Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi oʻrtasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash hamda yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi D. Fayziyevaning Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi E. Koshanovning 2023-yil 25 — 27-oktabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakuni toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi E. Koshanovning 2023-yil 25 — 27-oktabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakuni boʻyicha Tadbirlar rejasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*ilova berilmaydi
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-noyabr,
3697-IV-son