Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 18-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3281-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi hamda “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyxat raqami 3281, 2020-yil 31-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2020-y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-noyabr,
39/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 27-noyabrdagi 39/6-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning oʻn yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qimmatli qogʻozlar bozorining uyushgan savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokerlari va investitsiya vositachilari orqali aksiyalar va obligatsiyalarni (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotish va sotib olish bilan bogʻliq oʻtkazmalar;”.
2. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisobvaraqlarni ochish Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 3420, 2023-yil 8-fevral) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
3. 19-bandda:
birinchi, toʻrtinchi, beshinchi va yettinchi xatboshilardagi “qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorining uyushgan savdolarida aksiyalar va obligatsiyalarni (Markaziy bankning obligatsiyalari bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorining uyushgan savdolarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 21-bandning oltinchi xatboshisidagi “qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchilarining ochiq elektron savdolarida aksiyalarni” degan soʻzlar “qimmatli qogʻozlar bozorining uyushgan savdolarida aksiyalar va obligatsiyalarni (Markaziy bankning obligatsiyalari bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 26-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxsus valyuta hisobvaragʻiga mijoz tomonidan sotib olingan, shuningdek, ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilib, foydalanilmagan yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet-el valyutasi ham kirim qilinadi.”.
6. 29-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Bank mijozi tomonidan sotib olingan (shu jumladan foydalanilmagan yoki qaytarilgan) valyuta mablagʻlari mijozning maxsus valyuta hisobvaragʻiga kiritilgan vaqtdan eʼtiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilishi yoki ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat bankiga qayta sotilishi shart.”;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
7. 46-bandning birinchi xatboshisidan “, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi toʻldirilishi talab etilmaydigan holatlar mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2023-y., 10/23/3281-3/0952-son)