22.11.2023 yildagi 3710-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan umumxalq referendumida xalqimiz oʻzining yuksak siyosiy ongi, huquqiy madaniyati va dunyoqarashini namoyon etib, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Asosiy qonunda mamlakatimiz rivojlanishining siyosiy-huquqiy asoslari yaratilib, aholi farovonligini taʼminlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlari himoyasining kafolatlari mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir chora-tadbirlar rejasi (bundan buyon matnda Chora-tadbirlar rejasi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar va komissiyalar Chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari tomonidan saylov okruglarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, uning asosida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilingan qonunlarning ahamiyatini saylovchilarga tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda amalga oshiriladigan targʻibot-tashviqot tadbirlariga partiyalarning faollari hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini keng jalb etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi (M. Parmanova) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Qonunchilik palatasi tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 22-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3710-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 22-noyabrdagi 3710-IV-sonli qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Oʻtkazish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi va takomillashtirilishida parlamentning roli va ahamiyatini ochib berishga qaratilgan tadbirlar

1.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani soʻzsiz va toʻliq amalga oshirishda parlament roli” mavzusida konferensiya tashkil etish.

6-dekabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Parlament tadqiqotlari instituti, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

2.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar hamda demokratik yangilanishlarni targʻib qilishga qaratilgan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yangi imkoniyatlar va huquqlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

4-dekabr

“Milliy tiklanish” DP fraksiyasi Parlament tadqiqotlari instituti bilan birgalikda

II.

“Konstitutsiya haftaligi” doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar

1.

“Konstitutsiya haftaligi” doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazish va Qonunchilik palatasi binosida ekskursiya tashkil etish.

1 — 7-dekabr

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar

Tashkiliy ishlar va kadrlar boʻlimi

(F. Kuvatov)

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlari koʻrgazmasini tashkil etish.

1 — 7-dekabr

Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari

(A. Qodirov)

Axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻlimi

(A. Ismoilov)

III.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan joylarda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari

1.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan siyosiy partiyalarning hududiy Kengashlari bilan birgalikda joylarda oʻz dasturiy maqsad va vazifalaridan keli� chiqib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarining mazmun-mohiyatini ochib beruvchi turkum tadbirlar tashkil etish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari

2.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan saylov okruglarida saylovchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish borasidagi ishlarni tashkil etish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari

3.

Jizzax viloyatida yangi tahrirdagi Konstitutsiyada oila, ayollar va yoshlar masalalari, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish borasida belgilangan normalar mazmun-mohiyatini targʻib qilishga qaratilgan “Konstitutsiya — oila, ayollar va yoshlarning huquqiy kafolati” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

1-dekabr

Oʻzbekiston XDP fraksiyasi

4.

Tibbiy-ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan, onkologik kasalliklarga chalingan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, begʻaraz yordam muhitini kuchaytirish, bolalar salomatligini muhofaza qilish maqsadida Respublika qon quyish markazi hamda uning hududiy boʻlimlarida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasini tashkil etish.

1-dekabr

“Adolat” SDP fraksiyasi

IV.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot tadbirlari

1.

“Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun yaratilgan muhim kafolatlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

1-dekabr

OʻzLiDeP fraksiyasi

2.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar mazmun-mohiyati hamda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda Konstitutsiyaning ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Fargʻona viloyatida “Yangi Oʻzbekiston barqaror konstitutsiyaviy taraqqiyot sari!” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

1-dekabr

Oʻzbekiston XDP fraksiyasi

3.

“Yangi Konstitutsiya — taraqqiyot qomusi” mavzusida yoshlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazish.

1-dekabr

“Milliy tiklanish” DP Markaziy Kengashi va fraksiyasi

4.

“Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan sogʻliqni saqlashga oid eng muhim normalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

4-dekabr

OʻzLiDeP fraksiyasi

5.

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya: yoshlarga taʼlim sohasida keng imkoniyatlar yaratadi” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

4-dekabr

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya

6.

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yaratilgan taʼlim olish huquqiga oid eng muhim yangiliklar” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

5-dekabr

OʻzLiDeP fraksiyasi

7.

“Yer, yer osti boyliklari, suv va oʻsimlik dunyosi Konstitutsiya muhofazasida” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

5-dekabr

Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi

8.

Vatan kelajagi yoshlar qoʻlida loyihasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” koʻrik tanlovining Respublika bosqichini oʻtkazish.

5-dekabr

“Adolat” SDP fraksiyasi siyosiy partiya bilan birgalikda

9.

“Inson huquqlari boʻyicha Milliy institutlarning konstitutsiyaviy huquqiy asoslari” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

6-dekabr

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi

10.

“Oʻzbekiston Respublikasida soʻz va ommaviy axborot vositalari faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari” mavzusida xalqaro davra suhbatini oʻtkazish.

6-dekabr

Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi

11.

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining huquqlari davlat himoyasida” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

6-dekabr

Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi

V.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan taʼlim tashkilotlarida turkum tadbirlar oʻtkazish

1.

Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya — farovon hayotimiz asosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

1-dekabr

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

2.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga, ijtimoiy davlat konsepsiyasi, ijtimoiy davlat barpo etishning konstitutsiyaviy asoslari mazmun-mohiyatini targʻib qilishga qaratilgan “Konstitutsiya — ijtimoiy davlatning huquqiy asosi” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2-dekabr

Oʻzbekiston XDP fraksiyasi

3.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Oʻzbekiston Respublikasining izchil, pragmatik va progressiv tashqi siyosatining konstitutsiyaviy asoslari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

5-dekabr

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

4.

Qurolli Kuchlar tizimidagi harbiy oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchi va tinglovchilari bilan hamkorlikda “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — mudofaa va xavfsizlik sohasidagi strategik islohotlarning huquqiy poydevori” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

5-dekabr

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

VI.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etish

1.

“Asosiy Qomusimiz — huquqlarimiz kafolati” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

1-dekabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

2.

“Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

4-dekabr

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻ�itasi

3.

“Konstitutsiya — farovon hayotimiz asosi” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

4-dekabr

Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi

4.

“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatidir” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

5-dekabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.

“Budjet ijrosida ochiqlik va shaffoflik” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

6-dekabr

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

6.

“Koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqining millatlararo va konfessiyalararo hamjihatliligi” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

6-dekabr

Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi

7.

“Konstitutsiya — mamlakat rivoji va sanoat tarmoqlari taraqqiyotining huquqiy poydevori” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

6-dekabr

Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

8.

“Konstitutsiya — millatlararo totuvlikni saqlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va strategik rivojlanish asosi” mavzusida maqola tayyorlash va uni keng yoritish choralarini koʻrish.

7-dekabr

Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi

VII.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish

1.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, qoʻmitalar va komissiyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan oʻtkaziladigan barcha tadbirlarni, deputatlarning tahliliy maqolalarini hamda boshqa chiqishlarini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida keng yoritish choralarini koʻrish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi

(M. Parmanova)

2.

“Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent” “MY5” va “Mahalla” telekanallarida Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ochib berishga bagʻishlangan koʻrsatuv va intervyular tashkil etish.

noyabr-dekabr

Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi

(M. Parmanova)

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” mavzusida chellenj tashkil etish.

dekabr

Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi

(M. Parmanova)