O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining
buyrug‘i
ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 14-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 223]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 20-maydagi 01/2-20-sonli “ShNQ 2.07.01-23 “Aholi punktlarining hududlarini rivojlantirish va qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 261, 24.06.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-maydagi PQ-163-son “Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son “Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha huquqiy eksperimentni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
4. Mazkur buyruq ilovasining 1-bandi 2024-yilning 1-yanvaridan amalga kiritiladi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2023-yil 7-dekabr,
415-son
Kelishildi:
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2023-yil 1-dekabr
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X. UMAROVA
2023-yil 30-noyabr
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2023-yil 24-noyabr
O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2023-yil 7-dekabrdagi 415-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
ShNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 20.4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shahar hududida quriladigan turar joy binosining umumiy maydoni (er ustidagi barcha qavatlar maydonlarining to‘plami) ushbu turar joy binosini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi maydonining to‘rt yarim barobaridan oshmasligi lozim.”.
2. 99-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“99. Umumiy o‘rta (o‘rta maxsus) ta’lim tashkilotining hududida har bir ta’lim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon o‘lchami ushbu ShNQning 21-jadvaliga muvofiq belgilanishi lozim.”.
3. 21-jadvalning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
||
|
T/r |
O‘quvchilar soni (kishi) |
Bir o‘quvchiga ajratilgan umumiy yer maydoni o‘lchami (m²) |
|
1. |
40 — 660 nafar |
20 |
|
2. |
661 — 989 nafar |
15 |
|
3. |
989 nafardan ortiq |
10 |
|
”. |
4. 99.1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.