Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 9-son qaroriga
ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari |
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati asosida yoki oʻz tashabbusiga koʻra tegishli hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar kuzatuv kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — kuzatuv kengashlari) ishchi organlariga murojaat qiladi. |
Zaruratga koʻra |
|||
|
2-bosqich |
Kuzatuv kengashlari |
Kuzatuv kengashlarining ishchi organlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplanishini moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Uch ish kuni mobaynida |
|||
|
3-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari |
Yetkazilgan zararlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobidan qoplab beradi. |
Uch ish kuni mobaynida |
|||
|
4-bosqich |
Kuzatuv kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Mablagʻlardan maqsadli tejab foydalanishni belgilangan tartibda nazorat qilib boradi, mablagʻlardan foydalanish hisobini yuritadi hamda belgilangan tartibda hisobotini shakllantiradi. |
Doimiy |
|||
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Muddatlar |
|||
|
1-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxs |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy va maʼnaviy zararlarni qoplash boʻyicha ariza, sud qarori va boshqa tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi. |
Ixtiyoriy |
|||
|
2-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Yuridik xizmat ariza va unga ilova qilingan tegishli hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagi takliflardan birini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki hokimga kiritadi: 1) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarga asosan unda koʻrsatilgan mablagʻlarni toʻlab berish; 2) arizaga ilova qilingan sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritish (shikoyat loyihasini ilova qilgan holda). |
Uch ish kuni ichida |
|||
|
3-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi |
Yuridik xizmatning tegishli takliflari asosida quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi: 1) hisob-kitob boʻlimiga sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlarini qoplab berish boʻyicha koʻrsatma beradi; 2) sud hujjati ustidan belgilangan tartibda shikoyat kiritadi. |
Uch ish kuni ichida |
|||
|
4-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Hisob-kitob boʻlimi: |
||||
|
a) hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida mavjud mablagʻlar doirasida ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan mablagʻlarni ariza beruvchining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi; |
Bir ish kuni ichida |
|||||
|
b) hududiy kompensatsiya jamgʻarmasida yetarli mablagʻlar mavjud boʻlmaganda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga taklif kiritadi. |
Ikki ish kuni ichida |
|||||
|
2. Yuridik xizmat ariza beruvchiga ijro boʻyicha ish yuritish toʻxtatilganligi haqida sudning tegishli qarorini (ajrimini) ilova qilgan holda xat yuboradi. |
Ikki ish kuni ichida |
|||||
|
5-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
1. Sudning ijro ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi qarori (ajrimi) kelib tushgan kundan boshlab, sud hujjatida koʻrsatilgan mablagʻlar ariza beruvchining tegishli bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi. 2. Sud hujjati belgilangan tartibda bekor qilinganda hududiy kompensatsiya jamgʻarmasidan mablagʻlar toʻlashni rad etish toʻgʻrisida ariza beruvchiga xat yuboradi. |
Bir ish kuni mobaynida |
|||
|
6-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlarni davlat organlarining budjetdan tashqari maxsus hisobvaragʻidan qoplash uchun talabnoma kiritadi. |
Uch ish kuni mobaynida |
|||
Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika va hududiy maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
|
1. |
J. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi |
|
2. |
B. Zakirov |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri |
|
3. |
A. Ortiqov |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
|
4. |
F. Pulatov |
— |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori |
|
5. |
A. Xaydarov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
|
6. |
A. Boboyev |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
|
7. |
lavozimi boʻyicha |
— |
Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, Kengash kotibi |

4-ILOVA