Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining
buyrugʻi
“Qorakoʻlchilik subyektlariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 26-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3213-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son “Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 20-dekabrdagi 14-son “Qorakoʻlchilik subyektlariga subsidiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 3213, 2020-yil 24-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2020-y., 10/20/3213/0078-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
1-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
2023-yil 1-dekabr
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2023-yil 14-dekabr
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 12-dekabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 10/23/3213-1/0982-son)