ILOVA
|
T/r |
Muhokama qilinadigan masalalar |
Vazirlik va idoralar |
Parlament nazorati shakli |
Muddati |
Masʼul qoʻmita |
|
1. |
Mamlakatda qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan deputatlarningtegishli savollariga Hukumat aʼzosining javoblarini eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish �oʻgʻrisida”gi, “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi kabi qonunlarning ijro etilish holati; mamlakatimiz Prezidenti raisligida 2023-yil 16-yanvarda oʻtkazilgan qish mavsumida aholining zarur ehtiyojlarini qondirish uchun yoqilgʻi energetika resurslari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi videoselektor yigʻilishining 2-sonli bayonida belgilangan vazifalarning ijro etilish holati. |
Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov) |
Hukumat soati |
2023-yil oktyabr |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi |
|
2. |
Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va sohaga axborot texnologiyalarining joriy etilish holati yuzasidan yuborilgan parlament soʻroviga javoblarni muhokama qilish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-sonli, 2022-yil 4-apreldagi ushbu normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar, shuningdek yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarga yoʻl qoʻyilish sabablarini, ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish hamda bartaraf etish boʻyicha belgilangan choralar; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish uchun ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish holati, ularning sarflanishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shu jumladan moliyaviy xato va kamchiliklarni aniqlash hamda ularning oldini olish boʻyicha bajarilgan ishlar; yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida, jumladan foto va video qayd etish texnika vositalaridan foydalanishda davlat, jamoat xavfsizligini hamda inson huquqlari himoyasini taʼminlash va vakolatli davlat organlarining huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar. |
Bosh vazir oʻrinbosari (A. Ramatov) |
Parlament soʻrovi |
2023-yil oktyabr |
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
|
3. |
Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish, “Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturini amalga oshirish boʻyicha bajarilgan ishlar yuzasidan parlament soʻrovini yuborish. Bunda respublikaning har bir hududidan 100 ta mahalliy korxonaning tashqi bozorlarga chiqishi uchun “tadbirkordan — eksportyorgacha” tamoyili asosida chora-tadbirlar dasturi natijalariga, eksport qiluvchi tashkilotlarga koʻrsatilgan moliyaviy yordamning yoʻnalishlar boʻyicha miqdoriga va ularning natijadorligiga alohida eʼtibor qaratiladi. |
(J. Xodjayev) |
Parlament soʻrovi |
2023-yil noyabr |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |
|
4. |
Sogʻliqni saqlash sohasini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalar, mahalla tibbiyot punktlarining tashkil etilishi va faoliyatining yoʻlga qoʻyilganligi; “Qishloq shifokori” dasturi doirasida kadrlar bilan taʼminlanganligi; yurtimizga yuborilayotgan tibbiy gumanitar yordamning taqsimlanishi, undan foydalanilishi ustidan nazorat amalga oshirilayotganligi, tibbiy gumanitar yordam sifatidagi dori vositalari toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlarni yuritish boʻyicha qilinayotgan ishlarning holati. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
Parlament eshituvi |
2023-yil noyabr |
Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi |
|
5. |
Avtomobil yoʻllarini va sunʼiy inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash ustidan nazoratning amalga oshirilish holatini qoʻmita majlisida eshitish. Bunda yoʻl oʻtkazgich (koʻprik)lar qurilishi jarayonida talablardan chetga chiqish, foydalanishga topshirilgan yoʻl oʻtkazgich (koʻprik)lar konstruksiyalarining buzilish holatlariga eʼtibor qaratiladi. |
Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi |
Qoʻmita eshituvi |
2023-yil noyabr |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |
|
6. |
Milliy madaniyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni qoʻmita majlisida eshitish. Bunda milliy oʻzlikni anglash, madaniyatshunoslikni, teatrshunoslikni, sanʼatshunoslikni, musiqashunoslikni va madaniy faoliyat sohasidagi boshqa ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga, joylarda madaniyat sohasi kadrlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan bajarilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratiladi. |
Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
Qoʻmita eshituvi |
2023-yil dekabr |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi |
|
7. |
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ulgurji va chakana savdosining holati yuzasidan parlament soʻrovini yuborish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining va tibbiy buyumlarining sifatiga doir qoidalarga rioya etilishi holati. |
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (U. Egamov) |
Parlament soʻrovi |
2023-yil dekabr |
Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi |
|
8. |
Shaharsozlik ishlarining amalga oshirilish holati yuzasidan deputatlarningsavollariga Hukumat aʼzosining javoblarini eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: aholi punktlarida tartibsiz qurilishlar, shuningdek koʻp qavatli uylar joylashgan hududning ichida qurilish ishlarini amalga oshirish ishlariga ruxsat berish boʻyicha holat; mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirmasdan turib, tarmoqlarga qoʻshimcha bosimni oshirayotgan qurilish ishlari amalga oshirilishi natijasida yetkazilayotgan zararlar haqida; qurilish ishlari natijasida atrof-muhitga yetkazilayotgan zararni kamaytirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar natijadorligi (daraxtlarning kesilishi, ularning ildizlariga shikast yetkazilishi va havoda changning koʻpayishi); sohada ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish borasida oxirgi uch yilda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar. |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi (B. Zakirov) |
Hukumat soati |
2023-yil dekabr |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |
|
9. |
Avia va temir yoʻl transportlarida fuqarolarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish borasida qilinayotgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni qoʻmita majlisida eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: temir yoʻl kassalarida, ayniqsa, mahalliy yoʻnalishlarda chiptalarni sotib olishdagi qiyinchiliklarni (aksariyat hollarda chiptalar kassadan tashqarida xususiy tartibda sotilmoqda) bartaraf etish; sohaga xususiy sektorni va xorijiy investitsiyalarning jalb etilish holati; |
Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil yanvar |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |
|
10. |
Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish holati haqida axborotni Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: oxirgi uch yil davomida oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarining ijaraga berilish holati; oʻrmon fondi yerlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, oʻrmon hududida qonunga xilof qurilishlarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar; oʻrmon maydonlarini kengaytirish, plantatsiyalarni tashkil etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar; oʻrmon xoʻjaligi yerlaridan foydalanish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarga barham berish boʻyicha qilinayotgan ishlar. |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi |
Parlament eshituvi |
2024-yil yanvar |
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi |
|
11. |
Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisidagi axborotni Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. |
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) |
Parlament eshituvi |
2024-yil fevral |
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi |
|
12. |
Aholining sil va OIV bilan zararlanish darajasini kamaytirish hamda psixotrop va giyohvand moddalarga qaramlik profilaktikasi va davolanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi axborotni qoʻmita majlisida eshitish. |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov) |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil fevral |
Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi |
|
13. |
Kommunal sohada, xususan, aholini ichimlik suvi va issiq suv bilan taʼminlash yoʻnalishida qilingan ishlar, sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisidagi axborotni qoʻmita majlisida eshitish. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-maydagi “Aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-257-sonli Qarorining ijro etilish holatiga alohida eʼtibor qaratiladi. |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi (B. Zakirov) |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil fevral |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |
|
14. |
Elektron hukumat tizimini takomillashtirish, davlat organlarining ish faoliyatini raqamli formatga oʻtkazish, ijtimoiy soha obyektlarini Internet tarmogʻiga ulash holati yuzasidan deputatlarning savollariga Hukumat aʼzosining javoblarini eshitish. Bunda “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi, dasturlar va “yoʻl xarita”larda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirmagan, axborot tizimlarini ishga tushirishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgan holatlarga, davlat organlarining axborot tizimlaridagi shaxsga doir maʼlumotlarning himoyalanganlik darajasiga alohida eʼtibor qaratiladi. |
Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
Hukumat soati |
2024-yil mart |
Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi |
|
15. |
Oʻzbekistonning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida parlament soʻrovini yuborish. |
Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
Parlament soʻrovi |
2024-yil mart |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |
|
16. |
Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni qoʻmita majlisida eshitish. Bunda masalani joylarga chiqqan holda oʻrganish jarayonida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning ijro etilish holati; Davlat chegarasida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha chegaraga, bojxonaga, tabiatni muhofaza qilishga oid, sanitariya-epidemiologik, fitosanitariyaga, karantinga oid va boshqa chora-tadbirlarning tashkil etilish holati; Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan shaxslarga va transport vositalariga, shuningdek Davlat chegarasi orqali tovarlarning olib oʻtilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan fuqarolarga hamda davlat xizmatchilariga yaratilgan sharoitlar va qulayliklar; Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishga jalb etiladigan kuchlar va vositalarning moddiy jihatdan taʼminlanganligi, ularning maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlanganlik holati. |
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari (S. Xusanov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Tegishli vazirlik va idoralar |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil mart |
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi |
|
17. |
Inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni qoʻmita majlisida eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: jazoni ijro etish tizimini raqamlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar; sohada korrupsiyaviy holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar; jazoni ijro etish muassasa�aridagi xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar; mahkumlarning va qamoqqa olingan shaxslar murojaatlarining manzilli yuborilish holati. |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil aprel |
Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) |
|
18. |
Budjet tashkilotlari tomonidan budjetga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan deputatlarningsavollariga Hukumat aʼzosining javoblarini eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: budjet tashkilotlarida aniqlanayotgan pul mablagʻlari davlat xaridlarini amalga oshirishda belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish natijalari; Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha koʻrilgan choralar; tizimli ravishda qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻyib kelayotgan budjet tashkilotlari bilan profilaktika ishlarini olib borish holati. |
Bosh vazir oʻrinbosari (J. Kuchkarov) |
Hukumat soati |
2024-yil aprel |
Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi |
|
19. |
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amal�a oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar, shuningdek mahallalardagi yoshlar yetakchilarining faoliyati haqidagi axborotini Qonunchilik palatasi majlisida eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarning hududlarda amalga oshirilish holati; yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarning natijadorligi; yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish boʻyicha yaratilayotgan sharoitlar haqida; yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik va jinoyatchilik profilaktikasi ishlarida Agentlikning roli haqida; mahallalardagi yoshlar yetakchilarini lavozimiga tanlash jarayonlarining adolatliligi va ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar. |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
Parlament eshituvi |
2024-yil may |
Demokratik institutlar, nodavlat ta�kilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi |
|
20. |
Qurilishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga rioya etilishi ustidan nazoratning amalga oshirilish holatini qoʻmita majlisida eshitish. Bunda binolar va inshootlarning zilzilabardoshliligini taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar, keyingi yillarda qurilgan va foydalanishga topshirilgan binolarning konstruksiyalaridagi oʻzgarishlar holatlariga alohida eʼtibor qaratiladi. |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil may |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |
|
21. |
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilish holatiniqoʻmita majlisida eshitish. Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi: qishloq xoʻjaligi ekinlarining hududlardagi tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib joylashtirilishi hamda ekilishi ustidan nazorat tadbirlarining natijalari; huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish borasida kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi holati; suv resurslaridan va suv xoʻjaligi obyektlaridan xoʻjasizlarcha foydalanishning oldini olish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar; qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va texnik koʻrikdan oʻtkazish, traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan koʻrilayotgan choralar. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil may |
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi |
|
22. |
Yoqilgʻi-energiya resurslarini ishlab chiqarish (qazib chiqarish), qayta ishlash, uzatish (tashish), taqsimlash va isteʼmol qilish, ularning saqlanishini taʼminlash sohasida davlat nazoratining amalga oshirilish holatiniqoʻmita majlisida eshitish. Bunda elektr va gaz tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga alohida eʼtibor qaratiladi. |
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
Qoʻmita eshituvi |
2024-yil iyun |
Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi |