06.12.2021 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya resurslarini oʻzbek-qozoq bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishni birgalikda bojxona nazoratidan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 17-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Markaziy Osiyo davlatlari energiya tizimlarining bir vaqtning oʻzida faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisidagi Bitim, 2007-yil 2-noyabrda imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo — davlatlarning hukumatlari oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik qilish va oʻzaro yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Bitimning qoidalariga asosan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 31-oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlarida hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin qoʻshnichilik aloqalarini rivojlantirish istagida hamda Tomonlar oʻrtasida hamkorlik oʻzbek-qozoq bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan energiya resurslarini nazorat qilish samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishiga ishonch bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbek-qozoq bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan energoresurslarini birgalikda nazorat qilish zaruriyatini anglab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning maqsadlari uchun qoʻllaniladigan atamalar quyidagilarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomonlar davlatlarining bojxona organlari”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Davlat bojxona qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston Respublikasi uchun — Moliya vazirligining Davlat daromadlari qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻzbek-qozoq bojxona chegarasi” — Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida bojxona chegarasi hududi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli xodimlar (ishchilar)” — Tomonlar bojxona organlari va ularning hududiy tuzilmalarining xodimlari (ishchilari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“energiya resurslari” — tabiiy gaz va elektr energiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hisobot oyi” — energiya resurlarini quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali tashish amalga oshirilgan kalendar oyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“idoralarning vakolatli vakillari” — energiya resurlarini quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali tashishni amalga oshiradigan Tomonlar idoralarining xodimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar vakolatli organlar, ularning nomlari yoki funksiyalari oʻzgarsa yoxud qoʻshimcha vakolatli organlar tayinlangan taqdirda, bir-birlarini darhol bu toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali yozma ravishda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, oʻzbek-qozoq bojxona chegarasidan energiya resurlarini quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali tashishda zaruriyat hamda qulay shart-sharoitlar taʼminlanishining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan 1-ilovaga muvofiq, oʻzbek-qozoq bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali tashiladigan energiya resurlarini hisobga olish moslamalarini oʻrnatish joylari roʻyxatini tasdiqladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek-qozoq bojxona chegarasi orqali tashilgan energiya resurslari toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi 2014-yil 14-dekabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat daromadlari qoʻmitasi oʻrtasida energoresurslarni tashish ustidan nazorat sohasida maʼlumot almashishning Texnik shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning bojxona organlari mazkur Bitim kuchga kirgandan soʻng bir oy muddat ichida energiya resurslarini bojxona deklaratsiyalari va bojxona nazoratidan oʻtkazish masalalari boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar nusxalarini bir-birlariga taqdim qiladilar va keyinchalik bir yilda kamida bir marotaba Tomonlar davlatlarining energiya resurslarini bojxona deklaratsiyalari va bojxona nazoratidan oʻtkazishga oid bojxona ishi sohasidagi milliy qonunchiligida oʻzgarishlar xususida bir-birlarini xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlarining bojxona organlari quyidagi maʼlumotlarni almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslarini bojxona deklaratsiyalari va bojxona nazoratidan oʻtkazish masalalaridagi faoliyati boʻyicha oʻz tajribalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslarini olib oʻtishda bojxona ishi sohasidagi Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligini buzish holatlarini aniqlash va oldini olish usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya resurslarini olib oʻtishda bojxona ishi sohasida sodir etilgan Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligini buzish aniqlangan holatlar, basharti, ushbu maʼlumot bojxona organlari uchun qiziqish uygʻotsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
basharti, Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga zid boʻlmasa, Tomonlar bojxona organlarini qiziqtiradigan boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar bojxona organlari energiya resurslarini bojxona deklaratsiyalari va bojxona nazoratidan oʻtkazish, shu jumladan, Tomonlar bojxona organlari xodimlarini (ishchilari)ning energiya resurslarini bojxona deklaratsiyasi va bojxona nazoratidan oʻtkazish boʻyicha oʻqitish hamda malakasini oshirish boʻyicha bir-birlariga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir Tomon boshqa Tomon bojxona organining vakolatli xodimlari (ishchilari)ga birgalikda bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida oʻzbek-qozoq bojxona chegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan energiya resurslarini hisobga olish qurilmalariga kirishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek-qozoq bojxona chegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan energiya resurslarini hisobga olish qurilmalariga kirish tartibi Tomonlarning bojxona organlari tomonidan hamkorlikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim imzolangan kundan boshlab oʻn besh kalendar kun ichida mazkur Bitimning 7 va 9-moddalarida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun vakolatli xodimlar (ishchilar) roʻyxatini almashadilar va keyinchalik ushbu roʻyxatlardagi barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida bir-birlarini bunday oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmasdan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona organlarining vakolatli xodimlari (ishchilari) har oy hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida balansida energiya resurslarini hisobga olish boʻlinmalari (qurilmalari) boʻlgan idoralar vakillari bilan hamkorlikda, mazkur moddada oʻrnatilgan tartibda, Tomonlar davlatlarining hududida joylashgan elektr uzatish liniyalari va quvur transportida tashilayotgan energiya resurslarini hisobga olish qurilmalaridan koʻrsatkichlar olish boʻyicha hamkorlikda tadbirlar amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan hamkorlikdagi tadbirni amalga oshirishni tashabbus qilgan bir Tomonning bojxona organi elektr uzatish liniyalari va quvur transporti orqali tashiladigan energiya resurslarini hisobga olish qurilmalaridan koʻrsatkichlarni olish rejalashtirilgan sanadan oʻn ish kun oldin, hududida bunday hisobga olish qurilmalari joylashgan boshqa Tomon davlatining bojxona organiga mazkur koʻrsatkichlarni olish zarurligi toʻgʻrisida tegishli yozma xabarnoma yuboradi. Bunday xabarnomaning mazmunida Tomonlar bojxona organining hisobga olish qurilmalaridan koʻrsatkichlarni oladigan vakolatli xodimlari (ishchilari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududida elektr uzatish liniyalari va quvur transporti orqali tashiladigan energiya resurslarini hisobga olish qurilmalari joylashgan Tomon davlatining bojxona organi xabarnomani olgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan xabarnoma yuborgan bojxona organiga hisobga olish qurilmalariga kirishni taʼminlashga tayyorligini yozma ravishda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona organlarining vakolatli xodimlari (ishchilari) balansida energiya resurslarini hisobga olish boʻlinmalari (qurilmalari) boʻlgan Tomon idoralarining vakillari bilan birgalikda hisobga olish qurilmalariga kelganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) hisobga olish qurilmalarida berilgan bojxona identifikatsiya vositalarining butunligini tekshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bojxona identifikatsiya vositalarini olib tashlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hisobga olish qurilmalarining koʻrsatkichlarini yozib oladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) koʻrsatkichlarni yozib olish natijalariga koʻra, hisobga olish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanish va maʼlumotlarni oʻzgartirishning oldini olish maqsadida yangi bojxona identifikatsiya vositalarini oʻrnatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlgan 2-ilovaga muvofiq shaklda quyidagi toʻrt nusxada hisobga olish qurilmalaridan koʻrsatkichlarni yozib olish, bojxona identifikatsiya vositalarini olib tashlash, qayta oʻrnatish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarni tuzadi, imzolaydi va muhrlar bilan tasdiqlaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 nusxa — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining vakolatli xodimi (ishchisi) uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 nusxa — Qozogʻiston Respublikasi bojxona organlarining vakolatli xodimi (ishchisi) uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 nusxa — Oʻzbekiston Respublikasi idorasining vakolatli vakili uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 nusxa — Qozogʻiston Respublikasi idorasining vakolatli vakili uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida Tomonlarning bojxona organlari tomonidan olingan axborotlar, hujjatlar va boshqa maʼlumotlardan Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq faqatgina mazkur Bitimda belgilangan maqsadlarda foydalaniladi va ularga nisbatan qabul qiluvchi davlatda oʻz hududida olingan shu kabi axborot, hujjatlar yoki maʼlumotlar oshkoralikdan himoya qilish darajasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida Tomonlarning bojxona organlari tarafidan olingan axborotlar, hujjatlar va boshqa maʼlumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish faqatgina ularni taqdim etgan Tomon bojxona organining yozma roziligi va ushbu bojxona organi belgilagan har qanday cheklovlarga amalga qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, har bir aniq holatda oʻzgacha tartib kelishilmagan boʻlsa, Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish jarayonida kelib chiqadigan xarajatlarni Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan mablagʻlar doirasida mustaqil ravishda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga koʻra mazkur Bitimga uning ajralmas qismi hisoblanuvchi alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish va qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar hamda kelishmovchiliklar muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchisi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan Tomonlardan har birining huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim 5 (besh) yil muddatga tuziladi va oʻz-oʻzidan navbatdagi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan har biri istalgan vaqtda mazkur Bitimni bekor qilish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonga diplomatik kanallar orqali yozma xabarnoma yuborishi mumkin. Bunday holda, mazkur Bitimning amal qilish muddati Tomonlardan biri boshqa Tomonning tegishli yozma xabarnomasini olganidan soʻng 6 (olti) oy oʻtgach tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nur-Sulton shahrida 2021-yil 6-dekabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning matnlari oʻrtasida nomutanosibliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida energiya resurlarini qozoq-oʻzbek bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishni birgalikda bojxona nazoratidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek-Qozoq bojxona chegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan energiya manbalariga oʻlchash qurilmalarini oʻrnatish joylari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasini oʻlchash qurilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlatlararo liniyaning nomi (yuqori kuchlanishli liniyalar)

Kuchlanish, kv

Oʻzbekistonda oʻrnatiladigan hisoblagichlar (PS-podstansiya)

Podstansiyalar tegishliligi

Qozogʻistonda oʻrnatiladigan hisoblagichlar podstansiyalari

Podstansiyalar tegishliligi

1

2

3

4

5

6

7

1.

YuKL “TashIES — Shimkent 500”

500

PS “TashTES”

Oʻzbekiston

PS “Shimkent 500”

Qozogʻiston

2.

YuKL “TashIES — Shimkentskaya 220”

220

PS “TashTES”

Oʻzbekiston

PS “Shimkentskaya 220”

Qozogʻiston

3.

AHYuKL “TashIES — Shimkentskaya-220”

220

PS “TashTES”

Oʻzbekiston

PS “Shimkentskaya 220” OV-220

Qozogʻiston

4.

YuKL “TashIES — Jilga”

220

PS “TashTES”

Oʻzbekiston

PS “Jilga”

Qozogʻiston

5.

AHYuKL “Jilga — TashTES”

220

PS “TashTES”

Oʻzbekiston

PS “Jilga”

Qozogʻiston

6.

YuKL “Feruz — Maktaaral”

110

PS “Maktaaral”

Qozogʻiston

PS “Feruz”

Oʻzbekiston

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy gazni oʻlchash qurilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tabiiy gazni hisobga olish nomi

Oʻrnatish joylari

Quvur liniyasining nomi

1.

KS-7 680 km

Oʻzbekiston Respublikasi

Buxoro — Ural

2.

OʻT “287 km”

Oʻzbekiston Respublikasi

Gazli — Shimkent

3.

OʻT “368 km”

Oʻzbekiston Respublikasi

Toshkent — Bishkek — Almati

4.

GOʻT “Baymurat”

Oʻzbekiston Respublikasi

Turkmaniston — Oʻzbekiston — Qozogʻiston — Xitoy

5.

UZRG UKMS

Oʻzbekiston Respublikasi

Turkmaniston — Oʻzbekiston — Qozogʻiston — Xitoy

6.

GOʻT “Beyneu”

Qozogʻiston Respublikasi

“Markaziy Osiyo” — markaziy magistral gaz quvuri

7.

OʻT “526 km”

Oʻzbekiston Respublikasi

GTT “Toshkent” — MG “Buxoro gaz taqsimlash punkti — Toshkent — Bishkek — Almati”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida energiya resurlarini oʻzbek-qozoq bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishni birgalikda bojxona nazoratidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitimga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20___ yil “____” _________dagi bojxona identifikatsiya vositalarini qoʻllash va olib tashlash toʻgʻrisida

DALOLATNOMA

Biz, quyida imzo chekuvchilar, ___________________________________________________________________
Bojxona identifikatsiya vositalarini qoʻllash (olib tashlash)ni amalga oshirilganligi sababli ushbu dalolatnomani tuzdik.
‎

Oʻlchash asbobining nomi‎

Qurilma turi va aniqligi‎

Identifikatsiyalanayotgan vaqtida qurilmaning koʻrsatkichlari‎

Bojxona organining olib tashlangan identifikatsiya vositasi‎

Identifika-tsiya vositasini olib tashlash vaqtida qurilmaning koʻrsatilishi‎

Bojxona organining identifikatsiya vositasi‎

Bojxona organining plombalar soni (olib tashlangan/qoʻyilgan)‎

Oʻlchash moslamasining zavod raqami‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎


‎Hisoblagich (qurilma) vakili __________________________________________________________________

(Imzo, familiya, ism, otasining ismi, agar boʻlsa, lavozimi)

Qozogʻiston Respublikasi bojxona organining vakolatli xodimlari (ishchilari) __________________________
‎___________________________________________________________________________________________

(Imzo, familiya, ism, otasining ismi, agar mavjud boʻlsa, lavozimi, muhri, ish telefon raqami)

Bojxona organlarining vakolatli xodimlari (xodimlar) manfaatdor idoralar balansida energiya resurslarini hisobga olish boʻlinmalari (qurilmalari) vakillari ________________________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

(Imzo, familiya, ism, otasining ismi, agar mavjud boʻlsa, lavozimi, muhri, ish telefon raqami)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

20___ yil “____” ___________dagi 20___ yil __________ oyi uchun oʻlchash qurilmasidan koʻrsatgich olinganligi haqida

DALOLATNOMA
‎

Oʻlchov qurilmasining nomi‎

Oy boshida koʻrsatgichlar‎

Xarajatlar davri oxirida koʻrsatgichlar‎

Oʻtkazilgan mahsulotlar hajmi (gaz ming m3, elektr energiya-kvt soat)‎

Oʻlchash moslamasining zavod raqami‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎


‎Hisoblagich (qurilma) vakili __________________________________________________________________

(Imzo, familiya, ism, otasining ismi, agar boʻlsa, lavozimi)

Qozogʻiston Respublikasi bojxona organining vakolatli xodimlari (xodimlari) _________________________
‎___________________________________________________________________________________________

(Imzo, familiya, ism, otasining ismi, agar mavjud boʻlsa, lavozimi, muhri, yil telefon raqami)

Bojxona organlarining vakolatli xo�imlari (ishchilari) manfaatdor idoralar balansida energiya resurslarini hisobga olish boʻlinmalari (qurilmalari) vakillar _____________________________________
‎___________________________________________________________________________________________

(Imzo, familiya, ism, otasining ismi, agar mavjud boʻlsa, lavozimi, muhri, yil telefon raqami)