25.12.2023 yildagi PQ-405-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosni, xususan, maqom va baxshichilik san’atini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarimizni keng namoyon etish bilan bog‘liq faoliyatni yanada takomillashtirish, shuningdek, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash, ro‘yxatlarga kiritish, raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqom va baxshichilik san’atini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy merosning noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan namunalarining, shuningdek, merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya doirasida xalqaro ro‘yxatlarga kiritilishiga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy merosni doimiy ravishda o‘rganishni yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika va xalqaro miqyosda etnofolklor ekspeditsiyalari tashkil qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, fundamental va maqsadli grantlar ajratilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros ta’limning barcha bosqichlarida o‘rganilishini tashkil etish hamda soha uchun malakali kadrlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taniqli baxshilar ishtirokida folklor teatrlashtirilgan tomoshalarni sahnalashtirsin va ularning respublika teatrlarida namoyish etilishini tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq dostonlari va ertaklar asosida bolalar uchun multfilmlar yaratish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nomoddiy madaniy merosni saqlash va keyingi avlodlarga yetkazishni ta’minlash bo‘yicha shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra 2024-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) noyob va (yoki) yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi tomonidan birinchi bosqichda ushbu toifadagi nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi 20 nafar shaxs aniqlanib, ularga nomoddiy madaniy meros namunalarini asrab-avaylash, ommalashtirish va keyingi avlodga yetkazish borasidagi faoliyatida ko‘maklashiladi hamda ularning bu boradagi faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari belgilab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ko‘rsatkichlarni bajargan nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi shaxslar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan har oyda 5 million so‘m miqdorida rag‘batlantirib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) alohida ahamiyatga ega bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilish uchun har yili 50 ta audiovizual asar yaratishga davlat buyurtmasi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audiovizual asar yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuziladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Hunarmand” uyushmasi va Madaniy meros agentligining nomoddiy madaniy meros namunalarini “tayyorlash — o‘rgatish — tiklash — saqlash — ommalashtirish” yaxlit uzluksiz tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tajriba tariqasida Farg‘ona viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Rishton xalqaro kulolchilik markazi va Marg‘ilon shahridagi Hunarmandchilik markazida tegishlicha quyidagilarni ta’minlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlari tayyorlanadi, ularni tayyorlash “ustoz-shogird” tamoyili asosida yoshlarga o‘rgatiladi, ilmiy tadqiqotlar, ko‘rgazma va namoyishlar tashkil qilinadi, ularning savdosi yo‘lga qo‘yiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ekspozitsiyalar yaratiladi, shuningdek, atlas va adras mahsulotlari hamda kulolchilik buyumlarining eng yaxshi namunalari “Milliy merosga mening hissam!” umumxalq aksiyasi doirasida davlat muzeylariga xarid qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi 2026-yil 1-yanvarga qadar tajriba natijasini tahlil qilgan holda ushbu tizimni nomoddiy madaniy meros namunalarining boshqa turlari bo‘yicha joriy etish hamda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) ushbu qarorga 1-ilovada tasdiqlangan nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin, shuningdek, 2025-yil 1-yanvarga qadar ularning natijadorligini o‘rgangan holda ushbu tizimni nomoddiy madaniy meros namunalarining boshqa turlari bo‘yicha yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilgani inobatga olinsin hamda uning asosiy vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Institutda etnofolklor laboratoriyasi tashkil etilib, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘qolib ketgan noyob nomoddiy madaniy meros namunalari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlarni qayta tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros namunalarining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi va kelajakdagi holatini modellashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlovchi materiallar, axborot tashuvchi vositalar, etnofolklor ekspeditsiyalarida to‘plangan materiallarni texnologiyalar o‘zgarishiga mutanosib ravishda zamonaviy formatga o‘tkazib borish hamda audiovizuallashtirish yo‘lga qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi hamda uning xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov) va uning tizimidagi muassasalar Institut tomonidan bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar (tovarlar) bo‘yicha asosiy buyurtmachi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda tegishli ixtisoslashgan ilmiy kengashlar faoliyat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika baxshichilik san’ati markazi Institut tizimiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika baxshichilik san’ati markazi 2024-yildan boshlab respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilib, Madaniyat vazirligiga tegishli Toshkent shahridagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda Institut faoliyatini, shu jumladan unda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan etnofolklor laboratoriyasini tashkil etishga oid Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga 2024-yildan boshlab har yili tayanch doktorantura uchun kamida 3 tadan, stajyor-tadqiqotchilik uchun kamida 2 tadan kvota ajratilishini;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy meros namunalarini tadqiq etish, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasining tanlovlar asosida shakllantirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2024-yildan boshlab har yili madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlar xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy ta’lim muassasalariga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladigan nomzodlar pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, magistrlik darajasiga ega bo‘lgan iqtidorli va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida ochiq tanlov asosida saralab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qituvchi va xodimlarni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan bog‘liq xarajatlar “El-yurt umidi” jamg‘armasiga xorijda doktoranturada ta’lim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishda madaniyat va ta’lim tashkilotlarining uzviy hamkorligi quyidagi tartibda yo‘lga qo‘yilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim oluvchilar etnofolklor ekspeditsiyalariga va davlat buyurtmalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan nomoddiy madaniy meros saqlovchi shaxslar va etnofolklor ekspeditsiyalari ishtirokchilariga, ularning mutaxassisligidan qat’i nazar, istisno tariqasida, Institut ilmiy kengashining tavsiyasiga asosan amaliyot darslarini o‘tishi uchun ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ushbu bandda belgilangan vazifalarning samarali bajarilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov), Yozuvchilar uyushmasi (S. Saidov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan o‘zbek xalq dostonlarining jonli ijrodan yozib olingan namunalarini hamda “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildlik to‘plamini nashr etish ishlarining yakunlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yildan boshlab, har yili mart oyida “Milliy qadriyatlar oyligi” tadbirlari va xalq sayillarini o‘tkazib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning xalqaro ro‘yxatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish bo‘yicha mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha fundamental va maqsadli grantlar bo‘yicha davlat buyurtmalari rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish rejasi 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) 7-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada kengroq qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, kelgusi yillar uchun ushbu bandda nazarda tutilgan rejalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va “yo‘l xaritasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev) bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar “Qadriyat” elektron platformasi va uning mobil ilovasini yaratsin hamda tegishli elektron xizmatlar va manbalar bilan integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Qadriyat” elektron platformasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy merosni, shu jumladan maqom va baxshichilik san’ati namunalarini o‘zida saqlovchi va yetkazuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomoddiy madaniy merosni, jumladan maqom va baxshichilik san’ati namunalarini elektron hujjatlashtirish, hisobini yuritish va ular haqidagi materiallar, matn, foto va boshqa audiovizual asarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaga oid xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar, mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalari materiallari, xalqaro ro‘yxatlarga kiritilgan nomoddiy madaniy meros namunalari haqidagi batafsil ma’lumotlar joylashtiriladi hamda muntazam ravishda yangilab boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Qadriyat” elektron platformasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlar Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasiga ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda elektron platformani doimiy ravishda modernizatsiya qilish, texnik qo‘llab-quvvatlash va faoliyat yuritishi Institut tomonidan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Madaniyat vazirligi bilan birgalikda hududlarda madaniyat va istirohat bog‘larini, mahalla guzarlarini, turizm maskanlarini va aholi gavjum savdo va ko‘ngilochar joylarni nomoddiy madaniy meros namunalari bilan badiiy bezash amaliyotini yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-405-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Nomoddiy madaniy meros namunalari

Yetakchi ijodiy markazlar

Qo‘llab-quvvatlashga tashabbus bildirgan mas’ul tashkilot

Ijodiy va amaliy rivojlantirishga mas’ullar

Ilmiy tadqiq etishga mas’ullar

1.

Maqom san’ati

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi

“O‘zavtosanoat” AJ

Munojat Yo‘lchiyeva — O‘zbekiston Qahramoni,

O‘zbekiston xalq artisti

Soib Begmatov — san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor,

Otanazar Matyoqubov — san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor

2.

Katta ashula

Abdunabi Ibragimov — O‘zbekiston xalq hofizi

Rustam Abdullayev — san’atshunoslik fanlari doktori, professor

3.

Baxshichilik san’ati

Respublika baxshichilik san’ati markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Qaxxor Rahimov — O‘zbekiston xalq baxshisi

Jabbor Eshonqulov — filologiya fanlari doktori, professor,

Shomirza Turdimov — filologiya fanlari doktori, professor

4.

Jirov-qo‘biz ijrochiligi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali

Salomat Ayapov — Qoraqalpoq xalq jirovi

Sarigul Baxodirova — filologiya fanlari doktori, professor,

O‘rozali Toshmatov — folklorshunos, professor

5.

Do‘ppido‘zlik

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

Mukarram Ibrohimova — do‘ppido‘zlar sulolasining beshinchi avlodi vakili

Ilmira Gyul — san’atshunoslik fanlari doktori, professor

6.

Qorabayir

Qorabayir otlari mahorat maktabi

(Termiz tumani)

Milliy gvardiya,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Behzod Qurbonov — ot sporti bo‘yicha xalqaro toifadagi usta

Abdumurod Tillovov — filologiya fanlari nomzodi,

Salimjon Yo‘ldoshev — tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori

7.

Egar-jabduq yasash an’analari

Akbar Qodirov — egarchi usta

8.

Atlas va adras

Hunarmandchilik markazi

(Marg‘ilon shahri)

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

Ibrohimjon Sultonov — mohir usta

Shaxlo Abdullayeva — san’atshunoslik fanlari nomzodi

9.

Kulolchilik an’analari

Rishton xalqaro kulolchilik markazi

Savdo-sanoat palatasi

Alisher Rahimov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kulol

Surayyo Aliyevasan’atshunoslik fanlari doktori, professor

10.

Kashtachilik

Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati

(Nurota tumani)

Madina Qosimboyeva — mashhur kashtado‘z

Binafsha Nodir — san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

11.

Zardo‘zlik va zargarlik

Buxoro shahri

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ

Fasxiddin Dadamuhammedov — O‘zbekiston xalq ustasi, zargar, zargarlar sulolasining to‘rtinchi avlodi vakili,

Mahfuza Salimova — zardo‘z, zardo‘zlar sulolasining to‘rtinchi avlodi vakili

Akbar HakimovO‘zFA akademigi, O‘zBA akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor

12.

Dutor ijrochiligi

Toshkent shahri

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

Malika Ziyayeva — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist

Ozodgul Toshmatova — san’atshunoslik fanlari doktori (DSc), professor

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu rejada belgilangan ijodiy va amaliy rivojlantirishga hamda ilmiy tadqiq etishga mas’ullar tarkibiga madaniyat vazirining buyrug‘i bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejada belgilangan nomoddiy madaniy meros namunalarini kompleks rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy va ijodiy maktablarning faoliyati tegishli yetakchi ijodiy markazlarda yuridik shaxs tashkil etilmagan holda yo‘lga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro shahri va Toshkent shahrida yetakchi ijodiy markazlar tegishlicha Buxoro viloyati hokimligi va Toshkent shahri hokimligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ASOSIY VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy baza, institutsional tizim va madaniyat muassasalari faoliyatini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosa va takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, yurtdoshlarimizni milliy madaniyatimiz va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan keng bahramand etish, jamiyatning madaniy-estetik ehtiyojlarini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat tashkilotlari, jumladan, madaniyat markazlari, teatrlar, sirk muassasalari, konsert tashkilotlari, madaniyat va istirohat bog‘larining faoliyatini, shuningdek, madaniy-ommaviy, konsert-tomosha, gastrol tadbirlari, xalq ijodiyoti, badiiy hunarmandchilik, amaliy san’at turlari hamda xalq o‘yinlarini ilmiy o‘rganish va ularni ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat, san’at, badiiy ijod, madaniyatshunoslik hamda nomoddiy madaniy meros sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, etnofolklor ekspeditsiyalarini uyushtirish, sohada innovatsion texnologiyalarni keng qo‘llash, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy va amaliy grant loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida nomoddiy madaniy meros muhofazasini tashkil etishning nazariy va ilmiy metodologik asoslarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz hududlaridagi nomoddiy madaniy meros elementlarining milliy ro‘yxatini yuritish, hujjatlashtirish, muhofaza va nazorat qilish, bu yo‘nalishda davriy hisobotlarning tayyorlanishi va doimiy ravishda yangilab, to‘ldirib borilishini ta’minlash, ularning namunalarini umume’tirof etilgan xalqaro ro‘yxatlarga kiritish uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi o‘rtasida, ommaviy axborot vositalari, internet va ijtimoiy tarmoqlarda nomoddiy madaniy merosni keng targ‘ib qilish, ommalashtirish hamda bu sohada ilmiy asoslangan uslublarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limning barcha turlari uchun nomoddiy madaniy meros sohasi bo‘yicha ta’lim standartlari va fan dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, shu jumladan, audio, video va elektron darsliklar, onlayn darslar hamda boshqa turdagi ilmiy-metodik materiallarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning xalqaro ro‘yxatlariga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlari tayyorlanadigan nomoddiy madaniy meros namunalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati

1.

Markaziy Osiyo an’anaviy kashtachiligi

2.

O‘zbekiston zardo‘zlik maktablari san’ati

3.

O‘zbekiston zargarlik san’ati

4.

O‘zbekiston do‘ppido‘zlik maktablari san’ati

5.

O‘zbek an’anaviy kandakorlik san’ati

6.

O‘zbekiston gilamdo‘zlik an’analari

7.

Beshik yasash va u bilan bog‘liq an’analar

8.

O‘zbek nonlari

9.

Qorabayir otlarini parvarish qilishga oid an’analar

10.

“Alpomish” dostoni

11.

Ko‘pkari (nomzodnomaga qo‘shilish)

12.

O‘tov yasash an’analari (nomzodnomaga qo‘shilish)

13.

“Chavgon” o‘yini (nomzodnomaga qo‘shilish)

14.

O‘zbekiston pichoqchilik san’ati

15.

Choy ichish bilan bog‘liq urf-odatlar (nomzodnomaga qo‘shilish)

16.

O‘zbek kurash san’ati

17.

Tanovar — O‘zbekiston milliy raqsi

II. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo‘lgan nomoddiy madaniy meros ro‘yxati

18.

Jirovchilik san’ati va qo‘biz ijrochiligi

19.

Egar-jabduq yasash bilan bog‘liq an’analar

III. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasidagi eng ilg‘or tajribalar reyestri

20.

O‘zbekiston doira ijrochiligi an’analarini saqlash tajribasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu ro‘yxatga YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ro‘yxatga muvofiq nomzodnoma hujjatlari tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qarori bilan tasdiqlangan Nomoddiy madaniy merosning alohida namunalarini ilmiy-amaliy asosda kompleks rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish rejasida belgilangan qo‘llab-quvvatlashga mas’ul tashkilot mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish bo‘yicha mahalliy va xorijiy etnofolklor ekspeditsiyalarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ekspeditsiyalar tashkil etiladigan hudud va mamlakatlar nomi

Ekspeditsiyalarni tashkil etish muddati

Mahalliy ekspeditsiyalar

1.

Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari

2024-yil may-iyun

2.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

2024-yil may-iyun

3.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

2024-yil iyul-avgust

4.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

2024-yil oktabr-noyabr

5.

Samarqand va Jizzax viloyatlari

2025-yil fevral — aprel

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati

2025-yil may — iyul

Xorijiy ekspeditsiyalar

7.

Qirg‘iz Respublikasi

2024-yil iyul

8.

Qozog‘iston Respublikasi

2025-yil may

9.

Tojikiston Respublikasi

2025-yil sentabr

10.

Turkiya Respublikasi

2025-yil oktabr

11.

Turkmaniston

2026-yil aprel

12.

Ozarbayjon Respublikasi

2026-yil may

13.

Rossiya Federatsiyasi

2026-yil iyul

14.

Xitoy Xalq Respublikasi

2026-yil sentabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu rejada belgilangan ekspeditsiyalar Madaniyat vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi va tegishli xorijiy davlat bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu rejaga, zarur hollarda, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha fundamental va maqsadli grantlar bo‘yicha davlat buyurtmalari rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Fundamental va maqsadli grantlar nomi

Grantlarni taqdim etish muddati

I. O‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari

(baxshichilik namunalari)

1.

“Alpomish” dostoni

2024-2025-yillar

2.

“Go‘ro‘g‘li” dostoni

2024-2025-yillar

3.

“Go‘ro‘g‘li” turkumidan “Oltin qaboq” dostoni

2025-2026-yillar

4.

“Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostoni

2025-2026-yillar

II. Ijrochilik san’ati

(musiqa, raqs va xalq tomosha san’ati)

5.

Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi hamda uning tarixiy ahamiyati

2024-2025-yillar

6.

Katta ashula va Farg‘ona askiyasi ijrosi

2024-2025-yillar

7.

O‘zbek va qoraqalpoq xalq raqs san’atining o‘ziga xos xususiyatlari va tarixiy takomili

2024 — 2026-yillar

III. Jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari

8.

Mavsumiy marosimlar bilan bog‘liq folklor namunalarini yozib olish va ilmiy tadqiq etish

2024-2025-yillar

9.

Oilaviy marosimlarning mahalliy xususiyatlari

2024 — 2026-yillar

IV. Tabiat va koinot bilan bog‘liq bilim va urf-odatlar

(pazandachilik, xalq tabobati, bog‘dorchilik, dehqonchilik va boshqalar)

10.

Qoraqalpoq milliy taomlarini ilmiy o‘rganish

2024-2025-yillar

11.

O‘zbek taqvimiy marosimlari namunalarini ilmiy o‘rganish

2024 — 2026-yillar

V. An’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar

12.

O‘zbek milliy cholg‘ulari sozgarligining o‘ziga xos ilmiy-tarixiy evolyutsiyasi

2024-2025-yillar

13.

O‘zbek do‘ppido‘zlik san’ati

2024 — 2026-yillar

14.

Kandakorlik maktablari san’ati

2024-2025-yillar

15.

Temirchilik va pichoqchilik san’ati

2024 — 2026-yillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ushbu rejaning bajarilishiga Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi mas’ul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Raqamli hujjatlashtiriladigan nomoddiy madaniy meros hujjatlari

Amalga oshirish muddati

1.

Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining arxivida saqlanayotgan nomoddiy madaniy meros namunalari (doston, maqom, folklor, xalq qo‘shiqlari, cholg‘u pyesa va boshqalar) materiallari

2024-2025-yillar

2.

Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining folklor arxividagi 2 368 ta hujjat birligida saqlanayotgan arxiv materiallari

2024-2025-yillar

3.

Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida saqlanayotgan folklor materiallari

2024 — 2026-yillar

4.

Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti arxivida Xorazm maqomlari va Xorazm dutor maqomlarining perfokarta shaklida saqlanayotgan namunalari

2025-2026-yillar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024 — 2026-yillarda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor vazifalar

Maqsadli ko‘rsatkichlar

Yillar kesimida

Mas’ul ijrochilar

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

35

40

50

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

1

3

5

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

1

2

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

10

15

20

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

4

6

8

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligi

Darsliklar soni

4

6

10

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

O‘quv qo‘llanmalari soni

10

14

20

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Monografiyalar soni

3

5

6

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Scopus, Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

4

8

12

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

55

65

100

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Scopus, Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni

0,7

1,5

2,5

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Ilmiy konferensiyalar soni

4

6

6

Institut, Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

3.

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-o‘qituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga malaka oshirish, stajirovka o‘tash hamda xizmat safarlariga yuborish

6

10

16

Institut, Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Institutga xorijiy olimlarning tashrifi (kamida 36 soatlik yuklamani bajarish)

10

16

20

Institut, Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Xalqaro loyihalar soni

2

2

2

Institut, Madaniyat vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-405-son qaroriga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada kengroq qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Hujjat shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbai

Mas’ul ijrochilar

1.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini YUNESKOning xalqaro ro‘yxatlari, shu jumladan, reyestriga taqdim etish uchun nomzodnoma hujjatlarini tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

reja bo‘yicha

Kelgusida har 2 yilda

Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya,

“Hunarmand” uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

2.

Madaniyat vazirligi tizimidagi badiiy jamoalarga “Xalq havaskorlik jamoasi” hamda bolalar jamoalariga “Bolalar namunali jamoasi” unvonini berish to‘g‘risidagi nizomni takomillashtirish.

Madaniyat vazirining buyrug‘i

2024-yil fevral

-

Madaniyat vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosini keng ommaga targ‘ib qilish maqsadida ijtimoiy roliklar yaratish va ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

har yili reja bo‘yicha

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

4.

Nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish bo‘yicha mahalliy ekspeditsiyalarni tashkil etish.

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarori

2024-yildan boshlab,

har yili reja bo‘yicha

Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

5.

Nomoddiy madaniy merosni ilmiy o‘rganish bo‘yicha xorijiy ekspeditsiyalarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

reja bo‘yicha

Madaniyat vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti manbalari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya,

Tashqi ishlar vazirligi

6.

Nomoddiy madaniy meros namunalarini elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

reja bo‘yicha

-

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

7.

Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti va O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxivida saqlanayotgan nomoddiy madaniy meros namunalarining (doston, maqom, folklor, xalq qo‘shiqlari, cholg‘u pyesa va boshqalar) materiallari ishonchli muhofaza qilinishi va ilmiy o‘rganilishini ta’minlash maqsadida:

Amaliy chora-tadbirlar

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahri hokimligi

San’atshunoslik instituti arxiv xonalarini ta’mirlash va zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash;

2024-yil

Davlat budjeti mablag‘lari

YUNESKO, Xalqaro tovush va audiovizual arxivlar assotsiatsiyasi (IASA) hamda boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar ekspertlarini jalb etgan holda arxivda materiallarni ishonchli raqamlashtirish masalasini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish;

2024-yil dekabr

Davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar,

xalqaro va xorijiy grantlar

materiallarni raqamlashtirish uchun xalqaro va xorijiy grant loyihalarda ishtirok etish, shuningdek, zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlash;

2024-yil dekabr

ijobiy ilmiy-amaliy yechimlar asosida materiallarni raqamlashtirish.

2024-yil oktabr oyidan boshlab,

reja bo‘yicha

8.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada kengroq qo‘llab-quvvatlash maqsadida hududiy chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash va amalga oshirish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari

2024-yil fevral

Mahalliy budjet va uning qo‘shimcha manbalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

9.

O‘zbekiston Respublikasida Nomoddiy madaniy merosning ro‘yxatini yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Takliflar

2024-yil dekabr

-

Madaniyat vazirligi

10.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan turli millat vakillariga xos bo‘lgan nomoddiy madaniy meros namunalarini o‘rganish, tegishli ro‘yxatlarga kiritish va muhofazasini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel oyidan boshlab, har yili reja bo‘yicha

-

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

11.

O‘zbek xalq dostonlarining jonli ijrodan yozib olingan namunalarini nashr etish.

Nashr ishlariga doir chora-tadbirlar

2024-yil aprel oyidan boshlab, reja bo‘yicha

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

12.

Nomoddiy madaniy meros muammolariga bag‘ishlangan respublika, mintaqaviy va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.

Ijrochilar qo‘shma qarori

2024-yil aprel oyidan boshlab, har ikki yilda

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

13.

O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi milliy ro‘yxatini yuritish va doimiy yangilab borish.

Bunda ilg‘or tajribalar, mahalliy va yo‘qolish xavfi ostidagi elementlarini o‘z ichiga olgan ro‘yxatlar inobatga olinsin.

Tasdiqlangan ro‘yxatlar

2024-yil yanvar, kelgusida zaruratga ko‘ra

-

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

14.

Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, shuningdek, adabiyot va tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni yozgi ta’til davrida nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olishga yo‘naltirilgan ilmiy ekspeditsiyalarga jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral oyidan boshlab,

har yili reja bo‘yicha

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

15.

Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovini tashkil etish.

G‘oliblarni taqdirlash va eng yaxshi ilmiy maqolalarni to‘plam shaklida chop etish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2024-yildan boshlab, har yili oktabr oyida

Ijrochilar mablag‘lari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Madaniyat vazirligi

16.

Tajribali do‘ppido‘zlar bilan ushbu sohaga qiziquvchi yosh qizlar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an’anasini tashkil etish maqsadida “Uch avlod uchrashuvlari”ni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

har yili avgust va sentabr oylarida

Ijrochilar mablag‘lari

“Hunarmandlar” uyushmasi,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi

17.

Nomoddiy madaniy merosimizning unutilish arafasida turgan betakror so‘z va iboralarini to‘plash asosida maqol, matal, afsona, rivoyat va hikoyatlar to‘plamlarini nashr etish.

Nashr ishlariga doir chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Davlat budjeti va homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,

Fanlar akademiyasi

18.

Qorabayir otlarini dunyoga tanitish maqsadida “Qorabayir otlari” milliy brendini yaratish. Bunda:

“Qorabayir otlari” milliy brendini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;

Qorabayir zotli otlar bilan xalqaro ot ko‘rgazmalarida ishtirok etish;

ot yetishtirib sotuvchi dunyoning yirik kompaniyalari va ot sporti musobaqalari tashkilotchilari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil fevral

Davlat budjeti va homiylik xayriyalari

Milliy gvardiya,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi

19.

Ot sporti, chavandozlik bilan bog‘liq milliy kompyuter o‘yinlari, mobil ilovalarni yaratish va musobaqalar tashkil etish.

Ijrochilarning qo‘shma qarori

2024-yil mart

Ijrochilar mablag‘lari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

20.

O‘zbekistonda o‘tkaziladigan tegishli xalqaro madaniyat va san’at festivallari doirasida nomoddiy madaniy meros muhofazasi va targ‘iboti bilan bog‘liq xalqaro konferensiyalar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Xalqaro tadbirlar o‘tkaziladigan muddatlar

Xalqaro madaniyat va san’at festivallari tashkil etish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarida ko‘rsatilgan manbalar

Madaniyat vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi

21.

Ta’lim tashkilotlarida tanaffus vaqtida maqom ijrolari eshittirilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Madaniyat vazirligi

22.

Yoshlar o‘rtasida nomoddiy madaniy meros targ‘iboti bilan bog‘liq foto va video tanlovlar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2023-y., 07/23/405/0979-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)