28.09.2023 yildagi PQ-319-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida koʻrsatish, aholining ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirish hamda aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2023-yil 15-oktabrdan boshlab 1-ilovaga muvofiq dastlab 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy xodimlar)ning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarga (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi) bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalarini (keyingi oʻrinlarda — individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlarning koʻrsatilishini tashkil qilish, shuningdek, zarur hollarda individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga tegishli tuzatishlar kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻngillilarni (qarindoshlar, qoʻni-qoʻshnilar, volontyorlar) ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishga jalb qilish hamda ularning mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar toʻgʻrisida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga boʻlgan huquqlari boʻyicha tushuntirish berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatishda ijtimoiy xodimlarga har tomonlama koʻmak berish boʻyicha shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-oktabrdan boshlab talabgorlarni oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi yoki yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaxs deb eʼtirof etish yoki bekor qilish, shuningdek, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar roʻyxatiga kiritish (undan chiqarish) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlariga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega boʻlgan muassasalarga olti oy muddatgacha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish huquqi beriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika miqyosida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan 28 ta tuman (shahar)da ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatilishining yangi tizimini yoʻlga qoʻyish jarayonida yuzaga keladigan tizimli muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, eksperiment davrida tuman (shahar) hokimliklari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni koʻrsatish tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov uch oy muddatda eksperiment natijasi boʻyicha ijtimoiy xizmatlar va yordamlar tizimini barcha hududlarda joriy etish boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrnatilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik hamda uning hududiy boʻlinmalari tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va bolalar bilan ishlash boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari oʻrnatilgan tartibda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xodimlar faoliyatining samaradorligini baholash natijalari boʻyicha toʻlanadigan mukofotlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy inspeksiya va uning hududiy boshqarmalariga Agentlik tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan vazirlik va idoralar hamda ular tizimidagi tashkilotlarga ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrsatmagan (yoki toʻliq boʻlmagan hajmda koʻrsatgan) xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda ijtimoiy xodimlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq davlat xaridlari, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-noyabrga qadar Agentlik bilan birgalikda “Ijtimoiy xizmat darchalari”ning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini belgilovchi reglament tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 1-dekabrga qadar Agentlik buyurtmasiga asosan “Ijtimoiy xizmat darchalari” toʻliq faoliyat olib borishi uchun zarur moddiy-texnik baza, mebel jihozlari, shu jumladan aloqa vositalari (internet, kommunikatsiya va boshqalar) bilan jihozlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallarida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatishga ixtisoslashgan “Ijtimoiy xizmat darchalari” faoliyati toʻliq tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agentlik 2023-yil 1-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya AT) ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtiruvchi alohida elektron modul (e-case) ishlab chiqilishini hamda uning faoliyat koʻrsatishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar tomonidan fuqarolarning arizalarini onlayn qabul qilish tajribasi mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Agentlik Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-dekabrga qadar Ijtimoiy himoya ATga “Mehr daftari”, “Saxovat va koʻmak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” axborot bazalari, shu jumladan ushbu daftarlarga kiritilgan fuqarolar hamda ularga tayinlangan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumotlar integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2024-yil 1-martga qadar:
(10-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tomonidan yagona savolnoma asosida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi muammolarini aniqlash tizimi yoʻlga qoʻyilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan aholi toifalarini aniqlash yuzasidan takliflar Hukumatga kiritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2024-yil 1-martga qadar davlat tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatishda ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzish amaliyotini joriy etish boʻyicha takliflar Hukumatga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga Agentlik buyurtmasi asosida tegishli nodavlat notijorat tashkilotlarga mablagʻlar ajratib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq jarayonlarni qamrab oluvchi tegishli Hukumat qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy himoya AT tizimiga integratsiya qilinadigan elektron maʼlumotlar bazalari va idoralararo maʼlumotlar almashinuvi roʻyxati tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 28-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-319-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy xizmatlar va yordamlar dastlab yoʻlga qoʻyiladigan tumanlar (shaharlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman (shahar) nomi

Mahallalar soni

(birlik)

Ijtimoiy xodimlar soni

(birlik)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

Beruniy tumani

40

28

2.

Xoʻjayli tumani

28

18

Andijon viloyati

3.

Andijon shahri

83

52

4.

Xoʻjaobod tumani

39

16

Buxoro viloyati

5.

Qorakoʻl tumani

50

26

6.

Peshku tumani

37

20

Jizzax viloyati

7.

Baxmal tumani

33

22

8.

Gʻallaorol tumani

35

26

Qashqadaryo viloyati

9.

Qarshi tumani

58

40

10.

Dehqonobod tumani

54

22

Navoiy viloyati

11.

Konimex tumani

15

6

12.

Navoiy shahri

36

22

Namangan viloyati

13.

Kosonsoy tumani

59

24

14.

Chust tumani

72

36

Samarqand viloyati

15.

Paxtachi tumani

59

26

16.

Kattaqoʻrgʻon shahri

36

10

Surxondaryo viloyati

17.

Termiz shahri

37

20

18.

Uzun tumani

51

26

Sirdaryo viloyati

19.

Xovos tumani

28

14

20.

Guliston shahri

24

12

Toshkent viloyati

21.

Yangiyoʻl tumani

64

28

22.

Toshkent tumani

70

26

Fargʻona viloyati

23.

Fargʻona shahri

73

46

24.

Dangʻara tumani

46

22

Xorazm viloyati

25.

Urganch tumani

60

28

26.

Yangibozor tumani

30

14

Toshkent shahri

27.

Olmazor tumani

64

44

28.

Mirzo Ulugʻbek tumani

70

46

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika miqyosida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini takomillashtirishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

1. Ijtimoiy xodim faoliyatini yoʻlga qoʻyish

1.

Ijtimoiy xodimlarni lavozimlarga tanlab olish ishlarini tashkil qilish.

Ijtimoiy xodimlarni lavozimga tayinlashda quyidagi choralarni koʻrish:

ijtimoiy xodimlar lavozimiga nomzodlar roʻyxatini shakllantirish;

boʻsh turgan lavozimlar roʻyxatini ochiq manbalarda eʼlon qilish;

obyektiv baholash asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni ijtimoiy xodim lavozimiga ishga qabul qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

2.

Ijtimoiy xodimning xizmat faoliyatiga doir hujjatlarni ishlab chiqish.

Ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ishlarni tashkil etish va yuritish standartlarini (keys-menejment) tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

3.

Eksperiment tariqasida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar dastlab yoʻlga qoʻyiladigan tumanlarda (shaharlarda) ijtimoiy xizmat tizimini yoʻlga qoʻyish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “yoʻl xarita”sini ishlab chiqish hamda tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlash:

har bir mahallaning mahalla fuqarolar yigʻinlari binosida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratish va uni zarur jihozlar bilan taʼminlash;

ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish sohasidagi masʼul organlar oʻrtasida vazifalar taqsimotini belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Ijtimoiy xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash.

Joylarda, shu jumladan mahalla fuqarolar yigʻinlarida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratilishini hamda ularga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

II. Ijtimoiy xizmatlar sohasini takomillashtirish

5.

“Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik tanlovini oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

“Eng faol ijtimoiy xodim” koʻrik tanlovini oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilash;

koʻrik tanlov haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish va tanlovni keng jamoatchilikka targʻib etish;

koʻrik tanlovda baholash mezonlari va shartlarini ishlab chiqish;

koʻrik tanlov gʻoliblarini ragʻbatlantirish tizimi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

6.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish tartib-taomillari;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritish boʻyicha arizalarini qabul qilish hamda ularni tegishliligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun sektor rahbarlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga yuborish imkonini yaratish mexanizmi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

7.

Tutingan ota-onalarni tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida tutingan ota-onalarning tayyorlov kurslarini tashkil etish;

tayyorlov kurslari oila va bolalarga xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ham tashkil etilishini ragʻbatlantirish;

ijtimoiy xodimlar, shu jumladan Agentlik tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha xodimlarning shartnoma asosida malakasini oshirish mexanizmlari.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy gvardiya, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash

8.

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar doirasini kengaytirish.

Quyidagi kompleks choralarni amalga oshirish nazarda tutiladi: ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini qayta koʻrib chiqish orqali boshpanalar (shelterlar) tashkil qilish;

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan joylashtirish tartibini ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror

Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi

10.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishlarini tashkil etish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni;

alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli taʼlim va tarbiya berishga moʻljallangan guruhlarni;

nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi boʻlimlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

11.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibini tubdan takomillashtirish;

zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish;

protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalarini yetkazib beruvchi subyektlarni ragʻbatlantirish tizimi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

12.

Davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy himoya sohasidagi masʼuliyatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida ijtimoiy himoya tizimi xodimlari faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonuniy talablarini bajarmaslik va boshqa qonun buzilishlar yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura

13.

Ayrim toifadagi shaxslar manfaatini himoya qilishda davlat bojidan ozod etish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

vasiylik va homiylik organlari tomonidan ota-onalarning muomala layoqatini cheklangan deb topish, ularni ota-onalik huquqidan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan olib qoʻyish, shuningdek, agar bolalarning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa va bolalari bilan birgalikda yashashlari mumkin emas deb topilsa, ularni boshqa turar joy bermasdan koʻchirib yuborish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari kiritishi munosabati bilan davlat bojidan ozod qilish;

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega boʻlgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi boʻyicha davlat bojidan ozod qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

14.

Nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash tizimini takomillashtirish;

shaxsning funksionalligini baholash natijalaridan kelib chiqib nogironlik belgilash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

15.

Davlat va xususiy telekanallarda aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlashga qaratilgan axborot materiallari eʼlon qilib borilishini yoʻlga qoʻyish, bunda nogironligi boʻlgan shaxslarning mazkur axborotlar foydalanishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish.

Davlat va xususiy telekanallarining chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, shuningdek, yangilik va koʻngilochar koʻrsatuvlarning surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishini doimiy tarzda taʼminlash choralarini koʻrish.

Davlat va xususiy telekanallarda ogʻir hayotiy ahvolga tushib qolgan oilalarga motivatsiya boʻladigan, ular duch kelayotgan muammolarni yoritish, jamiyatda mavjud stereotiplarni oʻzgartirish, zoʻravonlikka qarshi kurashish, nogironligi bor shaxslarning ijtimoiylashuviga qaratilgan turkum seriallar, telenovellalar, maxsus tele koʻrsatuvlar va radio eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi

16.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni manzilli qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan ularga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzish mezonlarini hamda ijtimoiy shartnomaga yakka tartibda ishlab chiqilgan ijtimoiy moslashuv dasturini amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil fevral

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

17.

Ota-onasi xorijiy mamlakatlarga ishlashga (mehnat migrantlari) ketgan shaxslarning bolalarini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish.

Ota-onasi xorijiy davlatlarga ketgan, shu jumladan tashqi mehnat migratsiyasiga ketgan bolalarning ijtimoiy himoyasini hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil mart

Milliy gvardiya, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Bola huquqlari boʻyicha vakil, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

18.

Farzandlikka olish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:

farzandlikka oluvchilar uchun qoʻyiladigan talablarni ularning yoshi yoki oilaviy ahvolidan kelib chiqib kengaytirish;

farzandlikka olish tizimini soddalashtirish;

bolani farzandlikka olgan shaxslar uchun sinov muddatini belgilash yoki maʼlum muddatga patronatga berish tartibini joriy etish;

farzandlikka olish va undan keyingi davrlarda aniqlangan huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 07/23/319/0745-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 01.02.2024-y., 06/24/24/0077-son; 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)