1-ILOVA
1-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | |||
|
1-bosqich |
Talabgor |
Malaka sertifikatini olish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi |
Oʻz xohishiga koʻra | |||
|
2-bosqich |
1. Davlat xizmatlari markazi |
1. Soʻrovnoma shaklini toʻldirib, vakolatli organga yuboradi. |
1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida | |||
|
2. YIDXP |
2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi. |
2. Aniq vaqt rejimida | ||||
|
3-bosqich |
Vakolatli organ |
1. Ariza tushgandan soʻng malaka imtihoniga qoʻyish yoki rad etish maqsadga muvofiqligini oʻrganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. |
1. Pasportlarning 6-bandida belgilangan muddatlarda | |||
|
2. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. |
2. Imtihon sanasidan 5 kun oldin | |||||
|
4-bosqich |
Vakolatli organ |
Malaka imtihoni natijalari toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingandan soʻng malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi, davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi. |
|
3 ish kuni muddatda | ||
|
5-bosqich |
Davlat xizmatlari markazi |
1. Malaka sertifikatini talabgorning elektron manziliga yuboradi, bu haqda talabgorni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. |
1.10 daqiqa muddatda | |||
|
2. Talabgor oʻzi kelib murojaat qilganda, ruxsatnomani elektron yoki qogʻoz shaklida talabgorga taqdim etadi. |
2. Talabgor soʻroviga koʻra |
2-ILOVA
|
1. |
Malaka sertifikatining nomi: |
Baholovchilarning malaka sertifikati |
|
2. |
Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: |
Jismoniy shaxs |
|
3. |
Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
4. |
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud boʻlsa); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); yashash manzili; elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish); b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: baholovchilarni tayyorlash markazlarida maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning nusxasi; baholovchining xalqaro sertifikati nusxasi (xalqaro baholovchi sertifikatiga ega talabgorlar uchun); notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). Talabgorning mehnat daftarchasi nusxasi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan soʻrab olinadi. |
|
5. |
Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. |
|
6. |
Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: |
1 ish kuni |
|
7. |
Malaka sertifikatining talab va shartlari |
Iqtisodiy, yuridik yoki texnik yoʻnalishda bakalavr yoki magistr maʼlumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida soʻnggi 5 yilda kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlishi; yoxud (boshqa yoʻnalishda) oliy maʼlumotga, soʻnggi 5 yilda baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida kamida 2 yil ish stajiga ega boʻlishi; bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda inobatga olinadi; vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan dastur boʻyicha va baholash tashkilotlari hamda baholovchilar professional birlashmalarining takliflarini hisobga olingan holda maxsus oʻqiganligi haqida sertifikatga ega boʻlishi; “Baholash ishi: baholash faoliyati va rieltorlik (obyektlar boʻyicha) yoki “Koʻchmas mulkni ekspertiza qilish va boshqarish: Koʻchmas mulkni baholash va boshqarish mutaxassisligi boʻyicha bakalavr va magistr diplomiga yoki baholovchining xalqaro sertifikatiga ega boʻlgan talabgor maxsus oʻquvdan oʻtmasdan malaka imtihonini topshirishga haqli. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir baholovchi malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili baholovchi tashkilotlar hamda baholovchilarning professional birlashmalarining takliflari hisobga olingan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari boʻyicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan oʻtishi. |
|
8. |
Malaka sertifikatining amal qilish muddati |
5 yil |
|
9. |
Izoh: |
Baholovchilarni tayyorlash markazlari vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va zamonaviy oʻquv talablariga javob berishi, shuningdek, zarur texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan taʼminlangan hamda talabgorlar uchun masofaviy taʼlim berish imkoniyatlariga ega boʻlishi kerak. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning soʻrovnomalariga asosan imtihon komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari binosida, 2 oyda kamida 1-marta oʻtkaziladi. Test sinovi oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi hamda umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. 70 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor malaka imtihonidan oʻtgan hisoblanadi. Imtihon komissiyasi tarkibi va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari vakillari kiritiladi. Test savollari variantlari va ularning javoblari baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari, shuningdek, baholovchilarni tayyorlash markazlari takliflari hisobga olingan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan baholovchilarning oʻquv dasturi asosida ishlab chiqiladi. Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar: baholash davomida olingan maʼlumotlarni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz baholovchi tomonidan uchinchi shaxslarga berish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; moliya-xoʻjalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi; fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi sud qarori; baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda baholashni amalga oshirishda mustaqillikni taʼminlamaslik; bir yil davomida muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) baholash toʻgʻrisidagi hisobotni hamda ekspert xulosasini notoʻgʻri tuzish; baholash ishlarini oʻtkazishda olingan maxfiy axborotni mulkdor yoki baholash buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; maxsus vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi sud tomonidan eʼtirof etilganda; sertifikat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganda. |
3-ILOVA
|
1. |
Malaka sertifikatining nomi: |
Rieltorlarning malaka sertifikati |
|
2. |
Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: |
Jismoniy shaxs |
|
3. |
Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
4. |
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud boʻlsa) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); yashash manzili; elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish); b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: rieltorlarni tayyorlash markazlarida maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning nusxasi; rieltorning xalqaro sertifikati raqami va berilgan vaqti (nusxa yoki elektron shaklda ilova qilinadi, agar mavjud boʻlsa); notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). |
|
5. |
Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. |
|
6. |
Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: |
1 ish kuni |
|
7. |
Malaka sertifikatining talab va shartlari |
Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har 3 yilda kamida 1-marta rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari takliflari inobatga olingan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari boʻyicha 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan dastur boʻyicha va rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari takliflari inobatga olingan holda maxsus oʻquvdan oʻtganlik haqida sertifikatga ega boʻlishi. |
|
8. |
Malaka sertifikatining amal qilish muddati |
5 yil |
|
9. |
Izoh: |
Rieltorlarni tayyorlash markazlari vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi va zamonaviy oʻquv talablariga javob berishi, shuningdek, zarur texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan taʼminlangan hamda talabgorlar uchun masofaviy taʼlim berish imkoniyatlariga ega boʻlishi kerak. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning soʻrovnomalariga asosan imtihon komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari binosida, 2 oyda kamida 1-marta oʻtkaziladi. Test sinovi oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi hamda umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. 70 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor malaka imtihonidan oʻtgan hisoblanadi. Imtihon komissiyasi tarkibi va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi. Test savollari variantlari va ularning javoblari rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlarning jamoat birlashmalari, shuningdek, rieltorlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv markazlarining takliflari inobatga olingan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan rieltorlarni oʻquv dasturi asosida ishlab chiqiladi; malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga koʻra oʻzbek yoki rus tilida oʻtkaziladi. Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar: rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish davomida olingan maʼlumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi; rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda 1 yil ichida 2-martadan koʻp qonunchilikni buzish sodir etilganligi; malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi aniqlanganligi; muayyan mansabni egallash yoki xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi; fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi; malaka sertifikatining soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganligi. |
4-ILOVA
| 1. | Malaka sertifikatining nomi: | Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 2. | Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: | Jismoniy shaxs | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 3. | Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 4. | Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); maʼlumoti (oliy taʼlim muassasasi nomi, fakultet); tamomlagan yili, diplom raqami; diplom boʻyicha mutaxassisligi; ekspertlarni tayyorlash (malaka oshirish) oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikat raqami hamda berilgan vaqti; attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi; yashash manzili; elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; attestatsiya sohasini kengaytirish uchun; birinchi toifali ekspert guvohnomasini olish uchun; davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiya imtihonini topshirish, ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish). b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: qayta attestatsiyadan oʻtish uchun xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha soʻnggi 5 yilda bajargan ishlari roʻyxati; notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 5. | Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Ekspert guvohnomasining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 6. | Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: | 3 ish kuni | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 7. | Malaka sertifikatining talab va shartlari | Ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim: oliy maʼlumotga ega boʻlish, bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar belgilangan tartibda tan olingan taqdirda eʼtiborga olinadi; attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlish; ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, bunda oʻqishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt 1 yildan oshmasligi kerak. Birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtish uchun talabgor quyidagi majburiy talablarga javob berishi lozim: ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan kundan boshlab attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq faoliyat yuritadigan ekspert tashkilotida asosiy ish joyi sifatida kamida 3 yil ish stajiga ega boʻlish; ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan kundan boshlab attestatsiya sohasiga (yoki ekspertiza obyektlariga) muvofiq kamida 15 ta xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash hamda deklaratsiyalash, shuningdek, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni bajargan boʻlishi; ekspertlarni tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, bunda oʻqishni tamomlagan vaqtdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt 1 yildan oshmasligi kerak. Birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtkazish talabgorning ikkinchi toifali ekspert guvohnomasida koʻrsatilgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) doirasida amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 8. | Malaka sertifikatining amal qilish muddati | 5 yil | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| 9. | Izoh: | Talabgor attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi boʻyicha ekspertlarni tayyorlash oʻquv kursini tamomlagan boʻlishi kerak. Talabgorlar Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining “Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasida kamida 40 soatlik oʻquv kursida shartnoma asosida oʻqitish orqali tayyorlanadi va ushbu kursning oʻquv dasturlari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ekspertlarni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarning miqdori tegishli oʻquv kursining davomiyligidan hamda uning shaklidan kelib chiqib, shartnoma tuzuvchi taraflar tomonidan belgilanadi. Ekspert guvohnomasiga ega boʻlgan har bir jismoniy shaxs ekspert guvohnomasi olingan yildan keyin har 3 yilda kamida 1-marta vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari boʻyicha 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart. Talabgor ekspertlarni tayyorlash va (yoki) malakasini oshirish oʻquv kurslarini toʻliq tamomlaganidan soʻng sinovdan oʻtkaziladi. Sinov yozma, test yoki ogʻzaki koʻrinishda oʻtkazilishi mumkin va uning tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Sinovdan oʻta olmaganlarga bir marotaba sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Qayta sinovdan oʻta olmaganlar oʻquv kursida takroran shartnoma asosida oʻqiydilar. Sinovdan oʻtganlarga “Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasi tomonidan sertifikat beriladi. Attestatsiya guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorning soʻrovnomasiga asosan attestatsiya komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ binosida 2 oyda kamida 1-marta oʻtkaziladi. Talabgor ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari shaklida oʻtkaziladi. 70 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor ikkinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi. Talabgor birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan kompyuterda topshiriladigan test sinovlari va amaliy sinov shaklida oʻtkaziladi. 80 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor malaka imtihonining yakuniy qismi boʻlgan amaliy sinovdan oʻtkaziladi, amaliy sinov test oʻtkazilgan kunda oʻtkaziladi. Amaliy sinov davomida attestatsiya komissiyasi aʼzolari talabgorga qonunchilik hujjatlari va normativ-texnik hujjatlarni bilishi, xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni amaliy bilishi, shuningdek, ekspertning funksiyalari va majburiyatlari toʻgʻrisida savollar beradilar. Amaliy sinov davomida talabgorga kamida 5 ta savol beriladi hamda 80 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor birinchi toifali ekspert sifatida attestatsiyadan oʻtgan hisoblanadi. Test savollari xavfli ishlab chiqarish obyektini identifikatsiyalash va deklaratsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasi boʻyicha ishlarni bajarish, shuningdek, attestatsiyadan oʻtmoqchi boʻlgan attestatsiya sohasi (yoki ekspertiza obyektlari) mutaxassisligiga muvofiq tuziladigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi hamda umumiy attestatsiya vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. Ekspert guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, attestatsiya sohasini kengaytirish hamda birinchi toifali ekspert guvohnomasini olish uchun ekspert guvohnomasining egasi qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi. Ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashi sababli qayta attestatsiyadan oʻtish uchun ariza ekspert guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida 1 oy oldin topshirilishi kerak. Vakolatli organ ilgari berilgan ekspert guvohnomasining toifasini pasaytirishga haqli. Ekspert toifasini pasaytirish (birinchi toifadan ikkinchi toifaga oʻtkazish) uchun quyidagilar asos boʻladi: 6 oy muddatdan ortiq ekspert tashkilotida asosiy ish joyi sifatida ishlamaslik; ekspertning arizasi. Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlarning attestatsiya sohalari ROʻYXATI
Ekspert ekspert guvohnomasida koʻrsatilgan attestatsiya sohasi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan (foydalanishni moʻljallayotgan) tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalashda va sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etishi mumkin. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
5-ILOVA
|
1. |
Malaka sertifikatining nomi: |
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikati va identifikatsiya kartasi (keyingi oʻrinlarda — beyjik) |
|
2. |
Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: |
Jismoniy shaxs |
|
3. |
Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): |
Turizm qoʻmitasi (Madaniy meros obyektlari muammolarini oʻrganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti — Ishchi organ) |
|
4. |
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; malaka oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (qachon va kim tomonidan berilgan, seriyasi va raqami); malaka imtihoni yoʻnalishlari (gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilik); davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiya imtihonini topshirish, ekspert guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish); b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: oliy yoki oʻrta va oʻrta maxsus professional maʼlumotning tan olinganligi haqidagi sertifikat, yoki qayta tayyorlash kursidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; 2 dona oq fonda fotosurat elektron variantda; 086 shaklidagi tibbiy maʼlumotnoma (yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar uchun); ekskursiya faoliyatida tajriba mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (toifa berish uchun); notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa). Talabgorning oliy yoki oʻrta va oʻrta maxsus professional maʼlumot haqidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan soʻrab olinadi. |
|
5. |
Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. |
|
6. |
Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: |
5 ish kuni |
|
7. |
Malaka sertifikatining talab va shartlari |
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlishi; “gid (gid-tarjimon)” mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumotga yoki “mahalliy gid” va “yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi” mutaxassisliklari boʻyicha oʻrta va oʻrta maxsus professional maʼlumotga yoki “ekskursiya faoliyati” yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjatga ega boʻlishi;* belgilangan tartibda malaka oshirish kurslarini oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi. Malaka sertifikati va beyjik gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekskursiya xizmatlarini koʻrsatish huquqini beradi: yuridik shaxs shtatida boʻlsa; fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuridik shaxs bilan ishlayotgan boʻlsa; yakka tartibdagi tadbirkor yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlsa. |
|
8. |
Malaka sertifikatining amal qilish muddati |
3 yil |
|
9. |
Izoh: |
Oliy, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlimi muassasalari yoki qayta tayyorlash kurslarini gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi mutaxassisligi boʻyicha bitirganlar taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin dastlabki uy yilda malaka imtihonini topshirishdan ozod etiladi. Ishchi organ bitiruvchilarga shaxsiy roʻyxatga olish raqamini berish bilan ular haqidagi maʼlumotlarni Reyestrga kiritadi va beyjik beradi. Malaka imtihoni 15 nafar talabgordan kam boʻlmagan guruhlar shakllantirilgan holda, lekin ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihoni 9 kishidan iborat imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Malaka imtihoni 2 bosqichda oʻtkaziladi: 1-bosqich — kompyuter texnikasidan foydalangan holda oʻtkaziladigan test sinovlari; 2-bosqich namoyish imtihoni (faqat malaka imtihonida ilk marotaba ishtirok etayotgan talabgorlar uchun). Malaka imtihonining har ikkala bosqichi 1 kunda oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Malaka imtihoni bosqichlarining biridan oʻta olmagan talabgorga ushbu bosqichni qayta topshirish imkoniyati beriladi. Bunda Ishchi organ talabgorni pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali takroriy malaka imtihonining oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida uning oʻtkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin xabardor qiladi. Test sinovlari oʻquv-reja dasturlarining barcha boʻlimlarini oʻz ichiga olgan holda, 75 ta savoldan iborat boʻladi. Test savollari talabgorning arizasida koʻrsatilgan (oʻzbek yoki rus) tilda taqdim etiladi. Talabgorning toʻgʻri javoblar boʻyicha yakuniy natijasi 70 foiz va undan yuqori koʻrsatkichni tashkil qilgan boʻlsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi. Test natijalari ijobiy deb topilgan talabgorlarga ikkinchi bosqichdan oʻtishiga ruxsat etiladi va imtihon oʻtkazilishidan kamida 3 ish kuni oldin imtihonning oʻtkazilish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qilinadi. Namoyish imtihoni kasbiy standartlar va oʻquv dasturlari asosida tuzilgan amaliy topshiriqlar boʻyicha oʻtkaziladi. Namoyish imtihoni davomida imtihon komissiyasi aʼzolari amaliy topshiriqlar bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha savollar berish huquqiga ega. Namoyish imtihoni imtihon komissiyasining koʻpchilik ovozi bilan baholanadi. Imtihondan oʻta olmagan talabgor imtihon komissiyasining tavsiyasi bilan ikkinchi bosqichni qayta topshirish huquqiga ega. Bunda Ishchi organ talabgorni pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali takroriy namoyish imtihonining oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida uning oʻtkazilishidan kamida uch ish kuni oldin xabardor qiladi. Malaka imtihonining ikkinchi bosqichi talabgorning arizasida koʻrsatilgan tilda oʻtkaziladi. Talabgorga malaka imtihonining birinchi bosqichini topshirish uchun 120 daqiqa, ikkinchi bosqich uchun 60 daqiqa vaqt beriladi. Malaka imtihonini topshirish jarayonida belgilangan vaqtda barcha savollarga javob bera olmagan talabgor malaka imtihonini topshirmagan hisoblanadi. Talabgorlarning malaka toifasini olishi uchun malaka imtihoni ushbu bobda koʻrsatilgan tartib asosida oʻtkaziladi. Talabgorlar malaka toifasini olishi uchun taʼlim muassasalarida malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi haqidagi hujjatga, Ishchi organ tomonidan beriladigan malaka sertifikati va beyjikka, shuningdek, quyidagi muddatlar boʻyicha zarur ish tajribasiga ega boʻlishi lozim: II toifa uchun — 3 yildan 6 yilgacha; I toifa uchun — 6 yildan 9 yilgacha; Oliy toifa uchun — 9 yildan yuqori. Oliy toifa uchun malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga malaka sertifikati va beyjik amal qilish muddatisiz beriladi. Beyjikni rasmiylashtirish 9 (qayta) va berish uchun Ishchi organ tomonidan BHM ning 25 foizi miqdorida yigim undiriladi. *Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
6-ILOVA
|
Malaka sertifikatining nomi: |
Sud boshqaruvchisi malaka attestati (keyingi oʻrinlarda — Attestat) |
|
|
2. |
Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxs |
|
3. |
Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) |
|
4. |
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan hujjatlar (maʼlumotlar): |
a) Soʻrovnoma: |
|
soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: |
||
|
familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, u haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); |
||
|
pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, identifikatsiyalovchi ID-karta seriyasi, raqami, agar mavjud boʻlsa); |
||
|
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); |
||
|
yashash manzili; |
||
|
elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; |
||
|
davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestat olish, attestatni qayta rasmiylashtirish, attestat toifasini oshirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish); |
||
|
b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: |
||
|
xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) toʻgʻrisida vakolatli davlat organi guvohnomasining nusxasi (mavjud boʻlsa), sud boshqaruvchisini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursini oʻtaganligi toʻgʻrisida guvohnomaning nusxasini va fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi boʻyicha advokat litsenziyasini (mavjud boʻlsa) ilova qiladi; |
||
|
v) ikkinchi toifadagi attestatni olish uchun rahbarlik lavozimida kamida ikki yillik ish stajga ega boʻlmagan taqdirda, ushbu bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning: |
||
|
sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar toʻgʻrisidagi; |
||
|
uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida kamida oʻn ikki oy vazifalarni ijro etganligini tasdiqlovchi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirilgani haqida sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlari nusxalari taqdim etiladi; |
||
|
g) Talabgorning oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida kamida besh yillik mehnat staji, shundan rahbarlik lavozimida kamida uch yillik mehnat staji mavjud boʻlmaganda, birinchi toifadagi attestatni olish uchun ushbu bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari Agentlikka iqtisodiy sudning: |
||
|
sud boshqaruvchisi sifatida avvalgi tayinlanishlar toʻgʻrisidagi; |
||
|
sud boshqaruvchisining hisobotlarini tasdiqlash haqida, ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida ishlagan davrda kamida ikkita sud sanatsiyasi va (yoki) tugatish ishlari tartibotlari yakunlangani toʻgʻrisidagi ajrimlarining nusxalari taqdim etiladi. |
||
|
Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi. |
||
|
Quyidagi hujjatlar Agentlik tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda soʻrab oladi: |
||
|
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari; |
||
|
mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
||
|
sudlanganligi bekor boʻlganligi yoki olib tashlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot; |
||
|
ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi maʼlumot; |
||
|
talabgorning pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari. |
||
|
5. |
Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. |
|
Attestatining toifasini oshirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi. |
||
|
6. |
Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: |
3 ish kuni |
|
7. |
Malaka sertifikati talab va shartlari |
a) Sud boshqaruvchisi quyidagi asosiy malaka talablariga mos kelishi zarur: |
|
oliy maʼlumotli boʻlishi; |
||
|
kamida ikki yil mehnat stajiga ega boʻlishi; |
||
|
Agentlikda attestatsiyadan oʻtishi. |
||
|
b) Mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan asosiy talablardan tashqari sud boshqaruvchilariga quyidagi qoʻshimcha malaka talablari qoʻyiladi: |
||
|
kuzatuv va tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari (sex boshligi, uchastka boshligi, boʻlim boshligi va boshqalar) sifatida ikki yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish yoxud toʻrtinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida yigirma toʻrt oydan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish; |
||
|
sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — rahbarlik lavozimida (tashkilotning rahbari, rahbar oʻrinbosari, bosh buxgalteri va boshqalar) ikki yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga yoxud uchinchi toifadagi sud boshqaruvchisi sifatida oʻn ikki oydan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish; |
||
|
tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — oʻrta boʻgʻin rahbari sifatida va rahbarlik lavozimida besh yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga, shu jumladan rahbarlik lavozimida uch yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga yoxud ikkinchi toifadagi sud boshqaruvchisi boʻlib ishlagan davrda kamida ikki marta sud sanatsiyasi va (yoki) tugatishga doir ishlarni yuritish tartib-taomilini amalga oshirishda sud boshqaruvchisi sifatida mehnat stajiga ega boʻlish; |
||
|
toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini hamda jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshiruvchilarga — ikki yildan kam boʻlmagan mehnat stajiga ega boʻlish. |
||
|
“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq sud boshqaruvchisi faoliyatini amalga oshirishga cheklovlar mavjud boʻlgan shaxslar sud boshqaruvchisi etib tayinlanishi mumkin emas. |
||
|
Sud boshqaruvchisi: |
||
|
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi; |
||
|
buxgalteriya hisobi, mol-mulkni baholash va menejmentga oid bilimlar asosiga ega boʻlishi; |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asoslarini bilishi; |
||
|
qarzdorni moliyaviy sogʻlomlashtirish va kreditorlar talablarini mutanosib ravishda qondirish yechimlarini topishi; |
||
|
toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida professional bilimlarga ega boʻlishi, ularni doimiy ravishda takomillashtirishi; |
||
|
yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlishi — topshirilgan ishga vijdonan munosabatda boʻlishi, oʻz faoliyatini amalga oshirishda ijrochi, tashabbuskor, intizomli, bosiq, emotsional va ruhiy barqaror boʻlishi zarur. |
||
|
Sud boshqaruvchisi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini oʻtkazish jarayoni davomida qarzdor va kreditorlarga nisbatan betaraf boʻlishi lozim. |
||
|
Sud boshqaruvchisi oʻz vazifalarini bajarishda qarzdor va kreditorlar bilan mehnat munosabatlarida, shuningdek, ularning mulkdorlari va mansabdor shaxslari bilan mulkiy va boshqa manfaatlarga ega boʻlishi mumkin emas. |
||
|
Mustaqillik, obyektivlik va xolislik sud boshqaruvchisi faoliyatining asosiy tartibotlari hisoblanadi. |
||
|
8. |
Malaka sertifikatining amal qilish muddati |
5 yil |
|
9. |
Izoh: |
1. Sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Attestatsiya komissiyasi) talabgorlarni attestatsiyadan oʻtkazadigan kollegial organ hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining shaxsiy tarkibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibiga Agentlik rahbar xodimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi masʼul xodimlari hamda Assotsiatsiya raisi (kelishuvga koʻra) kiritiladi. |
|
2. Attestatsiya komissiyasi tarkibi rais, ikki nafar rais oʻrinbosari, toʻrt nafar aʼzo va komissiya kotibidan iborat. Komissiya kotibi ovoz berish huquqiga ega emas. Agentlik direktorining oʻrinbosari lavozimiga koʻra attestatsiya komissiyasi raisi hisoblanadi. 3. Attestatsiya komissiyasining oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari va koʻrsatmalari mazkur Reglamentga va Pasportlarga muvofiq sud boshqaruvchilari uchun majburiy hisoblanadi. 4. Attestatsiya komissiyasining majlislari zarurat boʻlganda oʻtkaziladi. Attestatsiya komissiyasi raisi uning majlislarini oʻtkazadi, bayonnomalarni va boshqa hujjatlarini imzolaydi. Attestatsiya komissiyasi raisi yoʻqligida, uning vakolatlarini ushbu komissiya raisining oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi. Attestatsiya komissiyasi kotibi komissiya majlislarini tashkil etish va oʻtkazishni tashkil etish uchun masʼul hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasi majlisi zarurat boʻlganda komissiya raisining ruxsati bilan masofadan turib onlayn tarzda oʻtkazilishi mumkin. 5. Attestatsiya komissiyasi majlislari zarurat boʻlganda oʻtkaziladi va uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda huquqiy vakolatga ega boʻladi. 6. Agentlikning Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish boshqarmasi Attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. 7. Attestatsiya komissiyasining qarorlari Attestatsiya komissiyasi majlisida qatnashadigan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 8. Attestatsiya komissiyasining navbatdagi majlisini oʻtkazish (sanasi, joyi va vaqti) toʻgʻrisida Attestatsiya komissiyasi aʼzolariga komissiyasi kotibi tomonidan xabar beriladi. Attestatsiya komissiyasi majlisining oʻtkazilish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan ish koʻrilayotgan sud boshqaruvchisi majlis boshlanishidan kamida bir hafta oldin xabardor qilinadi. Agar sud boshqaruvchisi xabardor qilingan boʻlib majlisga kelmagan boʻlsa, attestatsiya komissiyasi ishni uning ishtirokisiz koʻrib chiqishi mumkin. 9. Attestatsiya komissiyasi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: talabgorni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazishni tashkil etadi; sud boshqaruvchisi tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi. 10. Talabgor attestat olish uchun Attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan maxsus dastur boʻyicha va muddatlarda test imtihoni topshiradi. 11. Attestatsiya komissiyasi raisi talabgorlardan tushgan arizalarga muvofiq attestatsiyani oʻtkazish sanasini belgilaydi va talabgorni xabardor qilish uchun Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon berishni tashkil etadi. 12. Ishchi organning bildirgisiga asosan komissiya raisi talabgorni imtihon topshirishga qoʻyadi. 13. 3 yildan kam boʻlmagan uzluksiz ish stajiga ega “fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish” ixtisoslashuvidagi advokatlar sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kursini oʻtamasdan, Attestatsiya komissiyasining imtihonlariga kirishga haqli. 14. Attestatsiya (qayta attestatsiya) soʻrovnoma Agentlikka kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechikmay imtihon shaklida oʻtkaziladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlmagan yoxud test imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi, bu haqda talabgor Davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikkinchi marta test imtihonini topshirish uchun kelmasa, talabgorga attestat berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish rad qilingan hisoblanadi. Bunda test imtihonidan oʻtish uchun toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi. 15. Imtihon kompyuter dasturidan foydalangan holda, talabgori tanlagan tilda ellikta test savollariga javob berish shaklida oʻtkaziladi va javoblar uchun talabgorga bir soat vaqt ajratiladi. Test savollari va javoblar variantlari Assotsiatsiya takliflarini hisobga olgan holda, Agentlik tomonidan sud boshqaruvchilarini oʻqitish boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan maxsus oʻquv dasturi asosida ishlab chiqiladi. Test savollarining mazmuni va javoblar variantlari toʻlovga qobiliyatsizlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosida muntazam ravishda qayta koʻrib chiqiladi. 16. Imtihon topshirish vaqtida Attestatsiya komissiyasining kamida ikki aʼzosi kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. 17. Imtihon yakunlangandan keyin talabgor natijalar bilan tanishib, kuzatuvchilar bilan birgalikda imtihon natijalari blankasini imzolaydi. 18. Agar attestat talabgori imtihon natijalaridan norozi boʻlsa yoki natijalar blankasini imzolamasa, blanka attestatsiya komissiyasining ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi. Attestatsiya komissiyasining ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolangan natijalar blankasi imtihoni natijalarini qayd etish uchun asos hisoblanadi. 19. Imtihon yakunlari boʻyicha talabgor olingan natijalar asosida attestatsiyadan oʻtgan yoki attestatsiyadan oʻtmagan deb tan olinadi. Imtihon natijalari Attestatsiya komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va raisi tomonidan tasdiqlanadi. 20. Talabgorga attestatsiya natijalariga asosan quyidagi toifadagi attestatlardan biri beriladi: savollarning kamida 90 foiziga toʻgʻri javob berganda — birinchi toifa; savollarning kamida 85 foiziga toʻgʻri javob berganda — ikkinchi toifa; savollarning kamida 75 foiziga toʻgʻri javob berganda — uchinchi toifa; savollarning kamida 65 foiziga toʻgʻri javob berganda — toʻrtinchi toifa. Test imtihonining natijalari imtihon oʻtkazilgan kundan soʻng uch ish kunida Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Agentlik test imtihonining natijalari tasdiqlangandan soʻng uch ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan attestatni rasmiylashtiradi. 21. Attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtmagan yoki attestat toifasini oshirish istagi boʻlgan talabgor test imtihonini takroran topshirish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt oʻtgandan soʻng belgilangan tartibda test imtihonidan oʻtishga yoki attestat toifasini oshirish uchun takroran murojaat qilishga haqli. 22. Attestatsiyani qayta topshirish yakunlariga koʻra talabgor attestatsiyadan oʻtmagan taqdirda, shuningdek, Agentlik qaroriga asosan attestatning amal qilish muddati toʻxtatilganda (bekor qilinganda), talabgor navbatdagi attestatsiyaga faqat sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturi boʻyicha oʻquv kursini belgilangan tartibda takroran oʻtagandan keyin qoʻyiladi. Talabgor imtihon natijalari yuzasidan oxirgi imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy mobaynida apellyatsiya berish huquqiga ega. Talabgor asosli eʼtirozlari bayon qilingan apellyatsiyani Attestatsiya komissiyasi raisi nomiga beradi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan kundan boshlab uch kundan oshmasligi kerak. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 23. Attestatning amal qilishini toʻxtatish (bekor qilish) toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab u 3 yil davomida attestatsiyadan qayta oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi, sud boshqaruvchisining oʻz arizasi asosida uning attestatining amal qilishi toʻxtatilgan (bekor qilingan) hollar bundan mustasno. 24. Sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat Agentlik tomonidan quyidagi toʻrt toifaga muvofiq berilgan attestat asosida amalga oshiriladi: yuridik shaxslar toʻlovga qobiliyatsizligining soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — toʻrtinchi toifadagi attestat; kuzatuv, tugatishga doir ish yuritish, toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — uchinchi toifadagi attestat; kuzatuv, sud sanatsiyasi, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari va toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — ikkinchi toifadagi attestat; kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv, tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari va toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomili va jismoniy shaxs qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — birinchi toifadagi attestat. 25. Oʻzbekiston Respublikasining sud boshqaruvchisi attestatiga ega boʻlgan fuqarosi sud boshqaruvchisi hisoblanadi va u iqtisodiy sud tomonidan sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting baholash hisobga olingan holda: kuzatuv tartib-taomilini joriy etishda — muvaqqat boshqaruvchi kreditor (kreditorlar) tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi. Muvaqqat-boshqaruvchi nomzodi kreditorlar tomonidan taklif etilmagan taqdirda, u Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi yoxud Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi (keyingi oʻrinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) yoki uning hududiy boʻlinmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi; sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshirishda — kreditorlar yigʻilishi yoki majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar yoki Agentlik yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi; tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirishda — tashqi boshqaruvchi har qanday kreditor tomonidan yoki Agentlik yoxud uning hududiy boshqarmasi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tayinlanadi; bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash tartib-taomilini amalga oshirishda — tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi boʻlgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin; jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirishda — moliyaviy boshqaruvchi qarzdor jismoniy shaxs yoki kreditorlar yoxud Agentlik yoki uning hududiy boshqarmasi yoxud Assotsiatsiya yoki uning hududiy boʻlinmasi taklif etgan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanadi. 26. Iqtisodiy sud toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan kelib chiqib, quyidagi sud boshqaruvchilarini tayinlaydi: kuzatuv tartib-taomilini amalga oshirish uchun — muvaqqat boshqaruvchi; sud sanatsiyasi tartib-taomilini amalga oshirish uchun — sanatsiya boshqaruvchisi; tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga oshirish uchun — tashqi boshqaruvchi; bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash tartib-taomilini amalga oshirish uchun — tugatish boshqaruvchisi; jismoniy shaxsni qarzini tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va mol-mulkini sotish tartib-taomilini amalga oshirish uchun — moliyaviy boshqaruvchi. 27. Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini amalga oshirishda muvaqqat boshqaruvchi vakolatini amalga oshiruvchi shaxs nomzodi sud boshqaruvchisi sifatida koʻrib chiqilishi mumkin. 28. Assotsiatsiya Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholaydi va sud boshqaruvchilari faoliyatini reyting asosida baholash haqidagi maʼlumotlarni har chorakda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi hamda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilishini taʼminlaydi. 29 Sud boshqaruvchisiga oʻz vazifalarini bajarishi uchun mukofot toʻlash miqdori kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) tomonidan belgilanadi va iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi. Sud boshqaruvchisiga mukofot “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda qarzdor mol-mulki hisobidan toʻlanadi, agar kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa. 30. Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, agar qarzdor bilan boshqacha kelishuv belgilangan boʻlmasa, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlarining oʻrni qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bergan arizachi tomonidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yetti baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi. Davlat soliq xizmati organining arizasiga asosan jismoniy shaxsga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanilganda, sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari sudga ariza bergan davlat soliq xizmati organi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash uchun sudning depozit hisobvaragʻiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida oldindan toʻlov amalga oshiriladi. Sud boshqaruvchisiga haq har bir yakunlangan ishi uchun toʻlanadi. Agar sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkazilmagan boʻlsa, sud qarzdorga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani qaytaradi. Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish jarayonini yakunlash toʻgʻrisidagi ajrimi chiqarilganidan soʻng uch kun muddatda sudning depozit hisobvaragʻidan ushbu moddada belgilangan miqdorda sud boshqaruvchisiga haq toʻlash xarajatlari toʻlab beriladi. 31. Iqtisodiy sud tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomillari tugatilganda yoki toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish yuritish tugatilganda, ushbu Pasportning 30-bandiga muvofiq nazarda tutilgan mukofot toʻlanmaydi. 32. Kreditorlar yigʻilishi qaroriga asosan sud boshqaruvchisiga uning ish faoliyati natijasi boʻyicha qoʻshimcha mukofot belgilanishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirishda soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarzdorlik qoplanganda, kreditorlar yigʻilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasida muvofiq qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin. 33. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari sud boshqaruvchisi tomonidan oʻz vazifalariga rioya etilishini nazorat qiladi. 34. Agentlik oʻz vakolatlari doirasida: sud boshqaruvchisi faoliyatini qonunchilikka muvofiq tekshirish; tekshirishlar oʻtkazishda paydo boʻladigan masalalar yuzasidan sud boshqaruvchisidan zarur tushuntirishlar va materiallarni soʻrash; tekshirishlar natijalariga asosida aniqlangan qonun buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish; sud boshqaruvchisiga aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish hamda ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash; sud boshqaruvchisini ogohlantirish; sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini toʻxtatish (bekor qilish) yoki toʻxtatib turish; sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning tegishli darajada bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega. 35. Sud boshqaruvchisi Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tekshirishlar oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni taʼminlashi, shu jumladan zarur axborot va materiallarni taqdim etishi shart. Sud boshqaruvchisi uning faoliyatini tekshirish jarayonida Assotsiatsiya yoki uning hududiy boʻlinmasi xodimi kuzatuvchi sifatida ishtirok etishini talab qilish huquqiga ega. 36. Agentlikning hududiy boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida: qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi jarayonlari monitoringini yuritadi; qonunchilikka muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyatini nazorat qiladi; qonunchilikka muvofiq sud boshqaruvchisi faoliyatini tekshiradi; qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligi jarayonlari haqida kerakli boʻlgan maʼlumot va materiallarni sud boshqaruvchisidan soʻrab oladi; tekshirishlar natijalari asosida aniqlangan qonun buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnoma tuzadi va Sud boshqaruvchilari attestatsiya komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda attestatsiya komissiyasi deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritadi; sud boshqaruvchisi tomonidan unga yuklangan vazifalarning tegishli darajada bajarilishini nazorat qilish boʻyicha boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 37. Attestatsiya komissiyasi sud boshqaruvchisi tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlarini koʻrib chiqadi hamda ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi. Quyidagilar sud boshqaruvchilari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi yuzasidan ishning koʻrilishi uchun asos hisoblanadi: Agentlik va uning hududiy boshqarmalari nazorat qilish boʻyicha oʻz vakolatlarini amalga oshirishda sud boshqaruvchilari faoliyatida qonun buzilishi alomatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot va tekshirish dalolatnomalari; davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tushgan axborot, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning ariza va shikoyatlari, ommaviy axborot vositalaridagi qonun buzilish alomatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va xabarlar; sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlardan sud boshqaruvchisi tomonidan qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar, taqdimnoma va xususiy ajrimlar. 38. Oʻziga nisbatan ish koʻrilayotgan sud boshqaruvchisi ish materiallari bilan tanishishga va ulardan koʻchirma olishga, ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillarni taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga, ishning boshqa ishtirokchilariga savollar berishga, iltimosnomalar taqdim etishga va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir. 39. Attestatsiya komissiyasi ishni koʻrish natijalari boʻyicha qonun buzilishi holatlari aniqlagan hollarda, aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma yuborish yoki sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda mazkur qarorni Agentlikka kiritadi. 40. Agentlik sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida Agentlikning hududiy boshqarmalari va iqtisodiy sudni yozma ravishda xabardor qiladi va bir vaqtning oʻzida iqtisodiy sudga attestatining amal qilishi toʻxtatib turilgan sud boshqaruvchisining oʻrniga nomzodni taqdim etadi. 41. Agentlik iqtisodiy sud tomonidan yangi tayinlangan sud boshqaruvchisiga aniqlangan qonun buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma beradi. 42. Agentlikning hududiy boshqarmasi Assotsiatsiyaning hududiy boʻlinmasi bilan birgalikda sud boshqaruvchisining attestatini tiklash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida Attestatsiya komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taklif kiritadi. 43 Attestatsiya komissiyasining qarori sud boshqaruvchisi attestatining amal qilishini tiklash yoki toʻxtatishga (bekor qilishga) asos boʻladi. 44. Sud boshqaruvchilari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi holatlarini koʻrib chiqish natijalari Attestatsiya komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 45. Agentlikning qarori (koʻrsatmasi) ishda ishtirok etuvchilarga ish boʻyicha qaror (koʻrsatma) chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida yuborilishi kerak. 46. Sud boshqaruvchisi koʻrsatmada belgilangan muddatda qonun buzilishi holatlarining bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi dalillar bilan birga Agentlikka taqdim etishi lozim.
attestati berildi
QR-kod |
7-ILOVA
| Malaka sertifikatining nomi: | Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarning akkreditatsiyasi | |
| 2. | Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: | Jismoniy shaxs |
| 3. | Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
| 4. | Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; ekspertizadan oʻtkazilishi rejalashtiriladigan axborot mahsulotining turi va ekspertiza faoliyati sohalari; davlat xizmatidan foydalanish sababi (akkreditatsiyadan oʻtish, akkreditatsiya guvohnomasini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish). b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ariza beruvchi maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yoshga oid psixologiya, yoshga oid fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega ekanligini tasdiqlovchi diplom yoki sertifikat. Talabgorning oliy maʼlumot haqidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan soʻrab olinadi. |
| 5. | Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: | Bepul |
| 6. | Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: | 7 ish kuni |
| 7. | Malaka sertifikatining talab va shartlari | Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspert maqomini olish maqsadida akkreditatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs oliy maʼlumotga, maxsus bilimlarga, jumladan, pedagogika, yoshga oid psixologiya, yoshga oid fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalariga oid bilimlarga ega boʻlishi kerak *. |
| 8. | Malaka sertifikatining amal qilish muddati | 5 yil. |
| 9. | Izoh: | Akkreditatsiya 5 — 10 ta savoldan iborat ogʻzaki suhbat shaklida oʻtkaziladi. Talabgorning savollarga javoblari quyidagi mezonlar asosida baholanadi: oʻz mutaxassisligi boʻyicha tayyorgarlik darajasi; umumiy va maxsus bilim hamda amaliy koʻnikmalari; oʻz mutaxassisligi boʻyicha faoliyatini puxta tahlil qila olishi. Akkreditatsiyada talabgor toʻplanishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 65 foizi va undan yuqori ball olgan taqdirda akkreditatsiyadan oʻtgan hisoblanadi. *Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
8-ILOVA
|
1. |
Malaka sertifikatining nomi: |
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislariga malaka sertifikati |
|
2. |
Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: |
Jismoniy shaxs |
|
3. |
Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari (Ishchi organ — hududiy mehnat inspeksiyalari) |
|
4. |
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); yashash manzili; elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; maʼlumoti (oliy taʼlim muassasasi nomi, fakultet); tamomlagan yili, diplom raqami; diplom boʻyicha mutaxassisligi; malaka oshirganlik haqida hujjat raqami va berilgan vaqti; davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka imtihonini topshirish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish yoki amal qilish muddatini uzaytirish). b) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat (Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan) nusxasi; 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi elektron shakldagi fotosurat; davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirganlik haqida hujjat nusxasi (oʻquv tugagan sanadan boshlab malaka imtihonidan oʻtish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar boʻlgan sanagacha 1 yildan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa hujjat haqiqiy hisoblanadi). Talabgorning oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomi vakolatli organ tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan soʻrab olinadi. |
|
5. |
Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. Malaka sertifikatining muddatini uzaytirganlik uchun ham bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida toʻlov undiriladi. |
|
6. |
Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: |
1 ish kuni |
|
7. |
Malaka sertifikatining talab va shartlari |
Talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak: a) oliy texnik maʼlumotga, mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yil ish stajiga yoki xorijiy davlatlarda olingan oliy texnik maʼlumot yoxud ilmiy darajaga (belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda) egaligi; oliy taʼlim muassasasini tamomlagandan keyin mehnatni muhofaza qilish xizmatining yoki mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotning yoxud Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining mutaxassisi sifatida kamida 3 yil ish stajining mavjudligi *; Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda olingan oliy notexnik maʼlumot (belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda) bilan oxirgi 10 yildan kamida 3 yil bosh muhandis, bosh mexanik, bosh energetik yoxud ishlab chiqarish uchastkasi (boʻlinmasi) rahbari ish stajining mavjudligi *; b) malaka imtihonidan oʻtish uchun hujjatlarni topshirgunga qadar 1 yildan ortiq vaqt oʻtmagan, davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi *. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir talabgor malaka sertifikati olgan yildan keyin har 3 yilda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan davomiyligi 72 akademik soatdan kam boʻlmagan mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslaridan oʻtishlari shart. |
|
8. |
Malaka sertifikatining amal qilish muddati |
5 yil |
|
9. |
Izoh: |
Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestriga “mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” xizmat turi boʻyicha kiritilgan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti yoki Mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslari tomonidan amalga oshiriladi. Malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning soʻrovnomalariga asosan ishchi organ nazorati ostida vakolatli organ binosida, ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Ishchi organ faoliyatiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi va Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari vakillari jalb qilinadi. Test sinovi oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi va umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi. 70 foizdan kam boʻlmagan savollarga toʻgʻri javob bergan talabgor malaka imtihonidan oʻtgan hisoblanadi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
9-ILOVA
|
1. |
Malaka sertifikatining nomi: |
Korporativ boshqaruvchi malaka attestati |
|
2. |
Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: |
Jismoniy shaxs |
|
3. |
Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): |
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi |
|
4. |
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka attestatini olish uchun suhbatga kirishga ruxsat olish, malaka attestatini qayta rasmiylashtirish). |
|
5. |
Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: |
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. |
|
6. |
Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: |
3 ish kuni |
|
7. |
Malaka sertifikatining talab va shartlari |
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Korporativ boshqaruvning zamonaviy amaliyoti va tamoyillari” boʻyicha oʻquv kursini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatiga ega boʻlish *; Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisliklari boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy oʻquv yurtlari va Biznes maktablarida tahsil olgan va ilmiy darajalarga ega boʻlgan hamda korporativ boshqaruv fani boʻyicha eng yuqori baho yoki ball olgan boʻlish *. |
|
8. |
Malaka sertifikatining amal qilish muddati |
5 yil |
|
9. |
Izoh: |
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish istagida boʻlgan talabgorlarni sertifikat olish uchun oʻqitish Talabgorlarning korporativ boshqaruv sohasidagi bilimlarini oshirish maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan mazkur sohadagi soʻnggi zamonaviy bilimlar mujassamlashtirilgan qisqa muddatli (bir haftadan kam boʻlmagan muddatda), jumladan, onlayn, maxsus oʻquv dasturi shakllantirilib, doimiy ravishda takomillashtirib boriladi. Mazkur dastur “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanida ham oʻqitiladi. Malaka attestatini olish uchun nomzodlarni oʻqitish va oʻqish natijalari boʻyicha sertifikat berish Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Nomzodlar oʻquv kursining yakuni boʻyicha test topshirib, umumiy savollarning 55 foiziga javob berganda, tegishli tartibda sertifikatga ega boʻladi. Mazkur sertifikat malaka attestatini olishga daʼvogarlik qilish huquqini beradi. Nomzod testdan oʻta olmagan taqdirda, yakuniy testni bepul qoʻshimcha toʻlovsiz yana 2-marta takroran topshirishga haqli. Malaka attestatini olish uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan tinglovchilari daʼvogarlik qilish huquqiga ega. Bunda arizalar ushbu oʻquv kurslari va magistratura tinglovchilari tomonidan mazkur fan oʻqitilgandan keyin bir yil mobaynida berilishi mumkin. Davlat organlarining rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bundan mustasno, ularda korporativ boshqaruv malaka attestati mavjud boʻlganda davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzoligiga davlat ulushi boʻyicha saylanishlari mumkin. Korporativ boshqaruvchining malaka attestatiga ega boʻlish toʻgʻrisidagi talab kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha mustaqil aʼzosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega boʻlgan, jumladan, xorijlik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Malaka attestatini olish uchun Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan shaxslar va Oliy maktabning “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi boʻyicha korporativ boshqaruv fanini 86 ball va undan yuqori darajalarda oʻzlashtirgan tinglovchilari daʼvogarlik qilish huquqiga ega. Bunda arizalar ushbu oʻquv kurslari va magistratura tinglovchilari tomonidan mazkur fan oʻqitilgandan keyin bir yil mobaynida berilishi mumkin. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olishga nomzodlar bilan suhbat oʻtkaziladi. murojaatlar soni 20 ta va undan ortiq boʻlganda suhbat oʻtkaziladi. Suhbat har bir talabgor bilan 20 daqiqagacha davomida yakka tartibda talabgorning: korporativ boshqaruv mazmun-mohiyati, uning tamoyillari, korporativ boshqaruvni baholash va diagnostika qilish qobiliyati; kuzatuv kengashining vakolatlari, vazifalari, majburiyatlari, qarorlar qabul qilishdagi tashabbuskorligi va bu boradagi jahon tajribasi, qonunchilik normalarining talablarini bilishligi darajasini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Komissiya aʼzolari yakka tartibdagi suhbatga kirgan har bir talabgorga savollar beradi. Bunda savollar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida oʻtkazilgan oʻquv kursi dasturi yoʻnalishlaridan kelib chiqib beriladi. Suhbat natijalari quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi: berilgan savolning mazmun-mohiyatini toʻliq ochib beruvchi dalillarga asoslangan javob berilishi; savollar yuzasidan chuqur va tizimli bilim borligi namoyon etilishi; korporativ boshqaruv tushunchasi va atamalaridan erkin foydalana olish. Suhbatdan oʻtmagan yoki suhbatga kelmagan talabgor korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlagan kundan boshlab bir yil mobaynida, shuningdek “Biznesni boshqarish”, “Kapital bozori va birja ishi” va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (“Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik”) magistratura mutaxassisligi boʻyicha ikki yil (kunduzgi va sirtqi) oʻqishni tamomlab magistr diplomini olgan kundan boshlab bir yil mobaynida umumiy tartibda komissiyaga 3-martadan koʻp boʻlmagan takroriy arizalar berishi mumkin. Suhbat natijalari boʻyicha talabgorlarning shikoyatlari ular natijasi eʼlon qilingan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasi raisiga taqdim etiladi. Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi hamda uzaytirilmaydi. Muddat tugaganidan soʻng yanga attestat olish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
10-ILOVA
| 1. | Malaka sertifikatining nomi: | Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka sertifikati |
| 2. | Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: | Jismoniy shaxs |
| 3. | Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
| 4. | Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — ularning yashash guvohnomasi yoki fuqaroligi va shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjati (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjati) maʼlumotlari. Attestatsiyadan oʻtmasdan va belgilangan yigʻimni toʻlamasdan, II toifali malaka sertifikatini oladigan shaxslar quyidagilarni koʻrsatadi: CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI (The Financial Markets Association) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud FRM (Financial Risk Manager) sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega shaxs boʻlgan hollarda — ushbu xalqaro sertifikat(lar) maʼlumotlari; oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi imtiyozli diplom maʼlumotlari; davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka attestatsiyasidan oʻtish, malaka sertifikatini olish, malaka attestatini qayta rasmiylashtirish). b) Quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi: pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi; talabgorning belgilangan shakldagi fotosurati; moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom, ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi yoxud oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni boʻlmagan holatlar bundan mustasno); ish staji toʻgʻrisida maʼlumotlar (olish imkoni boʻlmagan holatlar bundan mustasno); jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi oʻzgartirilgan boʻlsa, bu toʻgʻrisida maʼlumotlar. |
| 5. | Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. |
| 6. | Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: | 3 ish kuni |
| 7. | Malaka sertifikatining talab va shartlari | a) I toifali malaka sertifikatiga ega qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi *: quyidagi mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumotga: moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasiga ega boʻlishi; qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoxud moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasiga yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi 10 yilda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim. Yoki I toifali malaka sertifikatiga ega qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi: oliy maʼlumotga; qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoxud moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasiga yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi 10 yilda kamida 5 yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim. b) Quyidagi shaxslar qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malakasi sertifikatini olish uchun attestatsiyadan oʻtishlari shart *: qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro organi rahbarlari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlari, fond birjalarning ijro organi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlari va valyuta birjalarining fond boʻlimi rahbarlari; qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi va (yoki) qimmatli qogʻozlar bozorida ishlarni bajaruvchi qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining, markaziy depozitariyning qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi boʻlimlarining, fond birjasining va valyuta birjalari fond boʻlimlarining mutaxassislari. v) Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida, fond birjalari va valyuta birjalarining fond boʻlimlarida ishlayotgan malaka sertifikatiga ega xodimlar ikki kishidan kam boʻlmasligi lozim.* g) Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa professional ishtirokchilar ijroiya organlari, fond birjasi ijroiya organi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa birjalar fond boʻlimining rahbari 1toifali malaka sertifikatiga ega qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari uchun belgilangan malaka talablariga javob berishi lozim *. d) I yoki II toifali malaka sertifikatiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond boʻlimining nazoratchisi *: quyidagi mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumotga: moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasida, ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga yoxud ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasiga; yoxud qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi oʻn yilda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim. |
| 8. | Malaka sertifikatining amal qilish muddati | 5 yil |
| 9. | Izoh: | Ushbu Pasport talablari qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy), fond birjalari va valyuta birjalarining fond boʻlimlarida ishlashga talabgor boʻlgan yoki ishlayotgan hamda oliy maʼlumotga ega jismoniy shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi. I toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining ijro etuvchi organi rahbari, markaziy depozitariy va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbari, fond birjasining ijro etuvchi organi va uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbari va valyuta birjalarining fond boʻlimi rahbari lavozimini egallash uchun talab etiladigan malaka toifasi; II toifali malaka sertifikati — jismoniy shaxslarga beriladigan va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarida, markaziy depozitariyning qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi boʻlimlari, fond birjalari va valyuta birjalarining fond boʻlimlarida mutaxassis sifatida ishlash uchun talab etiladigan malaka toifasi. Quyidagi shaxslar istisno tariqasida vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtmasdan va belgilangan yigʻimni toʻlamasdan, II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin: moliya-iqtisod yoki huquqshunoslik sohasi boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi imtiyozli diplomga ega oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilari, (agar oliy maʼlumotga egaligi toʻgʻrisidagi diplom berilgan kundan uch yildan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa); oxirgi besh yil mobaynida CFA Institute (Chartered Financial Analyst) xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan moliyaviy tahlil va investitsiyalar sohasidagi xalqaro sertifikatning kamida birinchi darajasiga yoki ACI — The Financial Markets Association xalqaro tashkiloti tomonidan berilgan valyuta va pul bozorlari, xavfni (tavakkalchilikni) boshqarish va moliyaviy tahlil sohalaridagi sertifikatga yoki ASSA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro tashkilotining moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohalaridagi xalqaro sertifikatiga yoxud Moliyaviy risk menejer FRM sertifikatining kamida amaliy bilimlar (Applied Knowledge) darajasiga ega boʻlgan shaxslar. Malaka sertifikatini berish boʻyicha attestatsiyadan vakolatli organ tomonidan har oyning birinchi payshanba kunida oʻtkaziladi. Agar ushbu kun bayram kuniga toʻgʻri kelsa yoki texnik sabablarga koʻra ushbu kunda attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish shu oyning boshqa payshanba kuni oʻtkaziladi. I toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlar attestatsiyadan test sinovi orqali ikki bosqichda oʻtkaziladi. Test sinovi jami 90 ta savoldan iborat boʻladi. Birinchi bosqich talabgorlarning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishdagi umumiy bilim saviyasi va koʻnikmasini aniqlashga qaratilgan 60 ta savolni oʻz ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 60 daqiqa beriladi va ular birinchi bosqichda kamida 45 ta savolga toʻgʻri javob berishlari lozim. Ikkinchi bosqich talabgorlarning boshqaruv qobiliyati va maʼnaviy dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan 30 ta maxsus savolni oʻz ichiga olib, ularga javob berish uchun talabgorlarga 30 daqiqa beriladi va talabgorlar ikkinchi bosqichda kamida 22 ta savolga toʻgʻri javob berishlari lozim. II toifali malaka sertifikatini olish uchun talabgorlardan faqat birinchi bosqich test sinovini muvaffaqiyatli topshirish talab qilinadi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar |
11-ILOVA
| Malaka sertifikatining nomi: | Aktuariy malaka sertifikati | |
| 2. | Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: | Jismoniy shaxs |
| 3. | Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi |
| 4. | Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: | a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; davlat xizmatidan foydalanish sababi (malaka sertifikatini olish, malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish, malaka sertifikati muddatini uzaytirish). b) quyidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi: pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa maʼlumotlari; daʼvogarning belgilangan shakldagi fotosurati; iqtisodiyot yoki matematika oliy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom, ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi yoxud oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja haqidagi xorijiy hujjatni tan olish toʻgʻrisida vakolatli davlat organining guvohnomasi nusxasi (olish imkoni mavjud boʻlmagan holatlar bundan mustasno); ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (olish imkoni mavjud boʻlmagan holatlar bundan mustasno); jismoniy shaxslarning familiyasi va (yoki) ismi oʻzgartirilgan boʻlsa, bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. |
| 5. | Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari. |
| 6. | Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: | 10 ish kuni |
| 7. | Malaka sertifikatining talab va shartlari | Iqtisodiyot yoki matematika oliy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlarida olingan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlish yoxud Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonunchilik hujjatlariga muvofiq tan olishdan oʻtgan taqdirda) olingan matematika yoki iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlish; soʻnggi oʻn yil ichida kamida besh yil sugʻurta, matematika, statistika, axborotlashtirish sohalarida ish stajiga (jumladan, oʻrindoshlik asosida) yoki pedagogik stajga ega boʻlish.* |
| 8. | Malaka sertifikatining amal qilish muddati | 5 yil |
| 9. | Izoh: | Malaka imtihonini tashkil etish va oʻtkazish uchun vakolatli organ tomonidan imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, kotib va kamida uch nafar aʼzodan iborat boʻladi. Imtihon komissiyasining ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihon komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, aktuar hisob-kitoblar va sugʻurta sohalaridagi mutaxassislar kiritiladi. Imtihon komissiyasining tarkibi har bir malaka imtihoni uchun alohida tuziladi. Imtihon komissiyasi aʼzolarining uchdan ikki qismi hamda raisi yoki uning oʻrinbosari ishtirok etganda, imtihon komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin 3 oyda kamida 1-marta oʻtkaziladi. Malaka imtihoni ikki bosqichda oʻtkaziladi. Malaka sertifikati muddati uzaytirilganda, talabgor qayta malaka imtihoni topshiradi. test sinovi (3 akademik soat davomida kompyuter orqali). Test sinovi yakunlangach, uning natijasi shu vaqtning oʻzidan maʼlum qilinadi. Uning natijasiga koʻra daʼvogarga yozma va ogʻzaki imtihonni topshirish uchun ruxsat beriladi; imtihon biletlari boʻyicha yozma va ogʻzaki imtihon (masalalarni yechish va ogʻzaki javobga tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi). Malaka imtihonining ikkala bosqichini 1 kun davomida oʻtkazishga ruxsat berilmaydi. Test savollari quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 40 ta nazariy savollardan iborat: aktuar matematika (10 ta savol); statistika va ehtimollar nazariyasi (10 ta savol); sugʻurta ishi va tavakkalchilik nazariyasi (10 ta savol); investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish (10 ta savol). Har bitta toʻgʻri javob uchun bir ball beriladi. Test sinovlari natijalarini ijobiy deb eʼtirof etish uchun asos boʻladigan toʻplangan ballar yigʻindisi 30 balldan kam boʻlmasligi kerak. Test sinovlari natijalari salbiy deb eʼtirof etilganda (30 balldan kam toʻplangan ball), daʼvogar imtihon topshirishga qoʻyilmaydi. Imtihon bileti quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 4 ta nazariy savol va 4 ta amaliy masalalardan iborat: aktuar matematika; statistika va ehtimollar nazariyasi; sugʻurta ishi va tavakkalchilik nazariyasi; investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish. Imtihon biletining har bir nazariy savoli va amaliy masalasi 5 ballik tizim boʻyicha baholanadi. Imtihon bileti boʻyicha kamida 30 ball toʻplagan daʼvogar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi. * Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. *Aktuariy malaka sertifikatining bekor qilinishiga asos boʻladigan qoʻpol qoidabuzarliklarga quyidagilar kiradi: aktuar xizmatlarni koʻrsatish davomida aktuariy tomonidan olingan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga aktuar xizmatlar buyurtmachisining ruxsatisiz taqdim etish holatining aniqlanishi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; aktuariy malaka sertifikatini boshqa shaxsga oʻz nomidan aktuar xizmatlarni koʻrsatish uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berish holatining aniqlanishi. Aktuariy malaka sertifikati bekor qilingan shaxs ushbu sertifikatning amal qilishi davrida qoʻpol qoidabuzarliklar uchun uni bekor qilish haqidagi sud qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab uch yil mobaynida aktuariy malaka sertifikatini qayta olish uchun malaka imtihonini topshirishga qoʻyilmaydi. |
12-ILOVA
|
1. |
Malaka sertifikatining nomi: |
Patent vakili sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma |
|
2. |
Soʻrovnoma beruvchilar toifasi: |
Jismoniy shaxs |
|
3. |
Malaka sertifikatini beruvchi vakolatli organ(lar): |
Adliya vazirligi |
|
4. |
Malaka sertifikatini olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar: |
a) Soʻrovnoma; soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: familiyasi, ismi va otasining ismi (oʻzgargan boʻlsa, bu haqda maʼlumotlar koʻrsatiladi); fuqaroligi; jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR); elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami; yashash joyi; ish joyi va lavozimi yoki boshqa yollanish boʻyicha ishi toʻgʻrisida maʼlumotlar; davlat xizmatidan foydalanish sababi (attestatsiyadan oʻtkazish); patent vakilligiga nomzod boʻyicha: patent vakili sifatida kelgusi faoliyat ixtisosligi; oliy taʼlim muassasasini tugatgan vaqt, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom seriya va raqami; Patent vakili boʻyicha: malaka oshirish kursida oʻqiganlik toʻgʻrisida sertifikat maʼlumotlari. b) nomzodning oliy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom maʼlumotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida mavjud boʻlmaganda ushbu diplom nusxasi ilova qilinadi. Oʻz xohishiga koʻra arizasiga malakasini tavsiflovchi boshqa hujjatlarni ilova qiladi. |
|
5. |
Malaka sertifikatini berganlik uchun undiriladigan toʻlov miqdori: |
Patent vakilligiga nomzodlar va patent vakillarini attestatsiyadan (qoʻshimcha attestatsiyadan) oʻtkazish uchun BHMning 4 baravari. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: 10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga; 11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisob raqamiga (shu jumladan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun); qolgan mablagʻlar — Adliya vazirligi Intellektual mulkni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. |
|
6. |
Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati: |
Besh ish kuni |
|
7. |
Malaka sertifikati talab va shartlari |
Talab va shartlar mavjud emas |
|
8. |
Malaka sertifikatining amal qilish muddati |
5 yil |
|
9. |
Izoh: |
Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida ikki oy oldin murojaat etishi kerak. Malaka imtihoni nomzod yoki patent vakilini imtihonga qoʻyilgani haqida bildirishnoma yoʻllangan sanadan eʼtiboran ikki oydan oshmagan muddatda oʻtkaziladi. Malaka imtihoni savollari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuziladi: intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar; sanoat mulkiga oid Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi; sanoat mulki sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari. Ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha suhbatdan oʻtadigan nomzod yoki patent vakiliga har bir qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha yana 1 tadan qoʻshimcha savol beriladi. Patent vakillarining ixtisosligi quyidagi intellektual mulk obyektlari boʻyicha belgilanadi: tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va geografik koʻrsatkichlar; ixtiro va foydali modellar; sanoat namunalari; seleksiya yutuqlari; integral mikrosxemalar topologiyalari. Nomzod yoki patent vakiliga savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun 30 daqiqa vaqt ajratiladi. Nomzod yoki patent vakiliga ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha savollarga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun har bir qoʻshimcha ixtisoslik boʻyicha savol uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Nomzod yoki patent vakili ikki va undan ortiq ixtisoslik boʻyicha imtihon topshirgan taqdirda barcha ixtisosliklarning umumiy suhbat natijasi yuzasidan yagona qaror qabul qilinadi. Nomzod yoki patent vakillari tomonidan malaka komissiyasi qarori ustidan apellyatsiya komissiyasiga shikoyat etish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Quyidagi holatlarda nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga qoʻyish rad etiladi: Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanmaganda; Adliya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimi boʻlganda; arizaga notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritilganda; attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan, shu jumladan imtihondan chetlashtirilgan nomzod yoki patent vakili imtihon oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy oʻtmasdan murojaat qilganda. |
2-ILOVA