21.12.2023 yildagi 674-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi yer maydonlaridan foydalanishda ijara munosabatlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil maydonlarni kengaytirish borasida tizimli choralar koʻrilmoqda. Oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar natijasida soʻnggi 6 yil davomida oʻrmon fondi yerlari 1 mln gektarga kengaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishda xususiy sektorning rolini oshirish, oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishda aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, “Tabiatga sayohat” tamoyili asosida ekologik turizmni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, sohani raqamli transformatsiya qilishni keng joriy etish, oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimini tubdan takomillashtirish taqozo etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori ijrosini taʼminlash, oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishning zamonaviy va shaffof mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PF-81-son Farmoniga asosan 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaliklarida koʻchat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida, xoʻjaliklar hududlarining uzoq muddatli ijaraga beriladigan uchastkalari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan belgilanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi yer uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻrmon fondi yer uchastkalarini “E-auksion” platformasi orqali elektron onlayn-auksionga qoʻyish boʻyicha materiallarni tayyorlash, elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish, hisob-kitoblarni amalga oshirish, ijara shartnomalarini rasmiylashtirish, ularga oʻzgartirish kiritish va ularni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvardan boshlab oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish, vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-ijara” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalari boʻyicha ijara huquqi narxni oshirib borish tamoyili asosida “E-auksion” platformasi orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qoʻyish boʻyicha takliflarni tayyorlash hamda oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan oʻrmon fondi yer uchastkalarida noqonuniy daraxt va butalarni kesish hamda chorva mollarini boqishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik turizm, rekratsiya, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish maqsadida oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qoʻyish boʻyicha takliflarni tayyorlashga “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-iyulga qadar oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha amaldagi barcha shartnomalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi, bunda jismoniy shaxslardan ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomalari belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtkazilmagan hollarda haqiqiy hisoblanmaydi va belgilangan tartibda bekor qilinadi hamda ushbu oʻrmon fondi yer uchastkasi qayta elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishni tashkil etishda qonuniylik, tenglik, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat oʻrmon fondi yer uchastkalari monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish talablariga qatʼiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan davlat oʻrmon fondi yer uchastkalari boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini “E-auksion” platformasi orqali ijaraga berishda quyidagi hollarda ijara toʻlovining “nol” stavkasi qoʻllaniladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondining suv bilan taʼminlanmagan va oʻrmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari oʻzlashtirilib, qishloq xoʻjaligi ekinlari va dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini barpo etish uchun — uch yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondining suv bilan taʼminlanmagan va oʻrmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari oʻzlashtirilib, yongʻoq mevali bogʻlar (pista, bodom, yongʻoq) va tez oʻsuvchi daraxtlar (pavlovniya, terak va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun — besh yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondining choʻl hududlarida joylashgan, suv bilan taʼminlanmagan va oʻrmon bilan qoplanmagan yer uchastkalari oʻzlashtirilib, choʻl va yaylov oʻsimliklari (saksovul, cherkez, qandim, qoraburoq va boshqa) plantatsiyalarini barpo etish uchun — oʻn yil davomida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-yanvarga qadar “Ijaraga berilgan oʻrmon fondi yerlari hisobini yuritish” axborot-billing tizimi ishga tushirilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha barcha amaldagi shartnomalarni xatlovdan oʻtkazsin va mazkur qarorga muvofiqlashtirgan holda Kadastr agentligining hududiy boʻlinmalarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga berilgan oʻrmon fondi yerlari hisobini yuritish” axborot-billing tizimini 2025-yil 1-yanvarga qadar Soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 847-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turizm qoʻmitasi, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” va “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasalari, oʻrmon fondi yer uchastkalari hisobidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va ekoturizmni rivojlantirishga masʼul hisoblanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
674-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglament talablari davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarni ijaraga berishga hamda oʻrmon fondi yerlaridan mavsumiy foydalanishga (pichan oʻrish va chorva mollarini boqish, oʻrmon hududidagi mavjud bogʻlar, tabiiy va madaniy yongʻoq mevali bogʻlar (pista, bodom, yongʻoq) mevalari (hosili)ni yigʻish, choʻl va yaylov oʻsimliklari (saksovul, cherkiz, qondim, qorburoq va boshqa)ning urugʻlarini yigʻish, oziq-ovqat maqsadlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga) tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi oʻrmon fondi yerlari ijaraga berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvuldiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat biosfera rezervatlarining oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning oʻrmonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tajriba stansiyalari yerlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqxonalar, milliy tabiat bogʻlarining qoʻriqxona zonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon xoʻjaligi tashkiloti ehtiyojlari uchun foydalaniladigan yerlar (sugʻoriladigan yerlar, koʻchatxona va pitomniklar, oʻrmon bilan qoplangan yerlar (bundan ekologik turizm, rekreatsiya, sogʻlomlashtirish va dam olish maskanlari hamda ovchilik xoʻjaligini tashkil etish uchun, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun oʻrmon fondi yerlarini ijaraga berish mustasno), dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari joylashgan yerlar);
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan daraxt va boshqa oʻsimlik turlari bilan band boʻlgan uchastkalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi va ijara shartlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi. Bunda davlat oʻrmon — ovchilik xoʻjaliklari hamda milliy tabiat bogʻlari hududlarini ijaraga berishda Ekologiya vazirligi buyurtmachi hisoblanadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlar — Suv xoʻjaligi vazirligi (baliqchilik faoliyati boʻyicha), Ekologiya vazirligining hududiy boʻlinmalari (ekologik turizm, rekratsiya, sogʻlomlashtirish, dam olish maskanlari hamda ovchilik faoliyati boʻyicha), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boʻlinmalari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi yer uchastkasi — oʻrmon fondining foydalanilmayotgan bir qismi boʻlib, davlat oʻrmon kadastrida koʻrsatilgan muayyan chegaraga, maydonga, joylashgan manzilga va boshqa xususiyatlarga ega boʻlgan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — oʻrmon fondi yer uchastkalari oʻzlariga doimiy foydalanishga berilgan oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi — ijaraga beruvchidan ijara shartnomasiga muvofiq oʻrmon fondi yer uchastkalarini yoki uning bir qismini belgilangan tartibda oladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi — Ekologiya vazirligi tizimidagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operator — savdo platformasida elektron onlayn-auksionni tashkil etish hamda oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer tuzish loyihasi — yagona mavze boʻyicha konturlar yaxlitligi saqlab qolingan holda, oʻrmon fondi uchastkasi chegaralari, hududning ixtisosligi, ishlab chiqarish yoʻnalishi, sugʻorish tarmoqlari, kollektorlar, yoʻllar va boshqa topografik elementlari hisobga olingan muayyan yer uchastkasini ijaraga berish uchun ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-ijara” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-IJARA” AT) — yer uchastkalarini berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarga ijara huquqi asosida foydalanish uchun quyidagi maqsadlar hamda oʻlchamlarda uch yildan kam boʻlmagan va qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon barpo qilish uchun — 1,0 gektardan 20,0 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mevali va yongʻoq mevali daraxtzorlar barpo etish uchun — 1,0 gektardan 20,0 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mevali va manzarali koʻchat yetishtirish uchun — 0,1 gektardan 2,0 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez oʻsuvchi daraxt plantatsiyalarini barpo etish uchun — 1,0 gektardan 10,0 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun — 0,1 gektardan 10,0 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun — 1,0 gektardan 20 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asalarichilik faoliyati uchun — 0,01 gektardan 2,0 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliqchilik faoliyati uchun — 0,1 gektardan 5,0 gektargacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovchilik xoʻjaligini tashkil etish uchun — 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun — 0,1 gektardan 2,0 gektargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik turizm, rekratsiya, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari faoliyati uchun (oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik sharti bilan) — 0,01 gektardan 2,0 gektargacha;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun — 1,0 gektardan 10,0 gektargacha;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-apreldagi 247-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ekologik turizm, rekreatsiya, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari, ovchilik xoʻjaligini tashkil etish uchun, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun ijaraga berilgan oʻrmon fondi yer uchastkalarida yengil konstruksiyali qurilmalarni oʻrnatgan holda zarur infratuzilma va turistik obyektlarni barpo etishga ruxsat beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijaraga berilgan oʻrmon fondi yer uchastkalari uchun ijara toʻlovi miqdori ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda auksion gʻolibi tomonidan birinchi yil uchun ijara toʻlovi miqdori elektron onlayn-auksion orqali narxni oshirib borish tamoyili asosida taklif etilgan narxda (sotilgan narxda) toʻlanadi, keyingi yillar uchun ijara toʻlovi miqdori ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻrmon fondi yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qoʻyish materiallarini tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilmagan oʻrmon fondi yer uchastkalari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi yer uchastkasi kontur raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat oʻrmon fondi yer uchastkasining kadastr xaritasi (koordinatali nuqtalari, geolokatsiya, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari koʻrsatilgan vaziyat bilan bogʻliq sxema).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yer uchastkalarini ekologik turizm, rekreatsiya, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari, ovchilik xoʻjaligini, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun elektron onlayn-auksionga qoʻyish boʻyicha takliflar Ekologiya vazirligi huzuridagi “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi tomonidan tayyorlanadi va “E-IJARA” AT orqali ushbu Reglamentning 9-bandida keltirilgan maʼlumotlar bilan ijrochiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ovchilik xoʻjaligini tashkil etish uchun oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga qoʻyish boʻyicha takliflarda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda minimal investitsiya majburiyatlari, biriktiriladigan ov qilish joylari maydonini va ulardan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdorini belgilashga oid shartlar koʻrsatiladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijrochi oʻn ish kuni ichida: “E-IJARA” AT orqali yuklab olingan davlat oʻrmon fondi yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va yer uchastkasining haqiqiy holati (loyihalashtirilayotgan oʻrmon fondi yer uchastkasining holati, hududning ixtisosligi, suv bilan taʼminlanganlik darajasi va irrigatsiya tizimining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar)dan kelib chiqib, oʻrmon fondi yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi zaruratga koʻra, oʻrmon fondining ijaraga berilishi rejalashtirilgan yer uchastkasi haqida boshqa tashkilotlardan maʼlumotlar olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijrochi oʻrmon fondining elektron onlayn-auksionga qoʻyilayotgan yer uchastkalari boʻyicha ushbu Reglamentning 6-bandida belgilangan oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish maqsadlari va oʻlchamlaridan kelib chiqib, bir nechta yer tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir yer tuzish loyihasiga savdo platformasida avtomatik tarzda oʻziga xos raqam beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir nechta konturlar uchun umumlashgan yagona yer tuzish loyihasi ishlab chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijrochi bir ish kuni ichida har bir yer tuzish loyihasini kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga savdo platformasi orqali quyidagi maʼlumotlarni yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻrmon fondi yer uchastkasining maydoni (gektarda) va yer turlari konturlar kesimida jadval shaklidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻrmon fondi yer uchastkasining elektron xaritasidan koʻchirma, yer tuzish loyihasining chegaralari va manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli tashkilot tomonidan savdo platformasiga oʻrmon fondi yer uchastkalarining yer tuzish loyihalari joylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida ushbu loyihalar kelishiladi yoki kelishish rad etiladi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo platformasida qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadigan tegishli belgi qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rad etilgan takliflar ijrochi tomonidan uch ish kuni ichida qayta ishlab chiqish uchun ijaraga beruvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda, yer tuzish loyihalari kelishilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vakolatli tashkilotlar bilan kelishilgan oʻrmon fondi yer uchastkalarining yer tuzish loyihalari ijrochi tomonidan “E-IJARA” AT orqali bir ish kuni ichida buyurtmachiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi taqdim etilgan yer tuzish loyihasini koʻrib chiqib, elektron onlayn-auksionga qoʻyilayotgan oʻrmon fondi yer uchastkasining ixtisoslashuvi va yoʻnalishiga oʻzgartirish kiritish uchun ijrochiga qaytarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun buyurtmachiga qayta kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buyurtmachi uch ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasi asosida oʻrmon fondi yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi elektron buyurtmani savdo platformasi orqali operatorga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yer uchastkasining yer tuzish loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomonlama imzolangan (buyurtmachi tomonidan) ijara shartnomasi (oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga berish muddati hamda ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq hisoblangan, har yili toʻlanadigan ijara toʻlovi muddatlari va miqdorlari va/yoki ijara toʻlovi “nol” stavkasining qoʻllanilish muddatlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻrmon xoʻjaliklarida koʻchat yetishtiruvchi pitomniklarni tashkil etish maqsadida xoʻjaliklar hududlarining uzoq muddatli (besh yildan qirq toʻqqiz yilgacha) ijaraga beriladigan uchastkalari Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Buyurtmaga tegishli maʼlumotlar ilova qilinmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilgan taqdirda, buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan, koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtma operator tomonidan buyurtmachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi buyurtmani qaytarishga asos boʻlgan kamchiliklarni uch ish kuni ichida toʻliq bartaraf etib, elektron buyurtmani operatorga takroran yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Elektron onlayn-auksionlarni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Operator buyurtmani olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, elektron onlayn-auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani savdo platformasida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida elektron onlayn-auksionlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakldagi arizani elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlab yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yer uchastkasining maydoni 5,0 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, 5,0 gektardan 10.0 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, 10.0 gektardan 20,0 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari, 20 gektar va undan koʻp boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdoridagi zakalat pulini operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator shu kunning oʻzida jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi. Shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali elektron onlayn-auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qoʻshimcha ravishda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki yuridik shaxslar xabar bilan oʻz vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Reglamentning 21-bandida nazarda tutilgan zakalat puli jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan operatorning maxsus depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilmagan taqdirda, elektron onlayn-auksionda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy yoki yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagani yoxud savdolarga oid maʼlumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga berish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Operator elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻllash orqali elektron onlayn-auksion natijalari toʻgʻrisidagi maxsus raqam qoʻyilgan elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma bilan birga oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlash uchun auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisida shartnoma Ekologiya vazirligi bilan tuziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyin auksion obyektining qiymatini toʻlash va oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun auksion gʻolibiga oʻn kun muddat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektron onlayn-auksion obyektining qiymatini auksion gʻolibi (auksionning zaxiradagi gʻolibi) operatorning maxsus hisobvaragʻiga toʻliq toʻlagandan keyin operator tomonidan savdo platformasida rasmiylashtirilgan maxsus raqamli elektron bayonnoma hamda elektron onlayn-auksion gʻolibi imzolagan oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi savdo platformasi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filialiga yuboriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ijaraga beruvchi va auksion gʻolibi tomonidan imzolangan oʻrmon fondi yer uchastkasining ijara shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali oʻrmon fondi yer uchastkasining yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi asosida oʻn ish kuni ichida kadastr pasportini tayyorlaydi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun savdo platformasi orqali Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasi oʻrmon fondi yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida auksion gʻolibining ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli reyestrdan koʻchirmani elektron onlayn-auksion gʻolibiga savdo platformasi orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻrmon fondi yer uchastkasi ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasida oʻn ish kuni ichida tuziladigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ijarachiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Topshirish-qabul qilish dalolatnomasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan oʻrmon fondi yer uchastkasidagi mavjud bino va inshootlar, sugʻorish va zax qochirish tarmoqlari, yoʻl va boshqa muhandislik tarmoqlari, daraxt va butalar soni, yoshi va turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yer uchastkasining holati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ijaraga oluvchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda, yer uchastkasi ijaraga berilmagan hisoblanib, shartnoma bekor qilinadi va qayta elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ijarachi ijara muddati tugagach yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda yoxud haqiqiy emas deb hisoblanganda, ijaraga beruvchiga buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilib qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Elektron onlayn — auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushadigan mablagʻlar ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin operatorning ikki foiz xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq kadastr pasportini tayyorlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun 5 foiz — Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — ijrochining hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — “Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” DMga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari hamda Ekologiya jamgʻarmasiga teng ulushlarda.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻrmon fondi yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yillik ijara toʻlovlari har yili 1-noyabrga qadar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻrmon fondi yer uchastkasining ijara toʻlovi miqdori toʻlov amalga oshiriladigan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdorining hajmidan kelib chiqib (shartnomaga oʻzgartirish kiritilmasdan) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarning alohida hisobi yuritiladi va ushbu mablagʻlarning 50 foizi oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari hisobvaragʻiga hamda 50 foizi Ekologiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Shartnomalar bajarilishi monitoringini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ijaraga beruvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda monitoring yuritadi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida belgilangan majburiyatlarga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud daraxtlarni toʻliq holda saqlash va koʻpaytirish choralarini koʻrish, yerdan uning belgilangan maqsadiga qatʼiy muvofiq oqilona foydalanish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini va muhandislik kommunikatsiyalarini soz holatda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan yer maydonida noqonuniy daraxt kesmaslik va chorva mollarini boqmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan inshootlar qurmaslik, yer uchastkasi ixtisoslashuvini oʻzgartirmaslik, ijara haqi va boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash va oʻrmon qonunchiligiga rioya etish ustidan doimiy monitoring yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Monitoring natijasida shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi aniqlangan hollarda, tomonlar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ushbu kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomalari uch bosqichda rasmiylashtiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — uch yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlariga rioya qilish, ijara toʻlovlari va boshqa toʻlovlarni oʻz muddatida toʻlash, investitsiyalar kiritish boʻyicha majburiyatlarni bajarish natijalariga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — yigirma yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda — qirq toʻqqiz yildan oshmaydigan muddatga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qoʻriqxonalari bufer zonalari, milliy tabiat bogʻlari, pitomniklar (qoʻriqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno), oʻrmon va oʻrmon-ov xoʻjaliklari, togʻli va choʻl hududlari yer uchastkalari ularning toifasi oʻzgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat koʻrsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni belgilagan holda yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda — 29 yil muddatga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ikki yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror koʻpaytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401. Ijara shartnomasi imzolanganidan soʻng yigirma kun muddatda ijaraga oluvchi va Ekologiya vazirligi oʻrtasida ijaraga berilgan yer uchastkalariga tutash hududdagi ov qilish joylarini ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun biriktirib berish toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdori Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ekologiya vazirligi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa shaxslarga biriktirilgan ov qilish joylarining takroran biriktirib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402. Quyidagi hollarda ovchilik xoʻjaligi tashkil etish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilinadi va yer uchastkalari qayta elektron-onlayn auksionga chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ijaraga berilgan yer uchastkalariga tutash hududdagi ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasi bekor qilingan taqdirda Ekologiya vazirligi bilan tuzilgan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnoma ham bekor qilinadi.
(401 va 402-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga oʻzgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻrmon fondi yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga muvofiq, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Mazkur Reglament talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga berilgan oʻrmon fondi yer uchastkalari uchun ijara toʻlovi miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Foydalanish maqsadlari

Joylashish zonasi boʻyicha 1 gektar yer uchastkasi ijara toʻlovi

(bazaviy hisoblash miqdorining baravari hisobida)

Choʻl

Togʻ

Vodiy

Toʻqay

1.

Oʻrmon barpo qilish uchun

0,1

0,3

1

0,5

2.

Yongʻoq mevali daraxtzorlar barpo etish uchun

0,5

1

1

0,5

3.

Mevali bogʻlar (daraxtzorlar) barpo etish uchun

1

5

10

5

4.

Mevali va manzarali koʻchat yetishtirish uchun

2

5

10

5

5.

Tez oʻsuvchi daraxt plantatsiyalarini barpo etish uchun

1

3

10

5

6.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun

5

10

15

10

7.

Dorivor oʻsimliklar madaniy plantatsiyalarini barpo etish uchun

1

2

3

2

8.

Asalarichilik faoliyati uchun

1

5

5

2

9.

Baliqchilik faoliyati uchun

5

5

15

10

10.

Ovchilik xoʻjaligini tashkil etish uchun

3

10

10

5

11.

Ekologik turizm, rekratsiya, sogʻlomlashtirish hamda dam olish maskanlari faoliyati uchun (oʻsimlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirmaslik sharti bilan)

3

10

10

10

Bunda Burchmulla, Ohangaron, Kitob, Zomin, Boysun, Uzun, Jomboy, Baxmal davlat oʻrmon xoʻjaliklari, Shahrisabz, Pop, Urgut ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarida

10

30

30

20

12.

Limonariy va issiqxonalar tashkil etish uchun

5

10

15

10

13.

Yovvoyi hayvonlarni takror koʻpaytirish va urchitish pitomnigini tashkil etish uchun

3

10

10

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga berishda “nol” stavkani qoʻllash boʻyicha imtiyozlar berilgan taqdirda, ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati tugagandan soʻng ijara toʻlovi miqdorlari ushbu jadvaldagi mezonlar asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nol” stavkada ijaraga berilgan oʻrmon fondi yer uchastkasida ijarachi tomonidan shartnoma majburiyatlari lozim darajada bajarilmaganligi aniqlangan hollarda ijara shartnomasi qonunchilikka muvofiq bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligi agentligida roʻyxatga olingan ijara shartnomalari (bitimlar) oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari (milliy tabiat bogʻlari va oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari bilan birga) ijaraga beruvchi sifatida qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara toʻlovi, penya va jarimalarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish oʻrmondan doimiy foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladi. Jamgʻarmaga toʻlanmagan ijara toʻlovlari belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijara toʻlovini hisoblashda davlat oʻrmon xoʻjaliklarining hisob raqamlariga toʻlangan ijara toʻlovlari ham hisobga olinadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

Jismoniy va yuridik shaxslar elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun savdo platformasi orqali ushbu Reglamentga 4-ilovada keltirilgan shakldagi arizani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi.

Talabgorning xohishiga koʻra, real vaqt rejimida (shu kuni ham)

2-bosqich

“Elektron onlayn-auksionlar tashkil etish markazi” AJ (operator)

Ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, operator shu kunning oʻzida jismoniy yoki yuridik shaxsga elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ruxsat beradi.

Shuningdek, uyali aloqa telefoniga va elektron pochta orqali elektron onlayn-auksion ishtirokchisi maqomini olganligi haqida qoʻshimcha ravishda xabar beradi.

1 ish kunida

3-bosqich

operator

Kamida ikki nafar ishtirokchi mavjud boʻlganda elektron onlayn-auksion oʻtkazadi.

Auksion oʻtkaziladigan kun toʻgʻrisida xabarnoma va lotga oid axborot savdo platformasida eʼlon qilingandan kamida oʻttiz kun oʻtgandan keyingi ish kuniga belgilanadi

4-bosqich

operator

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, QR-kodni (matrik shtrixli kod) qoʻllash orqali elektron onlayn-auksion natijalari toʻgʻrisidagi maxsus raqam qoʻyilgan elektron bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma bilan birga oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini ERI bilan tasdiqlash uchun auksion gʻolibining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyingi kun

5-bosqich

operator

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyin auksion obyektining qiymatini toʻlash va oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasini imzolash uchun auksion gʻolibiga oʻn kun muddat beriladi.

Elektron onlayn-auksion yakunlangan kundan keyin 10 kunda

6-bosqich

operator

Elektron onlayn-auksion obyektining qiymatini auksion gʻolibi (auksionning zaxiradagi gʻolibi) operatorning maxsus hisobvaragʻiga toʻliq toʻlagandan keyin, operator tomonidan savdo platformasida rasmiylashtirilgan maxsus raqamli elektron bayonnoma hamda elektron onlayn-auksion gʻolibi imzolagan oʻrmon fondi yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi savdo platformasi orqali bir ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filialiga yuboradi.

Elektron onlayn-auksion obyektini qiymati auksion gʻolibi (auksionning zaxiradagi gʻolibi) tomonidan operatorni maxsus hisobvaragʻiga toʻliq toʻlangandan keyin 1 ish kunida

7-bosqich

Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali oʻrmon fondi yer uchastkasining yer tuzish hujjatlari va ijara shartnomasi asosida oʻn ish kuni ichida kadastr pasportini tayyorlaydi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun savdo platformasi orqali Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.

Savdo platformasi orqali kelib tushgandan keyin 10 ish kuni ichida

8-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi

Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasi oʻrmon fondi uchastkasining ijara shartnomasi asosida ikki ish kuni ichida elektron onlayn-auksion gʻolibining ijara huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va tegishli reyestrdan koʻchirmani elektron onlayn-auksion gʻolibiga savdo platformasi orqali yuboradi.

Savdo platformasi orqali kelib tushgandan keyin 2 ish kuni ichida

9-bosqich

ijaraga beruvchi va ijarachi

Oʻrmon fondi yer uchastkasi ijaraga beruvchi va ijarachi oʻrtasida oʻn ish kuni ichida tuziladigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida ijarachiga beriladi.

Savdo platformasi orqali kelib tushgandan keyin 10 ish kuni ichida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon fondi yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qoʻyish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTRON BUYURTMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20____ yil “____” ___________ da __________________ _____________________________ tomonidan tasdiqlangan loyiha boʻyicha quyidagi yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish uchun ushbu buyurtmani taqdim etadi:

1. Yer uchastkasining oʻziga xos raqami ________________;

2. Yer uchastkasining maydoni ______________________ga;

3. Yer uchastkasi joylashgan joy _____________________________________________________________

________________________________________________________________________________________;

4. Belgilangan maqsadi ___________________________________________________________________;

5. Yerning toifasi _______________________________________________________________________;

5.1. Yer turi _____________________________________________________________________________;

6. Auksion gʻolibining majburiyatlari ______________________________________________________

________________________________________________________________________________________;

6.1 .Ijara muddati _______________________________________________________________________;

6.2. Auksion gʻolibiga qoʻyiladigan talablar: _________________________________________________

________________________________________________________________________________________;

6.3. Yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa talablar ________________

________________________________________________________________________________________;

7. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlar

(telefon raqami, elektron pochta manzili va boshqalar) ________________________________________

________________________________________________________________________________________

Buyurtma 20____ yil _______ ______________________ da taqdim etildi.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori

(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(yuridik shaxs uchun — toʻliq nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), bank rekvizitlari, telefon raqami, elektron pochta manzili)

(jismoniy shaxs uchun — F.I.O., yashash joyi, STIR, telefon raqami, elektron pochta manzili)

Elektron onlayn-auksion oʻtkazilishi haqidagi xabarnoma bilan tanishdim:

Loyiha raqami: ________________________-son

Loyiha yoʻnalishi, maydoni: __________________________________________________

Elektron onlayn-auksion oʻtkazish qoidalari bilan tanishib, 20____ yil “____” ___________ kuni soat __________ daqiqada oʻtkaziladigan elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani qabul qilishingizni soʻrayman.

Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ushbu arizani taqdim etib, elektron onlayn-auksionni oʻtkazish boʻyicha qoidalarga va keltirilgan shartlarga rozilik beraman. Men tomondan taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlgan taqdirda, elektron onlayn-auksion natijalari haqiqiy emas deb topilishi haqida ogohlantirildim. Shuningdek, elektron onlayn-auksion gʻolibi deb topilgan taqdirimda, menga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.

Toʻldirilgan sana __________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-dekabrdagi 993-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2021-yil 3-fevraldagi 50-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qarori ilovasi 747-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2023-y., 09/23/674/0954-son; 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)