24.01.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3213
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.12.2023
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat ko‘mitasi qaror qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
11. Qorako‘lchilik subyektlaridan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga qorako‘lchilik subyekti tomonidan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida qorako‘lchilik subyektiga hujjatlarni tegishli javob xati bilan qaytaradi.
15. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida qorako‘lchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan hamda eksportga yo‘naltirilgan qorako‘l va qorako‘lcha teri sonini o‘rganadi hamda quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi:
qorako‘lchilik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Nizomning 15-bandiga asosan o‘rganish natijasida soxta hujjatlar taqdim etilganligi yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoxud ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganda.
19. Mazkur Nizomning 18-bandida qayd etilganidan boshqa holatlarga ko‘ra subsidiya ajratishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

Bosqichlar

Mas’ul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Qorako‘lchilik subyektlari

Subsidiya olishda talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga topshirish.

Yil davomida

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

1. Qorako‘lchilik subyekti tomonidan pochta aloqasi orqali yoki elektron shaklda hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa, ularni javob xati bilan qaytarish.

1 ish kuni ichida

2. Qorako‘lchilik subyekti tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda ularni o‘rganib chiqish.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

1. O‘rganish natijasida qabul qilingan xulosa asosida arizachiga bildirishnoma yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish to‘g‘risida buyurtmanoma berish.

xulosa qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmanomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya berish.

buyurtmanoma qabul qilingan kundan boshlab
1 ish kuni ichida

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Tegishli to‘lov summasini qorako‘lchilik subyektining arizasida ko‘rsatilgan bank hisob raqamiga o‘tkazish.

maxsus g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgandan
boshlab
1 ish kuni ichida

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga _______________________dan

(qorako‘lchilik subyektning nomi)

Ariza

_______________________________________________ (qorako‘lchilik subyektning nomi) tomonidan yetishtirilib, ______________________ga (mamlakat nomi) umumiy qiymati _______________________ (valyuta)ga teng, TIF TN kodi ____________________ bo‘lgan _____________________ (mahsulotning nomi) mahsulot(lar) eksport qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi PQ-4420-son qarorining 5-bandiga asosan ___________________________________________ tomonidan (qorako‘lchilik subyektning nomi) yetishtirilib, eksport qilingan ____ dona ___________________ terisi (mahsulotning nomi) uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishini ko‘rib chiqishingizni va tegishli mablag‘larni ______________________________ (tijorat bankining nomi) tijorat bankining ______________________________ (hududning nomi) filialidagi _____________________________ hisob raqamiga o‘tkazib berishingizni so‘rayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilindi:

1) ta’sis hujjatlari (ustav va ta’sis shartnomasi) va qorako‘lchilik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxalari;

2) tuman statistika bo‘limi tomonidan berilgan mavjud qorako‘l qo‘ylar bosh soni va yetishtirilgan qorako‘l va qorako‘lcha teri soni to‘g‘risida ma’lumotnoma;

3) qorako‘l va qorako‘lcha terini eksport qilish bo‘yicha eksport shartnomasi hamda eksportga yuborilgan mahsulotlar uchun hisob-faktura hujjatlari nusxalari;

4) qorako‘l va qorako‘lcha terini eksport qilganligi to‘g‘risida bojxona yuk deklaratsiyasi nusxasi.

_______________________ rahbari _______________________________________________________ (F.I.O.)

Bog‘lanish uchun telefon: +998 (____)______________

____________________________________________________(imzo)