07.12.2023 yildagi 647-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional ta’lim muassasalariga yil davomida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilish tizimi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ish beruvchilarning ehtiyojlari asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash jarayonlari bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, iqtisodiyotning barcha sohalarida malakali va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga ega o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash, yoshlarning kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini inobatga olib, o‘z kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklida o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asosida tashkil etilayotgan ish o‘rinlarida o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan ehtiyojning yanada oshishi natijasida professional ta’lim muassasalarida tashkilotlarning buyurtmalari asosida yil davomida dual ta’lim shaklida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash, mehnat bozori uchun raqobatbardosh o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida qabul qilishning yangi mexanizmlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni yil davomida tashkilotlarning buyurtmalari asosida dual ta’lim shaklida o‘qitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarning o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan mavjud ehtiyoji asosida dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishni soddalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarni dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tizimini raqamlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududdagi tashkilotlarning mavjud imkoniyatlari va takliflari asosida professional ta’lim muassasalarida dual ta’lim shaklida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish borasida doimiy ko‘maklashib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlaridagi mavjud ish o‘rinlari hamda ularda yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-avgustga qadar professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni dual ta’lim shaklida o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha Yagona milliy mehnat tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlardan biriktirilgan ustozlarning pedagogik mahoratini ixtiyoriy ravishda oshirish uchun har yili dual ta’lim shakli bo‘yicha bepul qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dual ta’lim shakli joriy etilgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha tegishli ta’lim dasturlarini takomillashtirsin hamda Germaniya tajribasi asosida metodik materiallarni ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024/2025 o‘quv yiliga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda mehnat bozorining o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan joriy va istiqbolli ehtiyojni aniqlashga mo‘ljallangan elektron platformani ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan ishga tushirsin hamda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash istagida bo‘lgan tashkilotlar va professional ta’lim muassasalari bilan tuziladigan shartnomalarni elektron shaklda imzolash tizimini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari K.X. Karimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
647-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 647-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan tasdiqlangan Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Nizom kollej va texnikumlarga o‘quvchilarni dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish jarayonlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-banddagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. O‘quvchilar o‘qishga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan alohida elektron platforma yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali dual ta’lim shakli bo‘yicha qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 8-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Tashkilotning tegishli buyrug‘i asosida o‘quvchi(lar)ga dual ta’lim bo‘yicha tashkilotning tajribali xodimlaridan ustoz biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustozga tashkilot tomonidan belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dual ta’lim shaklida kasblarning (mutaxassislik) murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda, ta’lim olayotgan har 12 — 15 nafar o‘quvchiga qoidaga ko‘ra tashkilot tomonidan kamida bir nafar ustoz biriktiriladi. Hunarmandchilikka oid kasblar bo‘yicha har 15 nafar o‘quvchiga bir nafar ustoz biriktirilishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustozning faoliyati tashkilot mutasaddilari tomonidan nazorat qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 19-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalarining professional ta’lim muassasalarida dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 28-banddan so‘ng quyidagi mazmundagi 31-bob bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“31-bob. O‘quvchilarni yil davomida o‘qishga dual ta’lim shaklida qabul qilish tartibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281. Kollej va texnikumlarga o‘quvchilar dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalarining takliflari asosida o‘quv yili davomida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari tomonidan dual ta’lim shakli bo‘yicha yil davomida bo‘ladigan qabul jarayonlari muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
282. Yil davomida dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilish tartibi kasb-hunar maktablariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
283. Kollej va texnikumlarga o‘qishga qabul qilish muddatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284. Har o‘quv yilida bir marotaba yangi o‘quv yili uchun shakllantiriladigan qabul parametrlarida dual ta’lim shakli uchun davlat granti o‘rinlari ajratiladi. Qolgan davr mobaynida belgilanadigan qabul parametrlarida o‘quvchilar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
285. Dual ta’lim shakli bo‘yicha ish beruvchilarning o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan mavjud ehtiyoji asosida taqdim qilingan talabgorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kollej va texnikumlar tomonidan dual ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilinadigan o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformaga uch ish kunida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan elektron platformaga kiritilgan tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar ko‘rib chiqiladi hamda besh ish kunida kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286. Dual ta’lim shaklida o‘qitish bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan elektron platformaga kiritilgan ma’lumotlar ekspertizadan o‘tkazilib, besh ish kunida kollej va texnikumda o‘quv jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xulosasiga ko‘ra kollej va texnikum direktori uch ish kunida o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tegishli buyruqni qabul qiladi va tashkilot bilan kelishgan holda o‘quv jarayoni grafigini tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 31-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalariga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Subyektlar” ustunidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Muddatlar” ustunidagi “Har yili 1-martga qadar” va “Har yili 1-iyulga qadar” so‘zlari tegishlicha “O‘quv yili mobaynida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/647/0926-son)