Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2694-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 12-iyundagi 335-V, 02-02/12-26-son qarori (roʻyxat raqami 2694, 2015-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 365-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 13-dekabr,
335V-4-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-dekabr,
95-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 13-dekabrdagi 335B-4-son, Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 12-dekabrdagi 95-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi hamda tranzit oʻtishi uchun yigʻimlarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. 4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yigʻimlar barcha tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi kassalari orqali qabul qilinishi mumkin.”.
2. 20-banddagi “xaltasi” degan soʻz “sumkasi (qop)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 21-bandda:
“xaltalari” degan soʻz “sumkalari (qoplari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maxsus kassa tomonidan tijorat bankiga yuboriladigan naqd pul va boshqa qimmatliklar oʻzaro shartnomaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” davlat unitar korxonasi xizmati kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin.”.
4. 25-banddagi “inkassatsiya xizmati” degan soʻzlar “inkassatsiya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati (bank avtomashinasidan foydalangan holda) yoki “Respublika maxsus aloqa bogʻlamasi” davlat unitar korxonasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 28-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 10/23/2694-4/0987-son)