Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash, shuningdek, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatish koʻlami va turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qaroriga muvofiq 28 ta tuman (shahar)da, eksperiment tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar koʻrsatadigan ijtimoiy xizmatlar hamda yordamlarning yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini taʼminlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 14-oktabrdagi 539-son qaroriga muvofiq, shuningdek, davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini koʻrsatishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni jadallashtirish, ularga ijtimoiy xizmat va yordamlarni qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
davlat ijtimoiy yordami va xizmatlari koʻrsatishni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirish;
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari tomonidan ish oʻrinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taqdim etishdan oldin ushbu buyurtmalarni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishish;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlarining qaroriga asosan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega boʻlgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish;
I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga koʻra oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish va qayd etishni ijtimoiy xodimlar tomonidan amalga oshirish.
2. Ichki ishlar vazirligi Agentlik bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
3. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlariga joylashtirish uchun tegishli axborot tizimlari integratsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-dekabr,
705-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Kelgusi yil uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlarining umumiy soni toʻgʻrisida tashkilotlardan olingan maʼlumotlar asosida tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar toifalari uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash toʻgʻrisidagi takliflar shakllantiriladi va uni tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishgan holda har yili 1-sentabrdan kechikmay tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar boʻyicha tegishli qaror qabul qilish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimlariga kiritiladi”;
b) 24-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish markazlari tuman (shahar) ishchi komissiyalari hamda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga:”;
v) Nizomga 1-ilovaning “3-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha takliflarni shakllantiradi va uni tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan majburiy tartibda kelishadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 4-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga navbatga qoʻyilmagan holda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan yoki bevosita qonuniy vakillari orqali tegishli tashkilotga murojaat etgan holda joylashtiriladi”;
b) quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan kam taʼminlangan oilalarning bolalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ham maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga talabnoma kiritish orqali imtiyozli navbatga qoʻyiladi”;
v) 18-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxslarning bolalari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan kam taʼminlangan oilalarning bolalari;”;
beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda ijtimoiy xodimlari reabilitatsiya markaziga moneliksiz kirish huquqiga ega”;
b) quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarida alohida vaqtinchalik boshpanalar (shelterlar)ga joylashtirish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari qarorlari asosida amalga oshiriladi”;
v) 79-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“reabilitatsiya markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlarining moneliksiz kirishini va ularning xavfsizligini taʼminlash;”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma toʻldirilib, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali MvaFRBga yuboriladi.
Bunda MvaFRB vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan qaror yuzasidan bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq fuqaroni vaqtincha turar joyga roʻyxatga qoʻyish toʻgʻrisidagi QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma toʻldirilib, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali MvaFRBga yuboriladi.
Bunda MvaFRB vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha kelib tushgan qaror yuzasidan bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq fuqaroni vaqtincha turar joyga roʻyxatga qoʻyish toʻgʻrisidagi QR-kod bilan himoyalangan qayd varagʻini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar, tergov hibsxonalari va vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar, shuningdek, maxsus qabulxonalarda maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslarni oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlarining 3-meʼyor izoh qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu meʼyor bilan reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan, shu jumladan, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari qarorlariga asosan joylashtirilgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, apellyatsiya shikoyatlarining koʻrib chiqilishini va sud hukmining qonuniy kuchga kirishini kutayotgan shaxslar taʼminlanadi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 26-bandidagi “inklyuziv taʼlim sinflari va” soʻzlari “inklyuziv taʼlim sinflari yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga qabul qilish hamda oʻquvchilarni bir umumiy oʻrta taʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining talabnomasiga asosan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʻlimlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlari eng yaqin hududdagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga joylashtiriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 61-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I guruh nogironligi boʻlgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga koʻra oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirish ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba amalga oshiriladi. Oʻrganish natijasi boʻyicha maʼlumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuritiladi. Bunda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi qarab turishning haqiqiy holatlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos hisoblanadi”;
b) 187-bandda:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizomning 4-bandi “v” — “d” kichik bandlarida nazarda tutilgan nafaqalar davlat xizmatlari markazlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ijtimoiy xodimlar guruhlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilish natijasida vakolatli organ axborot tizimi tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda tayinlanadi”;
b) 8-banddagi “davlat xizmatlari markaziga” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 21-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir nafaqalar davlat xizmatlari markazlari, Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi tomonidan vakolatli organning “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron maʼlumotlar asosida tayinlanadi”;
g) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir nafaqasini olish huquqi paydo boʻlgan shaxs (bola) yoki uning qonuniy vakili (keyingi oʻrinlarda — murojaat qiluvchi) nafaqa olish huquqi paydo boʻlgandan soʻng davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib, Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi”;
d) 42-banddagi “davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) 46-banddagi “davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
j) 48-banddagi “davlat xizmatlari markaziga” soʻzlari “davlat xizmatlari markaziga yoki Markazga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 49-banddagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markaz” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
i) 55-banddagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markaz” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
k) 57-banddagi “davlat xizmatlari markaziga” soʻzlaridan keyin ““Markazga” soʻzi bilan toʻldirilsin;
l) 77-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat xizmatlari markaziga” soʻzlaridan keyin ““Markazga” soʻzi bilan toʻldirilsin;
m) 7-ilovada:
“1-bosqich” pozitsiyasi “Mexanizm” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Nafaqa tayinlash yuzasidan Davlat xizmatlari markazi yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlariga kelib murojaat qiladi”;
“2-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasi “Mexanizm” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Nafaqa tayinlangani yoki tayinlash rad etilgani haqidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markazi yoki Markazga yuboradi”;
“5-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
n) Nizomga 8-ilovada:
“1-bosqich” pozitsiyasi “Mexanizm” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Nafaqa tayinlash yuzasidan Davlat xizmatlari markazi yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlariga kelib murojaat qiladi”;
“2-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasi “Mexanizm” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Nafaqa tayinlangani yoki tayinlash rad etilgani haqidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markazi yoki Markazga yuboradi”;
“5-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
o) 9-ilovada:
“1-bosqich” pozitsiyasi “Mexanizm” ustunining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Nafaqa tayinlash yuzasidan Davlat xizmatlari markazi yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlariga kelib murojaat qiladi”;
“2-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“4-bosqich” pozitsiyasi “Mexanizm” ustunining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Nafaqa tayinlangani yoki tayinlash rad etilgani haqidagi maʼlumotlarni Davlat xizmatlari markazi yoki Markazga yuboradi”;
“5-bosqich” pozitsiyasi “Subyektlar” ustunidagi “Davlat xizmatlari markazi” soʻzlaridan keyin “yoki Markazlarning ijtimoiy xodimlar guruhlari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)