Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 29.11.2023 yildagi 632-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjat 23.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida aholining qish-bahor oylarida asosiy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish va bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ-264-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasini tashkil etgan holda intervensiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 29-dekabrdagi 729-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimlarning qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash hamda qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismi 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida qoplanadi, 2024-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish axborot tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 16-dekabrdagi 711-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
632-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo boʻlmagan, kooperatsiya tashkil etmagan va sovitkichli sigʻimlarni ishga tushirmagan subyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimlar — asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qulay sharoitda saqlashga moʻljallangan yopiq turdagi hamda kooperatsiya asosida ish tashkil etgan va sovitkichli uskunalar bilan jihozlangan sigʻimlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimlarni jihozlash — asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan yopiq turdagi sovitkichli sigʻimlarni zarur qurilma, uskuna va jihozlar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan va kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni ishga tushirgan hamda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida subsidiya olish uchun murojaat qilgan subyekt;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh — subsidiya ajratilishiga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) masʼul xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruh.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uyushmaga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining 30 foizi, biroq 150 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik tomonidan ushbu Nizomga asosan ajratiladigan subsidiyalar hisobi Agentlikning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uyushmaga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha subsidiya ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Uyushmaga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Uyushma bilan birgalikda asosiy qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, ushbu mahsulotlarni saqlash uchun qurilishi va jihozlanishi rejalashtirilayotgan sovitkichli sigʻimlarning prognoz parametrlarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha Agentlikka “Agro-subsidiya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agro-subsidiya” AT) orqali mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda elektron ariza bilan murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaga aʼzolikni tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdan koʻchirma;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurish va/yoki xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar, hisobvaraq fakturalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizadagi maʼlumotlar va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruh “agro-subsidiya” AT orqali taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni, shuningdek, obyekt ishga tushirilganligi va/yoki jihozlanganligini oʻn kun muddat ichida joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza quyidagi mezonlar boʻyicha oʻrganib chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimning Uyushmaga aʼzo subyekt tomonidan kooperatsiya tashkil etgan holda qurilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimning toʻliq jihozlanganligi va ishga tushirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning ishonchliligi va haqqoniyligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish natijalariga koʻra ishchi guruh uch ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirilgan sovitkichli sigʻim ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq boʻlganda, mazkur Nizomga 3-ilovadagi shaklda subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani shakllantiradi va “Agro-subsidiya” AT orqali ariza beruvchiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga tushirilgan sovitkichli sigʻim ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq boʻlmaganda, mazkur Nizomga 4-ilovadagi shaklda subsidiya ajratishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani shakllantiradi va “Agro-subsidiya” AT orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tayyorlangan xulosalar ishchi guruh rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Subsidiya ajratish rad etilganda, ariza beruvchi ishchi guruh xulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻliq bartaraf qilgandan soʻng “Agro-subsidiya” AT orqali subsidiya ajratish toʻgʻrisida qayta murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi ishchi guruhning subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasidan norozi boʻlsa, yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Subsidiyalar ishchi guruhning subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasiga binoan Agentlik va sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt oʻrtasida imzolangan shartnomaga asosan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovitkichli sigʻimlardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlari, sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt dastlabki besh yil davomida faoliyatini oʻzgartirgan yoki toʻxtatgan taqdirda, ajratilgan subsidiyalarni qaytarilishi toʻgʻrisidagi bandlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Subsidiya ajratish boʻyicha shartnoma tuzilgandan keyin Agentlik subsidiya mablagʻlarini uch ish kuni ichida sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyektning tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Subsidiya ajratilgan subyektlar reyestri Agentlik tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Agentlik va sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishini monitoring qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agentlik va sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi Agentlik va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi boʻlimi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik va sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt oʻrtasida imzolangan shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyektning arizasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt oʻrtasida imzolangan shartnoma shartlari toʻliq bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt dastlabki besh yil davomida oʻz faoliyatini oʻzgartirgan yoki toʻxtatganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimlardan maqsadli va samarali foydalanmaslik holatlari aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizomning 15-bandida qayd etilgan holatlar aniqlanganda, ushbu Nizomga 5-ilovadagi shaklda dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma Agentlik va sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan subyekt oʻrtasida tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agentlik mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan dalolatnomaga asosan subsidiya olgan subyektga subsidiyani Agentlikning maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Subsidiya olgan subyekt xabarnoma yuborilgan kundan boshlab bir oy ichida subsidiyani ixtiyoriy ravishda qaytarmasa yoki qaytarishni rad etsa, subsidiyani majburiy undirish masalasi sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Subsidiya ajratishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taraflar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar muzokara oʻtkazish orqali hal etilmagan taqdirda, sud tartibida hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uyushmaga aʼzo boʻlgan subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochilar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

“Agro-subsidiya” AT orqali elektron shaklda ariza taqdim etadi.

Ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi ishchi guruhi

(ishchi guruh)

“Agro-subsidiya” AT orqali taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni, obyekt ishga tushirilganligini va/yoki jihozlanganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.

Ariza taqdim etilgandan kundan eʼtiboran 10 kun ichida

3-bosqich

Ishchi guruh

Oʻrganish natijalari boʻyicha ariza beruvchiga subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosani “Agro-subsidiya” ATda rasmiylashtiradi.

3 ish kuni ichida

4-bosqich

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Ishchi guruhning subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yuzasidan “Agro-subsidiya” AT orqali rasmiylashtirilgan xulosasiga asosan ariza beruvchi bilan shartnoma imzolaydi.

Xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng

5-bosqich

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Ariza beruvchining tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.

3 kun ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi ______________ tumanida kooperatsiya tashkil etgan xolda,

sovitkichli sigʻimni qurgan va jihozlagan tadbirkorlik subyektining nomi

________________________________________________________________________________

2. Sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash xarajatlari qiymati: __________________ soʻm.

3. Faoliyat turi va ish boshlagan sana: ______________________________________________.

4. Sigʻim miqdori: ______________________________________________________________.

5. Guvohnoma raqami _____________________, STIR _________________________________.

6. Shartnoma raqami va summasi ___________________________________________________.

7. Sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun

_______________ soʻm subsidiya mablagʻlari ajratishingizni soʻrayman.

8. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi __________________________________________,

____________________________________________________________________ hisobvaragʻi.

9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan va kooperatsiya tashkil etgan holda, qurib ishga tushirilgan va jihozlangan sovitkichli sigʻimlardan 5 yil davomida faoliyatimni oʻzgartirmasdan, maqsadli va samarali foydalanishga kafolat beraman.

ARIZA BERUVCHI: ___________________________________________ F.I.O.

yil, kun, oy

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XULOSASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ________ tumanida kooperatsiya tashkil etgan xolda sovitkichli sigʻimni qurib ishga tushirgan va jihozlagan __________________________ tadbirkorlik subyektining qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida 20___ yil “___” ___________dagi ______-son murojaati Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:

1. Tadbirkorlik subyektining nomi: _________________________________________________________

2. Faoliyat turi: ___________________________________________________________________________

3. Subsidiya obyekti: _______________________________________________________________________

4. Sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash xarajatlari qiymati: __________ soʻm, __________ soʻm.

5. Subsidiya miqdori: __________________________________________________________________ soʻm.

6. Sovitkichli sigʻim ishga tushirilgan sana: __________________________________________________

7. Tadbirkorlik subyektining STIRi: _______________________________________________________

8. Tijorat banki nomi: ____________________________________________________________________

XULOSA:

________________________________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyekti nomi)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyekt tomonidan kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun qurib ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimdan 5 yil davomida samarali va maqsadli foydalanish sharti bilan ______________ soʻm subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.

Ishchi guruh rahbari:

_____________

F.I.O.

(imzo)

Ishchi guruh aʼzolari:

_____________

F.I.O.

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni rad etish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XULOSASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ____________ tumanida kooperatsiya tashkil etgan xolda. sovitkichli sigʻimni qurib ishga tushirgan va jihozlagan ______________________________ tadbirkorlik subyektining qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida 20____ yil “_____” __________dagi _______-son murojaati Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqildi va kuyidagilar aniqlandi:

1. Tadbirkorlik subyektining nomi: ______________________________________________________________

2. Faoliyat turi: _______________________________________________________________________________

3. Subsidiya obyekti: ___________________________________________________________________________

4. Sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash xarajatlari qiymati: _______________ soʻm, _____________ soʻm.

5. Subsidiya miqdori:________________________________________________________________________soʻm.

6. Sovitkichli sigʻim ishga tushirilgan sana: _______________________________________________________

7. Tadbirkorlik subyektining STIRi: ____________________________________________________________

8. Tijorat banki nomi: _________________________________________________________________________

XULOSA:

___________________________________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyekti nomi)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyekt tomonidan kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish maqsadga muvofiq emas deb topildi.

Ishchi guruh rahbari:

_____________

F.I.O.

(imzo)

Ishchi guruh aʼzolari:

_____________

F.I.O.

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlarining toʻliq bajarilmaganligi hamda ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimlardan samarali va maqsadli foydalanilmaganligi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DALOLATNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ____________ tumanida kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimni qurib ishga tushirgan va jihozlagan _______________________________ tadbirkorlik subyektining qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida 20___ yil “____” ____________dagi _____-son murojaati Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqildi va kuyidagilar aniqlandi:

1. Tadbirkorlik subyektining nomi: _____________________________________________________________

2. Faoliyat turi: ______________________________________________________________________________

3. Subsidiya obyekti: __________________________________________________________________________

4. Sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash xarajatlari qiymati: _____________ soʻm, _____________ soʻm.

5. Subsidiya miqdori: _____________________________________________________________________ soʻm.

6. Sovitkichli sigʻim ishga tushirilgan sana: _____________________________________________________

7. Tadbirkorlik subyektining STIRi: __________________________________________________________

8. Tijorat banki nomi: _______________________________________________________________________

XULOSA:

__________________________________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyekti nomi)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyekt tomonidan sovitkichli sigʻimni qurish va jihozlash jarayonida shartnoma shartlari toʻliq bajarilmagan.

Xususan, ____________________________________________________________________________________

____________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________ aniqlandi.

Shuningdek, ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimdan samarali va maqsadli foydalanilmaganligi, jumladan,

____________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________ aniqlandi.

Ishchi guruh rahbari:

_____________

F.I.O.

(imzo)

Ishchi guruh aʼzolari:

_____________

F.I.O.

(imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimlarning qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimlarning qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan qoplash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo boʻlmagan, kooperatsiya tashkil etmagan, elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish uskunasini oʻrnatmagan, tegishli tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkilotida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan sovitkichli sigʻimlarga ega subyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovitkichli sigʻimlar — asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qulay sharoitda saqlashga moʻljallangan yopiq turdagi hamda kooperatsiya asosida ish tashkil etgan va sovitkichli uskunalar bilan jihozlangan sigʻimlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subsidiya — tovarlar ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun budjet tizimi budjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi isteʼmolchisi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan va kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarning qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida subsidiya olish uchun murojaat qilgan subyekt.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektr energiyasi isteʼmolchilari va tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkilotlari oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan Uyushmaga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimlar uchun elektr energiyasini yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-maydagi PF-5059-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qaroriga muvofiq tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uyushma elektr energiyasi isteʼmolchilarining kooperatsiya tashkil etgan holda, ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimlarining qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida keyingi yil uchun talab etiladigan elektr energiyasi va uning qiymati boʻyicha talabnomalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishgan holda, har yili 1-iyunga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Uyushma tomonidan taqdim etilgan talabnomalar asosida tegishli subsidiya mablagʻlari ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti bilan elektr energiyasi isteʼmolchisi oʻrtasidagi hisob-kitob belgilangan tartibda tasdiqlangan tegishli tariflar asosida tuzilgan elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektr energiyasi isteʼmolchisi tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti bilan birgalikda hisob-kitob davri yakunlangandan soʻng, keyingi oyning 5-sanasiga qadar foydalanilgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektr energiyasi isteʼmolchisi hisobot oyida sarflagan elektr energiyasi qiymatining 50 foizini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qoplash uchun subsidiya olish maqsadida tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti bilan tuzilgan taqqoslash dalolatnomasi va hisob-fakturalarni hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar “Agro-subsidiya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agro-subsidiya” AT) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi har oyda elektr energiyasini hisobga olish uskunasiga koʻra isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi koʻrsatkichlarini “Agro-subsidiya” ATga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti va tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimi tomonidan elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha taqdim qilingan hisob-kitoblar joyiga chiqqan holda oʻrganilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan dalolatnoma va hisob-fakturalarda koʻrsatilgan elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining 50 foizi, lekin har bir hisobot oyi uchun 15 ming kilovatt soat elektr energiyasi qiymatidan oshmagan miqdori Agentlik tomonidan elektr energiyasi isteʼmolchisining xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi isteʼmolchisining ushbu Nizom talablariga muvofiq boʻlmagan boshqa elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlari uning oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektr energiyasi isteʼmolchisi tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirmaganda, tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuboriladi hamda elektr energiyasi isteʼmolchisi elektr energiyasi tarmogʻidan uzib qoʻyilishi haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik talabnomada koʻrsatilgan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, tuman (shahar) elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan elektr energiyasi isteʼmolchisi elektr energiyasi tarmogʻidan uzib qoʻyiladi va qarzdorlikni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Elektr energiyasi isteʼmolchisi tomonidan elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik toʻliq qoplangandan keyin uni elektr energiyasi tarmogʻiga qayta ulash xarajatlari elektr energiyasi isteʼmolchisi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan majburiyatlarni bajarishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taraflar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar muzokara oʻtkazish orqali hal etilmagan taqdirda, sud tartibida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish axborot tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 16-dekabrdagi 711-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova quyidagi mazmundagi 20 va 21-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, ishga tushirilgan sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi

21.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, ishga tushirgan sovitkichli sigʻimlarning qish va bahor oylarida elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi

”.