06.11.2023 yildagi 3670-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablari asosida takomillashtirish, yangilangan Konstitutsiyani soʻzsiz va toʻliq amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustuvor prinsiplarni yangi Oʻzbekistonning ulugʻvor taraqqiyotiga hamohang tarzda roʻyobga chiqarish, yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda davlat organlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, fuqarolar oʻz hayotida Konstitutsiyaning xalqchil ruhini yaqqol his etib turishini taʼminlash borasida qonunchilik bazasini mustahkamlash maqsadida, 2023-yil 30-aprelda boʻlib oʻtgan referendumda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9 va 10-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (bundan buyon matnda chora-tadbirlar dasturi deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari oʻzlarining faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, chora-tadbirlar dasturining bajarilishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar dasturida belgilangan bandlarning vazirlik va idoralar tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorakda tegishincha Qonunchilik palatasiga va Senatga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qoʻshma qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3670-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-616-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 6-noyabrdagi 3670-IV/KQ-616-IV-son Qoʻshma qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normasi

Qayta koʻrib chiqiladigan yoki yangi qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjat

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Asosiy prinsiplar

1.

Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi �uquqiy tizimining tarkibiy qismidir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllaniladi.

Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.

(15-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

3. “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi

2024-yil fevral

Adliya vazirligi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subyektidir.

Oʻzbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.

(17-modda)

Kuyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi

2. “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Mudofaa vazirligi

3.

Oʻzbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdoʻstliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin.

(18-modda)

“Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil fevral

Tashqi ishlar vazirligi

II. Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

4.

Oʻzbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume�tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.

Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos boʻlishi shart.

(19-modda)

Quyidagi kodeks va qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

3. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

4. “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

5. “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

6. “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

7. “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

8. “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil yanvar

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan oʻzaro huquq va majburiyatlar bilan bogʻliqdir.

Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qoʻyilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emas.

Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.

Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

(20-modda)

Quyidagi kodeks va qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi.

2024-yil fevral

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.

4. “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

5. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

6. “Ichki ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

7. “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

8. “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

9. “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

10. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

11. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Biznes-ombudsman,

Savdo-sanoat palatasi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Milliy gvardiya,

Soliq qoʻmitasi,

Bojxona qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik koʻrsatishni kafolatlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.

Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish xamda rivojlantirish toʻgʻrisida xalqaro huquq normalariga muvofiq gʻamxoʻrlik qiladi.

(23-modda)

“Xorijdagi vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2024-yil may

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

7.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yoʻli bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga oʻzini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar taʼminlanadi.

Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bar�araf etish imkoniyatlari tugagan boʻlsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

Hech kim oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.

(28-modda)

Quyidagi qonun va kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.

2024-yil fevral

Oliy sud,

Bosh prokuratura

3. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.

2024-yil fevral

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

4. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi.

2024-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Inson huquqlari boʻyicha vakil

(Ombudsman)

(kelishuv asosida)

8.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari toʻgʻrisida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning soʻroq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.

...

Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni taʼminlaydi, ularga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

(29-modda)

Quyidagi kodeks va qonu�ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.

2. “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud

9.

Hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.

Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas. (30-modda)

Quyidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.

2024-yil fevral

Bosh prokuratura

10.

Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega boʻlish, oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.

Har kim yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.

Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qoʻyishni va koʻzdan kechirishni oʻtkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.

(31-modda)

Quyidagi kodeks va qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.

2. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

3. “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

4. “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil mart

Ichki ishlar vazirligi

5. “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil mart

Bosh prokuratura,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

11.

Qonuniy asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno.

Har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekistonga toʻsqinliksiz qaytish huquqiga ega.

(32-modda)

“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy �olati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi

12.

Har kim fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.

Davlat Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

...

(33-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart.

(34-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

3. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

4. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

14.

Har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli.

Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

(41-modda)

Quyidagi kodeks va qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.

4. “Bank siri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

5. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

6. “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Markaziy bank,

Adliya vazirligi

15.

Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.

(42-modda)

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

16.

Bolalar mehnatining bolaning sogʻligiga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning taʼlim olishiga toʻsqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.

(44-modda)

Quyidagi kodeks va qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.

2. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil fevral

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

17.

Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yoʻqotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yoʻqotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot huquqiga ega.

Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalarning va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdori rasman belgilangan kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.

(46-modda)

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

18.

Davlat uy-joy qurilishini ragʻbatlantiradi va uy-joyga boʻlgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

(47-�odda)

Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

“Koʻp kvartirali uylar va boshqa koʻchmas mulk obyektlarini ulush qoʻshgan holda qurishda ishtirok etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2024-yil fevral

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

19.

Har kim sogʻligʻini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.

Davlat sogʻliqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sugʻurtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralarini koʻradi.

(48-modda)

Kuyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Fuqarolar sogʻligini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil aprel

Sogʻliqni saqlash vazirligi

3. “Tibbiy sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish nazarda tutiladi.

2024-yil may

Sogʻliqni saqlash vazirligi

20.

Har kim taʼlim olish huquqiga ega.

Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi.

Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim majburiydir.

...

(50-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil aprel

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

3. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

21.

Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli.

Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega.

(51-modda)

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

22.

Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.

Tarixiy, maʼnaviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

(61-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. “Madaniy mero� obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil aprel

Madaniy meros agentligi

III. Jamiyat va shaxs

23.

Mulkdor oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.

(66-modda)

Quyidagi kodeks va qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi.

3. “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

4. “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil mart

Adliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

24.

Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk boʻlishi mumkin.

(68-modda)

Quyidagi kodeks va qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi.

2. “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

3. “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil mart

Adliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

25.

Oila jamiyatning asosiy boʻgʻinidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Nikoh Oʻzbekiston xalqining anʼanaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.

(76-modda)

Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil aprel

Adliya vazirligi

26.

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalari oʻzi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

(81-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil aprel

Adliya vazirligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

IV. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi

27.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

...

10) Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;

...

(93-modda)

“Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

28.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:

...

2) Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;

...

(133-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil may

Markaziy saylov komissiyasi

2. “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro sha�tnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil may

Tashqi ishlar vazirligi

29.

Oʻzbekiston Respublikasi oʻzining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega.

(147-modda)

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil may

Markaziy bank

30.

Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir.

...

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasining hududida qonuniy toʻlov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritish�a va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.

(150-modda)

Quyidagi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

1. “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni.

2. “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.

2024-yil may

Markaziy bank

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Zaruratga koʻra chora-tadbirlar dasturining bir necha bandlaridagi topshiriqlar yagona qonun loyihasi doirasida birlashtirilishi yoki qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning normalaridan kelib chiqib, boshqa qonunlarga ham oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi nazarda tutilishi mumkin.