16.11.2023 yildagi 605-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.11.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada termitlarga qarshi kurashishga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish, yetakchi xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatish hamda zamonaviy texnologiyalarni respublikada joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti huzurida davlat muassasasi shaklidagi Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi negizida Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
termitlar biologiyasi va ekologiyasini oʻrganish hamda ularning zararli faoliyatiga qarshi kurashish yuzasidan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
termitlarga qarshi kurashishda qoʻllaniladigan yem-xoʻrak ishlab chiqarish texnologiyasi va uni qoʻllash usullarini doimiy ravishda takomillashtirib borish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
termitlarga qarshi kurashish yuzasidan uslubiy qoʻllanmalar, tavsiyalar va yoʻriqnomalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada aholi turar joylari, tabiiy va tarixiy obidalar, strategik obyektlar hamda inshootlar va ochiq yer maydonlarida termitlarning tarqalishi, zararli faoliyati yuzasidan monitoring yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar dezinfeksiya stansiyalari hamda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hududiy filiallarining buyurtmasiga binoan termitlarga qarshi yem-xoʻraklarni shartnoma asosida tayyorlab berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, joriy xarajatlarni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida oʻtkaziladigan tadqiqotlardan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazni budjet mablagʻlari hisobidan saqlash xarajatlari 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasining budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi, 2024-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va oʻz nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisobvaraqlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori Zoologiya instituti direktorining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat muassasasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 735-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarur hollarda, Markaz tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazning rahbari va ilmiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy meros agentligi va Markaz bilan birgalikda har yili 1-avgustga qadar madaniy meros obyektlarida va ularga tutash boʻlgan aholi turar joylarini termitlardan himoya qilish maqsadida zararlangan obyektlarda termitlarga qarshi kurashish chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni operativ boshqaruv huquqi asosida tegishli binoga joylashtirish boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yilgi mahalliy budjet parametrlarini shakllantirish jarayonida aholi turar joylari, ijtimoiy ahamiyatga ega manzillar va ular atrofida termitlarga qarshi kurashish uchun sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish maqsadida belgilangan tartibda zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Respublika termitlarga qarshi kurashish ilmiy ishlab-chiqarish markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
605-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-noyabrdagi 735-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-noyabrdagi 605-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida” 2012-yil 2-fevraldagi 27-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida” 2012-yil 2-fevraldagi 27-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida” 2019-yil 4-sentabrdagi 725-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qarorining 3-ilovasi 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2023-y., 09/23/605/0864-son)