Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining
buyrugʻi
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 22-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2923-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 7-avgustdagi 5-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2923, 2017-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 939-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-noyabr,
10-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 1-noyabrdagi 10-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Sportni rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 10-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisidagi “Sportni rivojlantirish vazirligiga” degan soʻzlar “Yoshlar siyosati va sport vazirligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2023-y., 10/23/2923-4/0877-son)