Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2023 23.12.2020 yildagi 805-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.12.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Baholovchilar va rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-sonli “Malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoniga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab litsenziyalanadigan baholash va rieltorlik faoliyat turlarining bekor qilinishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Adliya vazirligining respublikada baholash va rieltorlik sohalariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda baholovchilar va rieltorlarning malaka imtihonlarini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2021-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlarning talablari buzilgan hollarda davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
805-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 805-son qaroriga

1-ILOVA

Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Reglament baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

baholovchi — baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchining malaka sertifikati (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati) — jismoniy shaxsga, agar u baholovchi tashkilotning mas’ul xodimi bo‘lsa yoki baholovchi tashkilot tomonidan u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa, mulkni baholashni amalga oshirish huquqini beradigan sertifikat. Malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi, uning amal qilish muddati besh yilga uzaytirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni — talabgorning baholash faoliyati sohasidagi kasbiy bilimlarini tekshirish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus o‘qiganlik haqida sertifikat — baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari takliflarini hisobga olgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan dastur bo‘yicha baholovchi baholovchilarni tayyorlash markazida maxsus o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Baholovchilarni tayyorlash markazlari vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va zamonaviy o‘quv talablariga javob berishi, shuningdek, zarur texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan ta’minlangan hamda talabgorlar uchun masofaviy ta’lim berish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir baholovchi malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalarining takliflari hisobga olingan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha kamida 40 soatlik malaka oshirish kurslaridan o‘tishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka sertifikati davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — markaz) yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazlar va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.

7. Talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy iqtisodiy, yuridik yoki texnikaviy ma’lumotga, baholovchi yoki baholovchining yordamchisi lavozimida so‘nggi besh yilda kamida bir yil ish stajiga yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, bunda xorijiy davlatlarda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida tan olingan taqdirda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan dastur bo‘yicha va baholash tashkilotlari hamda baholovchilar professional birlashmalarining takliflarini hisobga olingan holda maxsus o‘qiganligi haqida sertifikatga ega bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Baholash ishi: baholash faoliyati va rieltorlik (obyektlar bo‘yicha) (5A231501)” yoki “Ko‘chmas mulkni ekspertiza qilish va boshqarish: Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish (5A340901)” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoki baholovchining xalqaro sertifikatiga ega bo‘lgan talabgor maxsus o‘quvdan o‘tmasdan malaka imtihonini topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, markaz xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa — talabgor mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchilarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholovchining xalqaro sertifikati nusxasi (xalqaro baholovchi sertifikatiga ega talabgorlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasining nusxasi (baholovchi yoki baholovchining yordamchisi sifatida ish stajining borligini tasdiqlaydigan “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning so‘rovnomasida uning elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. So‘rovnomada talabgor elektron manzilining ko‘rsatilganligi uning so‘rovnoma bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.

Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.

Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)

11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, tegishli preyskurantga asosan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:

a) markaz orqali murojaat etilganda:

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

b) YIDXP orqali murojaat etilganda:

bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;

bazaviy hisoblash miqdorining 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;

13. Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda vakolatli organ talabgorning iltimosnomasiga asosan 5 ish kuni ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.

Talabgorlar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan muddatda xatolar bartaraf etilmagan yoki yetishmayotgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan so‘rovnomani qabul qilish rad etiladi va o‘sha kuni bu haqida talabgor xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

14. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

15. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda o‘n daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

16. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir kun muddatda talabgorning malaka imtihoniga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qiladi, ushbu Reglamentning 13-bandida nazarda tutilgan muddatdan so‘ng so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir kun muddatda talabgorning malaka imtihoniga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorni malaka imtihoniga qo‘yish yuzasidan qaror qabul qilinganda imtihonga qo‘yilganlar ro‘yxati imtihon komissiyasiga topshiriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning so‘rovnomalariga asosan imtihon komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari binosida, ikki oyda kamida bir marta malaka imtihonlari o‘tkaziladi.

18. Imtihon komissiyasi tarkibi va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida mavjud imtihon sanasidan besh kun oldin joylashtiriladi.

20. Malaka imtihonini o‘tkazish kuni, vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida mavjud imtihon sanasidan o‘n besh kun oldin joylashtiriladi.

21. Malaka imtihoniga qo‘yilishi rad etilgan talabgor markazga yoki YIDXP orqali rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin 3 ish kunida qayta so‘rovnoma berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlar takroran ko‘rib chiqiladi.

Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.

22. Malaka imtihonini topshirishda talabgor fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning aslini taqdim etadi. Pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi, bu haqida talabgor markazda (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.

23. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin ikki marta malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda malaka imtihonidan o‘tish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Reglamentda belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.

24. Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi.

Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.

Malaka imtihonini o‘tkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ va uning hududiy boshqarmalari malaka imtihonlarini tashkil etgan holda alohida test xonalarini ajratadi hamda ularni zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli video kamera, internet aloqa va boshqalar) bilan ta’minlab talabgorlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Test savollari variantlari va ularning javoblari baholovchi tashkilotlar va baholovchilarning professional birlashmalari, shuningdek, baholovchilarni tayyorlash markazlari takliflarini hisobga olgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan baholovchilarning o‘quv dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

26. Test sinovi o‘quv dasturining barcha bo‘limlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat bo‘ladi va umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.

70 foizdan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonidan o‘tgan hisoblanadi.

27. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:

qonunchilik hujjatlari va yo‘riqnoma materiallar, axborotnomalar va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;

boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;

test sinovi kabinetidan tashqariga chiqish (test sinovi o‘tayotgan xonadan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi o‘tayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

28. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgor malaka imtihonini takroran topshirish uchun malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt o‘tgandan so‘ng ushbu Reglamentda belgilangan tartibda malaka imtihonidan o‘tish uchun takroran murojaat qilishga haqli.

29. Malaka imtihonining natijalari malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan so‘ng bir kun muddatda vakolatli organning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)

30. Talabgorlarning test javoblari hamda imtihon komissiyasining bayonnomalari vakolatli organda saqlanadi.

3-bob. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish, berish va malaka sertifikatlarining reyestrini yuritish

31. Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda ikki kun muddatda markazlarga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi, ushbu malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘ladi.

32. Malaka sertifikati mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiradi va berilgan malaka sertifikatlarining reyestriga (keyingi o‘rinlarda — reyestr) tegishli yozuv kiritiladi.

33. Vakolatli organ tomonidan berilgan malaka sertifikatlarining reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

shaxsini tasdiqlovchi (pasport) ma’lumotlar va yashash manzili;

ish joyi;

malaka sertifikatining hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;

malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi to‘xtatilganligi, bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar.

Reyestr elektron shaklda yuritiladi.

Reyestr shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

34. Reyestrga kiritilgan baholovchiga taalluqli shaxsini tasdiqlovchi (pasport) ma’lumotlari va yashash manzili kabi shaxsiy ma’lumotlardan tashqari barcha ma’lumotlar, ular bilan tanishib chiqish uchun ommabop bo‘lib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markazlar malaka sertifikati olingandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning so‘roviga ko‘ra markazlar talabgorga malaka sertifikatini elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.

4-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish

36. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun ichida vakolatli organga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.

Imtihon komissiyasi bir hafta muddatda kiritilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va vakolatli organ belgilagan muddatda talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beradi.

37. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:

imtihon natijalarini (yozma ravishda asoslangan xat asosida) o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida;

apellatsiyani qanoatlantirish va talabgor malaka imtihonini topshirgan deb hisoblash to‘g‘risida.

38. Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:

apellatsiya mazkur Reglament talablarini buzgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;

apellatsiyada ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmasa.

39. Malaka imtihonini takroran o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror apellatsiya bergan talabgorning malaka imtihoni mazkur Reglament talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.

40. Vakolatli organ tomonidan apellatsiya bergan talabgor uchun malaka imtihonini takroran o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, takroriy malaka imtihoni mazkur Reglamentda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

41. Talabgor takroran apellatsiya berishi mumkin emas.

42. Vakolatli organning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

5-bob. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish

43. Baholovchi malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashiga qadar vakolatli organga malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirish to‘g‘risida mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnoma bilan murojaat qiladi. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili malaka oshirish kursidan o‘tganligi haqidagi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, baholovchi maxsus o‘quvdan o‘tganlik haqidagi sertifikatning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.

Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etganda, tegishli preyskurantga asosan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Yig‘imlar mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.

45. Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda vakolatli organ talabgorning iltimosnomasiga asosan 5 ish kuni ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

47. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda o‘n daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

48. Malaka sertifikati muddatini uzaytirish mazkur Reglamentning 47-bandida belgilangan talablarga rioya etilganda va baholovchi malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihoni natijalari to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh yilga uzaytiriladi va vakolatli organ ERIsi bilan tasdiqlanadi hamda ikki kun muddatda markazga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi. Ushbu malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘ladi.

49. Malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilganda reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

50. Pasportda ko‘rsatilgan talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilgan yoki pasporti o‘zgartirilgan taqdirda, baholovchi bir oy davomida vakolatli organga rasmiylashtirish to‘g‘risida ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda markazlar yoki YIDXP orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi baholovchi tomonidan so‘rovnoma berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda tegishli o‘zgartirishlar reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda baholovchidan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘imlar mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar

52. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.

53. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.

54. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

55. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Malaka sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. So‘rovnoma shaklini to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. To‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Aniq vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

Ariza tushgandan so‘ng malaka imtihoniga qo‘yish yoki rad etish maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

1 kun
muddatda

Vakolatli organ

Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Imtihon sanasidan 5 kun oldin

4-bosqich

Vakolatli organ

Malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi, markazlar (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

1 kun muddatda

5-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Malaka sertifikati olingandan so‘ng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqada

2. Talabgor o‘zi kelib murojaat qilganda ruxsatnomani elektron yoki qog‘oz shaklida talabgorga taqdim etadi.

2. Talabgorning so‘roviga ko‘ra

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

2-ILOVA

Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud bo‘lsa):

4. Baholovchilarni o‘qitish markazlari maxsus o‘quv kursining sertifikati raqami va berilgan vaqti (nusxa yoki elektron shaklda ilova qilinadi)

6. Baholovchining xalqaro sertifikati raqami va berilgan vaqti (nusxa yoki elektron shaklda ilova qilinadi, agar mavjud bo‘lsa)

7. Mehnat daftarchasidan ish staji haqidagi ma’lumotlar yoki “Elektron ishchi daftar” tizimidan ko‘chirma:

8. Manzili:

9. Mobil telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):

10. Baholovchining malaka sertifikatini olish uchun, malaka imtihonini topshirish uchun

11. Baholovchining malaka sertifikati amal qilish muddatini uzaytirish uchun, malaka imtihonini topshirish uchun

12. Baholovchining malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qayta rasmiylashtirish uchun malaka imtihonini topshirish talab etilmaydi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Baholovchilarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 805-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MA’MURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament rieltorlarni malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltor — rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda berilgan rieltorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorning malaka sertifikati (keyingi o‘rinlarda — malaka sertifikati) — jismoniy shaxsga rieltorning malakasini tasdiqlovchi va rieltorlik tashkiloti nomidan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish huquqini beradigan hujjat. Malaka sertifikati besh yil muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yil muddatga uzaytirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organ (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka imtihoni — talabgorning rieltor faoliyati sohasidagi kasbiy bilimlarini tekshirish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus o‘qiganlik haqida sertifikat — rieltorlik tashkilotlari va rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari takliflarini hisobga olgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan 60 soatdan kam bo‘lmagan dastur bo‘yicha rieltor rieltorlarni tayyorlash markazida maxsus o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — malaka sertifikatini olishga talabgor bo‘lgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Rieltorlarni tayyorlash markazlari vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va zamonaviy o‘quv talablariga javob berishi, shuningdek, zarur texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli videokamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan ta’minlangan hamda talabgorlar uchun masofaviy ta’lim berish imkoniyatlariga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har uch yilda kamida bir marta rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha 20 soatdan kam bo‘lmagan hajmda malaka oshirish kurslarida o‘qishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Malaka sertifikati davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — markaz) yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali vakolatli organ tomonidan ushbu Reglamentga muvofiq talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markazlar va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi identifikatsiya qilish vositalarini majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgor quyidagi talabga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organi tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan dastur bo‘yicha va rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda maxsus o‘quvdan o‘tganlik haqida sertifikatga ega bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka imtihonini o‘tkazish tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabgor o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda markaz xodimi talabgor nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan hollarda esa — talabgor mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi va unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlarni tayyorlash markazlarida maxsus o‘quv kursini tugatganligi to‘g‘risidagi sertifikatning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning so‘rovnomasida uning elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin. So‘rovnomada talabgor elektron manzilining ko‘rsatilganligi uning so‘rovnoma bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng talabgor ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, tegishli preyskurantga asosan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) markaz orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining 11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — vakolatli organning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda vakolatli organ talabgorning iltimosnomasiga asosan 5 ish kuni ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan muddatda xatolar bartaraf etilmagan yoki yetishmayotgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda vakolatli organ tomonidan so‘rovnomani qabul qilish rad etiladi va o‘sha kuni bu haqida talabgor xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda o‘n daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir kun muddatda talabgorning malaka imtihoniga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qiladi, ushbu Reglamentning 13-bandda nazarda tutilgan muddatdan so‘ng so‘rovnoma tushgan kundan boshlab bir kun muddatda talabgorning malaka imtihoniga qo‘yilishi yoki qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Talabgorni malaka imtihoniga qo‘yish yuzasidan qaror qabul qilinganda imtihonga qo‘yilganlar ro‘yxati imtihon komissiyasiga topshiriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, talabgorlarning so‘rovnomalariga asosan imtihon komissiyasi nazorati ostida vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari binosida, ikki oyda kamida bir marta malaka imtihonlari o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Imtihon komissiyasi tarkibi va test savollari vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga vakolatli organ xodimlari, shuningdek, rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlik tashkilotlarining jamoat birlashmalari vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida mavjud imtihon sanasidan besh kun oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Malaka imtihonini o‘tkazish kuni, vaqti va joyi to‘g‘risida ma’lumot vakolatli organning rasmiy veb-saytida mavjud imtihon sanasidan o‘n besh kun oldin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Malaka imtihoniga qo‘yilishi rad etilgan talabgor markazga yoki YIDXP orqali rad etishga sabab bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin qayta so‘rovnoma berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklar bartaraf etilganligi haqidagi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hujjatlar takroran ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish uchun asoslarda bayon etilmagan sabablar keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Malaka imtihonini topshirishda talabgor fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning aslini taqdim etadi. Pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega bo‘lmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxatiga kiritiladi, bu haqida talabgor markazda (o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Agar talabgor tegishli tarzda xabardor qilinganidan keyin uch marta malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda malaka imtihonidan o‘tish uchun to‘langan yig‘im summasi qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Reglamentda belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali talabgorning tanloviga ko‘ra o‘zbek yoki rus tilida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida malaka imtihonini o‘tkazish jarayoni uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushiriladi, videotasvir vakolatli organda uch yil mobaynida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka imtihonini o‘tkazish jarayonini uzluksiz ravishda videoyozuvga (ovozli) tushirish uchun vakolatli organ va uning hududiy boshqarmalari malaka imtihonlarini tashkil etgan holda alohida test xonalarini ajratadi hamda ularni zamonaviy texnik asbob-uskunalar (kompyuter, ovozli video kamera, internet aloqasi va boshqalar) bilan ta’minlab talabgorlar uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Test savollari variantlari va ularning javoblari rieltorlik faoliyati sohasidagi rieltorlarning jamoat birlashmalari, shuningdek, rieltorlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarining takliflarini inobatga olgan holda, vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan rieltorlarni o‘quv dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test savollari qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda yangilab boriladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Test sinovi o‘quv dasturining barcha bo‘limlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat bo‘ladi va umumiy imtihon vaqti davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizdan kam bo‘lmagan savollarga to‘g‘ri javob bergan talabgor malaka imtihonidan o‘tgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va yo‘riqnoma materiallar, ma’lumotnoma va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa vositasi va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
test sinovi o‘tayotgan xonadan tashqariga chiqish (test sinovi o‘tayotgan xonadan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi kabinetidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Malaka imtihonidan o‘tmagan talabgor malaka imtihonini takroran topshirish uchun malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt o‘tgandan so‘ng ushbu Reglamentda belgilangan tartibda malaka imtihonidan o‘tish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Malaka imtihonining natijalari malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan so‘ng bir kun muddatda vakolatli organning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Talabgorlarning test javoblari hamda imtihon komissiyasining bayonnomalari vakolatli organda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish, berish va malaka sertifikatlarining reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli organ QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda ikki kun muddatda markazlarga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi, ushbu malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Malaka sertifikati mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiradi va berilgan malaka sertifikatlarining reyestriga (keyingi o‘rinlarda — reyestr) tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Vakolatli organ tomonidan berilgan malaka sertifikatlarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi ma’lumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikati olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsini tasdiqlovchi (pasport) ma’lumotlar va yashash manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi to‘xtatilganligi, bekor qilinganligi va qayta rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Reyestrga kiritilgan rieltorga taalluqli shaxsini tasdiqlovchi (pasport) ma’lumotlari va yashash manzili kabi shaxsiy ma’lumotlardan tashqari barcha ma’lumotlar, ular bilan tanishib chiqish uchun ommabop bo‘lib, vakolatli organning rasmiy veb-saytida chop etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markazlar malaka sertifikati olingandan so‘ng o‘n daqiqa mobaynida uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. O‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, uning so‘roviga ko‘ra markazlar talabgorga malaka sertifikatini elektron yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Apellatsiyani ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor malaka imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun ichida vakolatli organga apellatsiya berish huquqiga ega. Apellatsiya yozma ravishda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtihon komissiyasi bir hafta muddatda kiritilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va vakolatli organ belgilagan muddatda talabgorga qabul qilingan qaror haqida yozma ravishda xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli organ tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon natijalarini (yozma ravishda asoslangan xat asosida) o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiyani qanoatlantirish va talabgor malaka imtihonini topshirgan deb hisoblash to‘g‘risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Malaka imtihoni natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya mazkur Reglament talablarini buzgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiyada ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Malaka imtihonini takroran o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror apellatsiya bergan talabgorning malaka imtihoni mazkur Reglament talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi holatlari aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vakolatli organ tomonidan apellatsiya bergan talabgor uchun malaka imtihonini takroran o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, takroriy malaka imtihoni mazkur Reglamentda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Talabgor takroran apellatsiya berishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Vakolatli organning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Rieltor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashiga qadar vakolatli organga malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirish to‘g‘risida mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnoma bilan murojaat qiladi. So‘rovnomaga quyidagi hujjat ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etganda, tegishli preyskurantga asosan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘imlar mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Talabgor tomonidan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganda, so‘rovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda vakolatli organ talabgorning iltimosnomasiga asosan 5 ish kuni ichida xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘rovnomani qabul qilishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Talabgor markazga kelib murojaat etganda, uning so‘rovnomasi markaz xodimi tomonidan to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ushbu Reglamentning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilingan holda o‘n daqiqada vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Malaka sertifikati muddatini uzaytirish mazkur Reglamentning 47-bandida belgilangan talablarga rioya etilganda va rieltorlar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihoni natijalari to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh yilga uzaytiriladi va vakolatli organ ERIsi bilan tasdiqlanadi hamda ikki kun muddatda markazga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboriladi. Ushbu malaka sertifikati O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Malaka sertifikati qayta rasmiylashtirilganda reyestrga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Pasportda ko‘rsatilgan talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilgan yoki pasporti o‘zgartirilgan taqdirda, rieltor bir oy davomida vakolatli organga rasmiylashtirish to‘g‘risida ushbu ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda markazlar yoki YIDXP orqali ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi rieltor tomonidan so‘rovnoma berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi, bunda tegishli o‘zgartirishlar reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirishda baholovchidan bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘imlar mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘z faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglamentning talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Talabgor davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

Malaka sertifikatini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qiladi

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. So‘rovnoma shaklini to‘ldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. To‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Aniq vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

Ariza tushgandan so‘ng malaka imtihoniga qo‘yish yoki rad etish maqsadga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

1 kun muddatda

Vakolatli organ

Malaka imtihoniga qo‘yilgan talabgorlar ro‘yxati vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Imtihon sanasidan 5 kun oldin

4-bosqich

Vakolatli organ

Malaka imtihoni natijalari to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi, markazlar (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.

1 kun muddatda

5- bosqich

Davlat xizmatlari markazi

1. Malaka sertifikati olingan�an so‘ng uni talabgorning elektron manziliga yuboradi va talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

1. 10 daqiqada

2. Talabgor o‘zi kelib murojaat qilganda ruxsatnomani elektron yoki qog‘oz shaklida talabgorga taqdim etadi.

2. Talabgorning so‘roviga ko‘ra

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SO‘ROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Pasport ma’lumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud bo‘lsa):

4. Rieltorlarni tayyorlash markazlari maxsus o‘quv kursining sertifikati raqami va berilgan vaqti (nusxa yoki elektron shaklda ilova qilinadi)

6. Rieltorning xalqaro sertifikati raqami va berilgan vaqti (nusxa yoki elektron shaklda ilova qilinadi, agar mavjud bo‘lsa)

7. Mehnat daftarchasidan ish staji haqidagi ma’lumotlar yoki “Elektron ishchi daftar” tizimidan ko‘chirma:

8. Manzili:

9. Mobil telefoni, elektron pochta manzili (e-mail):

10. Rieltorning malaka sertifikatini olish uchun, malaka imtihonini topshirish uchun

11. Rieltorning malaka sertifikati amal qilish muddatini uzaytirish uchun, malaka imtihonini topshirish uchun

12. Rieltorning malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qayta rasmiylashtirish uchun malaka imtihonini topshirish talab etilmaydi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 564-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 09/20/805/1661-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 05.10.2022-y., 09/22/564/0899-son)