21.11.2023 yildagi PF-198-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-292-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublika sanoatini rivojlantirish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va qoʻshimcha zaxiralarni yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 500 ming AQSH dollarigacha boʻlganda — 1 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

eksport hajmi 500 ming AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 2 million AQSH dollarigacha;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 4 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 3 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng turdagi qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari (TIF TN kodlari 3919 108 000 va 3921 906 000) bojxona bojidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ip-kalava ishlab chiqaruvchilarga Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan paxta va sunʼiy tolani oʻz ehtiyoji uchun import qilishda (qoʻshni davlatlardan tashqari) transport xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 31-dekabrga qadar ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yigʻimning amaldagi miqdorini 5 baravarga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 31-dekabrga qadar boʻyalgan mato va boʻyalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlash hamda uch yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻlovini kechiktirish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-oktabrga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari faoliyati uchun zarur boʻlgan ayrim tovarlarni import qilishda bojxona bojidan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat zonalarida yer maydonlari hamda bino va inshootlarni ijaraga berishda toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash davrini amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 21-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-198-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-son Farmoniga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5989-son Farmoni 8-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari, 2022-yil 1-yanvardan — 0,05 AQSH dollari, 2023-yil 1-noyabrdan — 0,01 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm trikotaj mato (boʻyalgan trikotaj mato bundan mustasno) uchun 0,05 AQSH dollari, 2024-yil 1-yanvardan — 0,1 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan — 0,2 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmonining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“5. Belgilansinki:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

a) bir martalik moliyaviy resurslar 1 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda (yillik eksport hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan eksport qiluvchi korxonalarga 5 million AQSH dollarigacha ekvivalentda) hamda bir yilgacha muddatga ajratiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda berilgan kreditlarning maʼlum bir qismi belgilangan muddatlarda soʻndirilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturiga kiritilgan eksport qiluvchi tashkilotlarga oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 1 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 2 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

eksport hajmi 10 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 3 million AQSH dollarigacha;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 15 million AQSH dollaridan 20 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 4 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagi miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 500 ming AQSH dollarigacha boʻlganda — 1 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

eksport hajmi 500 ming AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha boʻlganda — 2 million AQSH dollarigacha;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport hajmi 4 million AQSH dollaridan ortiq boʻlganda — 3 million AQSH dollarigacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) eksport qiluvchilar tomonidan tovarlar ular boʻyicha toʻlovlarni kechiktirib toʻlash sharti bilan eksport qilinganda (shu jumladan, korxonalar tomonidan qayta ishlash mahsulotlari “reeksport” bojxona rejimida olib chiqilganda), ularning aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun revolver kreditlarni moliyalashtirishga tijorat banklariga toʻlovlar kechiktirilgan muddatga va olib chiqilayotgan mahsulotlar qiymati miqdorida, biroq 3 million AQSH dollari ekvivalentidan koʻp boʻlmagan miqdorda, yillik 4 foizli stavka (shundan, 2 foizi bank marjasi) bilan moliyaviy resurslar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan ajratiladigan moliyaviy resurslar hisobidan moliyalashtirilganda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiyalar taqdim etilmaydi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Farmonda nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatdagi xom ashyo tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmoni 2-bandi “g” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini, shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni eksport qilish ulushi kamida 80 foizni tashkil qilgan korxonalarga yoki boʻyalgan mato va boʻyalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi “Maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-son Farmoni 4-bandining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishda sotib olish toʻlovlarini yigirma toʻrt oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Farmonning 2-bandi “g” va “e” kichik bandlaridagi” soʻzlaridan keyin “hamda 5-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilaridagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“71. 2026-yil 1-oktabrga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar roʻyxati 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi 1a-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-yanvardagi PF-2-son Farmoniga

1a-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2026-yil 1-oktabrga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojidan ozod qilinadigan ayrim tovarlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

TIF TN kodi

Tovar nomi

1.

3923100000,

3923409000,

3923900000

Plastmassadan tayyorlangan tovarlarni tashish yoki qadoqlash uchun tovarlar

2.

4010120000,

4010190000,

4010310000,

4010320000,

4010330000,

4010340000,

4010350000,

4010360000,

4010390000

Lentalar, remenlar yoki beltinglar

3.

8415830000

Dvigatelli ventilyator hamda havo harorati va namligini oʻzgartirish uchun asboblar bilan jihozlangan havoni konditsionerlash qurilmalari, shu jumladan, namlikni alohida nazorat qilib boʻlmaydigan konditsionerlar: – – ichiga sovutish qurilmasi oʻrnatilmaganlar

4.

8716800000

Tirkamalar va yarim tirkamalar; boshqa oʻziyurar boʻlmagan transport vositalari; ularning qismlari:– boshqa transport vositalari– – boshqalar:– – – boshqalar:– – – – muqaddam foydalanishda boʻlgan (ishlatilgan):– – – – – boshqalar:– – – – – – boshqalar:– – – – – – – boshqalar

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-dekabrdagi “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4069-son qarori 2-bandining “b” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazishga, respublika tashkilotlarining xalqaro koʻrgazma-yarmarkalarda hamda xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etishiga, anʼanaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotish bozorlariga kiritishda taqdimotlar va reklama kompaniyalari oʻtkazilishiga hamda mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborishda moliyaviy koʻmaklashish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shuningdek reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarining 50 foizini, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilarning qishloq xoʻjaligi birlashmalari aʼzolarini yangi texnologiyalarga oʻrgatish, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizini hamda vakolatli organlarning mahsulotlarni eksport qilish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma va sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritishni joriy qilish xarajatlarini qisman qoplab berish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoniga asosan 7-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Mazkur ilovaning 5-bandi 2023-yil 1-dekabrdan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-son Farmoniga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5231-son Farmoniga ilovaning 4-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2022-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-martdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2507-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “Oʻztadbirkoreksport” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining samaradorligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3009-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5087-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2023-y., 06/23/198/0868-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)