq,

(ijro hujjatining nomi)

qarzdor ______________________________________________________dan undiruvchi

(qarzdorning F.I.O.)

____________________________________ foydasiga ___________________________

(undiruvchi F.I.O.)

_________________________________________________________________________

(ijro hujjatining mazmuni)

undirish haqidagi 20___ yil “___” _________da qoʻzgʻatilgan ____-son ijro ish yurituvi boʻyicha “___” ___________ 20___ yildagi dalolatnomaga muvofiq,

T/r‎

Mol-mulkning nomi va tavsifi

Miqdori

Narxi

Maxsus identifikatsiya raqami
‎(QR code yoki bar Code)

1.‎

2.‎

xatlangan mol-mulklarni mazkur dalolatnomaga asosan ___________________________
‎________________________________________ savdo doʻkoniga sotish uchun topshirdim.

(savdo tashkilotining nomi)

Yuqoridagi mol-mulklarni sotish uchun qabul qilib oldim _________________________
‎_________________________________________________________________________

(qabul qilib olgan shaxsning F.I.O., lavozimi, uning vakolatligini tasdiqlovchi hujjatlar haqida maʼlumot)

Sotish uchun topshirilgan mulkning jami narxi _________________________________

(soʻz bilan)

savdo chegirmasi ____ foizni. yaʼni __________________________ soʻmni tashkil etadi.

(soʻz bilan)

Mol-mulkni sotishdan tushgan _______________ soʻm ________________* hisobvaragʻiga

(soʻz bilan)

depozit hisobvaragʻi yoki maxsus hisobvaraq koʻrsatiladi

oʻtkazilishi lozim.
Yuqoridagi mol-mulklar ________________________________________ga topshirilib,

(qabul qilib olayotgan shaxsning F.I.O., lavozimi)

u mol-mulkning saqlanishi uchun tegishli shart-sharoitlarga rioya qilishi va ularni taʼminlashi shartligi, mol-mulkni qonunga xilof ravishda oʻzlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazganligi uchun javobgar boʻlishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 233-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Imzolar:
‎Davlat ijrochisi: _______________________
‎Savdo tashkiloti: _______________________

* Byuro organining depozit hisobvaragʻi koʻrsatiladi, davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishda esa maxsus hisobvaraq koʻrsatiladi.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/39/0058-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)