Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2002 09.04.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 430
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.05.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANDI”

O‘zbekiston Respublikasi

Ijtimoiy ta’minot vaziri

B. UMURZOQOV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“KELIShILDI”

O‘zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Sh. ABDULLAYEV

05.02.1998-y. 12-02-1/56-son

“KELIShILDI”

O‘zbekiston Respublikasi

Mehnat vazirligi

A. AKBAROV

26.01.1998-y. 43/02-son

“KELIShILDI”

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari

Federatsiyasi Kengashi

D. JAHONGIROVA

13.03.1998-y. DJ-07/136-son

“KELIShILDI”

O‘zbekiston Respublikasi

Sog‘liqni saqlash vazirligi

B. YO‘LDOShEV

10.02.1998-y. 05/70-son

“KELIShILDI”

O‘zbekiston Respublikasi

Davlat soliq qo‘mitasi

Sh. SATTOROV

24.02.1998-y. 98/19-son

“KELIShILDI”

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki

A. ERDONAYEV

25.02.1998-y. 07/2-son

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT IJTIMOIY SUG‘URTASI BO‘YIChA NAFAQALARNI TAYINLASh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 9-aprelda 430-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2002-yil 1-apreldagi 21-sonli “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i asosida o‘z kuchini yo‘qotgan (ro‘yxat raqami 1136, 08.05.2002-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan tartibda quyidagi ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bola tug‘ilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dafn marosimi uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-bandda ko‘rsatilgan nafaqalar ijtimoiy sug‘urta joriy qilinadigan xodimlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qonunida ko‘zda tutilgan hollarda boshqa shaxslarga ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumiy qoidaga ko‘ra nafaqa, agar uni olish huquqi ish vaqtida paydo bo‘lsa (sinov davri hamda ishdan bo‘shatilgan kunni ham qo‘shib) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili, bola tug‘ilishi, vafot etishi, ishga tushgunga qadar yoki ishdan bo‘shagandan keyin sodir bo‘lsa, agar ushbu Nizomda boshqa qoida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa nafaqalar to‘lanmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika Pensiya jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalari alohida hollarda, ishdan bo‘shagandan keyin bir oy ichida mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan bo‘lsa, xodimga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi muddatli xizmat safidan bo‘shatilgandan keyin bir oy ichida kasal bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchiga ham vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini berishga va nafaqa to‘lashga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan, bola tug‘ilgan yoki vafot etgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan bo‘lsa, nafaqa beriladi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi unga murojaat qilingan kungacha bo‘lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan davr uchun nafaqa (qisman yoki to‘liq) Pensiya jamg‘armasi bo‘linmasi tashabbusi bilan (masalan: nafaqa tayinlash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish natijasida) o‘sha muddatlarga rioya qilingan holda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqaga 6 oydan kechikib murojaat qilinganda, u ayrim hollarda faqat pensiya jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalarining qaroriga binoan uzrli sabablarning mavjudligiga qarab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nafaqalar pensiya jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Pensiya jamg‘armasining budjeti korxona, tashkilot, muassasalar, jamoa va davlat xo‘jaliklari, shirkatlar va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning majburiy badallaridan hamda to‘lov ajratmalaridan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonaning badalni to‘lamaganligi, xodimlarni ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa bilan ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni tayinlash, hisoblab chiqarish va to‘lashning to‘g‘riligi ustidan nazoratni joylardagi Pensiya jamg‘armasi idoralari amalga oshiradilar, bu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazoratni yuqori xo‘jalik tashkilotlari amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. VAQTINChA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq kasallikda (shikastlanish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sanatoriya-kurortlarda davolanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) karantinda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yasama a’zo qo‘ydirish uchun protez-ortopediya korxonasi kasalxonasiga yotqizilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlashda faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi yo‘qolgan hollarda nafaqa uning o‘rniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim ishdan bo‘shatilgan bo‘lsa ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq vaqt kasal bo‘lganlarni TMEK ko‘rigiga yuborish muddatlari vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini berish tartibi to‘g‘risidagi qo‘llanmaga binoan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ishdan bo‘shatilganlikning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi masalasi to‘g‘risida nizo ko‘rilayotgan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda nafaqa ishga tiklangandagina beriladi. Bunda mehnatga qobiliyatsizlik davri uchun nafaqa ishga tiklangan kundan boshlab barcha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy va o‘rta maxsus bilim yurtini, aspiranturani, klinik ordinaturani yoki hunar-texnika bilim yurtini tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga, agar ularda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ishga tushishdan oldin boshlangan bo‘lsa nafaqa ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish joyiga borayotgan davrida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda, agar bu davrda xodim ish haqi yoki sutkali yoki esa ko‘chish bo‘yicha xarajatlarni olish huquqiga ega bo‘lsa, nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yillik ta’til (asosiy yoki qo‘shimcha) davrida kasallik (shikastlanish) tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida ishdan ozod qilish ko‘rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqi saqlanmagan ta’tilda yoki bolani parvarishlash bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlansa, nafaqa berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish haqi saqlanmagan ta’til yoki bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til tugagandan keyin ham mehnatga qobiliyatsizlik davom etsa, nafaqa xodim ishga tushishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davolanish muassasasida homiladorlikni sun’iy ravishda to‘xtatish bo‘yicha tashrix qilinishi munosabati bilan nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sanatoriya-kurortda davolanishda, agar navbatdagi va qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyaga davolanish uchun yetarli bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriya-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish muddati) sanatoriyaga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyaga borishdan oldin foydalanilgan bo‘lsa ham uni chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. Bu holda ma’muriyat ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun ish haqi saqlanmagan ta’til beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulug‘ Vatan urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilariga, Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini tugatishga qatnashgan shaxslarga, shuningdek sanatoriyaga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‘tkir miokard infarkti bilan kasallangan, tashrix uslubi bilan yurakning aortokoronar shuntirovkasi va anevriemlari, oshqozonning yarali kasalligi, o‘n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o‘t pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan og‘riganlarga nafaqa sanatoriyada bo‘lgan barcha vaqt uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola 16-yoshga to‘lgunga qadar qo‘shimcha bir kunlik dam olish uchun nafaqa davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyada davolangan barcha davri uchun (sanatoriyaga borish-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi to‘g‘risidagi tibbiyot xulosasi mavjud bo‘lganda nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oilaning kasallikka chalingan a’zosini parvarishlash uchun ta’tilga chiqilganda, agar parvarishning yo‘qligi bemorning hayoti yoki salomatligiga xavf solsa va agar uni kasalxonaga joylashtirish imkoniyati bo‘lmasa, nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bemor birovning qarab turishiga muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kundan oshmagan davr uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo‘lgan, ammo 14 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasalxonada bemor bolasi bilan yotish uchun vaqtincha ishdan ozod qilingan bolaning onasi (otasi) yoki boshqa qarindoshiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ishdan ozod qilingan barcha vaqt uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaga qarash uchun ta’tilda yoki ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lgan xodimga mazkur bandda nazarda tutilgan nafaqa berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolaning onasi kasal bo‘lib bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ishlayotgan shaxslarga nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Karantin vaqtida, agar xodim sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari tomonidan o‘zining atrofidagi shaxslarning yuqumli kasalliklari oqibatida ishdan chetlatilgan bo‘lsa, nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar xodim sil kasalligi yoki kasb kasalligi oqibatida o‘z ishiga vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib, ammo davolanib borish qoidasini buzmasdan boshqa ishni bajarishi mumkin bo‘lsa, tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) xulosasi bo‘yicha, agar bunday komissiya tuzilmagan bo‘lsa, davolanuvchi shifokorning davolanish muassasasining bosh shifokori tasdiqlagan xulosasi bo‘yicha u vaqtincha boshqa ishga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaqtinchalik boshqa ishga o‘tkazilgan xodimning yangi ishiga uning oldingi ishidan ko‘ra kam haq to‘lansa, bunda o‘tkazilgan barcha vaqt uchun vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bo‘yicha nafaqa beriladi, ammo u ikki oydan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Nafaqa umumiy qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi, lekin uning miqdori bajarayotgan ishi uchun olayotgan ish haqi bilan birgalikda yangi ishga o‘tkazilgungacha bo‘lgan to‘la ish haqining miqdoridan oshmasligi kerak. Barcha hollarda nafaqa miqdori, agar u boshqa ishga o‘tkazilmaganda to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqa miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonunga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ishdagi ish haqi o‘rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega bo‘lmasa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ma’muriyat tomonidan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan muddatda boshqa ish berilmasa, buning oqibatida o‘tkazib yuborilgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Protez-ortopediya korxonasining kasalxonasiga joylashganda kasalxonada bo‘lgan vaqt uchun va kasalxonaga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlarga mehnat jarohati yoki kasb kasalligi oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ish kunlari doirasida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa, mehnatda jarohatlanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatan urushining ishlovchi nogironlariga va imtiyozlari jihatidan Vatan urushi nogironlariga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, mehnat jarohatlari hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket to‘rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AESidagi falokat yoki uning oqibatlarini tugatish bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq nogironligi aniqlangan nogironlarga ham nafaqa ana shu muddatlar doirasida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnat jarohati yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to‘la sog‘ayguncha yoki mehnat jarohati yoxud kasb kasalligi bilan bog‘liq nogironlik guruhi qayta ko‘rib chiqilgunga qadar to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘la sog‘ayguncha yoki ko‘pi bilan 10 oyga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb aniqlangan xodimlarga mazkur kasallik bo‘yicha nafaqa ko‘pi bilan 6 oyga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda TMEK ko‘rigidan qayta o‘tish uchun kelmagan nogironga mazkur bandda belgilangan muddat mobaynida nafaqa to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xodimlarni qonun bilan belgilangan hollarda, shuningdek, harbiy xizmatga chaqirishda, shu jumladan davolash muassasasining kasalxonasiga joylashtirib, davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqti uchun nafaqa berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ish vaqtincha to‘xtatilgan davrda, harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini yohud ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan holda xodim ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin ishga tushish lozim bo‘lgan kundan boshlab nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan bo‘lsa, nafaqa berilmaydi. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik xodim ishga qo‘yilganidan keyin ham davom etsa, ishga tushishi lozim bo‘lgan kundan boshlab nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Quyidagi hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yohud o‘zini kasallikka solgan xodimlarga. Ularga ilgari to‘langan nafaqa sud qarori asosida undirib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish oqibatida boshlangan kasalliklar yoki jarohatlar tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoyat sodir qilish vaqtida olingan jarohatlar oqibatida boshlangan xodimlarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikda (Nizomning 86-bandida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sud qarori asosida majburiy davolash vaqti uchun (ruhiy kasalliklardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hibsda bo‘lgan davr uchun va sud-tibbiyot ekspertizasi vaqti uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanishidan oldin uzrsiz sabablarga ko‘ra ishga kelmagan, ular uchun shifokor belgilagan tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda shifokor ko‘rigiga yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasiga (TMEK) kelmagan xodimlar, qoidani buzish ro‘y bergan kundan boshlab korxona, tashkilot va muassasaning nafaqa tayinlovchi ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi belgilaydigan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, shu jumladan xususiy (guruh) ijara sharoitida yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida mehnat qiluvchi, Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lamagan, shifokor belgilagan tartibni, shuningdek tibbiy ko‘rikdan hamda tibbiy-mehnat ekspertizasi ko‘rigidan o‘tish muddatlarini buzgan shaxslar buzish sodir bo‘lgan kundan boshlab Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘limi tomonidan belgilangan muddatgacha nafaqadan mahrum qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. NAFAQA MIQDORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ish haqining 100 foizi miqdorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatdan mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mehnat staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlayotgan Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga, baynalmilal jangchilarga va imtiyoz jihatidan ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chernobil falokati oqibatida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qilish organlari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez kasalliklari (adenoma, rak), xavfli o‘smalar bilan kasallangan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ish haqining 80 foizi miqdorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 yoshga yetmagan sag‘ir yetim xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ish haqining 60 foizi miqdorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mazkur Nizomning 4-bandiga binoan tayinlanganda quyidagicha beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muddatli xizmatdan bo‘shagandan keyin kasal bo‘lganda belgilangan minimal ish haqi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sil kasalligi bilan kasallanganda mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa hollarda ish haqining 60 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa, barcha hollarda, minimal ish haqidan kam bo‘lmasligi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlar uchun belgilangan tuman koeffitsiyentini ham hisobga olib va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa hujjat asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy mehnat stajini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Umumiy mehnat staji belgilangan tartibda berilgan mehnat daftarchasi yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat bo‘yicha, shuningdek Pensiya jamg‘armasi organlari bergan ma’lumotnomalar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy mehnat staji to‘g‘risidagi hujjatlar bo‘lmaganda ish davri guvohlar ko‘rsatmasi asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar to‘liq yoki qisman saqlanmagan bo‘lsa, ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyat, tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar ko‘rsatmalari asosida aytib o‘tilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ish davri Pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan sug‘urta badallarini to‘laganlik to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomalar asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. UMUMIY ISh STAJINI HISOBLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Umumiy ish stajiga quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1965-yildan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqarishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlagan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlarga ish staji ijodiy uyushmalar boshqaruvi tomonidan, uning birinchi bosilgan yoki dastlabki ijro etgan yoxud mazkur muallifning asari birinchi marta ommaga ko‘rsatilgan kundan boshlab, agar u Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lab turgan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda birlashmalarida bo‘lgan davr, ichki ishlar organlari hamda milliy xavfsizlik organlaridagi xizmat davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harbiylashtirilgan soqchilik, maxsus aloqa organlari hamda tog‘-qutqaruv qismlaridagi xizmat davri qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) diniy tashkilotlarda ishlagan davr, agar ular Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lab kelgan bo‘lsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tadbirkorlik faoliyati, agar ular Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lab kelgan bo‘lsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) alohida fuqarolarga yollanib ishlagan davr (uy xodimlari, kotibalar, enagalar, shofyorlar, qorovullar), agar ular Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lab kelgan bo‘lsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lgan va mahbuslikni o‘tagan davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Alohida fuqarolarning qisqa muddatli, tasodifiy va mayda ishlarni bajarganlik uchun olgan ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga badal to‘lanmagan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FUQAROLARNING ALOHIDA TOIFALARIGA ISh STAJI HISOBLAB ChIQARISh XUSUSIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sanoatning mavsumiy tarmoqlaridagi korxona va tashkilotlarda band bo‘lgan xodimlarga mavsum davomidagi ish bir yilga hisoblanadi, mavsumda to‘liq ishlanmagan bo‘lsa, haqiqiy ishlangan davr hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda ishlangan ish davri, agar Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari to‘lab kelingan bo‘lsa va davlatlararo bitimlarda boshqa holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish davri Mehnat vazirligi huzuridagi ko‘chmanchi mehnatkashlar ishlari bo‘yicha Agentlik tomonidan mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar bo‘yicha, agar Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lab kelingan bo‘lsa, ish stajiga hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. HOMILADORLIK VA TUG‘ISh BO‘YIChA NAFAQA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ishlovchi ayollarga jami 126 kalendar kun muddatga beriladi. Tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki yohud undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi 140 kalendar kun muddatiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ayol bola tashlaganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ishdan bo‘shatilishning to‘g‘riligi haqida baxs ketayotgan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berishda nafaqa ishga qayta tiklangach beriladi. Bunda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til vaqti uchun nafaqa ishga qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqqan kundan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini, aspiranturani, klinik ordinaturani yohud hunar-texnika bilim yurtini tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, ishga kelishi belgilangan kundan boshlab nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ishni vaqtinchalik to‘xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin ayol ishga tushishi lozim bo‘lgan kundan boshlab nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda bo‘lish vaqtida, bolani parvarishlash uchun ta’tilda, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tilning vaqtincha qobiliyatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif stavkasi tumanlar hamda joylarda belgilangan ish bilan bog‘liq olinadigan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni hisobga olingan holda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda nafaqa berilmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga tushishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi, shu jumladan, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq nafaqa tayinlanganda ham 100 foiz miqdorda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. BOLA TUG‘ILGANDA BERILADIGAN NAFAQA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ishlayotgan ayollarga, shuningdek ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarda, aspirantura, klinik ordinaturada yoxud hunar-texnika bilim yurtlarida, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslarida va maktablarida tahsil olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan oylik minimal ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqiga koeffitsiyent qo‘llaniladigan tumanlar va joylarda yashovchilarga nafaqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoq xodimlari uchun qo‘llaniladigan koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yohud ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga, ish haqi yoki stipendiyaning miqdoridan qat’i nazar to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlamaydigan va o‘qimaydigan yolg‘iz onalarga bola tug‘ilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot organlari orqali to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan bo‘shagan, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Nizomning 46-bandining birinchi xat boshida ko‘zda tutilgan hollarda bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa bola otaning o‘limidan keyin tug‘ilsa ham beriladi. O‘lim kunidan bola tug‘ilgunga qadar 10 oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, shaxs bolaning otasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Bola o‘lik tug‘ilsa, bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. DAFN QILISh UChUN NAFAQA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Dafn qilish uchun nafaqa xodim vafot etganda yoki xodimning qaramog‘ida bo‘lgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) turmush o‘rtog‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 18 yoshga to‘lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ota-onasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bobosi va buvasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashash uchun mustaqil mablag‘ manbaiga ega bo‘lgan (ish haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, jamoa xo‘jaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramog‘ida turgan hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Xodim vafot etganda dafn qilish uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafnni o‘tkazishni o‘z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaning vafot etgan a’zosini dafn qilish uchun nafaqa ishlovchi xodimga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Ayol bola tashlagan holda dafn qilish uchun nafaqa berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Dafn qilish uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqiga koeffitsiyent belgilangan tumanlar va joylarda nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlari uchun belgilangan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan xodim vafot etgan yoki uning oila a’zosi vafot etgan taqdirda dafn qilish uchun nafaqa, agar unga so‘nggi ish haqi to‘langan kundan bir oydan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, aspiranturada, klinik ordinaturada yohud hunar-texnika bilim yurtlarida tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek ularning oila a’zolari vafot etgan taqdirda dafn qilish uchun nafaqa xodimlar uchun mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq va miqdorda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash va tayyorlash bo‘yicha o‘quv-kurs kombinatlari, shuningdek malaka oshirish institutlari) o‘quvchilari va tinglovchilari yoki ularning oila a’zolari vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga (institutlarga) korxona tomonidan yuborilgan bo‘lsalar va ularning o‘qish davridagi ish haqi to‘la yoki qisman saqlanib qolgan bo‘lsa, dafn qilish uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. VAQTINChA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK, HOMILADORLIK VA TUG‘ISh BO‘YIChA NAFAQALARNI HISOBLASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Jamoa xo‘jaligi a’zolari ish haqiga jamoa xo‘jaligi ishtirokchisi bo‘lgan jamoa xo‘jaliklararo tashkilotda, jamoa xo‘jaligi uchun ish bajaruvchi davlat tashkilotida ishlaganlik uchun olinadigan ish haqi, agar bu tashkilotlarga jamoa xo‘jaligi a’zosi ma’lum muddatda jamoa xo‘jaligi boshqaruvining qarori bilan yuborilgan bo‘lsa qo‘shiladi. Ularga mehnat haqi hisobidan berilgan mahsulot davlat xarid narxlari bo‘yicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Sug‘urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan sug‘urta badallari hisoblanmaydigan ish haqi va boshqa to‘lovlar turlari ro‘yxati bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda to‘lanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti bo‘yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt bo‘yicha ish haqiga qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug‘urta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi, nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib o‘rtacha oylik, kunlik ish haqi miqdori aniqlanadi. (Eslatma: keyinchalik bir oydan oshgan ish davri uchun to‘lanadigan qo‘shimchalar “Mukofotlar” deb ataladi)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi sababli to‘la ishlamagan, homiladorlik va tug‘ish, bola uch yoshga to‘lgunga qadar bolaga qarash ta’tilida bo‘lgan, harbiy o‘quv yoki sinov yig‘inlarida yoki boshqa korxonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi bo‘linadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam bo‘lgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan ko‘p bo‘lmagan qismi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Avvalgi yoki joriy kalendar yilda ishga kirgan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi, lekin u dastlabki 12 oydagidan ko‘p bo‘lmaydi va ularning yig‘indisi mana shu oylar soniga bo‘linadi. Agar mukofotlash tizimi mazkur korxonada yangidan joriy etilgan bo‘lsa hamda to‘la bo‘lmagan kalendar yili amal qilsa, shuningdek korxonada yoki aniq xodimda mukofotlash shartlari va tartibi o‘zgarsa, mukofotlar yuqoridagi tartibda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mehnatiga vaqtbay haq to‘lanadigan xodimlarga nafaqa hisoblab chiqarishda oylik ish haqi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan kungacha olib kelingan doimiy ravishda olingan qo‘shimcha va ustamalarni qo‘shgan holda kunlik yoki soatbay tarif stavkasi va mazkur Nizomning 60-61-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan o‘rtacha oylik (o‘rtacha kunlik, o‘rtacha soatbay) mukofotlar summasi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xodim to‘liq bo‘lmagan mansab maoshini olsa, nafaqa ham maoshning haqiqatda olinadigan qismi asosida hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha kunlik ish haqi mazkur bandda ko‘rsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ro‘y bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval bo‘yicha) bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. (Eslatma: ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish grafigi nazarda tutiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik nafaqa o‘rtacha kunlik ish haqiga asoslangan holda va tayinlangan nafaqa miqdorining ish haqiga foizligiga bog‘liq (ushbu Nizomning 28,29,44-bandlari) holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) ishga kelmagan ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ishbay ish haqi oluvchi xodimlarga nafaqa ularning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi kunidan oldingi so‘nggi kalendar oydagi ish haqidan hisoblab chiqariladi hamda oylik ish haqiga ushbu Nizomning 60, 61-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan mukofotlarning o‘rtacha summasi qo‘shib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ko‘rsatib o‘tilgan oyda xodim to‘liq ishlamagan bo‘lsa (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli), nafaqa mehnatga qobiliyatsizlik oyidagi haqiqiy ishlangan kunlari uchun ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ko‘rsatilgan oydan xodim ish haqi olmagan bo‘lsa (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli), nafaqa mehnatga qobiliyatsizlik oyidagi haqiqiy ishlangan kunlar uchun ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan nafaqa hisoblab chiqarish tartibi ish haqi miqdori ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek vaqtbay mehnat haqi oluvchi, ushbu oyning ish haqi bilan birgalikda oylik mukofoti oluvchi xodimlarga nisbatan ham qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqani hisoblab chiqarish uchun o‘rtacha kunlik ish haqi Nizomning ushbu bandi hamda 65-bandida ko‘rsatilgan ish haqini ushbu ish haqi olingan davrdagi jadval bo‘yicha barcha ish kunlari soniga taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi taqsimlanadigan ish kunlari soniga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tug‘ish ta’tili, navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar, shuningdek ozod etilgan kunlar qo‘shilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik nafaqa o‘rtacha kunlik ish haqiga asoslangan holda va tayinlangan nafaqa miqdorining ish haqiga foizligiga bog‘liq (ushbu Nizomning 28, 29, 44-bandlari talabini e’tiborga olgan) holda hisoblanadi. Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Jamoa xo‘jaligi a’zolariga, shu jumladan mexanizatorlar va mutaxassislarga nafaqa umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jamoa xo‘jaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davr bo‘yicha, yil oxirida) avansli haq to‘lash amalga oshirilsa, nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab chiqariladi, hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin esa jamoa xo‘jaligi a’zosiga ish haqi bo‘yicha nafaqani qayta hisob-kitob qilish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mehnatga haq to‘lash pul bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tillari) mehnat kunlari bo‘yicha haq to‘lanadigan kungacha boshlansa, nafaqa eng kam ish haqidan to‘lanadi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Agar nafaqani hisoblab chiqarish uchun ish haqi asos qilib olinadigan vaqt mobaynida xodimning ish haqi miqdori o‘zgarsa, nafaqani hisoblashda ish haqi o‘zgargan kundan boshlab to‘langan ish haqi olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim uzrli sabablarga ko‘ra ish haqiga ega bo‘lmagan, amaldagi qoidalarga muvofiq ish haqidan nafaqa hisoblab chiqarilishi lozim bo‘lgan hollarda nafaqa tarif stavkasi (lavozim maoshi) va mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi lozim. Bunda tarif stavkasi yoki eng kam ish haqi tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan tumanlar va joylarda ishlaganlik uchun beriladigan ustamalarni hisobga olgan holda asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish davrida ish haqi o‘zgargan bo‘lsa, shu davrdan boshlab nafaqa miqdori ham tegishli ravishda qayta hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqiga qo‘shimcha haq hisoblangan bo‘lsa, nafaqa ham tegishli ravishda oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Agar xodim shtatdagi asosiy ish bo‘yicha to‘la mansab maoshi olmasa va shu tufayli u o‘sha yoki boshqa korxonada o‘rindoshlik bilan ishlasa, nafaqa har ikkala ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodimni almashtirish davrida boshlangan bo‘lsa va agar shu munosabat bilan vaqtincha ishlamaganning o‘rnida ishlaganga yuqoriroq ish haqidan hisoblab chiqariladi, lekin u o‘rniga ishlab turish davom etishi kerak bo‘lgan kunidan oshmasligi lozim, agar bunday kun belgilanmagan bo‘lsa vaqtincha ishda bo‘lmagan xodim ishga kirishgan kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili ish vaqtida boshlangan bo‘lsa va korxona, sex, bo‘limning ishni vaqtincha to‘xtatishi davrida davom etsa, ish to‘xtagan davr uchun nafaqa o‘sha kasb va malakaga ega bo‘lgan xodimlarga mana shu davr uchun to‘lanadigan ish haqi miqdorida beriladi, lekin u ushbu nafaqani hisoblab chiqarishning umumiy qoidalari bo‘yicha olishi kerak bo‘lgan nafaqadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili ishning vaqtincha to‘xtashi davrida boshlangan bo‘lsa, ish to‘xtagan davr uchun nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 155-moddasida belgilangan ish to‘xtagan davrda saqlanadigan ish haqi miqdorida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili (qachon boshlanishidan qat’i nazar) korxona (sex, bo‘lim)ning ishga tushirilishidan yoki tugatilishidan keyin ham davom etsa, ishga tushirilgandan yoki tugatilgan kundan boshlab nafaqa xodim ish to‘xtagunga qadar olgan ish haqi hisob-kitobidan kelib chiqqan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Agar xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda ishlash davrida olgan bo‘lsa, bu tumanlar va joylardan tashqarida bo‘lgan vaqt uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa (shu jumladan mehnat jarohati olish yoki kasb kasalligi munosabati bilan) ustamalar hisobga olinmagan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qoida homiladorlik va tug‘ish nafaqasini hisoblab chiqarishda qo‘llanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Ish haqiga ustama yoki muayyan muddatga yoxud muayyan joyda vaqtinchalik bo‘lganligi uchun ish haqiga oshirilgan koeffitsiyent belgilangan xodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa bu ustama yoki koeffitsiyent hisobga olingan holda ustama yoxud oshirilgan koeffitsiyent belgilangan kungacha, yo esa vaqtinchalik bo‘lganligi munosabati bilan ular to‘langan joydan chiqib ketgan kungacha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa oyiga bir marta vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davridagi ish kunlari to‘g‘ri kelgan oyning ikkinchi yarmi ish haqi bilan birga to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. MEHNATKAShLARNING ALOHIDA TOIFALARIGA NAFAQALAR HISOBLAB ChIQARIShNING TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Gazetalar va jurnallar, telegraf agentliklari, axborot agentliklari, nashriyotlar, radio va televideniyening ijodiy xodimlariga mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti ham hisobga olinib ish haqi to‘lash yoki mualliflik ishi uchun oladigan mukofotidan kelib chiqadigan stavka bo‘yicha haq to‘lash amalga oshiriladigan boshqa korxona, tashkilot va muassasalarning xodimlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi sug‘urta badali joriy qilinib, mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofotini ham hisobga olgan holda mazkur korxona, tashkilot va muassasada to‘langan haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti o‘rtacha ish haqiga ushbu Nizomning 60-bandida bayon qilingan qoidalar bo‘yicha qo‘shiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Ma’lum normadagi ishni bajarganlaridan so‘ng mansab maoshini oluvchi xodimlarga (artistlar va boshqalar) nafaqa, shu jumladan, mehnatda mayiblanganlik, kasb kasalligi, shuningdek homiladorlik va tug‘ish nafaqasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi sanasidan oldingi kalendar oyidagi ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Ish sharoitlariga ko‘ra yilning turli davrlari bo‘yicha turlicha ish haqlari belgilangan taqdirda (dengiz, daryo floti va baliqchilik sanoati floti ekipajlari a’zolaridan tashqari), nafaqa xodim o‘z ish joyida qolgan taqdirda oladigan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ma’lum bir davrda boshlanib ikkinchi davrda davom etgan taqdirda ikkinchi davrning ish haqi bo‘yicha nafaqa ishlovchilar uchun ish haqi o‘zgargan muddatdan boshlab to‘lanadi. Mehnatga ishbay asosida haq to‘laganda yuqorida qayd etilgan hollarning ikkinchi davri uchun nafaqa ishbaychining tarif stavkasidan kelib chiqqan holda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryo floti hamda baliq sanoati floti ekipajlari a’zolariga nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan yildan oldingi kalendar yildagi haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sobir bo‘lgan yilda ishga kirgan shaxslarga, shuningdek to‘liq kalendar yil ishlamaganlar uchun nafaqa hisoblab chiqarishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sodir bo‘lgan davrdan oldingi vaqtdagi ish haqi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik o‘rtacha ish haqi miqdori o‘tgan yil davomida olingan ish haqi yig‘indisini o‘sha yilning kalendar kunlariga taqsimlangan holda belgilanadi. Bunda yillik ish haqi bo‘linadigan kunlardan bayram va dam olish kunlari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘lgan kunlar, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’tillar, shuningdek, qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollar bo‘yicha ishdan ozod qilingan kunlar olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa dam olish kunlari (otgul) uchun nafaqa lavozim maoshidan (tarif stavkasidan) kelib chiqqan holda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dengiz va daryo flotlari, baliq sanoati floti ekipajlarining vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) kunlari haq to‘lanmaydigan zaxirada (rezervda) bo‘lgan davrga to‘g‘ri kelgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni bo‘lmagan xodimlarga (uyda ishlovchilarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, ikkilamchi va boshqa xil ashyolarning shtatli tayyorlovchilariga, oziq-ovqat chiqindilarini yig‘uvchilarga, tarqatma va tashish savdosi sotuvchilariga, suratga olish korxonalari agentlariga va boshqa shunday toifadagi xodimlarga (ishga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan tayinlanadigan nafaqa so‘nggi 12 oy ish mobaynidagi kunlik o‘rtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqqin holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu korxonada 12 oydan kam ishlagan shaxslarga nafaqalar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan beriladigan ta’tilga qadar ishlangan vaqtning kunlik o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik o‘rtacha ish haqi yuqorida aytib o‘tilgan davr uchun tayinlangan haqiqiy ish haqini mazkur davrning kalendar kunlariga bo‘lib chiqish bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi bo‘linayotgan kunlar hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, asosiy va qo‘shimcha ta’tillar, shuningdek, amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan ishdan ozod qilish kunlari qo‘shilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kunlik tarif stavkasi soatbay tarif stavkasini 40 ga ko‘paytirish va hosil bo‘lgan summani 7 ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi, kunlik hisob-kitob stavkasi yoki kunlik o‘rtacha oylik ish haqi hisob-kitob stavkasini oyning nafaqa to‘lanadigan barcha kalendar kunlariga bo‘lib chiqish bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan beriladigan ta’tilning barcha kalendar kunlariga to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Shtatsiz xodimlar, agar ular mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan bo‘lsalar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqa bilan ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha hollarda shtatsiz xodimlarga nafaqalar mazkur Nizomning 63-bandida ishbay ish haqi oluvchi xodimlar uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga chiqish grafigi o‘rnatilmagan shtatsiz xodimlarga nafaqa mazkur Nizomning 76-bandida belgilangan qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soatbay mehnati uchun ish haqi oladigan shtatsiz xodimlarga (o‘quv yurtlari, kurslarning o‘qituvchilari, to‘garaklar rahbarlari va hokazolar) nafaqalar har soat uchun to‘langan to‘lovlardan kelib chiqib belgilanadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili munosabati bilan (jadval) bo‘yicha qoldirilgan ish soatlari uchun to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Advokatlarga advokatlar kollegiyasi a’zolariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, shuningdek homiladorlik va tug‘ish nafaqasi mazkur Nizomning 63-bandida ishbay ish haqi oluvchi xodimlar uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini akkord-mukofot tizimi bo‘yicha yetishtiruvchi davlat xo‘jaligi, jamoa xo‘jaligi va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi bajarayotgan ishlari va olayotgan haqlari hisob-kitob qilib borilayotgan xodimlargagina beriladi. Barcha hollarda shu jumladan mehnat jarohati olganda, kasb kasalligiga duchor bo‘lganda, homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan ta’tilga chiqilganda nafaqa bajarayotgan mazkur ishlar uchun to‘lanadigan haqiqiy ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa hisoblab chiqarishda o‘rtacha kunlik ish haqi nafaqani hisoblab chiqarish uchun olingan ish haqini (Nizomning 63-bandi) ish haqi olingan davrdagi kalendar kunlar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) kunlari olib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa kalendar kunlari uchun to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug‘ish ta’tili) qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarish qilish boshlangan davrga to‘g‘ri kelganda va bu ishlar tamom bo‘lganidan so‘ng davom etgan taqdirda ko‘rsatilgan davrning tugash kunidan boshlab mazkur Nizomning 75-bandiga binoan xodim bu davr mobaynida bajarishi lozim bo‘lgan ishning tarif stavkasidan kelib chiqqan holda nafaqa hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarish qilish davri tugaganidan keyin xodim ishlamasligi kerak bo‘lganda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, shu jumladan xususiy ijara (guruh) sharoitida yoki shaxsiy yordamchi dehqon (fermer) xo‘jaligida band bo‘lgan xodimlarga shuningdek, alohida fuqarolar qo‘lida shartnoma asosida ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hisoblab chiqarishda o‘tgan yilda Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari summasidan kelib chiqib aniqlangan ish haqi asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan yilda sug‘urta badallari to‘lanmagan bo‘lsa, (yakka mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari) ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarga nafaqa eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi va u keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Asosiy ish joyida ish haqini to‘la yoki qisman saqlab qolingan holda qishloq xo‘jaligida yoki boshqa korxonalarda ishlarni bajarish uchun yuborilgan xodimlarga ayni vaqt ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hollari ro‘y berganligi tufayli to‘lanadigan nafaqaning miqdori, ular mazkur ishlarni bajarishga yuborilgan paytda asosiy ish joylarida olgan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi va nafaqa asosiy ish joyidan umumiy asoslarda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Maktablarning, kurslarning (malaka oshirish), xodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv-kurs kombinatlarining, shuningdek malaka oshirish institutlarining tinglovchilariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar ular kurslarga, maktablarga, (institutlarga) korxona tomonidan yuborilganda va o‘qish davrida ularning ish haqlari to‘liq yoki qisman saqlangan taqdirda umumiy asoslarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqaning miqdori o‘quv davrida, stipendiyani hisobga olmagan holda, ularning saqlanadigan ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Ishlab chiqarish praktikasi davrida ish haqi to‘lanadigan ish joylariga yoki lavozimlarga tayinlangan oliy o‘quv yurtlari talabalariga, o‘rta maxsus, hunar-texnika bilim yurtlari, umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilariga ishlab chiqarish praktikasini o‘tash kunlariga to‘g‘ri kelgan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik hollari sodir bo‘lganda yoki homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan berilgan ta’tillar bo‘yicha ularga nafaqalar ishlab chiqarish praktikasini o‘tayotgan joylaridan umumiy qoida asosida to‘lanadi, ammo ishlab chiqarish praktikasi davom etishi lozim bo‘lgan kundan ko‘p bo‘lmagan davr uchun to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish obyektlarida va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ishlash uchun tuzilgan mazkur bandning birinchi xatboshida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar jumlasidan bo‘lgan talabalar otryadlarining a’zolariga ular otryadlarda ishlab yurgan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan bo‘lsa, nafaqa otryadda olgan ish haqidan hisoblab chiqariladi va ushbu Nizomning 21-bandida ko‘zda tutilgan muddatlarda ish joyidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalar otryadlaridan tashqari boshqa ishlarga yuborilgan oliy o‘quv yurtlari talabalariga, o‘rta maxsus, hunar-texnika bilim yurtlari, umumta’lim maktablari o‘quvchilariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori ular olayotgan ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Barcha hollarda, shu jumladan mehnatda jarohat olganda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun ish joyidan nafaqa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa faqat ko‘rsatilgan ishlarni bajarish davri mobaynida to‘lanadi xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlarini, klinik ordinaturani, hunar-texnika bilim yurtini tugatgan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga (Nizomning 12 va 41-bandlari) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqasining miqdori umumiy qoidalar bo‘yicha aniqlanadi, hisoblab chiqarish esa ularning egallashlari lozim bo‘lgan lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bunda avvalgi ish joylarida jazoni o‘tayotgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori jazoni o‘tash boshlanishiga qadar bo‘lgan umumiy ish stajiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish munosabati bilan mazkur shaxslarga beriladigan nafaqalar sud hukmi bilan ularning ish haqlaridan undirishlar ushlab qolingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. NAFAQALARNI TAYINLASh VA TO‘LASh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Nafaqalar xodimning ish joyidan (uning mehnat daftarchasi saqlanayotgan joyda) korxona, tashkilot yoki muassasalarning Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya, uning tarkibi va a’zolari soni, raisi korxona, tashkilot, muassasa rahbarning buyrug‘i yoki xo‘jalik boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya jarohatlanish, kasb kasalligiga chalingan hollarida nafaqa tayinlaydi. U nafaqa to‘lashni rad etish, nafaqadan mahrum etish (to‘liq yoki qisman) yoki nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha, nafaqaning miqdori haqida qaror chiqaradi. U bemorning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarining asosli ravishda va to‘g‘ri berilganligini ko‘rib chiqadi. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya bo‘lmagan korxonalarda nafaqalar ma’muriyat tomonidan shu ishga vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan, ijara yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan xodimlarga, shuningdek, alohida fuqarolar qo‘lida shartnoma asosida ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlayotgan xodimlarga nafaqalar Pensiya jamg‘armasi tuman, shahar bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchi va aspirantlarga nafaqalar mazkur Nizomning 45 va 56-bandlariga binoan o‘qish joylarida tayinlanadi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar safidan ozod etilgandan keyin vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga nafaqa mazkur Nizomning 4-bandiga binoan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Barcha nafaqalar mazkur Nizomga muvofiq ma’muriyat tomonidan Pensiya jamg‘armasi hisobidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Agar xodimda o‘zi ishlab turgan korxonadan tashqarida (masalan, ta’tilda yoki xizmat safari chog‘ida) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan bo‘lsa, nafaqalar uning ish joyidan tayinlanadi va to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikning muddati tugaganidan so‘ng ishga tushishning birinchi kuniyoq korxona ma’muriyatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini taqdim etadilar. Kasallik davom etayotgan taqdirda navbatdagi ish haqi berilish vaqti kelganda ham vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi to‘lov uchun topshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’muriyat vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida “Tabelchi tomonidan” va “Kadrlar bo‘limi tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limlarga zarur ma’lumotlarni yozadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib imzo qo‘yiladi) nafaqa tayinlash uchun ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Mehnatda mayiblanish (jarohat, kuyish, sovuq oldirish va hokazolar) tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda nafaqa ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir bo‘lganlik haqidagi dalolatnoma (shakl N-1) mavjud bo‘lganda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar baxtsiz hodisa boshqa shart-sharoitlarda ro‘y bersa (uy sharoitida, ishga borish yoki ishdan qaytayotganda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda va hokazolar), nafaqa ro‘y bergan baxtsizlik sabablari ma’muriyat tomonidan o‘rganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Agar jarohatlanish quyidagi sharoitlarda yuz bergan bo‘lsa (qonunbuzarlik bo‘yicha xatti-harakatlar qilish hollaridan tashqari) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ish jarayonida jarohatlanish tufayli bo‘lgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan xizmat safari vaqtida), shuningdek maxsus topshiriq bo‘lmagan holda ham korxona manfaatini ko‘zlab qilingan xatti-harakatlar paytida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ish beruvchining transportida ishga borilayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish vaqti davomida (shu jumladan belgilangan tanaffus vaqtini qo‘shganda) korxona hududida yoki biron bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin ish qurollarini, kiyim-kechaklarini va hokazolarni tartibga keltirish paytlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ish vaqti davomida korxonaga yaqin bo‘lgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffusni qo‘shganda), ichki mehnat tartib-qoidalariga zid kelmagan taqdirda yerlarda hozir bo‘lish paytida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) asosiy ish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini bajarayotgan chog‘ida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) inson hayotini qutqarish, huquq tartibotini, davlat va jamoa mulkini, shuningdek fuqarolar mulklarini muhofaza qilish bo‘yicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Donorlik vazifalarini bajarish natijasida mehnat qobiliyatining yo‘qotilishi mehnat jarohati tufayli yo‘qotilgan mehnat qobiliyati darajasiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa tayinlashda belgilangan tartibda tasdiqdan o‘tkaziladigan kasb kasalliklari ro‘yxatida ko‘rsatilgan kasalliklar kasb kasalliklari deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Mazkur Nizomga binoan nafaqa olish huquqi ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya yoki vakil qilingan komissiya a’zosi har bir vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bo‘yicha to‘lov amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kunlar sonini va ish haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa miqdori foizini belgilaydi. Ushbu qaror nafaqa belgilash bayonnomasida qayd etiladi va komissiya raisi yoki vakil qilingan komissiya a’zosining imzosi qo‘yilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarohat tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa, agar uning ahvoli komissiya majlisiga kelishga imkon bergan taqdirda nafaqa oluvchining ishtirokida tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish yoki nafaqani butunlay yoki qisman to‘lashni rad etish masalasi ham nafaqa oluvchining ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bo‘yicha nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya nafaqa bermaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi. Buning sabablari vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bemor tomonidan shifokor ko‘rsatmalarining buzilishi, uning mast holda yoki mastlik bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlari oqibatida kasallik kelib chiqqanda yoki jarohat olingan taqdirda mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda sug‘urta bo‘yicha komissiya nafaqa to‘lanishidan mahrum qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bu hol nafaqa belgilash bayonnomasida va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida nafaqadan mahrum etilish sabablari ko‘rsatilgan holda qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Nafaqa tayinlangandan so‘ng ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya yoki vakil qilingan komissiya a’zosi korxonaning hisob-kitob bo‘limiga nafaqa chiqarish va to‘lash uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini topshiradi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, shu jumladan to‘lanmaydiganlari ham nafaqa tayinlash majlis bayonnomasida imzo qo‘yilgandan so‘ng topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lanadigan va to‘lanmaydigan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari shuningdek, nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha boshqa hujjatlar korxona buxgalteriyasida pullik hujjatlarga teng holda saqlanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari barcha xarajat hujjatlaridan bo‘lak holda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Ish vaqtini, umumiy ish stajini hisobga olib borish, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar to‘lash hisob-kitoblarini qilishda elektron-hisoblash mashinalari (EHM) qo‘llaniladigan korxonalarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari ma’muriyat tomonidan hisoblash markaziga topshiriladi. U yerda ikki nusxada nafaqa tayinlash va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha belgilangan shaklda nafaqaning miqdori hisoblab chiqilgan qaydnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari EHMda hisob-kitoblarni chiqarish uchun mas’ul shaxsning imzosi qo‘yilgan ikki nusxadagi to‘lov qaydnomasi bilan birga aniq muddatlarda (maoshlar bo‘yicha hisob-kitob qilishga 5-6 kun qolganda) ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya hisob-kitobning, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasining davolash muassasasi tomonidan to‘ldirilishining to‘g‘riligini, zarur hollarda boshqa hujjatlarni ham (baxtsiz hodisalar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va boshqalar) tekshiradi va nafaqa tayinlash belgilangan hollarda esa nafaqadan mahrum qilish bo‘yicha farmoyish chiqaradi. Ikki nusxadagi to‘lov qaydnomalar ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov qaydnomasining bir nusxasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bilan buxgalteriyaga yuboriladi. Ular tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng bosh (katta) buxgalter tomonidan imzolanib, hisoblash markaziga uzil-kesil hisob-kitob qilish va nafaqa summasini ish haqi to‘lash qaydnomasiga kiritish uchun qaytarib yuboriladi. Shundan so‘ng to‘lov qaydnomasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari bilan saqlash uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov qaydnomasining ikkinchi nusxasi esa nafaqa tayinlash bayonnomasi sifatida ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyada saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa chiqarishda mazkur bandda ko‘rsatilgan qoidaga muvofiq, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasining orqa tomoni to‘ldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. EHM yordamida faqat nafaqa miqdori belgilanadigan korxonalarda nafaqalar belgilash va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini to‘ldirish (“Buxgalteriya tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limdan tashqari) mazkur Nizomning 93 va 95-bandlarida belgilangan tartibga binoan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya tomonidan to‘ldiriladi” degan bo‘limdagi maosh va uning asosida chiqarilgan nafaqa miqdori haqidagi ma’lumotlar EHMda tayyorlanadi, EHMda hisob-kitob ishlari uchun mas’ul shaxsning va bosh (katta) buxgalterning imzolari bo‘lgan to‘lov qaydnomada keltiriladi. To‘lov qaydnomalari kasallik varaqasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalarni mashina-hisoblash stansiyalarida hisoblab chiqaradigan korxonalarda xuddi shunday tartibda nafaqalar tayinlanadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha tayinlanadigan nafaqa ish haqi to‘lash uchun belgilangan muddatlarda beriladi. Sil kasalligi sanatoriyasida davolanish uchun beriladigan ta’til kunlariga nafaqa xuddi shunday tartibda to‘lanadi. Boshqa turdagi sanatoriyalarda davolanish uchun beriladigan ta’tillarni to‘lash xodim sanatoriyadan qaytgandan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda ijtimoiy sug‘urta komissiyasiga yoki vakil qilingan komissiya a’zosiga agar bir tomonga borish vaqti bir sutkadan ortiq bo‘lsa, sanatoriyada bo‘lgan vaqt ko‘rsatilgan “yo‘llanmaning qaytish tomoni”, shuningdek, yo‘l chiptalari topshirilgandagina nafaqa beriladi. Yo‘llanma bo‘yicha foydalanilmagan kunlar, sanatoriyaga, shuningdek yetib borish yoki qaytish yo‘li belgilangan muddatdan ortiq bo‘lganlik uchun nafaqa berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tug‘ishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to‘liq davri uchun bir yo‘la to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Bola tug‘ilganda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi FXDE tomonidan berilgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani topshirish lozim. Berilgan hujjatlar asosida vakillik qiluvchi komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqaradi. U nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozilib qo‘yiladi. FXDE bo‘limi tomonidan berilgan ma’lumotnomaning orqa tomonida vakillik qiluvchi komissiya a’zosining imzosi bilan nafaqa tayinlanganligi va uning miqdori haqida yozib qo‘yiladi. Shundan so‘ng hujjatlar korxonaning hisob-kitob qilish bo‘limiga topshiriladi. Korxona shu kunning o‘zidayoq nafaqani berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola tug‘ilganligi haqidagi ma’lumotnoma yo‘qotilgan taqdirda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa FXDE bo‘limlari tomonidan berilgan bola tug‘ilganligi haqidagi takroriy ma’lumotnomaning hamda otaning ish joyidan (o‘qish joyidan) nafaqa olmaganligi haqidagi ma’lumotnoma topshirilganidan so‘ng berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Xodimning vafoti tufayli uni ko‘mish marosimini o‘tkazish uchun ijtimoiy sug‘urta komissiyasiga FXDE bo‘limi tomonidan berilgan vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani topshirib nafaqa olinadi. Oila a’zosi vafot etganda esa vafot etganlik haqidagi ma’lumotnomadan tashqari uy-joydan foydalanish idorasi (binodan foydalanish direksiyasi, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, shu jumladan mahalla “Oqsoqollari Kengashi” tomonidan vafot etgan shaxsning xodim bilan qarindoshlik aloqalari borligi va u xodimning qaramog‘ida bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topshirilgan hujjatlar asosida vakil qilingan komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini, uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash haqida qaror chiqaradi va nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning orqa tomoniga vakil qilingan komissiya a’zosining imzosi bilan nafaqa tayinlanganligi va uning miqdori haqida yozib qo‘yiladi. Shundan so‘ng barcha hujjatlar korxonaning hisob-kitob bo‘limiga topshiriladi. Nafaqa o‘sha kunning o‘zidayoq to‘lanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Korxona tugatilgan taqdirda nafaqa mazkur Nizomda belgilangan qoidaga ko‘ra tugatilgan korxonaning o‘rnida tashkil etilgan korxona yoki Pensiya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘linmalarining ko‘rsatmasi bilan boshqa korxona tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Yakka tartibda mehnat faoliyati, ijara yoki shaxsiy dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan, shuningdek alohida fuqarolar qo‘lida shartnoma asosida ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlayotgan fuqarolar nafaqa olish uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini, bola tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani va vafot etganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Pensiya jamg‘armasining tuman, shahar bo‘limlariga topshiradilar. Topshirilgan hujjatlar asosida Pensiya jamg‘armasining bo‘lim vakili nafaqa tayinlash to‘g‘risida qaror chiqaradi va u bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlashda mazkur Nizomning 93—101-bandlarida belgilangan qoidalar qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Hisoblab yozilgan, lekin hali olinmagan nafaqa, xodimga olinmagan ish haqini to‘lash muddatlari davomida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Ortiqcha to‘lab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha to‘lash sanashda (arifmetik) adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma’lumotnoma taqdim qilishi (hujjatlarga o‘zgartish kiritish va hokazolar) tufayli sodir bo‘lgan bo‘lsa, nafaqa oluvchidan qonun asosida undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegirish keyingi safar to‘lanadigan nafaqa yoki ish haqidan amalga oshiriladi. Har safar xodim olishi kerak bo‘lgan summadan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan summa chegirib qolinadi. Chegirib qolish korxonaning hisob-kitob bo‘limi orqali ijtimoiy sug‘urta komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. Bu qaror sanash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato tufayli ortiqcha to‘lash sodir bo‘lganda nafaqa tayinlangan kundan 3 oydan kechiktirmay, o‘z huquqini suiiste’mol qilish bo‘yicha sodir bo‘lganda esa cheklangan muddatda qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xodim mazkur korxonada ishlamayotgan bo‘lsa, unga ortiqcha to‘lab yuborilgan nafaqa summasi sud orqali undirib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikda ayblanganlar (qalbakichilik, hiyla-nayrang, hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish va hokazolar) bo‘yicha hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qo‘llash uchun huquq-tartibot organlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va bola tug‘ilganlik munosabati bilan beriladigan nafaqalardan sudlarning qaroriga ko‘ra aliment undirish yoki mayib qilganlik yohud salomatlikka yetkazilgan boshqa zararni qoplash yoki boquvchining vafoti tufayli to‘lovlar chegiriladi. Nafaqalardan boshqa hech qanday chegirma amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi tufayli vafot etganning qaramog‘ida bo‘lganlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan nafaqa vafot etgan xodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki vafot etganning qaramog‘ida bo‘lganlikni tasdiqlovchi dalil bo‘lgan hujjat topshirilganidagina nafaqa berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola tug‘ilganda bir yo‘la to‘lanadigan nafaqani olish huquqiga ega bo‘lgan ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga yoki uni o‘z tarbiyasiga olgan boshqa shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Pensiya jamg‘armasi mablag‘idan beriladigan nafaqa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘yicha to‘lanishi mumkin yoki fuqarolarning arizasiga binoan bank muassasalariga o‘tkazilishi hamda aloqa bo‘limi orqali jo‘natib turilishi mumkin. Nafaqani jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan chiqimlar nafaqa summasidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Korxonaning bosh buxgalteri ijtimoiy sug‘urta komissiyasi bilan bir qatorda nafaqa to‘lash bo‘yicha mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar nafaqa tayinlash yoki xodimning umumiy ish stajini aniqlash paytida amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘yilgan yoki to‘lov uchun taqdim qilingan hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan taqdirda bosh buxgalter to‘lovni amalga oshirmay, ularni yo‘l qo‘yilgan xatolar to‘g‘risidagi yozma bayonnomasi bilan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga qaytarib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya bosh buxgalter xulosasi bilan rozi bo‘lmagan taqdirda kelib chiqqan nizoni hal qilish uchun Pensiya jamg‘armasining tuman, shahar bo‘limiga murojaat qiladi va uning qarori bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Pensiya jamg‘armasi hududiy organlarining ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi talabiga binoan korxona ma’muriyati tekshirish o‘tkazish uchun joriy yilda va tekshirilayotgan yildan oldingi bir kalendar yilda to‘lanishi lozim bo‘lgan nafaqalar hujjatlarini taqdim etadi. Boshqa davrlar bo‘yicha tekshirishlar nafaqalar to‘lanadigan mablag‘larni sarf qilishda suiiste’mollik fosh etilgan taqdirda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Ma’muriyat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari buzulishi oqibatida xodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi aniqlansa, korxona ma’muriyati so‘zsiz tartibda Pensiya jamg‘armasiga ushbu shikastlanish va kasallik sababli berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqaga nafaqani to‘lashga ketgan xarajatlarni qoplashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Nafaqalarni to‘lash uchun qilingan xarajatlar amaldagi qoidalarga xilof ravishda amalga oshirilganda korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan qilingan xarajatlar Pensiya jamg‘armasi hisobiga o‘tkazilgan badallar hisobiga qabul qilinmaydi va ular korxona hisobiga yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Vakil qilingan ijtimoiy sug‘urta komissiyasi a’zosi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin. Komissiyaning qarori ustidan Pensiya jamg‘armasi tuman va shahar bo‘limlariga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Nafaqalarni noto‘g‘ri hisoblash va belgilash hamda to‘lash ustidan shikoyat tuman, shahar sudiga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOMNING 4-BANDINI QO‘LLANIShGA OID QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishdan bo‘shagandan so‘ng bir oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan kun uning boshlanish kunini bildiradi. Bunda mazkur davrni hisoblab chiqarish ishdan bo‘shagan kundan keyingi kundan boshlab amalga oshiriladi. Masalan, xodim 15-sentabrda bo‘shatilgan. Bo‘shatilgan kundan keyingi bir oylik davr 16-sentabrdan 15-oktabrgacha bo‘lgan davrni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan davrni aniqlashda dam olish kunlari hisobdan chiqarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pensiya jamg‘armasining bo‘linmasi xodim ishdan bo‘shagandan so‘ng vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa, (homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlansa) uning mehnatga munosabati, oilasining tarkibi va moddiy ahvolini hisobga olgan holda unga nafaqa berish masalasini ko‘rib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning so‘nggi ish joyidagi ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya uning ishga munosabati, oilasining tarkibiy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda Pensiya jamg‘armasi shahar, tuman bo‘limiga iltimos xati bilan murojaat qiladi, ular o‘z navbatida qo‘yilgan masalani ko‘rib chiqib, Pensiya jamg‘armasi viloyat, Toshkent shahar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasiga tegishli taklif bilan chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng bir oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan sobiq harbiy xizmatchilarga (zaxiraga bo‘shatilgan muddatdan tashqari xizmatdagi ofitsyerlar va harbiy xizmatchilardan tashqari) nafaqa Pensiya jamg‘armasi bo‘linmasi tomonidan ish haqining minimal miqdorini tayinlanib, to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ishdan bo‘shagandan so‘ng vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tug‘ish ta’tili boshlangan xodimlarga nafaqa hisoblab chiqarish va to‘lash ularning so‘nggi ish joylaridagi bo‘shashdan olib kelgan ish haqidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladigan davr, mazkur masalani ko‘rib chiqqan pensiya Jamg‘armasi bo‘linmasi tomonidan kasallikning qancha davom etganligi, oilasining tarkibi va moddiy ahvolidan kelib chiqqan holda, lekin qoida bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspertizasiga (TMEK) yuborilishi belgilangan muddatdan ko‘p bo‘lmagan davr, belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiya haqida”gi nizomlar O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining talablari asosida tayyorlandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV-sessiyasida qabul qilingan va 1996-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 282—288-moddalari talablariga mazkur Nizom muvofiqlashtirildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ya’ni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 283-moddaning 2 chi qismi “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lash” Nizomning 6-bandiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 284-modda “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan beriladigan ta’minot turlari” Nizomning 1 va 16-bandlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 285-modda “Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi” Nizomning 28-bandiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 286-modda “Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi” Nizomning 36-banddan 44-bandlarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 287-modda “Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa” Nizomning 45-banddan 50-bandlarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 288-modda “Dafn etish marosimi” uchun beriladigan nafaqa Nizomning 51-bandidan 56-bandlarigacha o‘z aksini topdi. Bundan tashqari Respublikamiz Mehnat kodeksining 153-modda (Nizomda 72-band), 155-modda (Nizomda 30 va 69-band), 230-modda (Nizomda 16-band), 233-modda (Nizomda 36-bandlar) qonuni talablari asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1994-yil 17-noyabrdagi “Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 1994-yilning fevralida (08-3/91-sonli) tayyorlanib, shu yilning 3-fevralida Adliya vazirligi ro‘yhatidan o‘tkazilgan Nizom asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-sonli qaroriga (12-ilova) asosan “Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy mehnat stajini aniqlash tartibi to‘g‘risida” yo‘riqnoma tayyorlanib 1996-yil 25-iyunda Adliya vazirligi (257-soni bilan) ro‘yxatidan o‘tkazilgan Yo‘riqnoma asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorga binoan O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi ishlab chiqqan “Sug‘urta badallarini hisoblash va to‘lash, jamg‘arma mablag‘larini sarflash va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomani 1997-yil 8-yanvarda O‘zbekiston Adliya vazirligi (297-soni bilan) ro‘yxatdan o‘tkazilgan yo‘riqnoma asosida tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi o‘rniga O‘zbekiston Respublika Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi tashkil qilindi. Mazkur qarorning 12-bandiga asosan Jamg‘armaga me’yoriy Nizom va yo‘riqnomalarni tayyorlash hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning kuchga kirishi munosabati bilan quyidagi Nizom va Yo‘riqnomalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining 1994-yil 10-fevraldagi 08-3/91-sonli “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining 1994-yil 15-fevraldagi 08-3/104-sonli “Birlashma, korxona, jamoa xo‘jaligi, kooperativ, muassasa, tashkilot, o‘quv yurtining ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining 1996-yil 15-martdagi “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar (Ro‘yxat 21-1-son 1996-yil 24-aprelda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlashda umumiy ish stajini hisoblash to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma 1996-yil 25-iyundagi 257-son tartiblari.